Scientific Journal Impact Factor
MASOFAVIY TA'LIM SHAROITIDA O'QUV FANLARINI INTEGRATSIYALASH TAMOYILLARI
M.M. Mirqosimova
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi professori, p.f.d.
Ijtimoiy gumanitar fanlarni o 'qitishni kommunikativ va kasbiy kompetensiyalar orqali rivojlantirish, mustaqil ta'lim olishni kuchaytirish, o'quv-me'yoriy ta'minot, ta'limni raqamlashtirish bilan uyg'unlikda shakllantirish masalalari dolzarblik kasb etmoqda. Talabalarning ijtimoiy gumanitar fanlarni o'rganishga motivatsiyasini rivojlantirish o'quv jarayonini an'anaviy va aralash ta'lim integratsiyasida tashkillashtirish hamda ta'lim amaliyotiga talabalarni faollashtiruvchi usullarni joriy etish bilan bog'lanadi.Ushbu maqolada masofaviy ta'limda o'quv fanlarini integratsiyalash tamoyillari va metodik talablar yoritilgan. Integrasion dars modeli, uning bosqichlari hamda natijalarni baholash mezonlari tavsiya qilingan.
Kalit so'zlar: dunyo ta'limi, raqamlashtirish jarayoni, ta'lim tizimi, pedagog kadrlar, kommunikativ va kasbiy kompetensiyalar, an'anaviy va aralash ta'lim integratsiyasi, integratsiyalash talablari, tamoyillari, integrasion dars bosqichlari, integratsiyalash modeli, tavsiyalar.
Актуальность приобретают вопросы развития преподавания социальных и гуманитарных наук через коммуникативные и профессиональные компетенции, усиления независимого обучения, образовательного и нормативного обеспечения, формирования образования в гармонии с цифровизацией. Развитие мотивации студентов к изучению общественных наук связано с организацией учебного процесса в условиях интеграции традиционного и смешанного образования и внедрением методов, активирующих студентов в учебной практике. Рекомендуется интегрированная модель урока, его этапы и критерии оценки результатов.
Ключевые слова: мировое образование, процесс цифровизации, система образования, преподавательский состав, коммуникативные и профессиональные компетенции, интеграция традиционного и смешанного образования, интеграционные требования, принципы, этапы интеграционного урока, интеграционная модель, рекомендации.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Scientific Journal Impact Factor
ABSTRACT
The issues of the development of teaching social sciences and humanities through communicative and professional competences, strengthening of independent learning, educational and regulatory support, the formation of education in harmony with digitalization are gaining relevance. The development of students' motivation to study social sciences is associated with the organization of the educational process in the context of the integration of traditional and mixed education and the introduction of methods that activate students in educational practice. An integrated lesson model, its stages and criteria for evaluating the results are recommended.
Keywords: world education, digitalization process, education system, teaching staff, communicative and professional competences, integration of traditional and mixed education, integration requirements, principles, stages of an integration lesson, integration model, recommendations.
Jahon ta'limining xalqaro standart tasnifida uzluksiz ta'lim vazifalari alohida qayd etib o'tilgan. Xususan, mazkur standartda bilimlarning asosiy sohalarini o'rganish va tushunishlari uchun talabalarga imkon berish, qulay pedagogik shart-sharoitlar yaratish hamda o'quvchi-talaba shaxsini har tomonlama rivojlantirish kabilar belgilab berilgan. Bu vazifalar oliy ta'limda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalardan unumli foydalanishni talab qiladi. Ayni damda, ta'lim jarayonlarini integrativ tashkil etish, integratsion ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish, konsentrlangan va modulli ta'lim talablari asosida o'qitish mazmuni va metodikasini aniqlashtirishni taqozo etadi. Xalqaro standartga muvofiq, ta'limning asosan bir nafar o'qituvchi pedagog tomonidan amalga oshirilishi ham integratsion o'qitish tizimini innovatsion shaklda takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirdi.
