Научная статья на тему 'ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
99
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integrativ / kompetensiyaviy / kommunikativ yondashuvlar / o‘qish / so’zlash / tinglash va yozish ko‘nikmalari / nutqiy kompetensiya / interfaol metodlar / didaktik vositalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mambetova Lobar Mirzavali Qizi

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Ona tili darslarida til o‘qitishdagi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslanib, didaktik vositalar va interfaol ta’lim metodlaridan maqsadli foydalanish o‘quvchilarda nutqiy kompetensiya tarkibiy elementlari: tinglash, so‘zlash, o‘qish va yozish kabi nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali natijalar berishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARNING NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Mambetova Lobar Mirzavali qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'limda ona tili va

uni o'qitish metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10802295

Annotatsiya. Maqolada umumiy o 'rta ta'lim maktablarida Ona tili darslarida til o'qitishdagi zamonaviy pedagogik yondashuvlarga asoslanib, didaktik vositalar va interfaol ta'lim metodlaridan maqsadli foydalanish o'quvchilarda nutqiy kompetensiya tarkibiy elementlari: tinglash, so'zlash, o'qish va yozish kabi nutqiy ko 'nikmalarini rivojlantirishda samarali natijalar berishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: integrativ, kompetensiyaviy, kommunikativyondashuvlar; o'qish, so'zlash, tinglash va yozish ko'nikmalari; nutqiy kompetensiya, interfaol metodlar, didaktik vositalar.

Aннoтaция. В статье на основе современных педагогических подходов к обучению языку на уроках родного языка в общеобразовательных школах целенаправленное использование дидактических средств и интерактивных методов обучения являются структурными элементами речевой компетентности учащихся: аудирование, говорение, чтение и письмо. Подчеркивается, что это дает эффективные результаты в развитии речевых навыков.

Ключевые слова: интегративный, компетентностный, коммуникативный подходы; навыки чтения, говорения, аудирования и письма; разговорная речь, интерактивные методы, дидактические средства.

Abstract. In the article, based on the modern pedagogical approaches to language teaching in the mother tongue classes in general secondary schools, the purposeful use of didactic tools and interactive teaching methods are the structural elements of students' speech competence: listening, speaking, reading and writing. It is highlighted that it gives effective results in developing speaking skills.

Keywords: integrative, competence, communicative approaches; reading, speaking, listening and writing skills; speech competence, interactive methods, didactic tools.

So'nggi yillarda respublikamizda til o'qitish tizimini yangicha innovatsion sifat bosqichiga olib chiqishga oid islohotlar umumiy o'rta ta'lim ona tili darslarida o'quvchilarga nutqiy kompetensiya komponentlarini egallashga doir ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur o'rganish, erkin, kreativ, ilmiy va mantiqiy fikrlash hamda atrof-muhitga ongli munosabatni rivojlantirish, og'zaki va yozma savodxonligini mustaqil ifodalay olishlari uchun zarur imkoniyatlar bermoqda. Ta'limga kompetensiyaviy, integrativ va kommunikativ yondashuv o'quvchilarda ilmiy tafakkur potensialining o'sishi, kasbiy kompetentlikning faollashuvi, izlanuvchan, yangilikka intilgan, harakatchan, tashabbuskor, o'zining professional maqsadlarini aniq anglaydigan, yetuk, barkamol shaxs bo'lib yetishishiga ijobiy, samarali ta'sir ko'rsatadi.

Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturida "Ona tili fani o'quvchi shaxsida fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga, o'z fikrini og'zaki hamda yozma shaklda nutq sharoitiga mos ravishda to'g'ri va ravon bayon qila olishga qaratilgan nutqiy (kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish; o'quvchida til qurilishiga oid o'zlashtiriladigan amaliy bilimlarni (fonetika (orfoepiya), leksika, so'z tarkibi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish"ni nazarda tutadi. O'quvchilarda

ushbu malaka talablarini rivojlantirish va takomillashtirishda esa ona tili o'qituvchisining o'rni beqiyosdir. Bu xususida psixolog olim E.G'oziyev shunday deydi: "O'smirning to'g'ri mantiqiy fikrlashini rivojlantirish borasida ona tili va adabiyot o'qituvchisining roli juda muhimdir. U hamma vaqt o'quvchilarni to'g'ri jumla tuzishga, ravon mulohaza qilishga, fikr yuritishga, yozish o'rgatib boradi". Demak, nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida ona tili o'qituvchisi kontekstli o'qitish va zamonaviy yondashuvlar asosida o'quvchilarga mazmunan va grammatik jihatdan to'g'ri jumla tuzishni, mustaqil fikr yuritishni hamda o'z fikr-mulohazalarini og'zaki hamda yozma bayon qilishda olingan bilimlarni amalda qo'llay olishni o'rgatib boradi. Ona tili nafaqat barcha fanlarni o'zlashtirishda, balki umuman, jamiyatda insonlarning o'zaro munosabatga kirishishida - muloqotning shakllanishida ham ahamiyatlidir. Ona tili darslarida milliy til - ona tilini o'qitishda har bir sinfda o'quvchilar egallashi ko'zda tutilgan nutqiy faoliyatning asosiy to'rt lisoniy ko'nikmasini, ya'ni nutqni tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish amallari bo'yicha talab etiladigan malaka va ko'nikmalar me'yori rivojlantirilib boriladi.

