Научная статья на тему 'KREATIVLIKNING MAZMUNMOHIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHARTSHAROITLARI'

KREATIVLIKNING MAZMUNMOHIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHARTSHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

62
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik kreativlik / interfaol usul / intelekt / mustaqil ishlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mirzaeva Zulxumor Shuxradovna

Maqolada bo„lajak pedagoklarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish yo„llari hamda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda qanday metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo„lishi to„g„risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KREATIVLIKNING MAZMUNMOHIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHARTSHAROITLARI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

KREATIVLIKNING MAZMUN- MOHIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SHART-

SHAROITLARI

Zulxumor Shuxradovna Mirzaeva

Chirchiq davlat pedagogika univesiteti biologiya kafedrasi o'qituvchisi

Maqolada bo'lajak pedagoklarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish yo'llari hamda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda qanday metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'lishi to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik kreativlik, interfaol usul, intelekt, mustaqil ishlar.

The article discusses ways to develop the creative ability of future teachers and what methods should be used in the development of creative ability.

Keywords: pedagogical creativity, interactive method, intellect, independent works.

KIRISH

Zamonaviy dunyoning innovatsiyalariga moslashish, doimiy yangilanuvchi jamiyat hayotiga yosh avlodni tayyorlash va uni zamon talablariga muvofiq takomillashtirish jarayonlarida faol ishtirok etish qobiliyatini rivojlantirish oliy ta'lim muassasasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi. Kreativlik ta'lim jarayonini tashkillashtirishni o'zida mujassamlashtirib, kreativ ta'lim jarayonini qurish, ta'lim texnologiyalaridan ijodiy salohiyatni rivojlantirish turli uslublar, bilim va ko'nikmalar muvozanatini rivojlantirishni o„z ichiga oladi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Kreativlikning mohiyati - intellekt insonning aqliy salohiyati

November, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 11 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

bo'lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo'naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J. Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko'rsatadi: fikrni maqsadga muvofiq yo'llay olish;'ziga xoslik (originallik);-qiziquvchanlik;- farazlar yaratish qobiliyati;- xayol qila olish (fantaziya).Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, manfaatlarini ro'yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta'lim sifati va samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni keng tatbiq etish imkoniyatlari yarat ilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash va ro'yobga chiqarish" kabi ustuvor vazifalar belgilanib berilgan. Shunga muvofiq interfaol o'qitish metodlari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik" tushunchasining ma'noni tushunib olish talab etiladi. "Kreativlik" tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik (lot., ing. "create " - yaratish, "creative" -yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. A.X. Maslou kreativlikni 2 turga bo'ladi: iste'dodning kreativligi va shaxsning o'zo'zini aktuallashtirish kreativligi. Shaxsning o'z-o'zini aktuallashtirish kreativligi shaxs bilan uzviy bog'langanligi sababli biz unga kundalik hayotda va kasbiy faoliyatning ko'p sohalarida duch

