Научная статья на тему 'TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11085
941
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / innovasion texnologiya / ta’lim-tarbiya / didaktik vosita / ta’lim samaradorligi. / pedagogical technology / innovative technology / education / didactic tool / educational effectiveness.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shoira Narzullayevna Qurbonova, Feruza Abdullayeva

Maqolada tarbiya fani dars jarayonida talabalarning mehnat tarbiyasini shakllantirishda innovasion ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanishning muhim jihatlari oсhib berilgan.Didaktik vositalardan foydalanishda o’quvchilarning psixologik,yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligi misollar asosida isbotlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN EDUCATIONAL LESSONS

The article highlights the important aspects of the effective use of innovative educational technologies in the formation of labor education of students in the teaching process.

Текст научной работы на тему «TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

TARBIYA DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Shoira Narzullayevna Qurbonova Feruza Abdullayeva

Buxoro davlat universiteti

ANNOTASIYA

Maqolada tarbiya fani dars jarayonida talabalarning mehnat tarbiyasini shakllantirishda innovasion ta'lim texnologiyalaridan samarali foydalanishning muhim jihatlari ochib berilgan.Didaktik vositalardan foydalanishda o'quvchilarning psixologik,yosh xususiyatlarini inobatga olish zarurligi misollar asosida isbotlangan.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya ,innovasion texnologiya, ta'lim-tarbiya, didaktik vosita, ta'lim samaradorligi.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN EDUCATIONAL LESSONS

ABSTRACT

The article highlights the important aspects of the effective use of innovative educational technologies in the formation of labor education of students in the teaching process.

Keywords: pedagogical technology, innovative technology, education, didactic tool, educational effectiveness.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xat o xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi.Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:

Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida —Ta'lim to'g'risidagi Qonunda rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.

Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.

Uchinchidan, pedagogik texnologiya o'qituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.

To'rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo'llashga asoslanganligi sababli, ularning qo'llanilishi

O'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o'qituvchidan ko'proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o'z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o'z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovasion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

Shuning uchun ham, ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo'llanishiga oid bilimlar, tajriba o'quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

«Dumaloq stol» metodi:Topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varag'i davra bo'lab aylantiriladi. Har bir talaba o'zining javob variantini yozib qo'ygach, varaqni boshqa talabaga uzatadi. Keyin muhokama bo'ladi: noto'g'ri javoblar o'chiriladi, to'g'ri javoblarning soniga qarab talabaning bilimlariga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma shaklda emas, balki og'zaki shaklda ham qo'llash mumkin. Berilishi mumkin bo'lgan topshiriqlarga misollar:

- tarbiyaning tarkibiy qismlari qaysilar?;

- aqliy tarbiyaning hozirgi davr talabi nimada?;

- axloqiy tarbiya vazifalari qaysilar?;

- ekologik tarbiyaning mohiyati nimada?;

- mehnat va iqtisodiy tarbiyaning muhim vazifalarini izohlang;

- estetik tarbiyaning vazifalarini ayting;

- jismoniy tarbiyaning bugungi kundagi ahamiyati;

- huquqiy tarbiyaning muhim belgilari qaysilar?

Shuni esda tutish kerakki, yaxshi qo'yilgan savol, bu - javobning yarmisini o'zida jo etgan savoldir.

«Ruchka stol o'rtasida» metodi.Butun guruhga topshiriq beriladi (masalan, o'quvchi shaxsining rivojlanishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi, shaxs rivojlanishi va shakllanishining asosiy omillarini birma-bir ko'rsatib o'tilsin). Har bir talaba bitta javob

variantini bir varaq qog'ozga yozib, uni qo'shnisiga beradi, o'z ruchkasini esa stolning o'rtasiga surib qo'yadi.

Topshiriqqa misol: O'qituvchining guruhga beradigan topshirig'i shaxs rivojlanishi va shakllanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillarni hayotiy misollar bilan sharhlab berish.Ajratilgan 10-15 daqiqa vaqt ichida guruh mumkin qadar ko'proq sonda javob variantlari berishi kerak. Bir varaq qog'ozga yozilgan topshiriq bir talabadan ikkinchisiga uzatiladi. Talaba javobni yozib, qog'ozni keying talabaga uzatadi, ruchkasini esa, o'ziga ro'baro' qilib, stolga qo'yib qo'yadi. Javobni bilmaydigan talaba qog'ozni keyingi talabaga uzatadi-yu, lekin ruchkasini qo'lida olib qoladi. Bu metodikaning yana bir sharti: bitta variantni ikki qayta berish mumkin emas, boshqacha aytganda, qaytariqlar bo'lishiga bu o'rinda yo'l qo'yilmaydi. Topshriq bajarildi. Javob variantlari yozilgan qog'oz o'qituvchida. U o'sha variantlarni sanab o'tadi. Variantlar sanab o'tilar ekan, ularning biri muhokama qilib boriladi: Insondagi tug'ma qobiliyatni qanday izohlaysiz? Bolani o'rab turgan ijtimoiy muhit deganda nimani tushunasiz? Va hokazo. «Ruchka stol o'rtasida» metodi bir qancha afzalliklarga ega. Jumladan, o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko'rib turadi:

- mashg'ulotga tayyorlanmagan talaba og'zaki muhokama paytida ko'rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar olishi mumkin;

- bu guruhda olib boriladigan ish bo'lib, talabalar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o'z variant ustida juda uzoq o'ylab o'tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflaydi. Shuningdek, talaba mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishlashi kerak bo'ladi;

- talabalar o'z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib borishadi. Shunday qilib, ta'lim jarayonida qo'llaniladigan mazkur interfaol usullar o'quvchi-talabalarning mustaqilligi, ishchanligi, uyushqoqligi, xushmuomalaligi, ijodiy fazilatlarini kamol toptirishga yordam beradi.

Interfaol usullarni yana boshqaca ta'riflaydigan bo'lsak interfaol ta'lim jarayonida dars o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi.Interfaol metod — ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari — norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o'qish, o'rganish, seminarlar o'tkazish, o'quvchilarni tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat.Interfaollik, bu — o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bunda o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi)

yoki o'qituvchi-o'quvchilaming o'zaro muloqotlari asosida kechadi.Interfaollik — o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi (sub'yekt-sub'yekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi — o'q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o 'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o 'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi.Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi.

Demak, interfaol ta'lim texnologiyalari va uning muhim tarkiiy elmenti bo'lgan interfaol metodlar ta'lim jarayonini tashkil etish ko'rsatkichlarining o'zgarishini ta'minlaydi. Zero, zamonaviy ta'lim doimiy ravishda fan va texnologiya rivoji bilan bog'liqlikda ta'lim maqsadi, mazmuni, shakl, metod va vositalarining yangilanib borishini talab qiladi.

REFERENCES

1. Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o'qitish metodikasi». Darslik. T.: TDPU. 2015-yil.

2. Sh.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent - "O'zbekiston" - 2016.56B.

3. M.Tilavova "Texnologiya va uni o'qitish metodikasi"o'quv qo'llanma M.Buxoro:OOO"Sadriddin Salim Buxoriy "Durdona,2021-312b.

4. Ш.Н. ^УРБОНОВА: Таълим жараёнида замонавий педагогик технология турларининг кyлланиши.PEDAGOGIK MAHORAT. Maxsus son, 2020 102bet.

5. Курбанова, Шоира Нарзуллаевна, Феруза Абдуллаева, and Г. О. Очилова. "ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ТЕХНОЛОГИЯ-ЦЕЛОСТНАЯ СИСТЕМА ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА." НОВЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ: сборник статей IV (2021): 20.

6. Kurbanova S. Art as a significant factor of forming world outlook of students //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

7. Mukhamadovna T. M., Djamshitovna K. M., Narzullayevna Q. S. Art as a significant factor of forming world outlook of students //Middle European Scientific Bulletin. -2021. - Т. 11.

8. Muhammedovna T. M. Qualification features of the teacher of" technology" and the technology of its development //European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences. - 2019. - Т. 2019.

9. Haydarova M., Yuldashev B. БОШЛАНТИЧ СИНФЛАРДА ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИНИ У^ИТИШДА ИННОВАТИВ ЁНДОШУВ //Физико-технологического образование. - 2021. - №. 2.

10. Abdugafforovich A. N. Scientific theory of al-khakim at-termezi //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - Т. 2019.

11. Qo'ldoshev A. R. G'aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

12. Quldoshev, R. A. "Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year." Globe Edit.-2020 (2020).

13. Qo'ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 49814988.

14. Qo'ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

15. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet."

16. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

17. Qo'ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. "MAZMUNI//Pedagogik mahorat." (2020).

18. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ»III-Международная научно-практическая конференция. 2020.

19. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

20. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

21. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed children.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

22. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

23. Кулдашев Р. А. ЧАПАКАЙ УКУВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлангич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

24. Hamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. -2019. - Т. 2019.

25. Kamroev A. STUDENTS'CREATIVE ACTIVITIES IN DESIGNING MOTHER TONGUE EDUCATION //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019. -Т. 1. - №. 7. - С. 285-296.

26. Adizov B. R., Khamroev A. R. Modeling activities of teachers when designing creative activities of students //Ilmiy xabarnoma. - С. 69.

27. Azimov Y. Hamroyev A//Husnixat va uni oqitish usuliyoti (Maruza matnlari). -2003.

28. Хамраев А. Моделирование деятельности учителя при проектировании творческой деятельности учащихся //Педагопчш шновацп: где!', реалп, перспективи. - 2018. - №. 2. - С. 23-26.

29. дамроев А. БОШЛАНЕИЧ СИНФ ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА УКУВЧИЛАРНИНГ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИНИ лойидалаштириш МЕТОДИК МУАММО СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 1. - №. 1.

30. Hamroyev A. R. Designing students' creative activity in primary school mother tongue education as a methodological problem //Middle European Scientific Bulletin. -2021. - Т. 11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.