D.Muydinova inson hayoti davomida nutqiy faoliyatning ta'siri va ahamiyati, nutqning doimiy o'sib boruvchanligi, oilada, jamiyatda va ta'limda mazkur kompetensiyaning rivojlanish xususiyatlari aks etishi, ayniqsa, ona tili ta'limida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish, o'quvchilarni o'z fikrini mustaqil, erkin va asosli bayon qila olish ko'nikmasini o'stirish orqali nutqiy faoliyatga tayyorlash jarayonini sifatli tashkil etish va kutilgan natijaga erishishda ona tili darslarida ta'lim oluvchining og'zaki hamda yozma nutqini namunali darajaga olib chiqish to'g'risida fikr yuritgan. Nutqiy kompetensiya uzluksiz ta'limda o'qitiladigan barcha fan predmetlarining integratsiyalashuvi natijasida takomillashib boradi va o'quvchilarning o'z nutqi ustida ishlashiga imkon beradi. Nutqiy kompetensiya o'quvchilarning amaliy faoliyati davomida axborotlar bilan ishlashi, turli nutqiy vaziyatlarda o'zgalar fikrini tinglashi va o'z fikrini mustaqil bayon eta olishi, mantiqiy fikrlashi, og'zaki yoki yozma ma'lumot olish va ma'lumot berish jarayonlarida adabiy til me'yorlariga amal qilgan holda lisoniy qoidalarni qo'llashi natijasida takomillashib boradigan nutqiy bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llay olish qobiliyatidir.

O'quvchilarning nutqiy kompetensiyalari ular mavjud bo'ladigan barcha lisoniy hamjamiyatlarda, ya'ni: o'z oilasida, tengdoshlari davrasida, ijtimoiy muhitlarda amalga oshiriladigan nutqiy faoliyatlari davomida sayqallanib boradi, chunki o'quvchi o'z navbati bilan ham so'zlovchi, ham tinglovchi pozitsiyasini egallaydi, jarayonning faol ishtirokchisi sifatida savol-javoblarda qatnashadi, munosabat bildiradi, o'z fikrlarini himoya qilishda so'z boyligidan to'la foydalanishga ehtiyoj sezadi, shu holat o'quvchi leksikonida hikmatli so'zlar, maqollar, hikoyalardan eshitib, o'qib o'zlashtirgan so'zlardan amalda foydalanish imkoniyatini yaratadi.

Nutqiy kompetensiyani tashkil etuvchi tinglash, so'zlash, o'qish va yozish tarkibiy elementlari o'quvchilarda bir-birini taqoza etuvchi hamda to'ldirib boruvchi, o'zaro chambarchas bog'langan nutqiy jarayonlar bo'lib, har biri nutqiy faoliyatning rivoji uchun muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.

Umumiy o'rta ta'limda o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalari tizimli va uzluksiz ravishda o'qitishning dastlabki bosqichlaridan boshlab rejaga muvofiq til sathlariga oid grammatik qoidalar va ularni mustahkamlashga doir mashq va topshiriqlar asosida rivojlantirilib boriladi. Ona tili darslarida o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalari ham rivojlantirilib boriladi. Hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan axborot asrida til o'qitish tizimida ham zamonaviy yondashuvlar, interfaol metodlar va zamonaviy didaktik vositalardan foydalangan holda o'quvchilarda tinglash, so'zlash, o'qish va yozish nutqiy ko'nikmalarni kompleks rivojlantirish bugungi davr talabidir. Shu nuqtayi nazardan amaliyotda o'quvchilaning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan Ona tili

darslarida qo'llaniladigan ta'lim metodlari va didaktik vositalar tizimi quyidagicha mazmunga ega bo'lishi tavsiya etiladi:

- o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishga oid berilgan nazariy ma'lumotlar;

- o'quvchilarning o'qib tushunish ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar tizimi;

- o'quvchilarning tinglab tushunish ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar tizimi;

- o'quvchilarning so'zlash ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar

tizimi;

- o'quvchilarning yozish ko'nikma va malakalarini rivojlantiruvchi mashq va topshiriqlar

tizimi;

- o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda matn va matn ustida ishlashga oid mashq va topshiriqlar tizimi;

- o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda rasmli mashq va topshiriqlar

tizimi.

Demak, Ona tili darslarida o'quvchilarga nutqiy kompetensiya tarkibiy elementlarining funksional mazmunini singdirish va amalda qo'llashga o'rgatish ularning jamiyatda kommunikativ aloqaga kirishlarida, og'zaki va yozma muloqot jarayonlarida faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev, 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-sonli Farmoni,

2. Дахин А.Н. Педагогическое моделирование и компетентность участников образования // Школьные технологии. - Москва, 2007. - № 6. - С. 64-73.

3. Bituheeva SS Interrelation of integrated teaching of listening and reading // Info lesson: website. — URL: Htps://infourok.ru/vzaimosvyaz-integrirovannogo-obucheniya-audirovaniyu-i-chteniyu-2000121.html (access date: 03/02/2020).

4. BredikhinaIA Methods of teaching foreign languages: Teaching the main types of speech activity: textbook. allowance . -Ekaterinburg : Ural Publishing House. University, 2018. -104 p.

5. Fозиев E. Психология.Т.: "Укитувчи". 2003. - 295 б.

6. Юсупова Ш. Она тили таълими самарадорлигини оширишда илгор педагогик технологияларни жорий этиш (ноанъанавий усуллар ва компьютердан фойдаланиш): Пед.фан. номз. ...дисс. - Тошкент, 2005

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.