November, 2023

368

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

kelishimiz mumkin. A.X. Maslou kreativlikda o'z-o'zini aktuallashtirishning ikki darajasini keltirib o'tgan: birinchisi - "ixtiyorsiz kreativlik, bunda shaxs birdan aqliga kelish, ruhlanish, qiyin kechinmalarga ega bo'ladi", "ikkinchisi - ixtiyoriy, og'ir mehnat bilan bog'liq, uzluksiz ta'lim, kamolotga intiluvchanlik". A.X. Maslou kreativlikni inson tabiatining fundamental xarakteristikasi sifatida ko'radi, ya'ni barcha insonlardagi tug'ma qobiliyat, lekin hayoti davomida ma'lum ijtimoiy to'siqlar natijasida yo'qolib ketadi, deb hisoblaydi. T.A. Barisheva va Yu.A. Jigalovalar pedagogikada kreativlikni tizimli (ko'p bosqichli, ko'p o'lchamli) psixik (ruhiy) ta'limim sifatida talqin etib unga faqatgina intellektual potensialni emas, balki motivatsiya, emotsiya, estetik rivojlanish darajasi mavjudligi, kommunikativ parametrlari, kompetentligi va hokazolarni ham kiritadi. Shuningdek, kreativlikning mezonlari Dj.P. Gilforda, E.P. Torrans tomonidan belgilangan:- ravonlik: ma'lum bir vaqt oralig'ida ko'plab fikrlarni ishlab chiqarish qobiliyati; - o'ziga xosligi: aniq, taniqli, umume'tirof etilgan, oddiy yoki qat'iy belgilanganidan farq qiluvchi g'ayrioddiy, nostandart g'oyalarni ishlab chiqarish qobiliyati; - sezuvchanlik: g'ayrioddiy detallarga sezgirlik, qarama-qarshilik va turli xil noaniqliklar, tezda bir fikrdan ikkinchisiga o'tishga tayyorlik; - mo'tadillik: g'ayritabiiy kontekstda ishlashga tayyor bo'lish, ramziy, birlashtiruvchi fikrlashga moyillik, oddiy va murakkab sharoitda ko'rish qobiliyati; - rivojlanish: paydo bo'lgan g'oyalarni batafsil ishlab chiqish, ularni sath va quyi tizimlarga aylantirish qobiliyati; -to'xtashga qarshilik: bir xillikka qarshilik ko'rsatish, ya'ni muammoni yechish jarayonida kelib tushayotgan turli informatsiyalar andozalariga qarshilik ko'rsatish. -noaniqlik: stimuldan mustaqil mantiqiy reaksiyagacha bo'lgan qobiliyat; "nomlash"ning mavhumligi: shaxsning muammo mohiyatini tushunish qobiliyati, aslida, ahamiyatga ega bo'lgan nomni tushunish va aksini aks ettirish qobiliyati ("nomlash" jarayoni mufassal shaklni, muammoning mohiyatini ko'rish qobiliyatini, og'zaki shaklga aylantirish qobiliyatini aks ettiradi); - ko'p vazifalilik: bir vaqtning o'zida bir nechta loyihalarda ishlash

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

qobiliyati; - samaradorligi: ularning foydasi, mahsulotning maqsadli auditoriyasi tomonidan yangi, noyob, original bo'lishi haqidagi idrok; - mamnuniyat: kreativlikning natijasi. Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, shaxsning ijodiy salohiyati muammoga mustaqil qarash, qarama-qarshiliklar, tanqidiy fikrlash; har qanday muammolarni tahlil qilish qobiliyati, analitik fikrlash; ular uchun yechim topish qobiliyati; bilim olish, malaka va ta'lim berish usullarini yangi holatga o'tkazish imkoniyati; ilgari o'rganilgan usullarni yangilarga birlashtira olish kabi ko'nikmalarda namoyon bo'lishi mumkin. Tafakkurning egiluvchanligi - jamiyatda qabul qilingan va an'anaviy mavjud bo'lgan, aslida, to'g'ri deb o'ylangan shablon yo'nalishlar va tamoyillarning zamonaviy taraqqiyot uchun javob bera olmay qolganligini anglash, yangi yo'nalish va choralarni sezish, ularni tafakkur qila olish va shakllantira bilish, o'z faoliyatini yangidan qura olish va masala yechiminining yangi yo'nalishlariga o'zini safarbar eta olishdir. Prognoz, bashorat qila olish esa o'z sohasi rivojidagi istiqbol o'zgarishlar mohiyati, kelib chiqish sabablari va yuzaga kelish muddatlarini tafakkur tahlili orqali oldindan anglash tafakkuri hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Masalan, mehnat unumdorligining ko'tarilishi va pasayishi, konyuktura yoki bozorning o'zgarishi hamda mazkur o'zgarishlarning sohaga bo'lgan ta'siri, narxlarning ko'tarilishi, pasayishi va b. Ta'lim oluvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta'lim mazmunini o'zlashtirishda ta'lim oluvchilarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda o'qitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda quyidagi pedagogik shart-sharoitlarga amal qilish lozimligi nazarda tutiladi: - ta'lim oluvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta'lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitini ta'minlash; - ta'lim oluvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, ta'lim oluvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir ta'lim oluvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish; o'quv jarayonini ta'lim oluvchi shaxsning xususiyatlari, ehtiyojlari va intellektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish; - ta'lim oluvchilarda individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standart yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undash; kreativ faoliyatni rivojlantirishning asosi bo'lgan kognitiv bilimlarni amalda qayta ishlab chiqish va takomillashtirish imkonini beradigan interfaol mashg'ulot shakllari va metodlarini tanlash va tatbiq etish va hokazo. Tadqiqotchi G. Ibragimova interfaol o'qitish jarayonida ta'lim oluvchilarda kreativlikning rivojlantirish bosqichlarini quyidagicha ifodalab o'tgan: 1. Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich ta'lim oluvchilarda kreativ faoliyat, kreativ faollik va ijodkorlikka bo'lgan moyillikni qaror toptirish, ta'limdagi innotvasion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g'oyalarning tug'ilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi. 2. Ijodiy-izlanish tadqiqotchilik bosqichi. Ta'lim oluvchilardagi tadqiqotchilik, ijodiy faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya, yangilik yaratish ko'nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi. 3. Kreativlik, novatorlik bosqichi. Yaratilgan yangilikni amalda qo'llash, baholash, tahlil qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda istiqbolga yo'naltirilgan strategik rejalarni tuzish bilan bog'liq jarayonlarni o'z ichiga oladi. Ta'lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida interfaol ta'lim jarayoni ahamiyatli sanaladi. Interfaol ta'lim - ta'lim oluvchining bilish faoliyatini faollashtirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, o'quv jarayonini o'zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan "subyekt-subyekt" munosabatlariga asoslangan o'qitish metodlari tizimidir. Bunda o'zaro harakat ta'lim oluvchilarning faollashuvi, guruh tajribasiga asoslanish, teskari aloqa o'rnatish kabi tamoyillarga tayanadi. Demak, interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari vositasida