Dunyo miqyosida oliy ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda integrativ pedagogikadan foydalanish, o'qitish jarayonlarining integratsiyalashuviga kompleks yondashuvni tatbiq etishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, mavzular, fanlar va transfanlararo integratsiyani qo'llash asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish, konsentrizm tamoyili asosida o'quv materiallarini tizimlashtirishning modullashgan integratsiyasini joriy etish alohida ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mazkur jarayonda ta'lim modelini tanlash, muloqot turlarini aniqlashtirish, axborot va boshqaruv tizimini ishlab chiqish, ta'lim beruvchilar faoliyatini
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
rejalashtirish, o'qitishning shakl, metod va vositalarini oqilona tanlashga asoslangan integrasion darslarni loyihalash muhim dolzarblik kasb etadi. Bugungi kunda biz qayd etgan masalalarni ilmiy tadqiq qiluvchi qator tadqiqot ishlari yaratilgan. (1 -10.) . Respublikamizda fanlararo aloqadorlik va integrasion o'qitish jarayonlarini tashkil etish masalalari bo'yicha R.Mavlonova, R.Safarova, E.Turdiqulov, A.Musurmonov, P.Musaev, A.Ch.Choriev, M.Ashirova, Sh.Yusupova kabi olimlar ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishgan. Mazkur tadqiqotlarda fanlararo aloqadorlikning turli yo'nalishlari va tamoyillari, ularning o'quv jarayonida muayyan fanlarni o'zlashtirishda qo'llanilishi, o'quv fanlariaro aloqadorlik asosida ta'lim mazmuniga qo'yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan o'rganilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) olimlaridan A.Usmanova, N.Gri^enko, T.Chijova, T.Jukova, N.Pankova, N.Bogoyavlenskiy, M.Lvov, T.Ramzayeva, S.Yurtaev, N.Algazina, N.Persevalarning tadqiqot ishlarida boshlang'ich sinf va alohida o'quv fanlarini o'qitish, ona (rus) tili darslari samaradorligini oshirish, grammatik tushunchalarni anglash va o'zlashtirishda hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish masalalari o'rganilgan. Rus pedagog olimlaridan X.Yulbarsova [2]. Bu o'z navbatida, hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko'rsatuvchi yetuk shaxsni shakllantirishga imkon beradi. Zero, u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab - oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o'rganilayotgan ob'ektning barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini anglab yetish va ularni umumlashtirish orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning ikkinchi tomoni bo'lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha",- kabi qarashni bayon qilgan bo'lsa, G.S.Kostyukning fikricha: "Tabaqalanish differensiatsiya - ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko'payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma'lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo'li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi xosil bo'ladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo'lgan elementlardan sintezlash yo'li bilan hosil qilinadi.
Agar XIX - XX asrlar oralig'ida jahon pedagogikasida A.Gerd, D.Kaygarodov, A.Pavlov singari olimlar boshlang'ich maktabni tashkil qilish, unda olamni anglash
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
jonli va jonsiz predmetlar haqida yaxlit tushunchalarni shakllantirish orqali amalga oshirilsa, o'quvchining biluv faoliyati samarali kechishi haqidagi o'z qarashlarini bayon qilgan bo'lsalar, Y.A. Komenskiy, D. Lokk, M.Pestalotssi, K.D. Ushinskiy qarashlarida ayni ta'lim samaradorligiga fanlararo aloqa vositasida erishish mumkinligi asoslandi. Ushbu qarash XX asrning oxirgi o'n yilliklariga qadar N.M. Belyankova, A.V. Usova, Y.M. Kolyagin, O.E. Jirenko, N.G. Kuchmenko, L.I.Naymushina kabi olimlarning tadqiqot ishlarida amalga oshirilgan. S.Baranova, N.Talizina, M.Lvov, N.Svetlovskaya kabi olimlarning ishlarida ancha takomillashtirildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bugungi kunga qadar boshlang'ich ta'lim samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish bo'yicha ham qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratilgan, xususan, R.Mavlonova va N.Raxmonqulovalar, NamDU o'qituvchisi p.f.n. N.Abdullayevaning shu yo'nalishdagi tadqiqot ishlari mavjud. Professorlar R.Mavlonova va N.Rahmonqulovalar "Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi", "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi" nomli o'quv qo'llanmalarini yaratganlar. Ammo Oliy ta'limda shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalardan unumli foydalanish asosida ta'lim jarayonlarini integrativ tashkil etish, integrasion ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish, konsentrlangan va modulli ta'lim talablari asosida o'qitish mazmuni va metodikasini aniqlashtirish; oliy ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda integrativ pedagogikadan foydalanish, o'qitish jarayonlarining integratsiyalashuviga kompleks yondashuvni tatbiq etishga doir tadqiqotlarga ehtiyoj juda katta. Zamonaviy ta'limda olimlar Y.V. Bondarevskaya, I.S.Yakimanskaya, V.V. Serikov, N.I.Alekseyev tomonidan shaxsga yo'naltirilgan ta'limning bir qator konsepsiyalari ishlab chiqilgan. Ular o'ziga xos ijtimoiy-pedagogik, didaktik va psixologik aspektlar birlashtirilgan turli texnologiyalarni taklif etishgan. Bu texnologiyalardan Rossiya va boshqa Hamdo'stlik mamlakatlari ta'limida foydalanilmoqda.Ta'limning ma'lum tizimi doirasidagi o'quv materiali mazmunini integratsiyalash uch bosqichda amalga oshiriladi.
