Научная статья на тему 'ОNA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATUVCHI INTERAKTIV VA NOAN’ANAVIY METODLARI'

ОNA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATUVCHI INTERAKTIV VA NOAN’ANAVIY METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
34
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / interaktiv metod / qobiliyat / uslub / topqirlik / ijodkorlik / noan’anaviy metodlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soliyeva Xursheda Abosjonovna

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda noan’anaviy metodlardan foydalanish haqida tavsiyalar berib o‘tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОNA TILI DARSLARIDA O`QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O‘RGATUVCHI INTERAKTIV VA NOAN’ANAVIY METODLARI»

ONA TILI DARSLARIDA OQUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA O'RGATUVCHI INTERAKTIV VA NOAN'ANAVIY METODLARI Soliyeva Xursheda Abosjonovna

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Fargona viloyati Rishton tumani 1-maktab https://doi.org/10.5281/zenodo.10805036

Annotatsiya. Ushbu maqolada ona tili fani bo'yicha o'quv mashg'ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko'rsatilgan. Shuningdek, muallif o'quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda noan'anaviy metodlardan foydalanish haqida tavsiyalar berib o'tgan.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, interaktiv metod, qobiliyat, uslub, topqirlik, ijodkorlik, noan'anaviy metodlar.

Аннотация. В статье рассмотрены вопросы использования интерактивных методов обучения на уроках родного языка. Автор отмечает, что использование интерактивных методов на уроках родного языка существенно повышает их качество. Также предлaгает нетрадиционные методы концентрации внимания учащихся общеобразовательных школ.

Ключевые слова: педагогические технологии, интерактивные методы, способность, находчивость, творческая деятельность.

Abstract. The article deals with interactive teaching approaches in mother tongue lessons. On the basis of concrete examples the author states that applying interactive methods significantly improves the quality of mother tongue lessons and offers nontraditional methods focused on elementary school children.

Keywords: pedagogical technology, interactive methods, ability, style, resourcefulness, creative work.

Ta'lim negizi bu o'qituvchi va o'quvchining hamkorligi hamda natijaga erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog'liq, ya'ni o'quvchilar mustaqil fikrlashi, ijodiy ishlashi, izlanishi, tahlil etishi, baholashi ta'lim samarasini belgilaydi. Litsey faoliyatida har bir o'quv mashg'uloti mavzusi o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayon sifatida qaraladi. Ushbu jarayonning psixologik mexanizmlari esa - ta'lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo'yishdan, natijalarni shakllantirishdan, ularning optimallik va samaradorlik darajasini loyihalashtirishni o'z ichiga oladi. Ushbu psixologik mexanizmlarga quyidagilar kiradi: o'quvchining dars davomida befarq bo'lmasligi, mustaqil fikrlashi, ijod etishi va izlanishga majbur etishi: o'quvchini o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi.

Taniqli olim N.A.Muslimovning ta'kidlashicha, mashg'ulotning muvaffaqiyatli o'tishining 80 foizi o'quv jarayonini to'g'ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog'liq. O'quv jarayonini loyihalashtirish quyidagi uch bosqichdan iborat: o'quv maqsadlari va natijalarini belgilash; natijalar asosida nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqish; o'quv jarayonining texnologik xaritasini ishlab chiqish. Xususan, bu jarayonning texnologik xaritasi psixologik jihatdan insonning ma'lumot qabul qilishi -reprezentativ sistema tashkil etadi. Ya'ni o'quvchilar vizuallar, audiallar, kinestetiklarga ajratiladi. Misol uchun vizuallar slayd, film, tarqatma material, chizma va plakatlar, audiallar-turli adabiyotlar, baxs-munozara klublari, davra suhbatlari, savol-javoblar, debatlar orqali, kinestetiklar esa jarayonning o'zida ishtirok etish, loyiha tayyorlash, qisqa ma'ruzani yoki slayd taqdimotni namoysh etish orqali o'zlashtirish

jarayonini amalga oshiradi. O'qituvchi har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilishi, uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirishi texnologik xaritasini tuzib olishi muhim ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o'qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika va axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, shuningdek, juda ko'p metodlar, uslublarni bilishi kerak bo'ladi. O'quv mashg'uloti ishlanmasi - bu ta'limiy mazmunga ega loyiha, shuningdek, o'qituvchi tomonidan tuzilishi majburiy bo'lgan hujjat hisoblanadi. Uni tuzishda o'qituvchining o'quv mashg'uloti jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, dars mazmunini boyitish, ta'lim samaradorligini oshirish maqsadi ko'zlanadi. O'quv mashg'uloti ishlanmasini yildan-yilga takomillashtirib va mukammallashtirib borish, yangi metodlarni qo'llash, yangi materiallarni kiritish bilan yangilab turiladi. O'qituvchilarimiz tomonidan yangi axborot texnologiyalar, zamonaviy texnik vositalarining qo'llanishi bilan o'quv mashg'uloti ishlanmalariga qo'yilgan talablar ham o'zgarib boradi. O'quv mashg'uloti loyihasi (ishlanmasi) uchun tayyor, standart qolip mavjud emas, chunki o'quv mashg'ulotlari "jonli" tashkil etiladi. O'quv mashg'ulotining bu xususiyatiga ko'ra uni hech qanday qolipga solib bo'lmaydi, u o'z modellariga va tanlangan metodlariga ko'ra turlicha bo'lishi mumkin.

