RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
BOSHLANG'ICH SINFO'QUVCHILARIGA ONA TILI VA INGLIZ TILLARINI INTEGRATSION METODLAR ASOSIDA O'QITISHNING DIDAKTIK
AFZALLIKLARI Xurramova Lobarxon Akramjonovna
Nizomiy nomidagi TDPU, Boshlang'ich ta'lim 1-kurs magistri [email protected]
+99890 126 21 98 https://doi org/10.5281/zenodo. 7993541
Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tizimiga ingliz tili metodlarini integrativ shaklda qo' 'lash orqali o'zbek tilining nazariy hamda amaliy jihatdan mohiyatini ochib berishning didaktik imoniyatlari haqida bo'lib, ushbu imkoniyatlar doirasida qo'llanilishi tavsiya etilgan bir qancha integratsion usullarni o'z ichiga oladi.
Kalit so'zlar: nazariya, amaliyot, integratsiya, integrativ usullar, didaktik imkoniyatlar, yondashuv, didaktika, materiallar, "Lettersgame", "Wepay attention", "Listen" metodlari.
Hozirgi zamon tilshunosligi tillarni qiyosiy tahlilidan tashqari o'zaro uzviy bog'liqligiga qarab metodik jihatdan yangi bosqichga ko'tarmoqda. Buning yorqin dalili sifatida dunyoning eng yetakchi tili hisoblangan ingliz tilining tillararo integratsiyasi orqali taraqqiyotga yuz tutganini keltirish mumkin. Dunyodagi aksariyat foydalaniladigan ta'lim tili, shubhasiz, ingliz tilidir. Bu uning nazariy hamda amaliy imkoniyatlarini kengaytirib, boshqa tillar bilan tabiiy ravishda bog'liqligini ta'minlab beradi. Xususan, o'qitishda ommalashgan metodik uslublar jihatidan ham o'zbek tili va ingliz tili integratsiyasini ona tili o'qitish tizimiga muntazam olib kirish o'zbek tilining ham didaktik imkoniyatlarini amaliy jihatdan mustahkamlash orqali o'ziga xos nazariyani yaratadi. Ingliz tili dunyo tili bo'lganligi hamda uning ommalashishiga sabab bo'lgan omillar ichida metodologik o'qitish tizimi aynan ilmiy jihatdan sinovdan o'tganligi bois uni ona tili o'qitish tizimiga to'g'ridan-to'gri olib kirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Tillarni o'qitish boshlang'ich sinflardanoq boshlanganligi sababli, bu davrda o'qitish tizimini har tomonlama puxta tashkillashtirish nihoyatda ahamiyatli pedagogik jarayondir. Boshlang'ich sinfda tillarni o'qitish uchun haftasiga 5 soat ajratilgan. Bu holat boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun bir qator qo'shimcha imkoniyatlarni kafo latlaydi:
1. Har bir til strukturasi boshqa tillar bilan deyarli o'xshash bo'lganligi bois (fonetika sintaktika) ona tilini nazariy jihatdan o'zlashtishda o'ziga xos takror vazifasini bajaradi.
2. Tillarni o'qitish tizimida innovatsion metodlardan foydalanish va uni amaliyotda sinov tariqasida qo'llashga yo'l ochadi.
3. Ingliz tilida samarali hisoblangan "independent work" tizimini ona tili o'qitish tizimida sinxron tarzda olib kirish uchun kerakli muhitni yaratadi.
4. O'ziga xos noodatiy integratsion muhit o'quvchilarni o'zlashtirishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi.
5. Boshlang'ich sinf til o'qituvchilari orasida do'stona muhitdan tashqari ilmiy-amaliy hamkorlikni ham yuzaga chiqaradi.
Yuqoridagi imkoniyatlar, albatta, yuzaga chiqishi uchun ona tili va ingliz tili o'rtasidagi umumiy o'xshashliklar bilan bir qatorda o'zaro farqli jihatlarni ham inobatga olish zarur. Xususan, ingliz tilini o'qitishda asosan o'quvchining amaliy ko'nikmalari (o'qish, yozish,
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
gapirish, tinglash) birligi asos qilib olinsa, ona tili o'qitish tizimida esa bolaning yozma va og'zaki savodxonligiga urg'u beriladi. Boshlang'ich jihatdan ona tilini o'qitishda o'quvchilarning nutqiy birliklarini lug'atlar asosida boyitib borish esa ikki tilning umumiy jihatini tavsiflaydi.