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

ta'lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarni rivojlantirishning muhim sharti ta'lim jarayonida erkin-ijodiy muhitning yaratilishi, professor-o'qituvchilar, o'qituvchi va ta'lim oluvchilarning birgalikdagi munosabatlari va o'zaro hamkorlikdagi harakatiga asoslangan o'qitish jarayonini yo'lga qo'yishdan iborat. Ta'lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bir qator omillar mavjud bo'lib, quyida ayrimlarini keltirib o'tish mumkin: - kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish, kreativ faollikni shakllantirish, o'quv jarayonida izlanuvchilik hamda muammoli tadqiqotchilik yo'nalishlarini kuchaytirish; - ta'lim oluvchilarning muammolarni ijodiy yechish va yaratuvchilik faoliyatlarini rivojlantirish vaziyatlarini tashkil etish; - ta'lim oluvchilarning kreativ faoliyat tajribasiga kasbiy zaruriyat va istiqboldagi kasbiy faoliyat mazmunining tarkibiy qismi sifatida yondashishlariga erishish; -ta'lim oluvchilarning kasbiy ko'nikma va layoqatlarini rivojlantirish jarayonini interfaol metodlar va texnologiyalar ustida ishlash asosida rivojlantirishga yo'naltirish, ularda mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatish, mustaqil bilim olish, o'z-o'zini tarbiyalash, o'zo'zini bilish, o'z mavqeyiga ega bo'lish, ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlash layoqatlarini faollashtirish, bu jarayonda ularning kreativ fikrlashlariga erishish; - ta'lim oluvchilarning kreativ layoqatlarini namoyon qilishlari uchun qulay ijodiy hamkorlik muhitini vujudga keltirish kabilar. Ta'lim oluvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishda quyidagi ish shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega: • ma'lumotlarni tahlil etish, tezkor qarorlar qabul qilish, ijodiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi treninglarni tashkil etish; • tasavvurlarni va obrazli qarashlarni shakllantirishga yo'naltirilgan ijodiy mashqlar, topshiriqlarni bajarish;

• keyslar bilan ishlash;

• guruhiy ish shakllari va debatlarni tashkil etish;

• o'quv loyihalarini tayyorlash;

• portfoliolarni shakllantirish;

• kastinglar uyushtirish;

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

• to'garaklar faoliyatini yo'lga qo'yish va hokazo.

