Научная статья на тему 'DIDAKTIK O'YINLARNING SAMARADORLIGI'

DIDAKTIK O'YINLARNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
176
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik o'yin / texnologiya / ta’lim / interfaol metod / didactic game / technology / training / interactive method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nigora Safarova, Gulshan Abdullayeva

Maqolada boshlang’ich sinflarda didaktik o'yinlardan foydalanish usullari haqida fikr bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article discusses the ways of using didactic games in elementary school.

Текст научной работы на тему «DIDAKTIK O'YINLARNING SAMARADORLIGI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

DIDAKTIK O'YINLARNING SAMARADORLIGI Nigora Safarova

filologiya fanlari nomzodi,dotsent Gulshan Abdullayeva

BuDUPI 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7337905

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlardan foydalanish usullari haqida fikr bildirilgan.

Калит сузлар: didaktik o'yin, texnologiya, ta'lim, interfaol metod.

Аннотация. В статье рассматриваются способы использования дидактических игр в начальной школе.

Ключевые слова: дидактическая игра, технология, обучение, интерактивный

метод.

Annotation. The article discusses the ways of using didactic games in elementary

school.

Key words: didactic game, technology, training, interactive method.

Bugungi kunda amalga oshirayotgan islohatlarimizning markazida o'quvchining ta'lim jarayonining sub'ekti - faol ishtirokchiga aylantirish yotadi. Bunga albatta interfaol usullarni (zamonaviy o'qitish usullarini) qo'llash orqali erishiladi. Interfaol atamasi inglizcha "interast" o'zaro ta'sirlanish (yoki interraction-o'zaro ta'sir) so'zidan olingan bo'lib, biror faoliyat yoki muammoli o'zaro muloqotda, o'zaro muomalada, o'zaro bahs, munozara, debat usulida, fikrlashish asnosida, hamjihatlik bilan hal etish ma'nosini anglatadi. Boshqaruv faoliyatiga nisbatan olganda, interfaol usul jamoaning o'z ichki potenstialidan, ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda o'z-o'zini boshqarish, jamoa tashabbusini, innovastion (yangi) texnologiyalarni har tomonlama qo'llab quvvatlash va joriy qilish tushuniladi. [ 1 ]

Ta'limda interfaol metod - bu o'quvchi bilan o'qituvchi o'rtasida ta'limni o'zlashtirish munosabatlarini kuchaytirishi, faollashtirish demakdir. Bugun fan, texnika va san'at jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan hamda bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, ijtimoiy holat o'zgarayotgan davrda maktablarda ta'limni xususan, boshlang'ich ta'limni mazmun jihatidan yangicha o'qitish zarurat va zamon talabidir. [2]

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining texnologik tayyorgarligi boshlang'ich sinflarda pedagogik texnologiya elementlaridan samarali foydalanishni talab qiladi.

Umumiy o'rta ta'lim jarayonida foydalaniladigan va keng tarqalgan pedagogik texnologiyalar quyidagilar:

Muammoli o'qitish texnologiyasi O'yinli texnologiyalar

Tanqidiy fikrlashni o'stirishga xizmat qiladigan texnologiyalar Hamkorlikda o'qitish texnologiyalari Modulli texnologiyalar

O'qitishning tabaqalashtirilgan va induvidual texnologiyasi O'qitishning jadallashtirish texnologiyasi

Programmalashtirilgan o'qitish texnologiyasi va bir qancha texnologiyalardir. Bu texnologiyalar orasida o'yin usuli alohida o'rin tutadi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

O'yinli texnologiyalar

O'yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o'quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O'yin olimlar tadqiqotlariga ko'ra mehnat va o'qish bilan birgalikdagi faoliyatining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. O'yinli faoliyat muayyan vazifalarini bajarishiga bag'ishlangan bo'ladi. Ular quyidagilar:

- maftunkorlik;

- o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;

- davolovchilik;

- kommunikativlik;

- tashxis;

- millatlararo muloqot;

- ijtimoyillashuv.

