Научная статья на тему 'SINTAKTIK ALOQALAR VA ULARNI YUZAGA KELTIRUVCHI SINTAKTIK VOSITALAR MAVZUSINI “SINEKTIKA” METODI ASOSIDA O‘QITISH'

SINTAKTIK ALOQALAR VA ULARNI YUZAGA KELTIRUVCHI SINTAKTIK VOSITALAR MAVZUSINI “SINEKTIKA” METODI ASOSIDA O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
829
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sinektika / model / sintaktik aloqa / metafora / analog / muammo / yechim / zanjir / xalqa / brokker / synectics / model / syntactic communication / metaphor / analog / problem / solution / chain / people / broker.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Atajanova Mohinur Sanjar Qizi, Tog‘Ayeva Iroda Sulaymonovna, Ibragimov Xayrulla Hamdamovich

Bizga yaxshi ma’lumki, an’anaviy ta’lim mazmunining asosi shundan iboratki, pedagogning bu jarayondagi mavqei ta’lim jarayonida o‘quvchilarning sust faoliyati asosiga qurilgan bo‘lib, dars uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar tomonidan muhim nazariy ma’lumotlarni bayon etishga sarflanar, o‘quvchilarning faolligini ta’minlashga zaruriyat sezilmas edi. Biz ushbu maqolada dars jarayonida talabalarning ijodkorligini faollashtiruvchi instruktiv model, ya’ni talabalarga eski fikrlarni yangicha yo‘l bilan bir necha hodisalar bilan bog‘lashga turtki beruvchi “Sinektika” metodi xususida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING THE SUBJECT OF SYNTACTIC RELATIONS AND SYNTACTIC TOOLS THAT CREATE THEM BASED ON THE "SYNECTICS" METHOD

It is well known that the basis of the content of traditional education is that the position of the pedagogue in this process is built on the basis of the slow activity of students in the educational process, and the main part of the time allocated for the lesson is important theoretical knowledge by pedagogues. was spent on the presentation of information, the need to ensure the students' activity was not felt. In this article, we have discussed the instructional model that activates students' creativity in the course of the lesson, that is, the "Synectics" method, which encourages students to connect old ideas with several events in a new way.

Текст научной работы на тему «SINTAKTIK ALOQALAR VA ULARNI YUZAGA KELTIRUVCHI SINTAKTIK VOSITALAR MAVZUSINI “SINEKTIKA” METODI ASOSIDA O‘QITISH»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

SINTAKTIK ALOQALAR VA ULARNI YUZAGA KELTIRUVCHI SINTAKTIK

VOSITALAR MAVZUSINI "SINEKTIKA" METODI ASOSIDA O'QITISH

Atajanova Mohinur Sanjar qizi

iskandaratozonov@gmail.com, Tel: 99 189-19-47 Tog'ayeva Iroda Sulaymonovna

togayevbehruz771@gmail.com, Tel: 95 370-11-09 O'zMU Jizzax filiali Filologiya va tillarni o'qitish yo'nalishi talabalari Ibragimov Xayrulla Hamdamovich f.f.f.d. (PhD), O'zMU Jizzax fililali v.b. dotsenti xayrulla.ibragimov@inbox.ru, Tel: 94 575-44-84 https://doi. org/10.5281/zenodo.7373594

Annotatsiya. Bizga yaxshi ma'lumki, an 'anaviy ta'lim mazmunining asosi shundan iboratki, pedagogning bu jarayondagi mavqei ta 'lim jarayonida o'quvchilarning sust faoliyati asosiga qurilgan bo'lib, dars uchun ajratilgan vaqtning asosiy qismi pedagoglar tomonidan muhim nazariy ma'lumotlarni bayon etishga sarflanar, o'quvchilarningfaolligini ta'minlashga zaruriyat sezilmas edi. Biz ushbu maqolada dars jarayonida talabalarning ijodkorligini faollashtiruvchi instruktiv model, ya'ni talabalarga eski fikrlarni yangicha yo'l bilan bir necha hodisalar bilan bog'lashga turtki beruvchi "Sinektika" metodi xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: sinektika, model, sintaktik aloqa, metafora, analog, muammo, yechim, zanjir, xalqa, brokker.

ОБУЧЕНИЕ ПРЕДМЕТА СИНТАКСИЧЕСКИХ ОТНОШЕНИЙ И СИНТАКСИЧЕСКИХ СРЕДСТВ, ИХ СОЗДАЮЩИХ НА ОСНОВЕ МЕТОДА

«СИНЕКТИКА»

Аннотация. Общеизвестно, что в основе содержания традиционного образования лежит то, что позиция педагога в этом процессе строится на основе медленной активности учащихся в образовательном процессе, а основная часть времени, отводимого на На уроке важны теоретические знания педагогов. тратилось на подачу информации, необходимости в обеспечении активности студентов не ощущалось. В данной статье мы обсудили учебную модель, активизирующую творчество учащихся в ходе урока, то есть метод «Синектика», побуждающий учащихся по-новому связывать старые идеи с несколькими событиями.

