O'QITUVCHI MAHORATINI KREATIV YONDOSHUV ORQALI
SHAKLLANTIRISH
M.Djumaboyeva Qo'qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada shaxsni yahlit holda yoki uni muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirligi kreativlik iqtidorlilikning muhim omili ekanligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: yaratuvchi, ijodkor, tafakkuri, muloqoti, intellekt, mohiyat, bilim uslub
DEVELOPMENT OF TEACHER SKILLS THROUGH CREATIVE
APPROACH
M.Djumaboyeva Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: In this article, it is thought that the personality as a whole or its specific features, mental sharpness is an important factor of creativity and talent.
Keywords: creator, creator, thinking, communication, intellect, essence, knowledge style
Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik (lot, ingl "create" - yaratish, "creative" yaratuvchi ijodkor)-individni yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijtimoiy qobiliyatni ma'naviyatini ifodalaydi.
Kreativlik shaxsni yahlit holda yoki uni muayyan xususiyatlarini, zexni o'tkirligini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorlilikning muhim omili sifatida aks etadi
Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati bo'lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo'naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi.
O'qituvchining kreativligi - o'z kasbiga ijodiy yondoshuviga aytiladi. Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, hislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi:
• fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olishi; o'ziga xoslik (originallik); qiziquvchanlik; farazlar yaratish qobiliyati; hayol qila olish, fantastlik (fantaziya).
Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish" demakdir. Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh Drapeaupatti. Sparking student creativity (practical waysto promote innovate vethinkingand problem soving vakillari kreativlik va intellekt darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini tahkidlaydilar
"Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.).Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o'quv topshiriq, masala va vazifalarinibajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda Talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul yo'lni tanlaydi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o'zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yyechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan tahsirchanlikni ifodalaydi.
Boshqahar qanday sifat (fazilat)kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Yuqoridagi fikrlardan ko'rinib turibdiki, kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllanib va rivojlanib boradi. Bo'lajak pedagogning kreativlikka ega bo'lishi uning pedagogik qobiliyatlari hamda tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatining sifatini samarali tashkil etishga yo'naltiradi.
Har qanday mutaxassislar bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativ qobiliyatga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlanib boradi. Bunda talaba Oliy ta'lim
o'qituvchisi tomonidan o'zini-o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun mashg'ulot davrida talabalar mavzular yuzasidan muammoli masalalarni o'zaro muhokama qilib, yechim topishi, muammoli vaziyatlarni tahlil qilishi, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulini yaratishga alohida e'tibor qaratishlari zarur.
Talaba muammoli masala va vaziyatlarni hal qilish kerak ekan, ularning o 'zaro masala yechishini topishga ijtimoiy yondashish, unda xissiy irodaviy sifatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Pedagogik sohaga tayyorgarlik ko'rayotgan talaba kreativ sifatlarga ega bo'lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy o'rgatishni ko'paytiradi. Oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativ sifatlarga ega bo'lishlari, ularning o'quv va taxlil jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam bo'ladi. Ayniqsa, kreativ sifatlarga ega bo'lish o'qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi ilg'or talabalarning o'quv faolligini shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishga faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarning mustaqil o'ganish, shuningdek, (hamkasblar) bilan pedagogik yutuq xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratiladi.
Barcha shaxslarda bo'lgani kabi pedagoglarda ham kreativ sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi.
Shunga ko'ra, tadqiqotlarda bo'lajak o'qituvchilarni kreativlik sifatlarini shakllantirish va uni takomillashtirish shakllarini va rivojlantirishning yo 'llarini yaratishga harakat qilinadi.
Ma'lumki, kasbiy tajriba bilim, ko'nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijodiy faoliyat ko'nikmalarining o'zlashtirilishi nafaqat amaliy ko'nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo'lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o'zlashtirilishi talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishini belgilash mumkin.
