Научная статья на тему 'DARS JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI'

DARS JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
575
91
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Media / mediata’lim / pedagogika / mediapedagogika / video / audio / veb-sayt / texnik vosita / aloqa vositalari / masofaviy ta’lim / Media / media education / pedagogy / media pedagogy / video / audio / website / technical means / means of communication / distance education.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ibragimov Xayrulla Hamdamovich, Yakubova Nigina Jumaniyozovna, Musurmonqulova Nargiza Ilxom Qizi

Hozirgi jarayonda multimedia vositalarini ta’limda qo‘llashning keng imkoniyatlarga egaligi o‘z tasdig‘ini topib ulgurdi. Shu bois biz ushbu tadqiqotimizda ta’lim sohasida dars jarayoniga multimedia vositalarini jalb qilish va uning afzalliklari xususida so‘z yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND PRACTICAL IMPORTANCE OF USING MULTIMEDIA TOOLS IN THE COURSE OF THE LESSON

In the current process, the wide possibilities of using multimedia tools in education have been confirmed. Therefore, in this study, we talked about the use of multimedia tools in the educational process and its advantages.

Текст научной работы на тему «DARS JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

DARS JARAYONIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING

NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI Ibragimov Xayrulla Hamdamovich

f.f.f.d. (PhD), O'zMU Jizzax filiali v/b dotsenti Elektron pochta: xayrulla.ibragimov@inbox.ru, Tel: 94 575-44-84

Yakubova Nigina Jumaniyozovna Elektron pochta: niginayakubova19@gmail.com, Tel: 99 574-73-79 Musurmonqulova Nargiza Ilxom qizi Elektron pochta: nargizamusurmonqulova3@gmail, Tel: 93 076-96-04 O'zMU Jizzax filiali Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalari https://doi org/10.5281/zenodo.7373635

Annotatsiya. Hozirgi jarayonda multimedia vositalarini ta'limda qo'llashning keng imkoniyatlarga egaligi o'z tasdig'ini topib ulgurdi. Shu bois biz ushbu tadqiqotimizda ta'lim sohasida dars jarayoniga multimedia vositalarini jalb qilish va uning afzalliklari xususida so'z yuritildi.

Kalit so'zlar: Media, mediata'lim, pedagogika ,mediapedagogika, video, audio, veb-sayt, texnikvosita, aloqa vositalari, masofaviy ta'lim.

ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ И ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МУЛЬТИМЕДИЙНЫХ СРЕДСТВ В ХОДЕ УРОКА

Аннотация. В текущем процессе подтвердились широкие возможности использования мультимедийных средств в образовании. Поэтому в данном исследовании мы говорили об использовании мультимедийных средств в образовательном процессе и его преимуществах.

Ключевые слова: Медиа, медиаобразование, педагогика, медиапедагогика, видео, аудио, сайт, технические средства, средства коммуникации, дистанционное обучение.

THEORETICAL AND PRACTICAL IMPORTANCE OF USING MULTIMEDIA TOOLS IN THE COURSE OF THE LESSON

Abstract. In the current process, the wide possibilities of using multimedia tools in education have been confirmed. Therefore, in this study, we talked about the use of multimedia tools in the educational process and its advantages.

Key words: Media, media education, pedagogy, media pedagogy, video, audio, website, technical means, means of communication, distance education.

Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilashda an'anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o'z bilim va ko'nikmalarini takomillashtirishi kabi omilllar ham tashkil etadi. Katta hajmdagi ma'lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog'liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida kompyuter texnoloiyalarini rivojlantirishlarini ko'zda tutadi.

Bugungi kunga kelib multimedia vositalarining ta'limda qo'llashning keng imkoniyatlarga egaligi o'z tasdig'ini topib ulgurdi. Mediata'lim inglizcha media "edustation" so'zidan bo'lib, lotincha media - omil deganidir. Mediata'lim o'quvchilarga ta'lim berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika - yangi pedagogik texnologiyadir, u ommaviy axborot vositalari yordamida o'quvchilarni ijodiy fikrlashga,

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma'lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallar kiradi.