O'yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol harakter «ijod maydoni» ga ega bo'ladi. Tatqiqotchilar o'yinga faoliyat, jarayon va o'qitish metodi sifatida qaraydilar. O'yinlar turli maqsadlarga yo'naltirilgan bo'ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, ta'lim faoliyatini rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo'llaniladi.

O'yinning didaktik maqsadi - bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka, ko'nikmalarni qo'llash, mehnat ko'nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo'ladi.

O'yinning tarbiyaviy maqsadi - mustaqillik, irodani tarbiyalash, ma'naviy estetik va dunyoqarashini shakllantirishda hamkorlikni, jamoaga kirib keta olishni, birdamlikni tarbiyalashga qaratilgan bo'ladi.

Faoliyatni rivojlantiruvchi maqsadi - diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, solishtirish, o'xshashni topish, xayol, ijodiy qobiliyat, o'quv faoliyatini motivastiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.

Ijtimoiylashuv maqsadi - jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinishi, ehtiroslarni nazorat qilish, o'z-o'zini boshqarish va muloqatga o'rgatishni nazarda tutadi.

Pedagogik o'yinlar asosida o'quvchilarni o'quv faoliyatiga yo'llovchi o'yinlli usullarni vujudga keltirish yotadi.[3]

Biz quyida ana shunday interfaol usullarini o'zida mujassamlashtirilgan o'yinlarni qanday qilib rejalashtirish mumkinligi haqida tavsiyalar berib o'tamiz.

«Maqollarda antonimlar»

Ma'lumki, o'zbek xalq maqollarida antonimlar ko'proq uchraydi. Shu bois bu shartda o'quvchilar navbatma-navbat antonimlar ishtirok etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do'st achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo'l, kichikka izzatda» va x.k.

«Zinapoya» usuli

O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi. So'ng xattaxtaga ushbu shaklda «zinapoya» chiziladi.

Ma'lumki, antonimlar o'z juftliklariga ega. Shundan kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo'yiladi, ikkinchisini esa guruhlardagi o'quvchilarning o'zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib borishadi. Bunda o'quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh o'quvchilari birinchi bo'lib bosh zinaga chiqsa, ular g'olib bo'ladi. Sinfda nechta o'quvchi bo'lsa, zinalar soni shuncha bo'ladi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda pedagogik texnologiyani - o'quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta'lim shakllarini amalga oshirish uchun ko'zlangan natijaga erishishda eng qulay yo'l va usullarini tanlash va ishlab chiqish mahorati desa ham bo'ladi.

Darhaqiqat, ilg'or pedagogik texnologiyalar talim jarayoni unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o'quvchilarga bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o'zlashtirish, ularda amaliyotda erkin foydalanish, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi.

Shuning uchun ham ta'lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega. Ta'lim ishiga texnologik yondashuv:

- ta'lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;

-o'qish-o'qitish uzviy bog'lik bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo'lishni; -ta'lim jarayonida mo'ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

- loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini bir xil bajarishni nazarda tutadi. Pedagogik texnologiyada ta'lim jarayonining maqsadini belgilash muhim bo'lib, u

rejalashtirgan natijalarni kafolatlashi lozim. Shuning uchun ham o'quvchilar maqsadini aniq belgilashga alohida e'tibor qaratishlari zarur. Har bir o'qituvchi avvalo o'zi o'qitadigan o'quv predmeti va har bir o'tiladigan darsi maqsadini aniq belgilashi kerak.

Shuni ta'kidlash lozimki, belgilangan maqsad asosida o'tkaziladigan didaktik jarayonning aniq loyihasi ishlab chiqilsa, uni amalga oshirish osonlashadi. REFERENCES

1. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati. Xalq ta'limi. 1999, 1-son, -38 - 42 betlar.

2. Nishonova Z. Mustaqil fikrlashga o'rgatish. Boshlang'ich ta'lim. 1999. 3-son, -34-35

betlar.

3. Abdullaeva H. A., Bikbaeva N.U. va boshq. Boshlang'ich ta'lim konstepstiyasi. Boshlang'ich ta'lim. 1998. 6 -son, -12 - 24 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.