O'quv jarayonida quyidagi turdagi modellar qo'llaniladi: o'quv modellari ko'rgazmali qurollar, ko'rgazmali vositalar, trenajyorlar, ta'limiy dasturlar); tajriba modellari (ilmiy, amaliy tajribalarni olib borishda qo'llaniladi; loyihalashtirilayotgan ob'yektning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan nusxasi; ilmiy-texnik modellar (jarayon va hodisalarni tadqiq etishda qo'llaniladi; qurilma, moslama, asbob, jihoz va mexanizmlar); o'yin modellari (turli vaziyatlarda ob'yekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko'nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo'llaniladi; kompyuter, sport, iqtisodiy, harbiy, ishchanlik o'yinlari va boshqalar); immitatsion modellar (real voqelikni u yoki bu darajada shunchaki aniq aks ettirish uchun emas, balki aynan unga o'xshatish maqsadida qo'llaniladi; amaliy harakatlarni bajarishga xizmat qiluvchi turli trenajyorlar, mexanizmlar).

Takliflar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: pedagogik jarayonni loyihalashda o'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan ichki ehtiyojni qaror toptirish; bilimlarni o'zlashtirishga ongli yondashuvni hosil qilish; o'quvchilarda mustaqil faoliyat yuritish ko'nikmalarini shakllantirish; faolligini ta'minlash; nazariy va amaliy bilimlar mohiyatini tahlil etish, bular borasida xulosa chiqarish, umumlashtirish hamda ularni o'z amaliy faoliyatiga tatbiq etish ko'nikmalarini yuzaga keltirish va takomillashtirish; fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlarini loyihalashtirishda innovatsion ta'lim texnologiya va metodlarni mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda tanlash; ta'lim jarayonida o'qituvchining har bir ta'lim oluvchi bilan ishlashga harakat qilishi va qaytar aloqa o'rnatishga erishishi; - o'quv materiallari va taqdimot slaydlarini barcha foydalanuvchilar diqqatini tortishga mo'ljallab qiziqarli, jozibali tayyorlash ta'lim sifati va samaradorligini belgilaydi.

Ma'lumki, mustaqil fikrlashga o'rgatuvchi, ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi usullarni qo'llab, o'quvchilarga chuqur bilim berish boshlang'ich ta'limning asosiy vazifasidir. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga olib kirildi. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang'ich sinf o'quvchisining aqlan rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik texnologiyalarni bugungi kunda eng ommaviylashgan turlaridan biri bu interaktiv metodlardir. Interaktiv metodlar o'quvchi va

