Научная статья на тему 'TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kreativlik sifatlari / bilim / ko‘nikma / malaka / shaxs kreativligi / kasbiy ijodkorlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Egamova Dilbar Xaydarovna

Ushbu maqolada talabalarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishning eng samarali yo‘llari, kreativlik sifatlariga ega bo‘lish uchun ta’lim jarayonida yangi g‘oyalarni yaratish xaqidagi fikrlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

TALABALARNING KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

Egamova Dilbar Xaydarovna

TIQXMMI milliy tadqiqot universiteti tyutori https://doi.org/10.5281/zenodo.11217516

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning kreativlik sifatlarini rivojlantirishning eng samarali yo'llari, kreativlik sifatlariga ega bo'lish uchun ta'lim jarayonida yangi g'oyalarni yaratish xaqidagi fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kreativlik sifatlari, bilim, ko'nikma, malaka, shaxs kreativligi, kasbiy ijodkorlik.

Аннотация. В данной статье выделены наиболее эффективные способы развития творческих качеств учащихся, идеи о внесении новых идей в учебный процесс для приобретения творческих качеств.

Ключевые слова: творческие качества, знания, умения, компетентность, личностное творчество, профессиональное творчество.

Abstract. In this article, the most effective ways to develop students' creativity qualities, ideas about having new ideas in the educational process to acquire creativity qualities are highlighted.

Keywords: qualities of creativity, knowledge, skills, competence, personal creativity, professional creativity.

O'zbekistonda ta'lim tizimi ham barcha sohalar kabi shiddatli o'zgarishlarni qisqa muddatlarda samarali moslashishni, yangi bilimlarni mavjud fanlar negizida faol singdirib borishni, ta'lim oluvchilarni esa ular bilan izchil tanishtirib borishni taqozo etadi.

Ta'lim jarayonida mutaxassislik fanlaridan berilayotgan o'quv axborotlarni tezkor qabul qilish, ularning mohiyatini qisqa muddatlarda o'zlashtirishga erishish, samarali o'rganish va ulardan amaliyotda foydalana olish borasidagi chuqur bilim, chaqqonlik, o'quv topshiriqlarini bajarishda rejali harakat qilish, maqsadni aniq belgilay olish va ularni qisqa muddatlarda bajarishga erishish talabalarning jismonan faollik ko'rsatishini talab etadi.

Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning rivojlanish integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq kasbiy-ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni shu bilan birga kasbiy ijodkorlikdan xabardor bo'lish, o'zida ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarni yetarli darajada o'zlashtirilishini talab etadi.

Ma'lumki, barcha davrlarda ham o'qitish mazmuni, ta'lim tizimi ijtimoiy taraqqiyot bilan o'zaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Ro'y bergan ijtimoiy o'zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta'lim mazmunida aks etadi. Bu borada ko'plab maxalliy va xorijiy olimlari ilmiy tadqiqot ishlariolib borishgan va adabiyotlarda manba'lar keltirilgan.

Jumladan, Muslimov N.A va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy komponentligini shakllantirish texnologiyasi nomli monografiyasi, Muslimov N.A, M.Usmanbaeva Ya, D.Sayfurov, A.To'raev, Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslar. O'quv-metodik qo'llanma, M.Usmonbaeva, A. To'raev, kreativ pedagogika asoslari. O'quv uslubiy majmua, M.Urazova, N.Egamberdieva, E.Yuzlikaeva, Sh.Shodmonovalarning ilmiy izlanishlarida ta'lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishning bo'lajak mutaxassislarni kasbiy-

innovatsion tayyorgarligini shakllantirishdagi o'ziga xos jihatlari, kreativlik sifatlarini rivojlantirishga ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi, kreativ tafakkurni shakllantirish yo'llari va shakllari, shuningdek pedagogik kreativlik mazmuni yoritib berilgan.

Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative " yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.

Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida namaoyon bo'ladi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi.

Har qanday ko'nikmalarni shakllantirish mumkin bo'lgani kabi, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko'nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu talabalarga ham taalluqli bo'lib, kreativlik ustida ishlash talabalarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi.

Talabalarda kreativlikni rivojlantirish ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o'qitish jarayonini tashkil etishni talab etadi.

Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi:

- talabalarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta'lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta'minlash; ta'lim oluvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish;

- talabalar tomonidan bayon etilgan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni zehnlilik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir ta'lim oluvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish va ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish;

- o'quv jarayonini ta'lim oluvchi shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish;

- ta'lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash;

- kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo'lgan bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg'ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish va hokazo.

Kreativlik ko'nikmalarni ta'lim oluvchilarda rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan bo'lib, yuqorida keltirilgan nazariy asoslarga tayangan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin:

- ta'lim jarayonida o'quv dasturi va o'quv manbalarini yaratishga nisbatan kreativ yondashib talabalarning kasbiy rivojlarishiga e'tibor qaratish;

- talabalarga berilayotgan topshiriqlar ularning yosh xususiyatiga mosligi hamda amaliy ahamiyatga ega ekanligi naiq maqsadga yo'naltirilganligi hamda talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga mosligi;

- kreativlik sifatlarini rivojlantirish metodlardan, vositalardan hamda axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish;

- talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rahbatlantirish va o'qituvchi tomonidan samimiy muhit, mustaqil ishlashi uchun muhit yaratilsa talabalar mustaqil, ijodiy hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

REFERENCES

1. Muslimov N.A va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy komponentligini shakllantirish texnologiyasi.\ Monografiyasi.-T.: "Fan va texnologiya nashriyoti", 2013 y.

2. M.Usmonbaeva, A. To'raev, kreativ pedagogika asoslari. O'quv uslubiy majmua. -TDPU, 2016 y.

3. Karimova V.M., Akramova F.A., Ochilova G.O. "Pedagogika-Psixologiya" -T.: 2012. -380 bet.

4. Amirov N.I. (2021). PEDAGOG KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINING TALABALAR O 'ZLASHTIRISH FAOLIYATIGA BOG 'LIQLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1583-1589

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.