Научная статья на тему 'Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni ona tili va o’qish savodxonligi darslarida samarali interaktiv metodlar orqali lug’at boyligini oshirish'

Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni ona tili va o’qish savodxonligi darslarida samarali interaktiv metodlar orqali lug’at boyligini oshirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
584
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
boshlang’ich sinf / aqliy rivojlanish / amaliy faoliyat / qobiliyat / rag‘bat / didaktik maqsad / ta’lim samaradorligi / interaktiv metod / interfaol dars / lug’atni boyitish / so’z ma’nolari / nutq madaniyatini shakllantirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nafosat Farxod Qizi Jumaniyozova

Ushbu maqolada boshlangʽich sinf darslarida o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirishni rivojlantirish jarayonida samarali interaktiv metodlardan foydalanish, o‘quvchilarni darsga boʽlgan qiziqishini va dars samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni ona tili va o’qish savodxonligi darslarida samarali interaktiv metodlar orqali lug’at boyligini oshirish»

Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarni ona tili va o'qish savodxonligi darslarida samarali interaktiv metodlar orqali

lug'at boyligini oshirish

Nafosat Farxod qizi Jumaniyozova

UrDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf darslarida o'quvchilarining lug'at boyligini oshirishni rivojlantirish jarayonida samarali interaktiv metodlardan foydalanish, o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishini va dars samaradorligini oshirish usullari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, aqliy rivojlanish, amaliy faoliyat, qobiliyat, rag'bat, didaktik maqsad, ta'lim samaradorligi, interaktiv metod, interfaol dars, lug'atni boyitish, so'z ma'nolari, nutq madaniyatini shakllantirish

Enhancing students' vocabulary through effective interactive methods in mother tongue and reading literacy classes in

primary education

Nafosat Farkhod kizi Jumaniyazova

UrSPI

Abstract: This article provides information on the use of effective interactive methods in the process of developing the vocabulary of elementary school students, methods of increasing students' interest in the lesson and the effectiveness of the lesson.

Keywords: elementary school, mental development, practical activity, skill, motivation, didactic goal, teaching effectiveness, interactive method, interactive lesson, vocabulary enrichment, word meanings, speech culture formation

Hozirgi kunda Fransiya, Shvetsiya, Italiya va Finlandiya kabi rivojlangan davlatlar ta'lim tizimlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'z ona tililarini mukammal bilishlari uchun kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ijodiy layoqatlarni erta aniqlash va maqsadli rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.Yurtimizda ta'lim tizimidagi barcha islohotlarni tahlil qiladigan bo'lsak, barchasi kelgusi avlod uchun berilayotgan e'tibor va kelajak uchun poydevordir. Shu Jumladan, Prezidentimiz ham bejiz quyidagi fikrlarni bildirmagan:

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 932

"Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo'yib, uni milliy g'оya darajasiga kо'tarmоqdamiz. Biz maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi, oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo'lg'usi Renessansning to'rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog'cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o'qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg'onish davrining to'rt tayanch ustuni, deb hisoblaymiz." Bu fikrlardan shuni bilishimiz kerakki, biz kelajak avlodni har tomonlama yuksak dunyoqarashga ega va o'z fikrlarini erkin va ravon tarzda bayon qiloladigan va jamiyatda o'z o'rnini topib, jamiyat uchun ulkan hissa qo'shadigan yangi O'zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqadigan qilib tarbiyalashimiz kerak. Suning uchun prezidentimiz ta'lim sohasiga bejizga e'tabor qaratmayapti. Buning uchun biz ustozlar o'quvchilarni dunyo yoshlari bilan bellasholadigan, raqobatbardosh qilib tarbiyalashimiz kerak. Bunda bizdan sifatli ta'lim berish kutiladi va darslarni samarali tarzda tashkil etish talab qilinadi.

Bilamizki, boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida asosiy e'tiborni o'quvchilarning lug'at boyligini oshirish, bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omili deyishimiz mumkin.

Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida biz o'quvchida to'g'ri, tez, ongli ifodali o'qish malakalarini shakllantirishimiz, ularni oddiy kitob o'quvchidan chuqur muloxaza yurituvchi ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarishimiz, lug'at boyligini boyitish orqali tevarak atrof borliq haqidagi bilimlarni kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish xar qanday uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy, kreativ fikrlash ko'nikmasini egallashda interaktiv metodlarni qo'llab ularga bu bilimlarni egallashlariga imkoniyat yaratishimiz lozim. Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarni o'quv bilim faoliyatiga tayyorlash, boshqalar bilan muloqatga kirisha oladigan, o'z fikrini boshqalarga tushunarli tarzda yetkaza oladigan shaxsni shakllantirishdan iborat.

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda eng asosiy e'tibor o'quvchida tilga doir to'rt ko'nikma: o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlar va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.

Biz ta'lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslanishimiz, ya'ni tilning muloqot vazifasini birinchi o'ringa qo'yishimiz darkor. Shuningdek faoliyatga yo'nalgan yondashuv, ongli yondashuv, kashfiyotchilik yondashuvi farqli va tanqidiy yondashuv kabilar e'tiborda bo'lishi lozim.O'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi va nutqini o'stirishning zaruriy omillaridan biri lug'atlar ustida ishlashdir. Lug'atlar o'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi ijodiy fikr mahsulini og'zaki va yozma shakllarda ravon bayon etishga olib

www.openscience.uz / issn 2181-0842

933

keladigan behad qimmatli va boy so'z zaxirasini vujudga keltiradi. Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talaffuzi va imlosiga e'tibor qaratiladi.