o'qituvchining birgalikdagi faoliyati bo'lib, o'quvchilarni ijodiy fikrlashga, zarur xulosalarga kelishga, tahlil qilish va olingan bilimlarni amaliyotga qo'llashga o'rgatadi. O'qituvchining asosiy vazifasi esa, o'quvchilarga aniq yo'nalish berish, to'g'ri xulosalarni aytishdan iborat. Interaktiv metodlar yana shunisi bilan ahamiyatliki, o'qituvchi o'quvchining fikrini hech qachon keskin rad etmaydi, faqatgina to'g'ri xulosani aytadi, natijada o'quvchi o'z xatosini tushunib, fikrlashdan to'xtamaydi va ular o'rtasidagi doimiy faollik ta'minlanadi. Ma'lumki, kichik yoshdagi bolalar diqqati beqaror bo'lib, 1-sinf o'quvchisi uchun biroz muammolar yuzaga kelishiga olib keladi. Ana shu vaziyatda o'quvchilar diqqatini jamlashda qiziqarli interaktiv metodlarning ahamiyati katta. O'quvchilarga rasmli topshiriqlarni bajartirish, ularni fikrlashga, topqirlikka, ijodkorlikka undaydi hamda yozma va og'zaki nutqini o'stirib, lug'at boyligini oshiradi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining topqirligini, harflarni eslab qolish qobiliyatini o'stirishda quyidagi metodlar samarali natijalar beradi: "Kungaboqar" metodi. Kungaboqar rasmi o'rtasida ova uunlilari, uning atrofida esa, undosh harflar yozilgan bo'ladi. O'quvchilar undosh va bitta unli harflarni qo'shib, bir necha so'zlar tuzishadi. O'yin davomida o'rtadagi unlilarni almashtirish ham mumkin. O'quvchilar mustaqil ravishda daftarlariga tuzgan so'zlarini yozadilar. Bu jarayonda hamma o'quvchilar baravar ishtirok etishadi. O'qituvchi esa mashg'ulot davomida eng faol qatnashganlarni rag'batlantirib, baholab boradi. Ushbu usuldan yozuv darslarida ham, alifbe darslarida ham foydalanishimiz mumkin. O'quvchi qancha ko'p harf o'rgansa shu harflarni qo'shib so'z yasay oladi. Birinchi va ikkinchi kungaboqarda berilgan harflardan shunday so'zlar yasashimiz mumkin. Masalan: olam, olcha, ota, osmon, usta, uka, uxla. Alifbe darsligi tugagandan so'ng 1-sinf ona tili kitobida dastlab o'quvchilarga "Tovush va harf' haqida ma'lumotlar beriladi. Mavzular sekin-asta murakkablashib boradi. Bu holat muayyan qiyinchilik tug'dirib, biroz bo'lsa-da o'quvchilarning darsdan zerikishiga sabab bo'ladi. Shunday holatlarda interaktiv metodlardan foydalanish samarali natija beradi. Yuqorida ko'rsatilgan kungaboqar metodimiz ham bunga yaqqol misol bo'ladi. "Tovush va harf' bo'limining dastlabki mashqlari ham o'quvchilarning og'zaki nutqini shakllantirish uchun berilgan. Ushbu metod orqali darsni mustahkamlash mumkin. Bu usul ona tili darslarini qiziqarli tashkil etish, darslarda o'quvchilarning toliqib qolishlarining oldini olish va qisqa vaqt davomida ko'proq o'quvchilarni baholashga xizmat qiladi. "Sinkveyn" metodi. Sinkveyn so'zining ma'nosi "beshlik" bo'lib, "Qofiyalanmagan besh qatorlik she'r" degan ma'noni anglatadi. O'quvchilar "Sinkveyn" metodidan foydalanib, qofiyalanmagan besh qatordan iborat she'r yozadilar. Bunga ko'ra birinchi qator bitta so'zdan iborat bo'lishi va bu ot so'z turkumiga oid so'z bo'lishi, ikkinchi qator ikkita so'zdan iborat bo'lishi va bu sifat so'z turkumiga oid so'zlar bo'lishi, uchinchi qator uchta so'zdan iborat bo'lishi va bu fe'l so'z turkumiga oid so'zlar bo'lishi, to'rtinchi qatorda to'liq bir maqol keltirilishi va beshinchi qatorda birinchi qatordagi so'zga sinonim bo'lgan bir so'z qo'yilishi mumkin. Ushbu metoddan 2-, 3-sinflarga o'tgandan keyin o'quvchilar so'z turkumlari haqida tushunchalarga ega bo'lganlaridan so'ng foydalanishi mumkin. 2-sinf ona tili darsligida so'z bo'limida shaxs va narsaning nomini, harakatini, belgisini, sanoq va tartibini bildirgan so'zlar haqida ilk morfologik tushunchalar berilgan. O'qituvchi o'quvchining fikrini tinglaydi va shu bilan birga, o'quvchilarni ham birbirlarining so'zlariga e'tibor bilan qarashga o'rgatadi. E'tiroz yoki qo'shimchalar ham "hurmatli", "sizlarning fikringizga qo'shilgan holda", "bizning ham ayrim fikrlarimiz bor edi" kabi so'zlar orqali bildiriladi. Bu tarzda tashkil etilgan darsda o'quvchi hech qanday tazyiqsiz erkin fikrlay boshlaydi va o'z fikrlarini ochiq bayon etadi, boshqalarni ham hurmat qilishga o'rganadi. Boshlang'ich ta'limda ona tili o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, lug'at boyligini oshirish, og'zaki va yozma nutqini rivojlantirish (ya'ni to'g'ri o'qish va yozish) ga, fonetika, leksika, so'z yasalishi

va gramatikaga oid bilimlarni o'rganish uchun zamin yaratishga xizmat qilishi lozim. Ma'lumki, ona tili darsida ham lug'at ishlarini o'tkazish o'quvchilarda o'zi uchun notanish bo'lgan so'zni izohi haqida qiziqish paydo bo'ladi. Bu so'zlarning izohini topishda o'quvchining o'zi mustaqil izlanishi maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi metod o'quvchilarning so'z boyligini oshirish bilan bir qatorda lug'at bilan ishlashga ham o'rgatadi. Darslarda interaktiv usullar qo'llashni shunday tashkil etish kerakki, bunda sinfdagi barcha o'quvchilar faollashishi zarur, ya'ni dars o'tish jarayonida o'quv materiallarining ma'lum bir qismi o'quvchilar tomonidan mustaqil o'rganiladi. O'qituvchi o'quv jarayoni tashkilotchisi, rahbari, nazoratchisi hamdir. O'quvchilarning sinfda o'zini erkin his qilishi va o'quv faoliyati uni emotsional jihatdan qoniqtirishi lozim, ana shundagina u o'zining fikrlarini erkin bayon qila oladi. Xulosa qilib aytganda, o'qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi, hamda uni amaliyotda o'rganiladigan til materiallarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda uni to'g'ri qo'llay olishi lozim. Darsning samarali shakllari qanchalik ko'p qo'llansa, o'quvchilarning ona tili faniga qiziqish darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi

REFERENCES

1. G'afforova T., Shodmonova E., Eshturdiyeva T. Ona tili. 1-sinf uchun darslik

2. Qosimova K, Fuzailov S, Ne'matova A. Ona tili

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.