Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9
educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
INGLIZ TILI FANINI O QITISHDA YANGI INTERFAOL METODLARNING AHAMIYATI VA SAMARADORLIGI
Sanayeva Gulsanam Muxtorovna
Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchisi E-mail: [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada ingliz tili fanini o^qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati xususida so^z yuritilar ekan, fanni o^zlashtirish biroz murakkabligini hisobga olgan holda o^quvchining barcha imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek tilni rivojlantirishda yangi metodlardan misollar keltirilib, uning ahamiyati ochib beriladi.
Kalit so zlar: Ingliz tili, metodika, fan, uslub, dars, o^quvchi, pedagog
АКТУАЛЬНОСТЬ И ЭФФЕКТИВНОСТЬ НОВЫХ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ
АННОТАЦИЯ
В статье обсуждается важность использования новых педагогических технологий в обучении английскому языку, а также анализируются все возможности студента с учетом сложности усвоения предмета. В нем также приводятся примеры новых методов развития языка и объясняется их важность.
Ключевые слова: английский язык, методика, наука, стиль, урок, ученик, учитель
IMPORTANCE AND EFFECTIVENESS OF NEW INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH
ABSTRACT
The article discusses the importance of the use of new pedagogical technologies in the teaching of English, and analyzes all the possibilities of the student, taking into account the complexity of mastering the subject. It also gives examples of new methods in language development and explains its importance.
Keywords: English, methodology, science, style, lesson, student, teacher
KIRISH
"Chet tillari bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga erishgan maktablar uchun Prezident sovrini ta'sis etiladi" — Shavkat Mirziyoyev. Darhaqiqat, chet tilini
Scientific Journal Impact Factor
O
rívojlantirish orqali dunyo tan olgan davlatlar standartiga javob bera oladigan maktab dars, darslik yaratish biz pedagogklarning vazifamizdir. Quvonarlisi, ingliz tilida biyron so'zlasha oladigan lar maktabning birinchi sinfidayoq topilayotgani, tizimda ingliz tili mutaxassislarning ko'p mehnati singayotganidan dalolatdir. Ayniqsa, chet tilida xalqaro darajalarga erishayotgan o'quvchilar safi kundan kunga ko'payib bormoqda. Shuningdek, milliy oliygoharimizdan tashqari dunyoning top 1000 talikka kirgan universitetlarga bir o'quvchining yettitadan ortig'iga talaba bo'layotgani ham bizni quvontiradi.
Darvoqe, fanni o zlashtirish biroz murakkab jarayon. O zga tilni o z tilidek mukammal o'zlashtirishda esa pedagogning mahoratiga bog'liq. Bunda yangi pedagogik uslublardan foydalanish ham muhim ham samaralidir. Ananaviy darsdan ko'ra o'quvchi yangi texnologiyalardan foydalanib o'tilgan darsda o'zlashtirish ko'rsatkichi yuqori bo'ladi. Quyida shu kabi yangi pedagogik uslublarning mohiyati va amalda qo'llay olishdagi samaralari haqida so'z yuritamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ko'pgina adabiyotlarda hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta'lim metodlar "Keys-stadi" (yoki "O'quv keyslari"), "Blist-so'rov", "Modellashtirish", "Ijodiy ish", "Muammoli ta'lim" ekanligi qayd etiladi. Malumotlarga ko'ra interfaol ta'lim strategiyalari qatoriga "Aqliy hujum", "Bumerang", "Galereya", "Zig-zag", "Zinama-zina", "Muzyorar", "Rotastiya", "Yumaloqlangan qor" uslublar kiradi. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma'lum ma'noda strategikyondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q.
Interfaol grafik organayzerlar: "Baliq skeleti", "BBB", "Konsteptual jadval", "Venn diagrammasi", "T-jadval", "Insert", "Klaster", "Nima uchun?", "Qanday?" va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg'ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko'rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli.
Quyida yangi minteraktiv metodlardan bir nechtasini tahlil qilsak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"FIKRIY HUJUM" METODI
Mazkur metod o'quvchilarning mashg'ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g'oyalarni
Scientific Journal Impact Factor
0
to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yengishga o'rganish uchun xizmat qiladi.
"Fikriy hujum" metodining asosiy tamoyili va sharti mashg'ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mashg'ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi.
"Fikriy hujum" metodidan foydalanish chog'ida o'quvchilarning soni 10-15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
"YALPIY FIKRIY HUJUM" METODI
Metod o'quvchilar tomonidan yangi g'oyalarning o'rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o'quvchilarni o'z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo'lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a'zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o'qituvchi va boshqa guruhlar a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg'ulot yakunida o'qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o'ziga xos deb topilgan javoblarni e'lon qiladi. Mashg'ulot jarayonida guruhlar a'zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko'ra baholab boriladi.
