ONA TILI TA'LIMIDA TAKRORLASH VA MUSTAHKAMLASH DARSLARINI TASHKIL QILISHNING PEDAGOGIK VA DIDAKTIK ASOSLARI Urmonova Dilfuza Mamasalievna
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o'qituvchisi, erkin tadqiqotchi ORCID NO: 0000-0001-7356-1560 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7931065
Annotasiya. Taniqli tilshunos, filologiya fanlari doktori A.Nurmonovning fikricha, kompetensiyaviy ta'lim konsepsiyasi til ta'limi oldiga yoshlarda muayyan kompetensiyalarni, xususan, lingvistik, nutqiy, kreativ (mustaqil va ijodiy fikrlash), pragmalingvistik singari kompetensiyalarni shakllantirish vazifasini qo'yadi. Maqolada ona tili ta'limida takrorlash va mustahkamlash darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilishning pedagogik va didaktik asoslari haqida so z boradi.
Kalit so^zlar: kompetensiyaviy ta'lim, lingvistik, nutqiy, kreativ, mustaqil va ijodiy fikrlash, pragmalingvistik kompetensiyalar.
Dunyo mamlakatlarida umumta'lim maktab o'qituvchilari uchun belgilangan kompetensiyalarda umumiylik, o'xshashlik kuzatilsa-da, aynan bir xil emas. "Ba'zi olimlar uch bosqichli kompetensiyani e'tirof etadilar: 1) umumiy (tayanch) kompetensiya; 2) umumiy predmetli kompetensiya; 3) predmetli kompetensiya. Oxirgi kompetensiya oldingi ikki kompetensiyaga nisbatan xususiy sanaladi". Britaniya maktablarida oltita tayanch kompetensiyalar asos sifatida olingan. Ularni shartli ravishda bir nechta guruhlarga birlashtirish mumkin. "Asosiy kompetensiyalar: muloqotga kirishish; hisob-kitoblar yuritish; axborot savodxonligi. Keng ko'lamli tayanch kompetensiyalar: boshqalar bilan ishlay olish; bilim olish va takomillashish malakasi; turli masala va muammolarni yechish ko'nikmasidir".
Atoqli tilshunos olim A.Nurmonov va G.Ziyodullaevalarning "O'quvchilarning til kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammolari" maqolasida kompetensiyaviy ta'lim konsepsiyasi til ta'limi oldiga o'quvchilarda nutqiy, lingvistik, kreativ va pragmalingvistik singari kompetensiyalarni shakllantirishni ko'zlashi qayd etilgan. Bular xususiy xarakterdagi predmetli kompetensiyalar sirasiga kiradi. Ya'ni har bir darsda mavzuning mazmun va mohiyatidan kelib chiqib o'qituvchi tarbiyalanuvchilarda shakllantirishni rejalashtiradigan layoqat shakllari deyish mumkin. Ana shu kompetensiyalarni shakllantirgan va talab darajasida rivojlantirgan til ta'limi o'ziga bildirilgan ishonchni oqlagan, yuklatilgan vazifani uddalagan bo'ladi. Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim - bu o'quvchilarda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish nuqtai nazaridan beriladigan ta'limdir.Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limdan maqsad esa o'quvchini keng qamrovli fikr-mulohaza yuritadigan va muloqatga kirisha oladigan barkamol shaxs qilib etishtirishdir. Kompetensiyaviy yondashuv umumiy o'rta ta'limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko'rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) - "Bilim - Ko'nikma -Malaka"ni oltita birlik (sekstet) - "Bilim - Ko'nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasi -Kompetensiya -Kompetentlik" tarzida tahlil qilish talab etiladi.
Taniqli tilshunos, filologiya fanlari doktori A.Nurmonovning fikricha, kompetensiyaviy ta'lim konsepsiyasi til ta'limi oldiga yoshlarda muayyan kompetensiyalarni, xususan, lingvistik,
nutqiy, kreativ (mustaqil va ijodiy fikrlash), pragmalingvistik singari kompetensiyalarni shakllantirish vazifasini qo'yadi. O'quvchining nutqiy kompetensiyasi muayyan til imkoniyatlaridan amalda foydalanish malakasidir . So'zlovchi til haqidagi bilim asosida nutqiy faoliyatga kirishsa-yu, lekin nutqiy tajriba asosida hosil bo'ladigan bilimga etarli ega bo'lmasa, uning lingvistik kompetensiyaga to'liq ega emasligi bilinib qoladi. Tilning nazariy jihatlari, qonun-qoidalar ta'lim jarayonida o'rgatiladi va natijada o'quvchilarda til haqidagi bilimlar majmuasi yaratiladi. Til sistemasi, tilning qurilishi va funksiyalari haqidagi bilim, ko'nikmalar va ulardan turli vaziyatlarda o'rinli foydalanish mahoratiga lingvistik kompetensiya deb qaraladi, ya'ni til sistemasi haqidagi bilimga, lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarida bilim va ko'nikmalarini mustaqil qo'llay olish tajribasiga ega bo'lgan xislatlar tushuniladi. Buni yanada soddaroq qilib, til bilimining mukammalligi va yetukligi desa ham bo'ladi. Takrorlash va mustahkamlash darslarida ayrim kompetensiyalar alohida ahamiyatga ega.