Respublikamizda ta'lim-tarbiya sifati hamda samaradorligini oshirish, raqobatbardosh pedagog kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta'limning integrasion o'quv-uslubiy ta'minotini mustahkamlashga doir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, integrallashgan ta'lim texnologiyalarini qo'llashning metodik mexanizmlarini aniqlashtirish, integrasion mashg'ulotlarni tashkil etish va
o'tkazishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga alohida zarurat
962
Scientific Journal Impact Factor
mavjud. Xo'sh, xilma-xil sohalar bo'yicha o'quv fanlarini o'qitishda integrasion texnologiyalarni qanday shaklda qo'llash mumkin? Bu jarayonda qanday ta'lim tamoyillariga tayanish lozim?
1.Integratsion mashg'ulotlarning texnologik xaritasini ishlab chiqish lozim. Mashg'ulotning har bir bosqichi va unda amalga oshiriladigan faoliyat mazmuni xaritada yaqqol ko'zga tashlanadi.O'qituvchi pedagog qadam baqadam tizimli va rejali faoliyatni tashkil etadi. Natijada, mavzulararo integratsiyalash talabalar o'zlashtiradigan bilim, tarkib toptiriladigan ko'nikma va malakalarning o'zaro uzviylik, izchillik hamda yaxlitlik tamoyillari asosida shakllantirishga qulay sharoit yaratish imkonini beradi .
2.Qaysi fanni o'qitishda qaysi fan bilan mavzulararo integratsiyalash mumkinligini oldindan loyihalashtirish zarur. Masalan, "Din psixologiyasi" fanini o'qitishda ko'plab mavzularni "Dinshunoslik" fani bilan integratsiyalash maqsadga muvofiq. Bunday holatda har ikki fan o'qituvchisi yondosh mavzular bo'yicha dars mashg'ulotini birgalikda loyihalashtirishlari talab qilinadi. Dars mashg'uloti esa "binar ta'lim metodi" ga asoslanadi.
Integratsiyalashgan darslarni tashkil etishda o'qituvchidan alohida mahorat, dars tuzilishini puxta o'ylash va qator metodik talablar asosida rejalashtirish talab etiladi. O'qituvchi qaysi mavzu qaysi mavzu bilan; qaysi tushuncha qaysi tushuncha bilan integratsiyalashtiriladi?, qanday metodlar, vositalar, usullar orqali o'quvchilarga yaxlit bilim, tushunchalar berish mumkin? - kabi savollarga aniq javob topishi kerak.
Integratsiyalashgan darslar markazida turuvchi o'quv fani mavzusi, tayanch tushuncha va bilimlar, tarkib toptirish ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma hamda malakalar, ta'lim maqsadlari (ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) va pedagogik vazifalar tizimlashgan holda integratsiyalashgan boshqa o'quv predmetlari; integratsiyalashtirilayotgan mavzu va tushunchalar bilan uzviylashtiriladi.