Mediata'limning bosh maqsadi - asosiy qonunlarni tushunishga yordam beradi, oddiy yo'nalishlardagi mediaaxborot tilini o'rganish, o'quvchining badiiy o'sishi, rivojlanishiga hissa qo'shish, mediamatnlarni qabul qilish, o'rganish va malakali tahlil etish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat. Axborot sohasidagi globallashuv yangicha dunyoqarash shakllanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy bilimlar takomillashgan sari axborotlardan to'g'ri va samarali foydalanish muammosi paydo bo'lmoqda. Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali tarqatish usullari va yo'llarini ham nazorat qilishning deyarli imkoni qolmayapti. Demak, bu masalada qandaydir chalkashliklarga, xatoliklarga yo'l qo'ymaslik uchun mukammal tizim zarur bo'ladi. Bu tizim - o'sha axborot tarqatuvchi hamda uning iste'molchisi qay darajada bilimli, saviyasi yuksak va ularning bir-birlarini to'g'ri anglashi bilan bog'liq bo'ladi. Endilikda ayrim mutaxassislar o'quvchi ongida axborotni to'g'ri shakllantirish, ta'bir joiz bo'lsa, uni tizimli ravishda tartibga solish yo'llarini izlamoqdalar. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o'tgan asrning 70-yillarida boshlangan. Bu pedagogika fanida o'ziga xos yo'nalish - mediata'lim paydo bo'lishiga zamin yaratgan.

Pedagog olimlar mediata'lim talabalarga beriladigan dars, bilim, ma'lumotning tez, tushunarli va yodda qolarli bo'lishini ta'minlashini e'tirof etganlar. Talaba o'qituvchining og'zaki ma'ruzasidan ko'ra, ko'rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirishiga ko'proq qiziqar ekan. Ana shunda ular yetkazilayotgan mavzuni ko'proq yodida saqlab qoladi. Talabalarda bunday darslarga nisbatan qiziqish yuqori darajada bo'ladi. Demak, dearli barcha fanlarni o'qitishda bunday ilg'or usuldan foydalanish foydadan holi bo'lmaydi.

Mediata'lim o'quvchilarga ta'lim berish jarayonida yangicha usullardan foydalanishni talab etadi. Mediapedagogika - yangi pedagogik texnologoya hisoblanadi, u ommaviy axborot vositalari yordamida ijodiy fikrlashga, tarbiyalashga imkon beradi. Mediapedagogika resurslariga internetdagi ma'lumotlar, televideniya, radioeshittirishlar, kino, video, audio materiallari kiradi.

Davrimiz taraqqiyotiga hamohang ravishda ilm xazinasi yanada boyib, yoshlarning intellektual salohiyati ortib bormoqda. Axborotlashtirish jarayonida chinakam axborot jamiyati vujudga kelganini izohlashga hojat qolmagan. Shunga yarasha mediatexnologiyalar soni o'sib bormoqda. Bunda tasvir, ovoz va matn tom ma'noda uyg'unlashib, audiovizual madaniyati o'ziga xos ravishda takomillashib bormoqda. Endi undan ta'lim sohasida ham keng foydalanish davr taqozosiga aylandi.

Ko'pchilik talabalar gohida noan'anaviy usulda o'tiladigan darslarni qiziqish bilan tinglaydilar. Axborot texnologiyalari yordamida o'tiladigan darslar jarayonida ana shunday usullardan foydalanishga imkon yaraladi. Bu ta'lim tizimini ham yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Ya'ni, globallashuv davri hamda unga monand axborotlashgan jamiyatda yosh avlodni to'g'ri tarbiyalash, hayotga tayyorlash, turli axborotlarni qabul qilish, yaxshi va yomonni, oq bilan qorani farqlay olishga o'rganishdir. Mutaxassislar fikricha, ta'lim axborotlashtirishi davlat ta'lim dasturini hayotga tatbiq etishning asosiy vositasi deb e'tirof etish mumkin.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Axborot globallashuvining eng muhim xususiyatlaridan biri - turli axborotlarning ko'payishi bilan izohlanadi. Bugungi kunda internetda qancha veb-sayt bo'lsa, shuncha ma'lumotlar bazasi bor. Xo'sh, ular qanaqa axborotlar, qanday maqsadlarga xizmat qiladi?

Demak, mediata'lim asosida dars o'tayotgan o'qituvchi qanday veb-saytdan foydalanayotganini yaxshi bilishi kerak. Bunda o'sha veb-sayt ishonchli hamda asosli ekanini aniqlab olish lozim.