Lingvistik kompetensiya o'quvchining ona tili fanining fonetika, leksika, frazeologiya, morfologiya, sintaksis, orfografiya, punktuatsiya, stilistika singari bo'limlari haqidagi bilimlari, bu bilimlardan turli xil vaziyatlarda foydalanish malaka va ko'nikmasidir. Tilshunos olim, filologiya fonlari doktori N.Uluqov fikricha, lingvistik kompetentlik quyidagilardan tarkib topadi:
1) o'z fikrini ona tilida ravon, tushunarli, aniq va lo'nda ifodalay olish;
2) adabiy tilda so'zlash;
3) imloviy, ishoraviy va uslubiy xatolarsiz yoza olish;
4) davlat tilida ish hujjatlarini yurita olish;
5) xorijiy tillarni bilish va hokazo.
Demak, lingvistik kompetentlik butunlik sifatida bir necha struktur komponentlardan tashkil topadi, eng avvalo, ona tili fani haqidagi bilim va malaka o'rtasidagi munosabatdan iborat. Ona tili haqidagi bilim esa o'zbek tilining funksiyasi, ona tili fanining bo'limlari, til sistemasi va uning birliklari, bu birliklarning ma'no va vazifalari, so'z turkumlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari, gap bo'laklari va gapning ifoda maqsadiga, tuzilishiga ko'ra turlari, ularning uslubiy belgilari, imloviy xususiyatlari sistemasidan tashkil topadi. Atrof-muhitni anglash, bo'layotgan voqea-hodisalarni sergaklik bilan kuzatib, ulardan kerakli xulosalarni chiqarish, har bir hodisaga ijodiy yondashgan holda, o'zining mustaqil fikrini emin-erkin ayta olish lingvistik kompetensiyaning mazmun-mundarijasini belgilaydi. Lingvistik kompetentlikni shakllantirish kommunikativ kompetentlik bilan birga yetakchi maqsadlardan biri bo'lib, maktab o'quvchilarining til (lingvistik) va nutq rivojlanishining birligini ta'minlaydi, u til kompetensiyasi rivojlanishining muvaffaqiyatini belgilaydi, chunki uning rivojlanish darajasi o'quvchilarning nutqini rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Lingvistik kompetensiya ona tilidan egallanadigan lingvistik bilimlar tizimi va u o'zbek tilining fonetikasi, leksikasi va grammatikasi bo'yicha nazariy bilimlarni muayyan izchillikda egallash natijasida takomillashib boradi.
Jamiyat ona tili ta'limi oldiga o'quvchi shaxsida fikrlash, o'zgalar fikrini anglash va fikr mahsulini og'zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olish, ya'ni mustaqil va ijodiy tafakkurni hamda kommunikativ savodxonlikni rivojlantirish vazifasini qo'yadi. Bugungi tilshunoslik oldiga qo'yiladigan talab ham tilni uni tashkil etuvchilari va ular o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish asosida emas, balki til egalari xotirasidagi lisoniy bilimlarning muloqot jarayonida aktuallashish xususiyatlarini, ya'ni lisoniy kompetensiya va uning nutqiy ifodasi munosabatini o'rganish asosida tadqiq etishdir. Hozirgi o'zbek tilshunosligining bugungi muammosi ham til egalari xotirasida jamlangan til faktlarining muloqot jarayonidagi tatbiqining (til kompetentligi),
kommunikatsiya jarayonida tilning rolini, til va til egasi munosabatini o'rganishdir. Odatda, har bir xalqning madaniyatlilik darajasi uning savodxonlik darajasi bilan belgilanadi. Savodxonlik darajasi esa, o'qish-yozishni bilish bilangina emas, balki so'zlarni qanchalik to'g'ri yoza olish va o'z o'rnida qo'llay olish qobiliyatiga ega bo'lishida ko'rinadi.
"Maktab o'quvchisining lingvistik kompetensiyasi deganda til sistemasi haqidagi bilimlarga, lingvistik tafakkurga, yangi til vaziyatlarida bilim va ko'nikmalarni mustaqil qo'llash tajribasiga ega bo'lgan o'quvchining integral shaxsiy xislatlari tushuniladi. Boshqacha aytganda, lingvistik kompetensiya ijtimoiy hodisa va belgilar sistemasi sifatida til haqida, tilning qurilishi va funksiyalanishi haqida o'quvchilarning bilim, malakasi va ko'nikmasi hamda bulardan turli vaziyatlarda foydalanish mahorati anglashiladi. Tilshunos D. Nabieva fikriga ko'ra, "Lingvistik kompetensiyaga ega bo'lish uchun til sathlari va sath birliklari, ularning muloqot jarayonidagi ifoda imkoniyatlari, to'g'ri so'zlash, tinglash, o'qish va yozish ko'nikmalarini hosil qilish lozim. Shu bilan birga lingvistik kompetensiya o'z tarkibiga sotsiolingvistik va pragmalingvistik kompetensiyalarni ham qamrab oladi". Proffessor N.Uluqov ta'rifiga ko'ra, lingvistik kompetensiya: "til bilimining mukammalligi va yetukligi"dir.