Lug'at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:

1. So'z ma'nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko'chma ma'noli so'z va iboralar, paronim so'zlar, shakldosh so'zlar ma'nosi, imlosi va talaffuzini izohlashda qo'llaniladi. Masalan, ziyrak va zirak so'zlari. Bular yozilishi jihatdan bir biriga o'xshash bo'lishiga qaramasdan ikkisi ikki xil ma'noni anglatadi. Birinchisi insonning xususiyatini, ikkinchisi esa taqinchoq ma'nosini anglatadi.

2. So'zlarni kuzatish orqali ularning imlosini, ma'nosini va talaffuzini o'rgatish. Bu usul o'zakdosh so'zlarni o'rganish jarayonida, ko'm-ko'k, oppoq kabi sifatlarning ma'no nozikliklari, imlosi va talaffuzini o'rgatishda qo'llaniladi.

3. So'zni belgilariga ko'ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo'lib, u ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarning so'z boyligini oshirishda muhimdir. So'zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi va so'ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o'xshash va farqli tomonlari ajratiladi. Masalan qavm-qarindoshlik bo'lishi mumkin: ota yoki ona tarafdagilar

Ma'lum bir guruhdagilar ro'yxatini tuzish ishini alifbo asosida yozdirish ham mumkiun. Masalan, Bolalar o'yinchoqlarini nomini tuzdiring yoki o'zingiz bilgan ertak nomlari ro'yxatini tuzing kabi. Bular o'rganayotgan mavzulariga, mashq matnlariga bog'liq holda tashkil etiladi.

Demak, lug'at boyligini oshirishda biz yuqorida interaktiv metodlardan foydalanish dars sifat samaradorligini oshirishi haqida aytgan edik. Bular quyidagilar: Mosini top, Bir daqiqa, Qaynoq kartoshka, Ortiqchasini top, Zanjir kabi metodlar.

Shulardan Zanjir metodini o'tilgan darsni mustahkamlash qismida foydalansak darsni yanada qiziqarli va jonli olib brogan bo'lamiz. O'yin tartibi shundayki: birinchi partadagi o'quvchi mavzudan bitta yangi o'rgangan so'zini aytadi, keyingi ishtirokchi esa o'sha birinchi ishtirokchi aytgan so'z bilan birgalikda o'zi ham yangi bitta so'zni aytadi. Shu tartibda o'yinimiz davom etadi. O'yin davomida so'zlarni unutib qo'ygan o'quvchilar o'yindan chetlashtirilib boraveradi. O'yin so'ngida qolgan bitta ishtirokchi g'olib bo'ladi va o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi. Bu metod o'quvchilarni nafaqat yangi o'rgangan so'zi esida saqlashiga yordam beradi balki, uni xotirasi va diqqatini ham rivojlantiradi.

Yana bir samarali interfaol metodlarimizdan biri bu - Bir daqiqa metodi hisoblanadi. Bu metodni biz boshlang'ich sinf o'quvchilar bilan jamoa tartibida ham, yakka tartibda ham o'tkazishimiz mumkin. Uning sharti shuki: o'quvchi yangi o'rgangan so'zlarini faqat bir daqiqa davomida yozishi kerak. Bir daqiqa tugagandan so'ng, o'qituvchi o'quvchilardan kim qancha so'z yozolganini aniqlaydi. Undan so'ng esa ustoz eng ko'p so'z yozgan o'quvchini doskaga taklif qiladi va bu so'zlarni qayta o'ib izohlab berishini aytadi. bu bilan o'qituvchi kam yozgan o'quvchilar

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 934

esidan chiqargan so'zlarni esiga solishga va diqqatli bo'lishga chaqiradi. Lug'at ustida ishlash orqali o'quvchilarning nutqi yangi so'zlar bilan boyib boradi. Bu esa ularning o'z fikrlarini ravon tilda tushunarli qilib aytishlariga yordam beradi. Zero, Til muncha sharaf birla nutqning olatidir va ham nutqdirki gar nopisand zohir bo 'lsa, tilning ofatidir - deganda Navoiy bobomiz insonlarning go 'zal nutqi uni sharafli qilishini aytganlar. Maftuna Abduqayumovaning maqolasidagi ushbu satrlar orqali bilishimiz kerakki o'quvchilar g'ozal nutqga ega bo'lishlari ularni yanada yuksaklikka ko'taradi va sharafli qilar ekan.

Xulosa qilib aytganda, bunday tartibdagi metodlar dars samaradorligini nafaqat oshiradi balki, o'quvchilarni harakatga undaydi va ularni o'rganishga, izlanishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. Shuning uchun har bir darslarda shu turdagi turli xil metodlardan foydalanib dars o'tishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qosimova K, Matchonov S1. Ona tili o'qitish metodikasi.Boshlang'ich ta'lim fakultet talabalari uchun darslik: Toskent: Bayoz, 2022. 304bet.

2. Ona tili va o'qish savodxonligi.2-qism.2-sinf uchun darslik. Toshkent, 2021.

3. Maftuna Abduqayumova, O 'qish darslarida lug'at ustida ishlash , Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar: № 1 (2022): Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar

4. https://xs.uz/uz Xalq so'zi 3.07.2021 yil

5. Zilola Baxtiyorovna Xamraeva "BOSHLANG'ICH SINFLARNING ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA LUG'AT USTIDA ISHLASHNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI "CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 5 I 2022 Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

www.openscience.uz / issn 2181-0842

935

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.