Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINFDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANGʻICH SINFDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
344
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
interfaol / metod / o‘qish / organayzerlar / ilg‘or pedagogik texnologiyalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sattorova X.J.

Bugungi kunda darslarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holda darslarini ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, shuningdek o‘quvchularni fikrlashga undaydigan savol , test topshiriqlardan ham o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchlarini matini o‘qish va tushunish darajasini oshiradi , o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam beradi va sifatini oshiradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINFDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

BOSHLANG'ICH SINFDA OT SO'Z TURKUMINI O'RGANISHDA INTERFAOL

METODLARDAN FOYDALANISH Sattorova X.J.

Nizomiy nomidagi TDPU, dotsenti https://doi. org/10.5281/zenodo.7373918

Annotatsiya. Bugungi kunda darslarga qo'yilgan talablardan kelib chiqqan holda darslarini ilg'or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, shuningdek o'quvchularni fikrlashga undaydigan savol, test topshiriqlardan ham o'rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o'quvchlarini matini o'qish va tushunish darajasini oshiradi, o'quv materialini o'zlashtirishga yordam beradi va sifatini oshiradi.

Kalit so'zlar: interfaol, metod, o'qish, organayzerlar, ilg'or pedagogik texnologiyalar.

Annotatsiya. Учитывая сегодняшние требование, важно организовать занятия в классе с использованием передовых педагогических и информационно-коммуникационных технологий, а также с использованием вопросов, тестов и заданий, которые побуждают учащихся мыслить. Это помогает ученикам читать и понимать текст, помогает им освоить материал и улучшает их качество.

Abstract. Given today's requirement, it is important to organize classes in the classroom using advanced pedagogical and information and communication technologies, as well as using questions, tests and assignments that encourage students to think. This helps students read and understand the text, helps them master the material and improves their quality.

O'quvchilarni har tomonlama barkamol inson bo'lib shakllantirishda o'quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirish muhim vazifasidan biri hisoblanadi .

Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev o'zining "Erkin va farovon, demokratik o'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" asarida alohida ta'kidlanganidek "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz".

Ta'lim sifati va samaradorligi ta'lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, hayot bilan bog'liqligi, shuningdek, ta'lim mazmuniga mos axborot va ilg'or pedagogik texnologiyalar majmuasi tanlanishi bilan ta'minlanadi.

Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda dars rejasi (loyihasi)ni interfaol metodlar va axborot kommunikatsiya texnologiyalar asosida aniq va mukammal ishlab chiqish ta'lim jarayonini samarali tashkil etish va o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish sifatini oshirishning muhim omilidir.

O'qitish metodlari o'qituvchining o'quvchilar bilan muayyan maqsadlarga erishish yo'lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo'lib, kimga nimani qanday o'rgatish zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o'quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari uchun qo'llaniladigan metod va usullarni mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar tayyorlashda o'z samarasini beradi.

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.

"Interfaol" tushunchasi ingliz tilida "interact"(rus tilida "interaktiv") tarzida ifodalanib, lug'aviy nuqtai nazardan "inter" - o'zaro, "act" - harakat qilmoq kabi ma'nolarni anglatadi.

Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta'lim metodlari quyidagilar sanaladi:

Interfaol metodlar: "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" va boshqalar.

Interfaol ta'lim strategiyalari."Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" va boshqalar. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma'lum ma'noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.

Interfaol grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konsteptual jadval", "Venn diagrammasi", "T-jadval", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" va boshqalar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg'ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko'rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.

Interfaol ta'lim metodlarini ko'pincha turli shakllardagi o'quv mashg'ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo'llanmokda. Bu metodlarni qo'llash mashg'ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta'lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Interfaol metodidan foydalanishning maqsadi o'quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs- munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish,dars jarayonida mustaqil fikrini bildira olish qobiliyatini yuzaga chiqarish,ijodkorlik qobiliyatini shakllanishigaga zamin yaratib boradi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashgulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi.

Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

VENN DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solish-tirish , taqqoslash yoki qarama-qarshi qo'yish uchun qo'llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Masalan

Ot, sifat s so'z turkumi Venn diagrammasi tasvirlanadi.

Nima uchun texnikasi- muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo'yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. O'qituvchi tinglovchilarni "Nima uchun" sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi. Alohida kichik gurhlarda muammoni ifodalaydilar. "Nima uchun" so'rovini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmaguncha davom etadi va javoblar guruhlarda umumlashtiriladi.

"Nima uchun" grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari.

1. Aylana, to'g'ri to'rtburchak yoki boshqa turdagi shakllardan foydalanishni o'zingiz tanlaysiz.

2. Chizmaning ko'rinishini - mulohazalar zanjirini to'g'ri chiziqlimi, to'g'ri chiziqli emasligini o'zingiz tanlaysiz.

3.Yo'nalish ko'rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni dastlabki holatdan izlanishgacha bo'lgan yo'nalishingizni belgilaydi. Misol:

«Nima uchun?» metodi orqali o'quvchilarning o'zlashtirilgan bilimlari mustahkamlanadi.

Bunda "nima uchun?" savoli orqali voqea-hodisalar ketma-ketlikdabayon qilinadi.

Oxirgi «nima uchun?»savolida voqeaning yechimi topiladi.

"Sinkveyn " metodi

"O'qituvchi"

bilimli, dono

o'qitadi , yozadi

O'qituvchi darsda faol qatnashgan o'quvchilarni baholadi.

muallim

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Ushbu metodlarni mashg'ulot jarayonida yoki bosqichida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.

«Interfaol ta'limning eng muhim tarkibiy elementi bo'lgan interfaol metodlar o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim maqsadlarni amalga oshirishda ma'lum darajada samaradorlikka erishishni ta'minlaydi»

Demak, Ilg'or pedagogik va interfaol metod va didaktik o'yinlar texnologiyalardan foydalanish o'quvchining o'rganish jarayonini jadallashtiradi, mustaqil fikr yuritish, axborot manbalari va vaziyatini tahlil qilish, murakkab muammoli vaziyatlarini hal etish, o'rtoqlarining fikrini tahlil qilib, asoslangan xulosalar chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirishishga o'rgatadi.

REFERENCES

1. SH.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent -"O'zbekiston" -2016.56 B.

2.Azizxo'jaevaN.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. - Toshkent: TDPU,

2006.

3 G.Boymurodova, X.Sattorova va b. "O'qish" 3-sinf o'qituvchilari uchun metodik qo'llanma.-T.: "Sharq", 2016.-240 b.

4.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. "Ona tili va o'qish savodxonligi " 1-sinf uchun darslik.I-II qism. "Yangiyo'l poligraf servis" MCHJ nashriyoti. 2021yil. 208 b

5.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. "Ona tili va o'qish savodxonligi " 2-sinf uchun darslik.I-II qism. "Yangiyo'l poligraf servis" MCHJ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.