Ключевые слова: синектика, модель, синтаксическая связь, метафора, аналог, проблема, решение, цепочка, люди, посредник.

TEACHING THE SUBJECT OF SYNTACTIC RELATIONS AND SYNTACTIC TOOLS THAT CREATE THEM BASED ON THE "SYNECTICS" METHOD

Abstract. It is well known that the basis of the content of traditional education is that the position of the pedagogue in this process is built on the basis of the slow activity of students in the educational process, and the main part of the time allocated for the lesson is important theoretical knowledge by pedagogues. was spent on the presentation of information, the need to ensure the students' activity was not felt. In this article, we have discussed the instructional model that activates students' creativity in the course of the lesson, that is, the "Synectics" method, which encourages students to connect old ideas with several events in a new way.

Key words: synectics, model, syntactic communication, metaphor, analog, problem, solution, chain, people, broker.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Ta'limda zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, o'qituvchi muayyan mavzuni o'qitishda uning oson, to'liq o'zlashtirilishiga imkon beruvchi didaktik vositalar, texnologiyalar, me tod turlaridan samarali foydalangan taqdirdagina dars samaradorligiga erishadi. Shuningdek, o'quv materiallari, mavzulari o'zi aloqador bo'lgan fanning eng so'nggi yutuqlarini o'zida mujassam qilishi nihoyatda zarur. Buning uchun o'qituvchidan ta'limga yangicha yondashish, rejalashtirish ishlarini olib borish, innovatsiyalarni va yangicha metodlarni tatbiq etish talab qilinadi. Mana shunday o'qitish metodlaridan biri Sinektika metodidir.

Sinektika metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u o'quvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o'ylash va shaxsiy fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar to'g'risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bunday o'qitish metodi aniq obyektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o'quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Sinektika - ijodkorona o'ylash modeli bo'lib, ko'rinishidan turlicha bo'lgan hodisa va predmetlarni o'zaro bog'liklikda o'rganish hisoblanadi. Uning asosiy vositasi analog yoki metafora bo'lib, bu model kichik guruxlarda biror muammoga yechim topishda kreativ javoblar topishning takomillashtirilishiga imkon beradi.Sinektika talabalarning ijodkorligini faollashtiruvchi instruktiv model, u talabalarga eski fikrlarni yangicha yo'l bilan bir necha hodisalar bilan bog'lashga turtki beradi. Garchi ba'zi talabalar boshqalariga nisbatan ijodkorroq bo'lsalar ham, sinektika modeli har bir talabada "creative thinker" - "ijodkor o'ylovchi, ijodiy fikrlovchi"ni uyg'ota oladi. Bu modelda velosipedni qayta ixtiro qilish haqida emas, biz bilgan narsalarni metaforik usul bilan izoxlaydi. Bu model, odatda, "It's one big brainstorming party!" (miyada katta zakovat xujumi kechasi) izoxi orqali ifodalanadi va bu kichik guruhlarda yoki yakka holda talabalarning ijodkorona va quvnoqlik bilan yangi bilimlar olishiga yordam beradi.

Modelning afzalliklari:

- chuqur o'ylash;

- eski narsalardan yangi perspektiva hosil qila olish;

- diologlar.

"Sinektika" - muqobil yechimlardan eng maqbulini tanlash modeli sifatida guruhlarda muammoli vaziyatni tashkil etish va ulardan pedagogik jarayonda foydalanish yo'llari. Ma'ruza, amaliy, laboratoriya, seminar mashg'ulotlarida muammoli ta'limni tashkil etishda xorijiy tajribalardan foydalanishdir.

Quyida biz "Sintaktik aloqani yuzaga keltiruvchi vositalar" mavzusini Sinektika metodi asosida ko'rib chiqamiz.

Bosh muammo :Sintaktik aloqani yuzaga keltiruvchi vositalar o'zi nima?

Modelni amalga oshirish bosqichlari:

1- bosqich: Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar bu-ZANJIR. Talabalardan bu ikki tushunchaning xarakterli xususiyatini yoritish so'raladi va bu ikki tushunchaning o'xshash jihatlari aniqlanadi.

Talabalar izohi:

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar yordamida gap bo'laklari va gaplar bir-biri bilan bog'lanib, o'zaro aloqaga kirishadi.

Zanjir: Xalqalar ketma-ketlikda bir-biri bilan o'zaro bog'lanishi.

O'xshashlik: Har ikkalasida ham predmet yoki tushunchalar bir-biri bilan o'zaro bog'lanadi

2-Bosqich:Bu bosqichda ba'zi talabalarning tortishuvi kuzatiladi. Ular tomonidan Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar va Zanjir ga oid yangi fikrlar aytiladi.

3-Bosqich: Talabalar Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar va Zanjirni

o'zaro qiyoslaydilar va zidlaydilar. Qiyoslash jarayonida talabalar turli ijodkorona va bir-biridan farqlanadigan fikrlarini bayon etadilar.

1-Fikr: Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar Zanjirga o'xshamaydi, chunki Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar ikki so'zni bog'lashdagi ya'ni ikki so'z orasida turgan bir element xisoblanadi. Zanjir esa o'zi bilan o'zi bog'lanadi, ya'ni xalqalari orasida boshqa element bo'lmaydi, bo'lsa ham bu xalqalarning o'zi element vazifasini bajaradi.

