Научная статья на тему 'OLIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

OLIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Kreativlik / innovatsiya / ko‘nikma / malaka / kreativlik xaritasi / pedagogik shart-sharoitlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muqumova D.I, Rizayeva Sh.A.

Ushbu maqolada “kreativlik” ning turli vaziyatlarda ta’lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda namoyon bo‘lishi, u talabalarning ijodiy faolligini tavsiflovchi xususiyatlari yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda OTM talabalarida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish va pedagogik, psixologik fanlardan to‘la xabardor bo‘lish, ular tomonian o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish tushunchalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

OLIY TA'LIM JARAYONIDA TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

1Muqumova D.I., 2 Rizayeva Sh.A.

1TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti dosenti 2TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11221746 Annotasiya. Ushbu maqolada "kreativlik" ning turli vaziyatlarda ta'lim va tarbiyaga oid masalalar yuzasidan qarorlarni qabul qilishda namoyon bo'lishi, u talabalarning ijodiy faolligini tavsiflovchi xususiyatlari yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda OTM talabalarida kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish va pedagogik, psixologik fanlardan to'la

xabardor bo'lish, ular tomonian o'zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda faol qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish tushunchalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Kreativlik, innovatsiya, ko'nikma, malaka, kreativlik xaritasi, pedagogik shart-sharoitlar.

O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash va samaradorligini ta'minlashda moddiy omillar o'rinda ta'lim muasasasalarida mustaqil ta'limni tashkil etishni takomillashtirish darajasi, salohiyati ham zarur. Talabalar mustaqil ishi mexanizmlarini takomillashtirish va davr talablariga muvofiq faoliyat yurita olishlari uchun zarur shart -sharoit yaratishda oliy ta'lim tizimi alohida o'rin tutadi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 19 mayda qabul qilingan va Senat tomonidan 2020 yil 23 sentabrda ma'qullangan O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim, to'g'risida" gi O'RQ 637-sonli qonunida ham ta'lim sifatini yaxshilash, talabalarning turli shakllarda ta'lim olishi(ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish (masofaviy, sirtqi, kechki); dual ta'lim; oilada ta'lim olish va mustaqil ishi; katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish; inklyuziv ta'lim; eksternat tartibidagi ta'lim; mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasidagi kadrlarni tayyorlash) belgilab qo'yilgan. Shunday ekan, yuqoridagilarni inobatga olib mustaqil ta'limni tashkil etishni takomilashtirish, mustaqil o' rganishga bo' lgan motivatsiyani kuchaytirish muhim vazifa hisoblanadi.

Darhaqiqat, jamiyat va fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida ta'lim-tarbiya jarayoni, uning mazmuni, shakl, metod va vositalari, mutaxassislar tayyorlash jarayoniga ta'sirini tahlil etganda, ta'lim jarayoniga kreativ yondashuvga bo'lgan ehtiyoj quyidagilar bilan belgilanishini aniqladik:

Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ta'lim tizimi, metodologiyasi va o'quv jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o'qituvchining faoliyati pedagogik yangiliklar yaratish, ilg'or tajribalarni o'zlashtirish va ulardan foydalanish ko'nikmalarini egallashdan iborat. Bu esa, o'z -o'zidan bo'lajak pedagoglarda kreativ qobilyatlarini rivojlantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish o'qitishning yangi tashkiliy shakllari, texnologiyalarini izlash, ya'ni ta'limga innovatsiyalar kiritishni taqozo qiladi. Ta'lim jarayoniga innovatsiyalar kiritishning muhim shartlari dan biri esa, o'qituvchining innovatsion tayyorgarligi, ijodkorligi va kreativ faolligi bilan tavsiflanadi.

Uchinchidan, pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni amaliyotga tatbiq etishga nisbatan bo'lajak o'qituvchilarda faol mayllarni rivojlantirish kabilar tadqiqot muammosining ijtimoiy, pedagogik-psixologik jihatdan dolzarbligini ifodalaydi.

Ko'rinib turibdiki, ta'lim jarayoniga kreativ yondashuv asosida talabalarda ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlantirishning zarurligi o'zaro faol munosabatlar ta'sirida rivojlanadigan ko'nikmalarni shakllantirish imkonini beradi. Bu esa oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim muhiti, o'qitish shart -sharoitlari va metodlarining interfaol xarakter kasb etishini ta'minlashni talab qiladi. "Mustaqil ta'lim olishni tashkil etish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, balki ushbu faoliyat turiga layoqatning mavjud bo'lishi ham talab etiladi".

Mustaqil ta'lim bevosita mustaqil fikrlash bilan uzviy bog'liqligi sababli unga berilgan ta'rifni ham keltirib o'tish maqsadga muvofiq: «Mustaqil fikrlash -insonning o'z oldida turgan muammolarni maqsad va vazifalarini belgilagan holda o'z bilimi va hayotiy tajribalariga tayanib, turli yo'l, usul, vositalar yordamida, o'zining intellektual imkoniyatlari darajasida mustaqil ravishda hal qilishdan iborat bo'lgan aqliy faoliyatidir». Shunga ko'ra, so'nggi yillarda o'ziga xos dolzarblik kasb etayotgan mustaqil ta'lim asosida talabalarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, erkin-ijodiy ta'lim muhitini shakllantirishning zaruriy pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalaridagi o'quv va tarbiyaviy faoliyatni loyihalashtirishning integrallashgan pedagogik tizimini amaliyotga tatbiq etis h orqali jarayon samaradaorligini oshirish masalasi tadqiqotimizning asosini tashkil etadi.

Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi. Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.

Talaba ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, masala yechimini mustaqil topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Talaba o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.

Talaba shaxsning kreativligi uning tafakkuri, muloqoti, his-tuyg'ulari, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo'llari mavjud.

Birinchi yo'l - kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg'u kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish asosiy e'tibor markazida bo'lib, talabalar fe'llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo'naltiriladi. Xususan, o'qituvchilar kreativ fikrlash ko'nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe'llarning bo'lishiga e'tibor qaratadilar.

Zero, savol tarkibidagi «ta'riflab bering» tushunchasi o'z mohiyatiga ko'ra «mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o'ting» deyish bilan teng.

Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so'z (fe'l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni

shakllantirishning birinchi yo'liga ko'ra pedagoglar turli, antiqa, noan'anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so'z (fe'l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. Masalan, «bog'liqlikni toping», «yarating», «bashorat qiling», «fikrni mantiqan bayon eting», «tasavvur qiling» kabi so'z (fe'l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.

Pedagoglar birinchi yo'lni qo'llash - talabalarda kreativlik ko'nikmasini shakllantirishda yosh o'qituvchilarning "Kreativlik xaritasi"dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi yo'l - amaliy kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalanadilar. Bu o'rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, u talabalarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.

Uchinchi yo'l - kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish. Mazkur yo'lda talabalarni muammoni yechish va innovatsion g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg'u beriladi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo'llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Masalan, talabalara "major va minor tovushlari tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni topish" topshirig'ini bajarar ekanlar, odamning qon aylanishi tizimi bilan bog'liq turli muammolarni tahlil qiladilar. Natijada ushbu jarayonda ko'p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi.

To'rtinchi yo'l - kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. Bu yo'lni tutishda pedagog talabalarga Power Point dasturi yoki mulbtimedia vositalari yordamida taqdimotni yaratish topshirig'ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmalari faol rivojlanadi. Talabalar o'zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to'la namoyon qilishlari mumkin.

Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo'rquv hissi mavjud bo'lsa, fikrni noto'g'ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrashdan qo'rqsalar, bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko'nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo'lmaydi.

Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko'nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholashda qo'llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Kreativ fikrlash ko'nikmasini mashq qildirish natijasida talabalar faqatgina o'rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, ma'noga boy aloqalarni o'rnatish, yangi g'oyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil bo'ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo'ladi. Inson miyasi doimo to'g'ri ishlashga odatlangan, ya'ni miya uchun faqat birgina to'g'ri javob mavjud bo'ladi. Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik - talabalarning o'z qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to'g'ri bo'lishi mumkin degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish uchun talabalar mazkur jarayonga ishonch bilan qaray olishlari lozim.

Talabalarning kreativlik ko'nikmalarini rivojlantirish asosida ulardagi ixtisoslashgan ya'ni pedagogik kreativlik kompetentligini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish, bunda zamonaviy axborot - komunikatsiya texnologiyalari, innovatsion strategiyalar, interfaol ta'lim metodlari va texnologiyalaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq.

Ta'lim muassasalari talabalarning kreativ kompetentligini uzluksiz rivojlantirishga yo'naltirilgan o'qitish dasturlarini va texnologiyalarini takomillashtirib borish, shuningdek ta'lim

oluvchilarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy axborot-metodik ta'minotni yaratish jarayon samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalar kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning reproduktiv, ijodiy-izlanish va novatorlik bosqichlari samaradorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi ijodiy yo'naltirilgan ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va ta'lim oluvchilarning kreativ ko'nikma va malkalarini rivojlanishining o'zgarishini baholab borish lozim.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, bo'lajak muhandis talabalarda kreativlikni rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri ularni mustaqil bilim olish va ijodiy fikrlashga yo'naltirishdan iborat. Pedagoglar tomonidan ishlab chiqilayotgan topshiriq va vazifalarni yaratishda kreativ yondashib, talabalarning tanlangan mutaxassisliklari yuzasidan o'quv materiallarining g'oyaviylik, ilmiylik, vizuallik, tizimlilik, o'quv axborotlarining izchil tarzda bayon etilishi, o'quv axborotlari o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikligini inobatga olish zarur. Bundan tashqari talabalarga berilayotgan topshiriqlar ularning yosh xususiyatiga mosligi, amaliy va aniq maqsadga yo'naltirilganligi hamda talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga muvofiq tayyorlanishi lozim.

REFERENCES

1. B. Sattorov, A. Toshxonov. Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo'yicha Uslubiy ko'rsatma. Namangan 2019.

2. Muslimov N.A, Qo'ysinov O.A Kasb ta'limi o'qituvchilarini tayyorlashda mustaqil ta'limni tashkil etishning nazariyasi va metodikasi. Monografiya -T, "Fan" 2009

3. Hojikarimova , G. (2023). O'quvchilarda kreativ qobilyatlarni shakllantirish bosqichlari. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 3(7), https://in-academy.uz/index.php/EJLFAS/article/view/18654

4. Usmonboeva, A.To'raev, Kreativ pedagogika asoslari. O'quv-uslubiy majmua. - TDPU, 2016.

5. Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/Monografiya. - T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.

6. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboeva M., Inog'omova D. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Metodik qo'llanma.- T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012.

7. М. А. Тилакова О. Э. Эшмурадов. Креатив кобилиятларни ривожлантириш механизмларж^ОБШШС PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 / Volume: 1, ISSUE: 6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.