"6x6x6" METODI
"6x6x6" metodi yordamida bir vaqtning o'zida 36 nafar o'quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma'lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuni ngdek, guruhlarning har bir a'zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo'lgan 6 ta guruh o'qituvchi tomonidan o'rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach o'qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o'z jamoadoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
"6x6x6" metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
—guruhlarning har bir a'zosining faol bo'lishiga undaydi;
—ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta'minlaydi;
Scientific Journal Impact Factor
0
—guruhning boshqa a'zolarining fikrlarini tinglay olish ko'nikmalarini hosil qiladi;
—ilgari surilayotgan bir necha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o'z fikrini himoya qilishga o'rgatadi.
Eng muhimi, mashg'ulot ishtirokchilarining har bir qisqa vaqt (20 daqiqa) mobaynida ham munozara qatnashchisi, ham tinglovchi, ham ma'ruzachi sifatida faoliyat olib boradi.
Ushbu metodni 5, 6, 7 va 8 nafar o'quvchidan iborat bo'lgan bir necha guruhlarda qo'llash mumkin. Biroq yirik guruhlar o'rtasida "6x6x6" metodi qo'llanilganda vaqtni ko'paytirishga to'g'ri keladi. Chunki bunday mashg'ulotlarda munozara uchun ham, axborot berish uchun birmuncha ko'p vaqt talab etiladi. So'z yuritilayotgan metod qo'llanilayotganda mashg'ulotlarda quruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzuni qilish imkoniyati mavjud.
"6x6x6" metodidan ta'lim jarayonida foydalanish o'qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, shuningdek, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo'lishni talab etadi. Guruhlarning to'g'ri shakllantirmasligi topshiriq yoki vazifalarning to'g'ri hal etilmasligiga sabab bo'lishi mumkin. Bu metod yordamida mashg'ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O'qituvchi mashg'ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo'yib chiqadi.
2. O'quvchilar o'qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo'linadi. O'quvchilarni guruhlaga bo'lishda har o'rindiqni nomlab, nomlangan varaqchalarni olganlar o'z o'rinlariga joylashadilar.
3. O'quvchilar joylashib olganlaridan so'ng o'qituvchi mashg'ulot mavzusini e'lon qiladi va guruhlarga muayyan topshiriqlarni beradi. Ma'lum vaqt belgilanib, munozara jarayoni tashkil etiladi.
4. O'qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o'rinlarda guruh a'zolariga maslahatlar beradi, yo'l-yo'riqlar ko'rsatadi hamda guruhlar tomonidan berilgan topshiriqlarning to'g'ri hal etilganligiga ishonch hosil qilganidan so'ng guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so'raydi.
5. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o'qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Qaytadan shakllangan guruhlarning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo'ladi. Yangidan shakllangan guruh a'zolari o'z jamaodoshlariga guruhi tomonidan muammo yechimi sifatida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
О
Pedagogik texnologiya o'z mohiyatiga shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilib, pedagogik faoliyat samaradorligini oshiradi hamda o'qituvchi o'rtasida o'zaro hamkorlikni qaror toptiradi. Bundan tashqari, oquvchilar tomonidan o'quv predmetlari bo'yicha puxta bilimlarning egallanishini ta'minlaydi. oquvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi. Hamda o'quvchilarning o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratiladi. Shuningdek, pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g'oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
REFERENCES
1. Jalolov Jamol. Chet til o'qitish metodikasi. "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent - 2012.
2. Bekmuratova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" mavzusida referat. Toshkent — 2012 yil
3. Отабоева, М. Р. Chet tilini o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalaridan foydalanish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. — Текст: непосредственный, электронный // Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 (138.2). — С. 36-37. — URL:
4.https://moluch.ru/archive/138/39058/ (дата обращения: 27.04.2020) Xatamova N. Q., Mirzayeva M.N. "INGLIZ TILI DARSLARIDA 5. QO'LLANILADIGAN INTERFAOL USULLAR" (uslubiy qo'llanma), Navoiy, 2006, 40 bet.
5. Xoldorova M., Fayziyeva N., Rixsittilayeva F. "CHET TILINI O'QITISHDA YORDAMCHI VOSITALARDAN FOYDALANISH". Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2005
6. Hoshimov O'., Yoqubov I. "INGLIZ TILI O'QITISH METODIKASI" (o'quv qo'llanma) Toshkent: "Sharq" nashriyoti, 2003