Научная статья на тему 'Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida chet tilidan o’zlashgan so’zlarni yozilishini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’rgatish'

Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida chet tilidan o’zlashgan so’zlarni yozilishini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’rgatish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
157
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
boshlang’ich sinf / orfografiya / pedagogik texnologiyalar / zamonaviy / interaktiv / metod / didaktik maqsad / ta’lim samaradorligi / interfaol metod / interfaol dars

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nafosat Farxod Qizi Jumaniyozova

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida chet tillaridan o’zlashgan so’zlarni qoidalarga mos ravishda yozishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hamda interfaol metodlardan foydalanishning ijobiy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, dars jarayonida qo’llash uchun turli zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan namunalar tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinf ona tili va o’qish savodxonligi darslarida chet tilidan o’zlashgan so’zlarni yozilishini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o’rgatish»

Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida

chet tilidan o'zlashgan so'zlarni yozilishini zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o'rgatish

Nafosat Farxod qizi Jumaniyozova

UrDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida chet tillaridan o'zlashgan so'zlarni qoidalarga mos ravishda yozishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan hamda interfaol metodlardan foydalanishning ijobiy ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, dars jarayonida qo'llash uchun turli zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan namunalar tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, orfografiya, pedagogik texnologiyalar, zamonaviy, interaktiv, metod, didaktik maqsad, ta'lim samaradorligi, interfaol metod, interfaol dars

Teaching the writing of words learned from a foreign language using modern pedagogical technologies in primary-grade mother tongue and reading literacy classes

Nafosat Farkhod kizi Jumaniyazova

UrSPI

Abstract: This article reveals the positive value of using modern pedagogical technologies and interactive methods when recording words learned from foreign languages, in accordance with the rules in the classroom in the native language and reading literacy in primary grades. Also, samples of various modern methods of pedagogical technology are recommended for use during the lesson.

Keywords: elementary class, spelling, pedagogical technologies, modern, interactive, method, didactic goal, learning efficiency, interactive method, interactive lesson

Hozirgi kunda barcha jabhalarda bo'lgani kabi ta'lim sohasida ham ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekistonda ta'limning rivojlantirishga taraqqiyotning ustuvor yo'nalishi sifatida yondashilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev o'zining har bir nutq va ma'ruzalarida xalq

ta'limini yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator vazifalarni ko'rsatib beradi. Xususan u shunday ta'kidlaydi: "Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz a'zolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun avvalo ilm-ma'rifat, yuksak ma'naviyat kerak. Ilm yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta, to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek, "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir"! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak". "O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi Nizomda ta'kidlanganidek: "Boshlang'ich ta'lim o'qish, yozish, sanash, o'quv faoliyatining asosiy malaka va ko'nikmalari, ijodiy fikrlash, o'zini-o'zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog'lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta'minlashga da'vat etilgan" Shu asosga ko'ra, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko'nikmalari, datlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.

Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o'rni va roli alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, ajdodlardan meros qolgan muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg'or davlatlar darajasiga ko'tarish ularning bilimi, iste'dodi, jasorati, ma'naviy barkamolligiga bog'liq.

Fan hamisha rivojlanish va tarqqiyotda. Bugungi kunda u misli ko'rilmagan darajada jadal tus oldi. Agarda hozirgi dunyoga nazar tashlasak, bizni o'rab turgan kurrai zamin zamonaviy texnologiyalar qurshovida ekanligiga guvoh bo'lamiz. Boshqa tarafdan esa davlatlar o'rtasidagi kuchli geopolitik siyosat ham globallashuv jarayoninig jiddiy tus olishiga sabab bo'lmoqda. Ayni damda jamiyat taraqqiyoti, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va davlatlararo siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi natijasida tillararo so'zlarning biridan boshqasiga o'tishi jadallashmoqda. Bu jarayon ham bevosita o'zbek tiliga ta'sir qilmoqda va o'zbek tili leksikasi o'zlashma so'zlar - neologizmlar hisobiga boyishiga xizmat qilmoqda.

Neologizmlar - yunoncha, neos- "yangi", logos -"so'z" so'zlarining jamlanmasi bo'lib, jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo bo'lgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi so'zlar. Neologizmlar avvaliga noodatiy so'zdek bo'ladi, lekin ko'p qo'llanilishi hisobiga - yangilik xususiyatini yo'qotadi va faol so'zlar qatoriga o'tadi.