3.Barcha xususiy metodikalarni ("Tarix o'qitish metodikasi", "Psixologiya fanini o'qitish metodikasi" v.h.k.) o'qitishda "Umumiy pedagogika" fani bilan integratsiyalashgan holda o'qitish maqsadga muvofiq. Bu fanlararo integratsiyalash hisoblanadi va alohida tamoyillarga asoslanadi: bunda integratsiyaning turli darajalaridan foydalanish maqsadga muvofiq:
a) mavzularni avvalgisi keyingisini to'ldirishga yo'naltirish asosida ketma-ketlikda taqdim etish;
b) o'quv dasturlarida o'zaro uyg'unlashgan nuqtalarni topish va mavzulararo uyg'unlikni ta'minlash;
Scientific Journal Impact Factor
v) modullashgan integratsiyadan foydalanib, turdosh o'quv fanlari orqali o'zlashtirish ko'zda tutilgan bilim va tushunchalarni muayyan tizimga solish .
4. Integrativ dasturlar yaratish orqali bir necha o'quv fanlariga oid mavzularni uyg'unlashtirgan holda taqdim etish mumkin.
Darhaqiqat, integratsiyalashgan texnologiyadan foydalanish natijasida pedagogik, psixologik jihatdan ta'lim maqsadlarini amalga oshirishda qulay shart-sharoit vujudga keladi; umumdidaktik talablar uzviylikda bajariladi; talabaning vaqti, kuchi tejaladi; ortiqcha ruhiy va jismoniy zo'riqishlarning oldi olinadi, ta'lim samaradorligi oshadi; zarur ko'nikma va malakalarni, tushunchalar hamda bilimlarni o'quv fanlari mazmunini uyg'unlashtirish natijasida har tomonlama chuqur o'zlashtirish imkoni yaratiladi.
1. Integratsiyalashgan darslarning birinchi xususiyati talaba shaxsiga yo'naltirilganligidir. An'anaviy darslardan farqli integratsiyalashgan ta'lim talabani har jihatdan rivojlantirishga, tarbiyalashga, ijodkorlikka yo'llaydi.
2. Integratsiyalashgan darslarda bir yoki ikki pedagog ta'lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi sifatida faoliyat olib boradi. O'qituvchi talaba hamkorligi ta'lim jarayonini harakatga keltiruvchi asosiy faktorga aylanadi.
3. Integratsiyalashgan darslar markazida umumlashtirilgan, tizimlashtirilgan o'quv topshiriqlari, savollar turadi va ular vositasida didaktik tahlil va umumlashtirish (analiz va sintez) amalga oshiriladi. Talabalar mustaqil izlanishga, fikrlashga, qaror qabul qilishga yo'llanadi. Darsning xilma-xil bosqichlari va funksiyalari faol jarayonga aylantirilishi tufayli biri ikkinchisiga birikib, yaxlit didaktik jarayonni yuzaga keltiradi.
4. Integratsiyalashgan darslarda talabalar jamoasi to'la qamrab olingan holda faoliyatga, faollikka, izlanishga fikrlashga, o'ylashga jalb etiladi:
Ikkilik, uchlik, to'rtlikdagi (2x2) (3x3) (4x4) yoki rolli o'yinlar, bahslar, musobaqalar shaklida jamoaviy o'quv-biluv faoliyati tashkil etiladi. Ayniqsa, muammoli ta'limdan foydalanish, muammoli vaziyatlarning integratsiyalashgan mashg'ulotlarda yoki muammoning fanlararo bog'liqlikda berilishi ta'lim samaradorligini kafolatlaydi.
5. An'anaviy ta'limda bo'lgani kabi masofaviy ta'limda ham o'qituvchi pedagog mahorati, uning ijodkorlik salohiyati ta'limning sifati bilan natijaviyligini ta'minlaydi.
REFERENCES
1. Абдуллаева Ш.А. Х,амкорлик педагогикаси. - Т.: Фан ва технология, 2017.
964
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
Б. 178.
2. Юсупова Ш., Режапова Д. Интеграцияли дарслар ташкил килиш методикаси.
3. Миркосимова М. Укувчиларни адабий тахлил малакасини шакллантириш ва такомиллаштириш усуллари //Тошкент. - 1995. - Т. 194. - С. 345.
4. Mirqosimova M. THE VIEWS OF AHMED YASSAVI ON SPIRITUAL EDUCATION //The Light of Islam. - 2019. - Т. 2019. - №. 1. - С. 10.
5. Shohistahon D. et al. TECHNOLOGIES OF "SMART CITY" IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN //European Journal of Molecular & Clinical Medicine. - 2020. - Т. 7. - №. 2. - С. 6357-6363.