2-Fikr: Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalarni har qanday ikki so'zni o'zaro bog'lashda ishlata olmaymiz. Ya'ni tushum kelishigining o'rnida qaratqich kelishigini ishlata olmaymiz. Zanjir lar esa hajm jihatidan biri katta biri kichchik, yoki shakl jihatidan biri tuxumsimon biri to'rt burchak ko'rinishdagi xalqalar bo'lsa ham bir-biri bilan bog'lanib, zanjir xosil qilaveradi.

4-Bosqich:Bu bosqichda talabalar o'zlarining yangi analoglarini 2 guruhga bo'linib yaratishga harakat qiladilar va o'zlari yaratgan analoglarini izohlab beradi. bu modelning so'nngi bosqichi bo'lib, talabalar o'zlari yaratgan modellarini taqdim etadilar. bu ularda yangi analogning yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.

Sintaktik aloqalarni yuzaga keltiruvchi vositalar - bu... Guruhlarning analoglari:

1-GURUH -yo'l: ikki shaxarni bir-biri bilan o'zaro bog'laydi.

2-GURUH -avtomobil: bir nuqtani ikkinchi bir nuqta bilan

1-GURUH -uyali aloqa: ikki insonning fikrini bir-biri bilan

2-GURUH -brokker: sotuvchi va xaridor 1-GURUH -elchi: ikki davlat

bilan o'zaro bog'laydi. bog'laydi. munosabatini munosabatlarini

bog'laydi. bog'laydi.

2-GURUH -nikox dalolatnomasi: er-xotin munosabatini bog'laydi.

1-GURUH -kutubxona: kitob va kitobxon munosabatini bog'laydi. 2-GURUH -ko'prik: ikki qirg'oqni o'zaro bog'laydi.

1-GURUH - maktab: o'qituvchi va o'quvchi munosabatini bog'laydi.

2-GURUH - mulla: er-xotin nikoxini bog'laydi... Yakuniy xulosa:

Har ikkala guruhda ham bittadan to'g'gi javob bor. Ya'ni 1-guruhning 1-javobi, 2-guruhning 4-javobi to'g'ri.

Eslatma: o'qituvchi tomonidan ikkala guruxning ham barcha javoblari izohlanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki bu metod yordamida yangi ma'lumotga ega bo'linadi, yangi yechim topish uchun motivatsiya xosil qilinadi, muammoning turli sabablari kashf qilinadi. Bu usul uning foydalanuvchilariga miyada mavjud turli "qoliplar"dan chiqishga va mavhum tushunchalarni ham anglashga yordam beradi.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

REFERENCES

I.O.Saidaxmedova "FILOLOGIK TA'LIMDA ILG'OR XORIJIY TAJRIBALAR" O'QUV METODIK MAJMUA Toshkent 2017

2. Reshetnikova A. B. "Creativity Enhancing Methods in the Educational Process". American Journal of Educational Research 1.11 (2013).

3. Manchulenko L.V. Formation of future teacher's creative style in active work, Ruta Publishers, Chernovzi: 2007.

4. Czikszentmihalyi M. A systems perspective on creativity. In: Creative Management [edited by J. Henry], Sage Publications, UK: 2001.

5. Ibragimov X. TURA SULAYMON 'S MASTERY OF THE ARTISTIC USE OF SYNONYMS //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

6. Ibragimov X. FEATURES OF PEOPLE'S LANGUAGE AND LITERARY LANGUAGE //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

7. Ibragimov X. THE PEOPLE IN THE POETIC RISE OF TORA SOLOMON'S WORK THE PLACE OF PROVERBS //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

8. Ibragimov, X. (2022). Dars mashgulotlarining samaradorligini oshirishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Zamonaviy Innovatsion Tadqiqotlarning Dolzarb Muammolari Va Rivojlanish Tendensiyalari: Yechimlar Va Istiqbollar, 1(1), 551-554. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zitdmrt/article/view/5258

9. Hamdamovich I. K. TURA SULAYMON'S SKILLS OF USING ANTONYMS //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758). - 2022. - Т. 3. - №. 03. - С. 71-75.

10. Ibragimov X. Tura Sulaymon ijodining poetik yuksalishi //Архив Научных Публикаций JSPI. - 2020.

II. ibragimov, xayrulla. (2021). ТУРА СУЛАЙМОН ШЕЪРИЯТИДА МЕТАФОРАНИНГ . FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI, 4(4). извлечено от https://hp.jdpu.uz/index.php/hp/article/view/2052

12. Эрназарова, М., &Жабборова, Э. (2022). Педагогические технологии на уроках русского языка. Общество и инновации, 3(4/S), 251-256.

13. Эрназарова, М. (2022). Взаимоотношения родителей с растущим человеком. Zamonaviy innovatsion tadqiqotlarning dolzarb muammolari va rivojlanish tendensiyalari: yechimlar va istiqbollar, 1(1), 503-506.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.