Biror bir til didaktikasi tizimini tavsiflaydigan bo'lsak, u ta'lim jarayoni, tilning ma'lumot uzatish jarayoni, ta'lim mazmuni, ta'lim turlari, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalarini o'z ichiga oladi. Bu tavsif har bir tilga taalluqli bo'lib, boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish tizimi mohiyatini ham ochib beradi. Demak, tilning didaktik jihatdan tavsiflanishi uning metodologik tomondan kengayishiga zamin yaratadi. Chunki har bir qo'llanilayotgan metod hamda vositalarning ta'limiy xarakterga ega ekanligini inobatga olish ushbu usulning mazmunini boyitadi. Dars davomida foydalanilgan har bir didaktik metod tilni o'zlashtirishda uni har tomonlama yoritibgina qolmay, o'quvchilar ongida o'qish tilini ham birmuncha osonlashtiradi. Bunday metodlar ingliz tilida talaygina bo'lib, asosan har bir o'quvchiga o'z faolligini, ijodkorligini namoyish etishiga imkon berishi jihatidan ham ularni integratsion muhitga olib kirish samarali hisoblanadi. Quyida ingliz tilida qo'llaniladigan bir qancha usullarni moslashtirish orqali ularni ona tili darslarida integratsiyalash variantlarini taqdim etamiz:
1) Ingliz tili darslarida lug'at boyligini oshirishda samarali hisoblangan "Letters game" o'yini. Mashg'ulot quyidagi tartibda olib boriladi. Donli ekinlardan biri (loviya, no'xat yoki guruch) solib tikilgan kichik xaltacha o'qituvchi tomonidan biror o'quvchiga, ismini avvalo, to'g'ri talaffuz qilingan holda otiladi. Xaltachani ilib olgan o'quvchi uni boshqa o'rtog'ining ismini aytgan holda unga uloqtiradi. Mashg'ulot shu tartibda davom etadi. Endi o'quvchilar navbatdagi xaltachani irg'itganda o'rtoqlarining ismlarini va ismlarining bosh harfidan boshlanadigan insoniy xislatlarni qo'shib aytib, xaltachani uloqtiradilar. Masalan: Bob - "B"-Brave; William - "W"-Wonderful;Christian - "Ch"-Cheerful va h.k.
Integratsion yondashuv: Ushbu usuldan boshlang'ich sinfda ona tilida o'quvchilarning lug'at boyligini oshirishda qo'llash nihoyatda tez natija beradi. Bundan tashqari to'g'ri talaffuz ko'nikmalarini shakllantirishda yordam beradi. Bundan ko'zlangan maqsad esa to'g'ri talaffuz qoidalari uning imloviy xatoliklarni oldini olishga qaratilganligidadir.
2) O'quvchilarda diqqatni jamlashga qaratilgan "We pay attention" metodini qo'llash ularning sezgi a'zolarining sezuvchanligini oshirishga qaratilgan. O'quvchilar mavzu asosida berilgan rasmni diqqat bilan kuzatadilar, rasmdagi narsa va shaxslarni navbat bilan aytadilar. O'qituvchi yoki o'quvchilar galma-gal har bir aytilgan so'zni doskaga yozib boradilar. Masalan: tree, leaf, building, students, flower, folder, bell, girl, ... (daraxt, barg, bino, o'quvchilar, gul, papka, qo'n-g'iroq, qiz). Ana shu so'zlar ishtirokida gaplar tuziladi. Masalan: Khalida is an excellent girl. She was given the right to make the first call. Golden autumn has come, tree leaves turn yellow (Xolida — a'lochi qiz. Birinchi qo'ng'iroqni chalish huquqi unga berildi. Oltin kuz keldi, daraxt barglari sarg'aydi).