6. Yusupov O. et al. IMPROVING WRITING SKILLS USING COMMUNICATIVE COMPETENCE //International Journal of World Languages. -2021. - Т. 1. - №. 2.
7. Миркрсимова M. M. ТАЛАБАЛАРДА АНАЛИТИК ТАФАККУРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 4. - С. 478-481.
8. Миркосимова М. М. МАСОФАВИЙ ТАЪЛИМ ШАРОИТИДА У^УВ ФАНЛАРИНИ ИНТЕГРАЦИЯЛАШ ТАМОЙИЛЛАРИ //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. -2020. - Т. 1. - №. 1.
9. Mirqosimova Miss M. AESTHETIC EDUCATION AND THE FORMATION OF A CULTURE OF READING AMONG YOUTH THROUGH WORKS OF ART //The Light of Islam. - 2020. - Т. 2020. - №. 1. - С. 128-138.
10. Миркосимова М. М. Социальная реабилитация детей с ограниченными возможностями здоровья //Инклюзивное образование и психолого-педагогическое сопровождение лиц с ОВЗ и инвалидов: от раннего возраста до профессиональной подготовки. Региональные практики и модели. - 2020. - С.
11. Миркосимова М. М. ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ ЖАРАЁНИДА ТОЛЕРАНТЛИК СИФАТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЗАРУРАТИ //ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ. - 2020. - №. SI-2№ 4.
12. Шукуров Ф. А., Халимова Ф. Т., Миркосимова М. СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА АДЕКВАТНОСТИ САМООЦЕНКИ, ТРЕВОЖНОСТИ И ТИПОВ ВНД У СТУДЕНТОВ //Агаджаняновские чтения. - 2020. - С. 254-256.
А.: 2007.
128-132.
Scientific Journal Impact Factor
13. Шукуров Ф. А., Миркосимова М. ХАРАКТЕРИСТИКА НАПРАВЛЕНИЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ТИПОВ ВОСПРИЯТИЯ НОВИЗНЫ СТУДЕНТАМИ //Агаджаняновские чтения. - 2018. - С. 306-307.
14. Mirqosimova M. Fundamentals of formation and improvement of literary analysis skills in students. Monograph //Tashkent: Subject, 2006.-114 pp. - 2006.
15. Mirqosimova M. M. The use of modular learning technology in teaching primary school students to think independently //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 11. - №. 4. - С. 783-791.
16. Mirkasimova M. M. PRINCIPLES OF INNOVATIVE PEDAGOGY //Conferencious Online. - 2021. - С. 61-62.
17. Назаров, А. (2019). Психологические особенности руководителей, влияющие на принятие управленческих решений. Молодой ученый, (44), 298-
18. Nazarov, A. S. (2020). Psychological analysis of levels of administration of management decisions. Вопросы экономики и управления, (3), 1-5.
19. Умаров, Б. М., & Назаров, А. С. (2020). Низоли вазиятларда бошкарув карорларини кабул килишнинг ташкилий ва ижтимоий-психологик механизмлари. Молодой ученый, (7), 352-353.
20. Nazarov, A. S. (2020). Карор кабул килиш бошкарув фаолиятининг психологик мезони сифатида. Молодой ученый, (11), 280-282.
21. Назаров, А. С. (2020). Adoption of management decisions as the main function of the modern manager. In Проблемы современной экономики (pp. 7-12).
22. Назаров, А. С., & Худайбергенова, З. (2020). Socio-psychological features of management decision-making. Молодой ученый, (50), 430-432.
23. Назаров, А. С. (2020). Psychological aspects of managerial decision making. Молодой ученый, (44), 45-48.
24. Назаров, А. С. (2020). Принятие управленческих решений как основная функция современного менеджера. Вопросы экономики и управления, (2), 1-5.
25. Nazarov, A. S. (2021). Psychological foundations of managerial decisionmaking. Молодой ученый, (3), 46-48.
26. Назаров, А. С. (2021). The psychology of decision-making strategies. Актуальные научные исследования в современном мире, (1-7), 79-82.
27. Назаров, А. С. (2021). Психологические особенности разработки и реализации управленческих решений. Актуальные научные исследования в современном мире, (2-9), 31-35.
