Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR VA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR VA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
7162
453
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik texnologiyalar / interfaol usullar / shakl / metod / vositalar / aqliy xujum / tarmoqlar / sinkveyn / zigzag / kichik guruhlarda ishlash / bahs munozara / fsmu / yumaloqlangan qor / akt / zamonaviy metodlar / zamonaviy dars shakli / internet / elektron pochta. / pedagogical technologies / interactive methods / form / method / tools / brainstorming / networks / cinquain / zigzag / work in small groups / debate / fsmu / rounded snow / ict / modern methods / modern form of teaching / internet / electronic mail.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Turakulova, A. Turakulova

Maqolaning asosiy mazmunida boshlang’ich sinflarda interfaol metodlar ,ularning turlari,boshlang’ich sinflarda qo’llash usullari zamonaviy texnalogiyalarining ta’lim jarayonidagi o’rni, umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlari

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INTERACTIVE METHODS AND MODERN TECHNOLOGIES IN PRIMARY CLASSES

In the main content of the article, interactive methods in primary grades, their types, the role of modern technologies in the educational process, methods of application in primary grades, modern pedagogy of primary grade teachers of general secondary schools opportunities to use technologies

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR VA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR VA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH Turakulova Mexribon Choriyevna

Jarqo'rg'on tumani 47-sonli umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Turakulova Adolat Choriyevna

Jarqo'rg'on tumani 34-sonli umumta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7394593 Annotatsiya. Maqolaning asosiy mazmunida boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar ,ularning turlari,boshlang'ich sinflarda qo'llash usullari zamonaviy texnalogiyalarining ta'lim jarayonidagi o'rni, umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilarining zamonaviy pedagogik texnalogiyalardan foydalanish imkoniyatlari

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar, shakl, metod, vositalar, aqliy xujum, tarmoqlar, sinkveyn, zigzag, kichik guruhlarda ishlash, bahs munozara, fsmu, yumaloqlangan qor, akt, zamonaviy metodlar, zamonaviy dars shakli,internet, elektronpochta.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ И СОВРЕМЕННЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В основном содержании статьи интерактивные методы в начальных классах, их виды, роль современных технологий в образовательном процессе, методы применения в начальных классах, современная педагогика учителей начальных классов общеобразовательных школ возможности использования технологий

Ключевые слова: педагогические технологии, интерактивные методы, форма, метод, инструменты, мозговой штурм, сети, синквейн, зигзаг, работа в малых группах, дебаты, фгму, круглый снег, икт, современные методы, современная форма обучения, интернет, электронная почта

USE OF INTERACTIVE METHODS AND MODERN TECHNOLOGIES IN PRIMARY

CLASSES

Abstract. In the main content of the article, interactive methods in primary grades, their types, the role of modern technologies in the educational process, methods of application in primary grades, modern pedagogy of primary grade teachers of general secondary schools opportunities to use technologies

Keywords: pedagogical technologies, interactive methods, form, method, tools, brainstorming, networks, cinquain, zigzag, work in small groups, debate, fsmu, rounded snow, ict, modern methods, modern form of teaching, internet, electronic mail.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. Ayni vaqtda Axborot texnologiyalari sohasidagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va aholining kundalik hayotiga keng joriy etishni ta'minlashning muhim shartlaridan biri hisoblanad O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topish, mustaqil o'rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o'yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so'zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo'llanmoqda.

«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi

O'quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko'nikmalariga ega bo'lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo'llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

• O'rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

• hosil bo'lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo'lgan to'rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo'lmagan bitta tushunchaning o'rin olishiga erishish;

• o'quvchilarga mavzuga taalluqli bo'lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

• o'quvchilarni o'z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o'tishlari hamda ular o'rtasidagi mantiqiy bog'liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

Mazkur metod o'quvchilardan o'rganilayotgan mavzu (yoki bo'lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.

Metodni qo'llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

• o'qituvchi o'zaro teng nisbatda mavzuga (bo'lim, bob) oid va oid bo'lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;

• o'quvchilar mavzuga (bo'lim, bob) oid va oid bo'lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo'lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

• o'quvchilar o'z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o'quvchilar tomonidan mavzuning puxta o'zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.

1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o'rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo'llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to'rtta va taalluqli bo'lmagan (ortiqcha) bitta so'z (tushuncha, fikr) beriladi.