So'nggi yillarda mamlakatimizda ham mediata'limga alohida e'tibor qaratilmoqda. Butun jahonda globallashuv jarayonlari jadal tus olgan bugungi kunda zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari mamlakatimizda ta'lim sohasini yanada takomillashtirishda muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizdagi deyarli barcha ta'lim muassasalari kompyuterlar bilan ta'minlanmoqda. Bu texnologiya har soniyada millionlab vazifalarni bajarar ekan. Bular orasida mediata'lim uchun xizmat qiladigan dasturlar ham talaygina. Demak, undan ta'lim sohasini yanada takomillashtirishda ham samarali foydalanish davr talabidir. Media bilan bog'liq atamalarni shartli ravishda 6 ta yo'nalishga ajratib o'rganish mumkin: televidenie, kino, radio, reklama, internet va yangi media, matbuot.

Texnik vosita, texnologiyalar:

• O'rgatuvchi;

• Sinovchi;

• Aloqa vositalari.

So'nggi yillarda yurtimizda xam masofaviy ta'lim jarayoni jadallashdi. Masofaviy o'qitish texnologiyasi - o'zaro ma'lum bir masofada Internet texnologiya yoki boshqa interaktiv usullar va barcha o'quv jarayonlari komponentlari - maqsad, mazmun, metod, tashkiliy shakllar va o'qitish usullariga asoslangan talaba va o'qituvchi o'rtasidagi munosabat.

Masofadan videokonferensiya tizimini qo'llash yordamida interaktiv o'quv darslarini olib borish imkoniyati yaratildi, ya'ni interfaol usulda ma'ruzalarni o'qish, seminarlar tashkil etish, savollarga javoblar berish mumkin. Demak, interfaol shakl - masofadan videokonferensiya o'qitish tizimi, masofadan turib Internet yoki lokal tarmoq orqali o'qitishdan farq qiladi, xuddi radiodan va televideniedan ma'ruza o'qish kabi.

Masofadan videokonferensiya tizimi - matnli axborotlar almashish, fayllar almashish imkonini beradi; tashqi elektron doska qo'llashda o'qituvchi doskaga yozadi va bu videokonferens aloqa ko'magida boshqa auditoriya tinglovchilariga ko'rsatiladi.

Videokonferensiya - bu shunday kompyuter texnologiyasiki, u orqali foydalanuvchi shaxslar bir-birlarini real vaqtda ko'radi, eshitadi va ma'lumotlar bilan almashadi. Videokonferensiya tarixi 1964 yil AT&T kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Videophone (real vaqtda ovoz va tasvirni almashish) qurilmasidan boshlanadi.

Bizning fikrimizcha, multimediyaning eng ilg'or imkoniyatlari ularning ta'lim jarayonida interfaol ko'p kanalli bilim vositasi sifatida foydalanishidadir. Maktab o'quvchilarini o'qitish tizimidagi tadqiqot, loyihaviy yondashuv, o'zlarining multimedia, gipermedia loyihalarini ishlab chiqish, umumiy madaniy va fan ta'limi fanlarining barcha bloklarida o'quv maqsadlarida multimediadan doimiy foydalanish an'anaviy ta'limni o'zgartirishga imkon beradi. rivojlanayotgan va ijodiy jarayonga aylanadi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

REFERENCES

1.«Slovar media-terminov». «Media Resursbi Menedjment» i izdatelstvo «Folio» M.

2009.

2.Tolipov O'., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot. - T.: Fan, 2005.

3.Mirzayeva F. Kasbiy fanlarni o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanish. -Toshkent, 2013.

4. Ibragimov X. TURA SULAYMON 'S MASTERY OF THE ARTISTIC USE OF SYNONYMS //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

5. Ibragimov X. FEATURES OF PEOPLE'S LANGUAGE AND LITERARY LANGUAGE //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

6. Ibragimov X. THE PEOPLE IN THE POETIC RISE OF TORA SOLOMON'S WORK THE PLACE OF PROVERBS //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

7. Ibragimov, X. (2022). Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 551-554. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5258

8. Hamdamovich I. K. TURA SULAYMON'S SKILLS OF USING ANTONYMS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758). - 2022. - Т. 3. - №. 03. - С. 71-75.

9. Ibragimov X. Tura Sulaymon ijodining poetik yuksalishi //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

10. ibragimov, xayrulla. (2021). ТУРА СУЛАЙМОН ШЕЪРИЯТИДА МЕТАФОРАНИНГ . FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI, 4(4). извлечено от https://hp.jdpu.uz/index.php/hp/article/view/2052

11. Эрназарова, М., &Жабборова, Э. (2022). Педагогические технологии на уроках русского языка. Общество и инновации, 3(4/S), 251-256.

12. Эрназарова, М. (2022). Взаимоотношения родителей с растущим человеком. Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 1(1), 503-506.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.