300.
Scientific Journal Impact Factor
28. Назаров, А. (2021). Scientific and methodological foundations of the influence of the social and psychological properties of the manager on managerial decisions. Общество и инновации, 2(4/S), 523-532.
29. Назаров, А. (2021). Научно-методические основы влияния социальнопсихологических свойств руководителя на управленческие решения. Общество и инновации, 2(4/S), 523-532.
30. Назаров, А. С., & Митина, О. В. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРИНЯТИЯ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ. Наука и мир, (12-1), 73-75.
31. Назаров, А. С. (2020). Психологический анализ уровней принятия управленческих решений и факторов, влияющих на него. Молодой ученый, (21),
32. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 342-348.
33. Назаров А. РАХБАРНИНГ ШАХСИЙ КОМПЕТЕНТЛИ ОМИЛИНИНГ БОШКАРУВ КАРОРЛАРИНИ КАБУЛ КИЛИШГА ТАЪСИРИНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК ТАХЛИЛИ.
34. Umarov B. M. PSYCHOLOGICAL FEATURES OF DEVELOPMENT AND IMPLEMENTATION OF MANAGEMENT DECISIONS IN THE ACTIVITIES OF MANAGERS //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2021. - №. 5-9. - С. 50-54.
35. Umarov B. PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF PREVENTION OF EXTREMISM AND TERRORISM AMONG YOUNG PEOPLE //The Light of Islam. - 2018. - Т. 2018. - №. 1. - С. 23.
36. Умаров Б. М. БОШКАРУВ КАРОРЛАРИНИ КАБУЛ КДЯИШДА РАХБАР ШАХСИНИНГ ИНДИВИДУАЛ-ПСИХОЛОГИК ХУСУСИЯТЛАРИ.
37. Умаров Б. М. Психология. нопедагогик олий таълим йуналиши талабалари учун дарслик. - 2011.
38. Умаров Б. М. Неблагополучная семейная микросреда как фактор возникновения отклоняющегося поведения несовершеннолетних детей и подростков //Российский научный журнал «Федерация. - 2008. - №. 8. - С. 51.
39. Умаров Б. М., Ражабова Ф. П. Вояга етмаганларда хул; огиши ва тарбия бузилишининг ижтимоий-психологик омиллари //Современное образование (Узбекистан). - 2015. - №. 8.
739-740.
Scientific Journal Impact Factor
40. Umarov B. M. et al. THE RELIGIOUS AND SOCIO-PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITIES //The Light of Islam. - 2020. - Т. 2020. - №. 1. - С. 122-127.
41. Rasulov A. I. PSIXOLOGIYA TA'LIM YO 'NALISHI TALABALARIDA SHAXS SO 'ROVNOMALARINI TATBIQ ETISH KO 'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2021. - Т. 1. - №. Special Issue 2. - С. 349-354.
42. Расулов А. И. ТАЛАБАЛАР ТАД^ЩОТЧИЛИК ^ОБИЛИЯТИ МЕЗОНЛАРИ ВА ДИАГНОСТИКАСИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. NUU Conference 1. - С. 369-374.
43. Rasulov A. The status of implementation of methodology of personal psychodiagnostics in psychological research in Uzbekistan //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 2. - С. 600-605.
44. Расулов А. И. УНИФИКАЦИЯ СИСТЕМЫ ОБРАБОТКИ РЕЗУЛЬТАТОВ ЛИЧНОСТНЫХ ОПРОСНИКОВ //ББК 1 Р76. - 2018. - С. 126.
45. Ibragimovich R. A. ADAPTATION OF THE THIRTEEN FACTOR VERSION OF CATTELL'S PERSONALITY QUESTIONNAIRE //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2018. - Т. 6. - №. 6.
46. Расулов А. И. ПСИХОДИАГНОСТИЧЕСКИЙ ТЕСТ КАК МЕТОД ИЗУЧЕНИЯ ЛИЧНОСТИ //Сфера знаний: процессы развития современной научной мысли. - 2018. - С. 95-100.
47. Mengboevich, U. В., & Sottarovich, N. A. (2021). SOCIAL AND PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE LEADER IN THE IMPLEMENTATION OF MANAGEMENT DECISIONS. Science Time, (10 (94)), 31-35.