Tuzilgan gaplar tartibga keltirilib, matn tuziladi. Matnga sarlavha topib qo'yiladi. Masalan: "Knowledge Day" or "My school is dear"kabi sarlavha ostida matn yoziladi: Golden autumn has arrived. The leaves of the trees began to turn yellow and fall. Students came to their beloved schools with flowers in one hand and bags in the other. The teacher greeted the students with kindness. The bell rang. The right to ring the bell was given to a girl named Khalida (Oltin kuz fasli keldi. Daraxtlarning barglari sarg'ayib, to'kila boshladi. O'quvchilar bir qo'llarida gul, bir qo'llarida sumka bilan qadrdon maktablariga keldilar. O'qituvchi o'quvchilarni mehr bilan
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
kutib oldi. Mana, qo'ng'iroq ham chalindi. Qo'ng'iroqni chalish huquqi a 'lochi qiz Xolidaga berildi).
Undan so'ng, mashq matnidagi gaplar o'quvchilarga o'qitiladi. Mashqning shartiga ko'ra bir-biridan qanday ajratilganligi, gaplar nimalardan tuzilganligi aniqlanadi. O'quvchilar oxirgi gapni ko'chirib yozadilar va yozganlarini o'zlari mustaqil ravishda tekshiradilar. Keyin o'qituvchi tomonidan mashq yuzasidan quyidagi savol-javob o'tkaziladi:
- What did we express through the picture?
- We expressed our opinion through the picture.
- How did we express our opinion?
- We expressed our opinion through words.
- What is an idea expressed through words?
- Thought expressed through words is called speech
Integratsion yondashuv: Yuqoridagi o'quvchida barcha sezgi a'zolari barobar ishlashini ta'minlaydi. Bu orqali ,albatta, diqqatni jamlash o'quvchilar uchun qiyinchilik tug'dirmaydi. Bundan tashqari o'zaro jamoa bo'lib ishlashni, og'zaki nutqni ta'sirli bayon qilishni, har bir topshiriqqa mantiqan yondashuvni o'zlashtiradilar.
3) Ingliz tili darslarida "Listen" metodi asosan tinglash va yozish ko'nikmalarini jamlagani uchun ham nisbatan ko'p qo'llaniladi. Mashg'ulot quyidagicha tashkil etiladi: Darslikdagi matnning audio shakli dastlab bir marotaba eshittiriladi(bunda o'quvchilarning xohishlaridan kelib chiqib qo'shiq, she'r audiolaridan ham ixtiyoriy holda foydalanish mumkin). Audio tugagandan so'ng, o'quvchilar matndagi voqeliklarni avval tasavvur qilishi kerak bo'ladi. Keyin ikkinchi marta tinglanadi. Eshitish jarayonining o'zidayoq parallel holda uning yozma varianti yoziladi.
Mashq so'ngida dastlab o'quvchilardan birinchi nimaning suratini tasavvur qilishganini, nimalarni suratga olishni xohlashlari, bu soha bilan shug'ullanadigan kasb nomi va ishlatiladigan asboblarini ko'z oldilariga keltirishganmi yoki yo'qmi aniqlab olinadi. Shundan song, ularning yozma mashqlari asl matn bilan solishtirib chiqiladi.
Integratsion yondashuv: Ushbu usul deyarli boshlang'ich sinf ona tili darslarida qo'llanilmaydi. Ular asosan tengdoshlari hamda o'qituvchining nutqini eshitib dars mashg'ulotlariga qatnashishadi. Turli xil vaziyatga solingan nutq shakllarini tinglash turidagi mashqlarga alohida o'rin berilmaganligi o'quvchilarda o'z fikrini bayon qilish bilan birgalikda o'zgalarning ham fikrini ilg'ab olishida qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Tinglash mashqlari orqali ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qishdan tashqari eshitish orqali ham ularning savodxonlik darajasini oshirish mumkinligini ko'rsatib beradi. Mantiqan fikrlashga, tasavvur doirasini jonlantirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatga molikdir.
Yuqoridagi kabi ingliz tilida qo'llanilishi samara kasb etayotgan metodlarni ona tili darslariga olib kirish ular o'rtasidagi integratsion jarayonni tezlashtirib o'rganish hamda o'qitishda bir qator afzalliklarni taqdim etadi.
Xususan, boshlang'ich sinflarda ichki integratsion fan "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi asosida yuqorida qo'llangan usullardan foydalanish mutlaqo innovatsion muhitni yaratib beradi. Negaki, o'zaro uch fan yagona maqsadga, o'zbek tilining nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirishga birlashadi. Bu esa tamomila tavsiya etilgan integratsion metodlardan muntazam
- Biz rasm orqali nimani bildirdik?