Ushbu jarayonning sur'ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog'liq. Zamonaviy sharoitda musiqa yo'nalishida ishlayotgan insonning kreativlik sifatlariga ega bo'lishini taqozo etadi, olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg'a intilishga bo'lgan
ehtiyojni muayyan darajada yuzaga keltiradi, ulaming o'quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, o'quv yilining oxiriga kelib oliy ta'lim muassasalarida talabalarning fanlarni o'zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko'plab talabalarning ta'lim olishga nisbatan qiziqishi yo'qolgan. Buning natijasida talabalar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o'ylashmayapti. Ta'lim tizimini boshqaruvchi organlar ta'lim olishga nisbatan xohish-istagi bo'lmagan talabalar, bu kabi ta'lim oluvchilarni o'qitishni istamayotgan ustozlar faoliyatini o'zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o'zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki dars jarayonini loyihalashtirishda o'qituvchi tanlab olingan metodlami stereotiplashgan holatda qo'llayotganligi talabalar uchun qiziq bo'lmayotgandir, ta'lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag'bat bildirmayotgandir.
O'quv mashg'ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangicha g'oyalarni o'ylab topishga imkon berish, ta'lim olishga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag'batlantirish muhim sanaladi. Bundan kelib chiqadiki, o'quv mashg'ulotlarida yetishmayotgan omil bu kreativlikdir.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'nosini tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega original g'oyalar majmui" (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o'z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: "kreativlik - shaxs tomonidan amalga oshirilaigan amaliy harakat bo'lib, u o'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lum amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim" Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik "muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish" demakdir.
Ko'plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o'rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh tadqiqotchilar ular o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi gurux vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog'liq ekanligini tahkidlaydilar (Kim, 2005 y.). "Kreativlik" tushunchasi o'zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G'arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan'anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil-mutoyiba tuyg'usi va erkinlik mavjud bo'lishiga e'tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug'ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g'arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo'lsa-
da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Patti Drapeau nuqtai nazariga ko'ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o'quv topshiriq, masala va vazifalarini bajarishda ko'plab g'oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to'g'ri g'oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko'p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo'lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya'ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda Talaba yyechimning bir necha variantini izlaydi (ko'p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to'g'ri yyechimda to'xtaladi (bir tomonlama fikrlash).
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda "kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb etishni ta'minlaydi. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi tarbiyachilar ham o'zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi .
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan "Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?" nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, tarbiyachilar kreativlik asoslarini o'rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). Tarbiyachilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko'nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti.Ta'lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan'anaviy mashg'ulotlar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta'lim departamenti, 2013 y.). Buning uchun ular Ye.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o'tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o'ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo'yicha baholash imkoniyatini yaratadi. O'quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to'rtta mezonni qanotlantirishi lozim . Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin. Tarbiyachining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So'nggi yillarda ushbu holat "pedagogik kreativlik" tushunchasi bilan ifodalanmoqda. "Kreativ pedagogika" quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:
Pedagogik kreativlik - pedagogning an'anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta'lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta'minlashga xizmat qiluvchi yangi g'oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo'lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati; talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag'batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Musiqa yo'nalishida faoliyat olib borayotgan pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g'oyalarga ega bo'lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo'l qo'yadi. Buning sababli ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi.
Musiqa darslarida kreativlik va kompetentlikni shakllantirish - mustaqil ta'lim olishning innovatsion shakli bo'lib, uning o'ziga xosligi shundaki, talabalar vaqtdan unumli foydalanishni, mustaqil izlanishni, to'g'ri qarorlar qabul qilishni o'rganadilar.
Musiqa darslarida kreativlik va kompetentlikni shakllantirishni tashkil etish va o'tkazishda universal xarakterga ega metodlar mavjud. Masalan, guruhiy munozara(debat)lar, o'yinli texnologiyalar, vaziyatli topshiriqlar, shaxs ijodiy fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish texnologiyalari va boshqalar.
Debatlar - muammoli savollarni hamkorlikda muhokama qilishda talabalarni nazariy va amaliy bilmlarini qo'llashda ijodiy yondashuvni talab etadi hamda baxslashish madaniyatini shakllantiradi. Bu kabi metodlar masalaning yyechimiga turli nuqtai nazardan qarash ko'nikmalarini rivojlantiradi. Moderator bu jarayonda munozarani turli savollarni qo'yish orqali boshqaradi va guruh ishtirokchilarini to''ri yyechim sari yetaklaydi. Agar guruh a'zolari biror savolni o'rtaga tashlasalar, boshqaruvchisiz o'zlari yechimni izlab topishlari ham mumkin.
