Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3756
297
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BOSHLANG’ICH TA’LIM / KOMPETENSIYA / KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV / TAYANCH KOMPETENSIYA / NUTQIY KOMPETENSIYA / LINGVISTIK KOMPETENSIYA / MORFOLOGIK KOMPETENSIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ikromova M.V.

Ushbu maqolada kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati yoritilgan. Boshlang’ich ta’limda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ESSENCE OF THE CONCEPT OF COMPETENCE IN PRIMARY EDUCATION

This article describes the essence of the concept of competence. The importance of the competence approach in primary education is discussed.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI»

Ikromova M. V.

TDPU Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) yo'nalishi magistranti

BOSHLANG'ICH SINFLARDA KOMPETENSIYA TUSHUNCHASINING MOHIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati yoritilgan. Boshlang'ich ta'limda kompetensiyaviy yondashuvning ahamiyati haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, kompetensiya, kompetensiyaviy yondashuv, tayanch kompetensiya, nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, morfologik kompetensiya.

Ikromova M. V.

Educational theory and methodology (primary education) major

TDPU

THE ESSENCE OF THE CONCEPT OF COMPETENCE IN PRIMARY

EDUCATION

Annotation: This article describes the essence of the concept of competence. The importance of the competence approach in primary education is discussed.

Key words: primary education, competence, competence approach, basic competence, speech competence, linguistic competence, morphological competence.

Yurtimizda ta'lim-tarbiya sifati, jumladan, boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar bilan ta'minlash, о'quv uslubiy ta'minotini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar natijasida boshlang'ich sinflarda ona tili fanini integrativ yondashuv asosida o'qitish,, ta'lim mazmunini ilmiy tashkil etish va fanlarni o'zlashtirishda kompetensiyadan foydalanish ta'lim samarasini yuksaltirmoqda. Shu o'rinda yurtboshimiznign quyidagi fikrlarini keltirish o'rinlidir: "Bizni hamisha o'ylantirib keladigan yana bir muhim masala - bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so'z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog'liq. Bugun zamon shiddat bilan o'zgaryapti. Bu o'zgarishlarni hammadan ham ko'proq his etadigan kim - yoshlar. Mayli, yoshlar o'z davrining talablari bilan uyg'un bo'lsin. Lekin ayni paytda o'zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug' zotlarning avlodimiz, degan da'vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o'zligiga sodiq qolishga undab tursin.

Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta'kidladi Prezidentimiz.

Darhaqiqat, mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o'zgarishlar va islohotlar, tabiiyki, ta'limda kompetentli yondashuvni talab etmoqda. Shu o'rinda kompetensiya tushunchasining mazmuniga to'xtalib o'tsak.

Kompetensiya - fan bo'yicha egallagan nazariy bilim ko'nikmalarni, amaliy ko'nikma va malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanib, amaliyotda qo'llay olishdir.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim - o'quvchilarda egallangan bilim, ko'nikma va malakalarini o'z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo'llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'limdir.

Shuningdek, bunday yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqil, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umum-madaniy ko'nikmalarni shakllantiradi.

O'zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo'naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida o'qitiladigan umumta'lim fanlari mazmunining izchilligini ta'minlash maqsadida tayanch kompetensiyalar hamda har bir o'quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kompetentsiyalar belgilandi.

Tayanch kompetensiyalar:

1.Kommunikativ kompetensiya;

2.Axborot bilan ishlash kompetensiyasi;

3.Shaxs sifatida o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi;

4Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;

5.Umummadaniy kompetensiyalar;

6.Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi.

Kompetensiyaga ega bo'lish shunchaki bilim, ko'nikmalarni egallab olishnigina anglatmasdan kishining shu bilimlarni hayotda aniq maqsadlar asosida qo'llay olishini bildiradi.

Boshlang'ich ta'limda - o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.

Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish):

-mavzu doirasida o'qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;

-ko'rgan rasmlari asosida va o'qib eshittirilgan matn yuzasidan o'qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o'zlashtirgan yangi so'zlarni og'zaki nutqda qo'llay oladi va b.

Lingvistik kompetensiya:

-o'zbek tilida nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qila oladi,

-so'zlarni talaffuz me'yorlariga rioya qilagan holda bo'g'inlab ko'chirish qoidasiga rioya qila oladi v.b

Morfologik kompetensiya - bu grammatika bo'limining bir qismi bo'lgan va til tizimining bir qismini tashkil etadigan morfologiya tomonidan olingan bilim va ko'nikmalarni qo'llash qobiliyati. Morfologik kompetensiya o'quvchilarda shakllanadigan so'z turkumlari, ularning ma'no xususiyatlari, imlosi, gapdagi vazifasiga oid ko'nikma va malakalar yig'indisidir. Boshlang'ich ta'lim o'quv dasturida barcha o'quv fanlarini, shu jumladan ona tilini to'liq qamrab oladi. Morfologiya o'zbek tilining boshlang'ich sinflarda maktabda o'qitiladigan bo'limlaridan biri. Ona tili darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining morfologik kompetentsiyasini shakllantirish - maxsus morfologik mashqlar yordamida amalga oshiriladi. Morfologik mashqlar bolalarning morfologiya bo'yicha olgan bilimlarini mustahkamlaydi hamda imlo va punktuatsiya bo'yicha ko'nikma va qobiliyatlarini shakllantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Darslarda quyidagi morfologik mashqlardan foydalanish mumkin:

-morfologik tahlil; - so'zni to'liq yoki qisman morfologik tahlil qilish;

- so'zni belgilangan shaklda yozish; - nutqda so'ralgan so'z turkumlariga oid so'zlarni topish;

- so'z turkumlari yordamida so'z birikmalari tuzish; - nutqning turli qismlariga mansub omonim (shakldosh) so'zlarni farqlash;

- berilgan jadval asosida so'zlarni guruhlarga ajratish; - gapda bajaradigan vazifasini aniqlash v.b

Ona tili darslarida ta'lim oluvchilar tayanch hamda fanga oid kompetensiyalardan, imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli va unumli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish; mantiqiy ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish; milliy istiqlol g'oyasini, sharqona tarbiyani shakllantirish; o'quvchi shaxsini ma'naviy boyitishdan iborat. Boshlang'ich sinflarda ona tili fanida o'quvchilarni og'zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta'lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog'langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to'liq o'rganishga tayyorlaydi. Bu jarayonda o'quvchilarga kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan holda ta'lim berish o'zining kutilgan samarasini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining»Umumiy o'rta ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarori. 6-aprel 2017y

2. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev»Ta'lim sohasini isloh qilish, kasb-hunar ta'limi tizimini yanada rivojlantirish va oliy ta'limning bakalavr yo'nalishiga qabul bo'yicha test sinovlarini takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan" yig'ilishdagi nutqidan. T. 2017y

3. JDPI. F.f.d (PhD). B.Boltayeva." Boshlang'ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish" maqolasidan

4. N.Muslimov «Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari" o'quv qo'llanma

5. Xoliqov A.A. "Pedagogik mahorat" - Toshkent.: Iqtisod - moliya, 2011 - yil, 418 bet

6. www.Ziyo.net

7. www.wikipediya.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.