O'zbek tili leksikasi muntazam ravishda ichki va tashqi manbalar hisobiga boyib bormoqda. XIX-XX asrlarda jamiyat hayotida bo'lgan o'zgarishlar so'zlarning o'zlashish va iste'moldan chiqish jarayonini tezlashtirdi. Bu davrda nafaqat ruscha, balki inglizcha, xitoycha, fransuzcha, ispancha so'zlar rus tili orqali kirib keldi. Hozirda biz texnologiyalar asrida yashayotganimiz sababli hamda glaballashuv

natijasida bizga bu so'zlar tez sur'atlarda kirib kelmoqda. Shuningdek, uni hamma hech qarshiliksiz qabul qilmoqda. Chunki ko'pchilik neologizmlarning biza muqobili yo'q. u asosan texnologiyaga oid so'zlar yoki qaysidir bir narsaning nomi ammo, u narsa bizda hali yaratilmagan shu sababli biz uni shu tilning o'zidagi variyantida aytishga majburmiz. Masalan: : koka-kola, minimarket, gipermarket, chizburger, xot-dog, netbuk, sensor, fleshxotira, planshet va h.k. Bu kabi neologizmlar turli sohalarda turlichadir.

O'zbek tili leksikasida inglizcha neologizmlar soni ortib bormoqda. Ingliz tilidan kirib kelgan o'zlashma so'zlarning barchasining muqobil variant yo'qligi sababli hech qanday o'zgarishsiz qo'llaniladi. Ayrim o'zlashma so'zlar esa tilimizdagi izohli lug'atlarga kiritilmagan. Ikki xil qo'llanilayotgan neologizmlar imlo bo'yicha ko'pgina xatoliklarga sabab bo'lishi mumkin. Shu sababli ularning faqatgina bitta ma'noda qo'llanilishini ta'minlash lozim.

Bilamizki, boshlang'ich sinflarning yangi darsliklarida chet tilidan o'zlashgan so'zlar ko'pchilikni tashkil qiladi. Chunki, darslikdagi mavzular zamonaviy hayotimizga bog'liq matn hikoyalardan tashkil topgan. Bu so'zlarni aytilishi ular uchun unchalik qiyinchilik tug'dirmasa ham , ularda to'g'ri yozishda biroz xato va kamchiliklarga yo'l qoyishadi. Chunki bu so'zlarning ko'pchiligi talaffuz qilingani kabi yozuvda aks etmaydi. Shuning uchun biz ularda to'g'ri yozuv malakalarini yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalanib tashkil qilishimiz kerak.

Dastlab bu tushunchani izohlaydigan bo'lsak: orfografiya grekcha «to'gri» va «yozaman» so'zlaridan olingan bo'lib, adabiy tilning yozma shakli bilan bogliq. Orfografiya to'gri yozish haqidagi qoidalar ko'nikmasidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni adabiy til normalari asosida yozma ifodalab bo'lmaydi. O'quvchilarning orfografik savodxonligi haqida gamxo'rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to'gri ifodalash, kishilar bilan o'zaro xatosiz muomala qilish uchun gamxo'rlik demakdir. Savod o'rgatishda bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan bir vaqtda imloga oid malakani shakllantirishga ham zamin yaratiladi. Orfografik malaka ongli nutq faoliyatining avtomatlashgan komponentidir. Faoliyat avtomatlashishi uchun uzoq vaqt davomida maqsadga qaratilgan mashklar bajarib boriladi. Orfografik mashqlar orfografik ziyraklik ko'nikmasini shakllantirishga, tegishli o'rinda qoidani tadbik kilishga, mashqlarning qaysilari o'rtasidagi borlanishni belgilash, ularni umumiy va yagona faoliyat sistemasiga kiritishga, o'quvchilar uchun qoidaning mohiyatini aniqlash va uni shakllantirishga qaratiladi. Qoidani tatbiq qilish davridagina uning mazmuni chuqurroq o'zlashtiriladi. Metodikada orfografik mashqlarga: 1) grammatik-orfografik tahlil; ko'chirib yozuv: 3) diktantlar; 4) leksik-grammatik tahlil; 5) bayonlar kiradi. Grammatikorfografik va leksik-orfografik tahlilda orfografiyaning grammatika va leksika bilan bog'lanishi, ko'chirib yozuv va

diktantda o'quvchilar faoliyatini belgilaydigan omillar, xususan, ko'chirib yozuvda ko'ruv va qo'l harakati uquvi, diktantda eshituv uquvi hisobga olinadi.