Musiqa darslarida kreativlik va kompetentlikni shakllantirishni qoidali tashkil etish bo'yicha munozara o'tkazish bilan boshlanishi, guruh deganda nimani tushuniladi, guruhning shakllanishi qaysi kriteriyalar orqali shakllantiriladi kabi savollar muhokamasi bilan yakunlanishi mumkin. Musiqa darslarida kreativlik va kompetentlikni shakllantirishni samarali kechishi yangi ko'nikmalarni egallash, ijodiy, mustaqil faoliyatning rivojlanishiga olib keladi.
Musiqa darslarida kreativlik va kompetentlikni shakllantirishda mustaqil ishlarni guruxlarda tashkil etishning o'ziga xosliklari mavjud.
- Bu shaklda talabalar guruhlarga bo'linib, har bir guruhga aniq, alohida vazifalar beriladi.
- Har bir guruh alohida (ya'ni bir xil yoki tabaqalashgan holda) topshiriqlar ustida ishlaydi.
- Topshiriq o'zaro muloqotga asoslanadi yoki biror etakchi rahbarligida tashkil etiladi.
- Guruhlarda topshiriq shunday amalga oshiriladiki, mashg'ulot yakunida har bir ishtirokchi yoki guruh a'zosining qanchalik hissa qo'shgani hisobga olinadi.
Guruh tarkibi doimiy bo'lmasligi mumkin, ular shunday guruh a'zosiga o'zining maksimal hissasini qo'shish imkoniyati muhitini yaratiladi.
Guruhlar turli kattalikda shakllantirilishi mumkin. Odatda guruhlarda 4-6 nafar a'zo ishtirok etadi.
Uning tarkibiga beriladigan topshiriqlarning mazmuni va xarakteriga qarab o'zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Guruhni shunday shakllantirish kerakki, har bir guruh tarkibida mustaqil ishlash ko'nikmalariga ega bo'lgan talabalarning bo'lishi kutilgan natijalar beradi.
Guruhli mustaqil ishlarni tashkil etishda ayrim talabalarning individual yordamga muhtojliklari seziladi. Shunday vaziyatlarda o'qituvchi tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmagan talabalarga metodik yordam berib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Guruhli o'quv - biluv faoliyati labaratoriya ishlari, amaliy mashg'ulotlar, metodik fanlardan tashkil etilgan amaliyot, , nutq madaniyatini shakllantirish, so'z boyligini oshirish, matnlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantishda juda qo'l keladi. Bu holatlarda guruhlarda o'zaro muloqot o'rnatish, mustaqil ishlash yaxshi natija beradi.
Guruhli o'quv - biluv faoliyati yana o'quv - mavzuviy konferensiyalar, munozara, mushoira, debat, savol-javob, ma'lum mavzudagi kichik ma'ruzalar, qo'shimcha mashg'ulotlar, o'quv dasturlaridan tashqari mavzularni o'rganishda ham juda qo'l keladi.
Bunday o'quv-biluv faoliyatida guruh a'zolari juda faollik ko'rsatadilar, o'z fikr, pozitsiyalarini himoya qilish ko'nikmalari shakllanadilar. Hamkorlikdagi kuchli talabalar kuchsiz talabaga yordam berish bilan ularni qo'llab quvvatlaydilar, guruhda ham ijodkorlik muhiti yuzaga keladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, Musiqa darslarida kreativlik va kompetentlikni shakllantirish davomida mavjud bo'lgan yangi metodlar qo'llaniladi, o'rganiladi, ko'nikmalar hosil qilinadi. Talabalarning o'zlari shu asosda mustaqil ishlash ko'nikmalari rivojlanadi.
Foydalanilgan abiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan
majlisdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.
2. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari - Toshkent, 2015.
3. Mutalipova M.J., Xodjaev B.X. Qiyosiy pedagogika.-T: 2015
4. Florian Geyer. The Educational System in Belgium CE'S Special Re'ort/Se'tember. ISBN 978-92-9079-921-4 Available for free downloading from the CE'S website htt'://www.ce's.eu)© CE'S, 2009
5. H.Fry, S. Ketteridge, S.Marshall. HandbookFor teaching and Learning in Higher Education. New York, Routledge, 2009