Pragmalingvistik kompetensiya. Tilni nazariy tadqiq qilish, amaliy o'rganish va o'qitish uni hayotiy vaziyatlar hamda zaruratlar doirasida olib borilsagina, ahamiyat jihatidan to'laqonli o'z vazifasini ado eta oladi. "Lison ham hayot manbai, shu sababli uning hayotdagi o'rnini, undan odamlar qanday foydalanayotganligini hamda uning hayot darajasi, sifatiga qanday ta'siri borligini bilmoq kerak. Bularning barchasi biz foydalanayotgan hodisa - tilning tabiati va ijtimoiy mohiyatini bilish imkonini yaratadi". Tilshunos olim Sh.Safarov keng qamrovli ijtimoiy vaziyatlar sharoitida muloqot vaziyatlari o'zgarib turishi, oddiy tuzilishda bo'lgan pragmatik strukturaning murakkablashib borishi, ayni paytda pragmatikaning semantik qobig'i to'xtovsiz kengayib borishini ta'kidlar ekan, "lisoniy tahlilni pragmatikadan boshlamoq zarur" degan to'xtamga keladi.
Hozirgi kundagi ta'lim tizimida til o'qitishda tilning sof ichki tuzilishini o'rgatishga asosiy e'tibor qaratilayotgani jiddiy va asosli tanqid qilinmoqda. Chunki lisoniy strukturani bilgan holda u bilan bog'liq bilimlardan qanday va qaysi o'rinlarda foydalanishni bilmagan odam uchun bu bilimlarni o'zlashtirganidan hech qanday foyda va samara bo'lmaydi. Behudaga vaqt va kuch sarflagani qoladi. Mazkur muammoning yechimi bilan pragmalingvistika shug'ullanadi. Kreativ kompetensiya o'z ichiga nutqiy va lingvistik bilim, ko'nikmalarni olganidek, pragmatik kompetensiya ham bevosita ulardagi o'zaro aloqador ko'nikma va malakalar orqali shakllantiriladi, ayni paytda ularga nisbatan umumiylik xarakteridadir. "Pragmatik kompetensiya - muayyan vaziyatlardan ustalik bilan chiqib keta olish qobiliyatiga ega bo'lishdir". Ilmiy adabiyotlarda pragmatika kommunikativ vazifalarni hal qilish maqsadida lisoniy vositalardan tanlab foydalanishni nazarda tutuvchi real muloqot vaziyati sifatida talqin qilinadi,
Demak, dars mashg'ulotlarini, xususan, takrorlash va mustahkamlash darslarini yuqoridagi mezonlar asosida tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
REFERENCES
1. To'xliyev B., M. Shamsiyeva M., T. Ziyodova T.. O'zbek tili o'qitish metodikasi. O'quv qo 'llanma. T.:2006
2. Umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturi.Ona tili (1-11) Тошкент,-2021
3. Абдуазизов А. А. Тилшунослик назариясига кириш. Т., 2010.
4. Муслимов Н.А., Усмонбоева МД., Сайфуров Д.М., Тураев А.Б. Педагогик компетентлик ва креативлик асослари - Тошкент, 2015. - 120 б.
5. Мух,иддинова Х. Таълим боскичларида узбек тили укитилиши узлуксизлигини таъминлашнинг илмий-методик асосларини такомиллаштириш пед. фан. ном - ди дисс. ТДПИ -Тошкент, 2011.
6. Набиева Д. Лингвистик компетенция ва унинг шаклланиш жараёнлари. Андижон давлат университети Илмий хабарнома. - Андижон, 2019. - № 12. - Б. 91.
7. Нурмонов А., Хакимов М. Лингвистик прагматиканинг назарий шаклланиши // Узбек тили ва адабиёти, 2001, 4-сон, - Б. 54-58.
8. Нурмонов А.,Зиёдуллаева Г. Укувчиларнинг тил компетентлигини шакллантириш ва ривожлантириш муаммолари // Маърифат, 2014, 18 июль. - Б. 12.
9. Пассов Е.И.Основы коммуникативной методики обучения иностранным языкам. -Москва: -1999
10. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси Давлат илмий нашриёти, 2008.
11. Турдиев Н ва б Умумий урта таълим тизимида укувчиларнинг компетенцияларини шакллантиришга йуналтирилган таълим технологиялари. Т.Н. ^ори Ниёзий номидаги Узбекистон педагогика фанлари илмий-тад;и;от институти. (1-;исм). - Тошкент, 2015. - 160 б.