Orfagrafik malaka murakkab malaka bo'lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so'zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko'nikmasi kabilarga asoslanadi

To'g'ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o'quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi. Biror to'g'ri yozuv hodisasini o'zlashtirish uchun o'quv va yodda saqlashgina emas, balki analiz va sintez ham tadbiq etiladi. Bunda grammatik va orfografik hodisalarning o'xshash va farqli tomonlarini aniqlash uchun taqqoslash usulidan foydalanish hamda so'z va so'z shakllarini ma'lum grammatik yoki grafik guruhlarga ajratish, muayyan sistemaga solish, tushuntirish va isbotlash mashqlaridan foydalanish muhim rol o'ynaydi.

Demak, biz orfografiya qoidalarini qisman ma'lumotga ega bo'lgan bo'lsak endi biz endi neologizmlarda uchraydigan xatolarni to'g'irlashni yechimlarini interfaol metodlar yordamida ko'rib chiqamiz.

Ona tili va o'qish darslarida interfaol metodlarning "Aqliy hujum", "Klaster", "Zigzag", "Qora quti", "Ortiqchasini top", "Grafik tasvir" "Bir daqiqa", "Qaynoq qartoshka" "Mosini top", "To'g'risini toping" metodlaridan foydalanish darsning qiziqarli va jonli o'tishini ta'minlaydi. Ona tili darslarida ta'limiy o'yinlardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.

Shulardan "Mosini toping" interaktiv metodini misol sifatida olib qaraydigan bo'lsak. Ushbu metodni biz yozma ravishda jamoaviy ,hamda yakka tartibda zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qilishimiz mumkin.

Birinchisi, yozma ravishda uch guruhga ajratib metod shartini tushuntiramiz. Shart shundayki: qog'ozga jadval chizilgan va u uchta qatordan iborat. Buning ichida mavzuga oid chet tilidan kirib kelgan so'zlar yozilgan ammo, ulardan ikkitasi atayin aytilishi bo'yicha xato yozilgan, qolgan bitttasi esa to'g'ridir. O'quvchilar to'g'ri javobni doiraga olish bilan belgilashlari kerak va o'qituvchiga topshirishi kerak. Eng ko'p to'g'ri so'z yozolgan jamoa g'olib hisoblanadi. So'ng, u jamoa o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi.

Ikkinchisi, biz bu interaktiv metodni elektron doska yordamida maxsus dasturini tuzish orqali bajartirishimiz mumkin. Bizning dasturda ham uchta jadval qatori bo'ladi va unda o'quvchi javobni qo'li bilan yoki maxsus ruchka yordamida belgilaydi. U to'g'rib o'lsa qarsaklar ovozi yangraydi, aks holda o'ylab ko'ring belgisi ko'rinadi. Bu kabi so'zlar qatnashgan mashqlarni namuna sifatida 3-sinf (2-qism)ning ona tili va o'qish savodxonligi darsligining 11-betiga qaralsin.

Bunday turdagi enterfaol darslar o'quvchilarning nafaqat darsga qiziqishini orttiradi, balki ularni darsga bo'lgan e'tiborini va diqqatini oshiradi. Bu esa dars sifat samaradorligini yanada yaxshilashga yordam beradi.

Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, darsda yangi pedagogik texnologiyalardan va interaktiv metodlardan foydalanish har qanday darsni qiziqarli va jonli qiladi. Har qanday o'quvchini qiziqarliligi bilan o'ziga jalb qiladi va yangi bilimni o'zi hohlagan tarzda yetkazishga yordam beradi.

Foydalangan adabiyotlar

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi (Nyu-York shahri, 2017-yil 19- sentabr). ("Xalq so'zi", 2017-yil 20-sentabr, № 189(6883).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Muroj aatnomasi. - http: //agroxizmat.uz/oz-OZ/president

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmoni// (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/60/0082-son, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)

4. Maftuna Omonova, Madina Yo'lchiyeva , "INGLIZ TILIDAN O'ZBEK TILIGA KIRIB KELGAN BIR NECHA NEOLOGIZMLAR TAHLILI"CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2022. www.carjis.org

5. Mahmudov N. O'zbek tilida o'zlashma so'zlar: me_yor va milliylik // O'zbek tili va adabiyoti. 2010. 6-son.

6. Qosimova K, Matchonov S1. Ona tili o'qitish metodikasi.Boshlang'ich ta'lim fakultet talabalari uchun darslik: Toskent: Bayoz, 2022. 304bet.

7. Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism [Matn]: darslik 3-sinf uchun/ K.Mavlonova [va boshqalar.].- Toshkent: Respublika talim markazi, 2022.-144b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.