O'quvchilar ana shu so'zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.

Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo'llash mumkin. Yozuv ekranda ko'rsatiladi. O'quvchilar ortiqcha so'zni aniqlashadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Uy hayvonlari: sigir, qo'y ,ot

So'ng bu so'zlar ishtirokida gap tuzish topshirig'i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.

Namuna: ot-insonning eng ishonchli do'sti.

O'quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o'quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg'otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo'lishga o'rgatiladi. «Videotopishmoq» metodi

Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko'chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o'rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

• o'quvchilar e'tiboriga o'rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

• o'quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

• jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

• o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O'quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirishadi.

Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o'quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi. Boshlang'ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o'yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.

Bizningcha, ta'limiy o'yinlarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:

1. Ta'limiy o'yinlar o'quvchilar yoshiga mos bo'lishi kerak;

2. O'yinlar o'tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo'lishi lozim;

3. Ta'limiy o'yinlarni o'tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;

4. Ta'limiy o'yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lishi kerak;

5. Ta'limiy o'yinlarning o'tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim. Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy

texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.

Barcha o'quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko'rinishidagisidan foydalangan bo'lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o'quvchi bilan shug'ullanish mumkin. AKT'dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o'qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o'quv fanlari bo'yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo'lishi bilan darhol bahosini olishga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

imkon beradi, bahoni kompyuterning o'zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo'yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.

«Tabiatshunoslik» fani bo'yicha barcha mavzulari bo'yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O'lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O'rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo'jaligi sohalari», «Bizning o'lka», «Yer osti boyliklari», «O'lkamiz hududiy tuzilishi», «O'lka chorvachiligi va o'simliklari» va boshqalar. Ona tili bo'yicha o'rganiladigan so'z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o'quvchilarda qiyinchiliklar tug'diradi. Bular: antonimlar,sinonimlar , omonimlar. Testlar orqali o'quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so'zning to'g'ri va ko'chma ma'nosini topishga, sinonimlarni to'g'ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o'rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag'ishlangan «Teskari o'yin» testidan foydalanish o'quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta'sir etadi.

Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o'quvchining ko'zi, miyasi va qo'llari ishtirok etadi, o'yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta'lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o'quvchilar dars materiallarni mustaqil o'rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.

Barcha o'quv fanlarida qo'shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko'plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o'lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin.

Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta'lim jarayonida AKT'dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko'rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo'yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo'shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.

Maktabda mavjud bo'lgan . Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma'lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o'z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko'paytirib, barcha kompyuterlarga o'rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O'quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o'tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to'ldirish imkoni paydo bo'ladi.

Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o'quvchilarga ko'rsatish mumkin. Ishni o'rganilgan material bo'yicha dialog ko'rinishida olib borish mumkin.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o'quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O'quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko'nikmalarni oladilar, o'zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko'nikmalarini takomillashtirib boradilar. Barcha o'quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda boshlang'ich sinflarda interfaol va zamonaviy metodlardan foydalanish o'quv jarayonini samarali tashkil etishning asosidir. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish esa o'quvchilarni mustaqil fikrlashga ijodiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

izlanish va mantiqiy fikrlashni kengaytirish bilan birga ularni mdarslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. Zamonaviy ta'lim dasturlaridan xabardor bo'lish imkonini beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnalogiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim- tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.

Multimedia texnalogiyalaridan foydalanish, ilovalarini har bir darsda qo'llash natijasida o'quvchilarda mustaqil,ijodiy fikrlash yanada rivojlanadi. Aytishimiz joizki interfaol va zamonaviy metodlar, axborot kommunikativ vositalarning boshlang'ich sinf darslarida qo'llanilishi o'quvchilarda zamonaviy va kreativ fikrlashiga sabab bo'ladi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.

3. Tolipov U.K., Sharipov Sh.S. O'quvchi shaxsi ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari. - T., Fan, 2012.

4. Yo'ldashev J. G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T: Fan va texnologiya, 2008

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Bolalarni boshlang'ich ta'limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 132-son qarori

6. B.X.Xodjayev. "Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti". "Sano-standart" nashriyoti. Toshkent - 2017. 92-bet.

7. T.T.Omonov, N.X.Xo'jayev, S.A.Madyarova, E.U.Eshchonov. "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat". Toshkent. "IQTISOD-MOLIYA" 2009. 106-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.