- Rasm orqali fikrimizni bildirdik.
- Fikrimizni nima orqali bildirdik?
- Fikrimizni gaplar orqali bildirdik.
- Gaplar orqali bildirilgan fikr nima deyiladi?
- Gaplar orqali bildirilgan fikr nutq deyiladi.
metoddan ona tili darslarida foydalanish
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
foydalanishni taqozo etadi.
Ona tilida qanday mashg'ulot bo'lmasin, o'qituvchi va o'quvchining o'zaro ta 'siri ma'lum o'quv materialiga yo'nalgan. o'qituvchi faoliyati (o'qitish), o'quvchilar faoliyati (o'qish), bolalarning real o'quv imkoniyatlariga mos o'quv materiali tilni ta'lim sharoitida o'zlashtirishning barqaror uzvlari sanaladi. Ulardan birontasi qatnashmasa, ta'lim yuzaga chiqmaydi. O'qituvchi o'rganilayotgan mavzu doirasida o'z bilimlarini tushuntirish yo'li bilan bolalarga ta'sir qilsa, o'quvchilar o'qituvchi tushuntirishini tinglash, savollarga javob izlash, topshiriqlarni bajarish yo'llari bilan unga ta'sir qiladi
Bu jarayonda integratsion metodlarni loyihalashni didaktik va metodik jihatdan takomillashtirish, ta'lim jarayoniga tadbiq etish uchun o'qituvchi tomonidan unga ikkilamchi ishlov berish amalga oshiriladi, ya'ni, o'quv jarayoni loyihalanadi. Didaktik materiallarni loyihalashda o'quvchilar faolligini oshirishga alohida e'tibor berish zarur. Bu vazifani ayni vaqtda ta'lim amaliyotida keng qo'llanayotgan interfaol metodlar yordamida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi va o'quvchilar hamkorlikdagi faoliyatlari (barcha didaktik omillar ta'sirida) faqatgina qat'iy va anglangan vaqt oralig'idagina ta'minlanadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tavsiya etiladigan integratsion metodlar va uslublarni qo'llashda quyidagi talablar inobatga olinishi kerak:
S o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va o'quv materiali mazmuniga mosligi; S vaqt va foydalanish imkoniyatlarini inobatga olish;
S o'quvchilar tafakkurini o'stirishga va ta'lim samaradorligini oshirishga e'tibor qaratilganligi;
S o'quvchilarning katta qismini jalb eta olishi.
Xulosa o'rnida ta'kidlash lozimki, tillar integratsiyasi didaktik imkoniyatlaridan o'qitish hamda o'rganish jarayonida muntazam foydalanish o'zlashtirilayotgan tilning mohiyatini to'laligicha ochib beradi. Ularni nazariy jihatdan to'liq ifodalanishga qiyinchilik tug'dirayotgan ba'zi bir omillar amaliy xarakterdagi samarali integrativ usullar yordamida yoritilishi tilni o'zlashtirishda yana bir muhim bog'liqlikni, nazariya amaliyot; amaliyot nazariyani ta'minlaydi. Bir so'z bilan aytganda, boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida foydalaniladigan didaktik materiallarni, didaktik topshiriqlarni yaratish jarayonida integratsion yondashuv har tomonlama tilning didaktik imkoniyatlarini o'zida mujassam eta oladi.
REFERENCES
1. Sh.M.Mirziyoyev. "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884 sonli O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori.
2. Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi.
3. Boshlang'ich ta'lim Konsepsiyasi.
4. N.N.Azizxo'jayeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent. 2016.
5. B.Ziyamuhammedov, M.Tojiyev. Pedagogik texnologiya - zamonaviy o'zbek milliy modeli. Toshkent. 2019.
6. O.Roziqov, M.Mahmudov va b. Ona tili didaktikasi. Toshkent.: "Yangi asr avlodi", 2005.
7. O'.Hoshimov, I.Yoqubov Ingliz tili o'qitish metodikasi. Toshkent.: Sharq nashriyoti-2003
8. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).
251^H
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
9. Ибраимов Х. И. Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога //Наука, образование и культура. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.
10. Ibragimovich X. I. O „ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO „LLASHNING O „ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.
11. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.
12. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.
13. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.
14. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.
15. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.
16. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.
17. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).
18. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
19. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.
20. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.
21. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно -творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.
22. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.