Ta'lim oluvchilardagi kreativlik qobiliyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlashning quyidagi mezonlari mavjud: kreativ faoliyatga nisbatan motivatsiyaning qaror topganligi; kreativ fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganligi; kreativ sifatlarning shakllanganligi; amaliy kreativ faoliyat jarayonini tashkil etish; ixtisoslashgan kreativlikning shakllanganligi va boshqalar. Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o'ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug'atlariga asoslanib, o'qituvchining kreativligi deb, uning fikrlaridagi, sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta'riflash mumkin. O'qituvchining kreativligi, bu uning qat'iy, chegaralangan yoki sust chegaralangan sharoitlarda har xil original g'oyalarni izlab topish layoqatidir. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish quyidagi o'zaro bir-biriga bog'liq kreativlik tarkibiy komponentlarini ajratish imkoni beradi:

1. Intellektual (aqliy).

2. Axloqiy (o'z-o'zini boshqarish).

3. Motivatsion (maqsadli).

4. Emotsional (his-hayajonli).

Kreativ layoqat quyidagi o'zaro bir-biriga bog'liq bo'lgan qismlardan iborat

1. Kreativ maqsad.

2. Ijodiy intilish.

3. Kreativ (ustanovka) qurish.

4. Kreativ yo'nalish.

5. Kreativ ifodali akt.

6. Kreativ o'z-o'zini boshqarish.

7. Kreativ faollik.

8. Kreativ intilishlar darajasi.

bo'ladi:

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

O'qituvchining kreativligi uning ijodiy faoliyatida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Kreativlik o'qituvchining ijodiy faoliyatida ijodiy intilishi, ijodiy qobiliyati, kreativ maqsadi, yo'nalishi va o'zini boshqara olishida ko'rinadi va uni o'zining faolligi, o'zini-o'zi boshqara olishi bilan yetuk rivojlanayotgan, o'sayotgan shaxsga aylanayotganini bildiradi. Pedagogning kreativ kompetentligi uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U kreativ faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o'z-o'zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi.

Kompetentlikka yo'naltirilgan ta'lim amerikalik tilshunos N. Xomskiy (1965-yil, Massachutes universiteti) tomonidan taklif etilgan "kompetensiya" atamasining umumiy ma'nosida shakllandi. Yevropa Kengashi dasturi bo'yicha Bern shahrida bo'lib o'tgan simpoziumda (1996-yil) "kompetensiya" tushunchasi "uquv", "kompetentlik", "qobiliyat", "mahorat" singari tushunchalar qatoriga kiritilgan. Yevropa davlatlarining ta'lim vazirlari Boloniya deklaratsiyasida (1999-yil) ta'lim islohotlarining konseptual asoslari sifatida kompetentli yondashuv e'tirof etildi. G.V. Nikitinaning fikricha, kompetentliklar tasnifida bir nechta asoslar mavjud:

- insonning umumiy kompetentligi (matematik, kommunikativ, informatsion, ijtimoiy, axloqiy va h.z.);

- faoliyat turlari bo'yicha kompetentlik (mehnat, o'quv, o'yin, kasbiy va boshqalar);

- faoliyat yo'nalgan obyektlar bo'yicha kompetentlik (inson-inson, inson-texnika, inson-tabiat, inson-badiiy timsol va h.z.);

- ijtimoiy hayot sohalari bo'yicha kompetentlik (maishiy, madaniy va boshqalar);

- ijtimoiy bilimlar tarmoqlari bo'yicha kompetentlik (matematikada, gumanitar fanlarda); - ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha kompetentlik (transport, aloqa, mudofaa va boshqalar);

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

qobiliyatlar bo'yicha kompetentlik (pedagogika, psixologiya, ijtimoiy, ijodiy, texnik va boshqalar).

Zero, yuqorida aytilgan kompetentlik yo'nalishlari shaxs umummadaniy kompetentligining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Pedagogning kasbiy kompetentligi tasnifi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- pedagogning ish sohasi bo'yicha kompetentligi

-uzluksiz ta'lim tizimini o'z ichiga oladi;

- ixtisoslik bo'yicha kompetentligi

- o'qituvchi, tarbiyachi, psixolog, defektolog, kasb ta'limi o'qituvchisi, ishlab chiqarish ustasi;

- pedagogning faoliyati yo'nalgan obyekt bo'yicha kompetentligi

- talabalar, otaonalar, sinf jamoasi, sotsium va boshqalar;

- pedagogning faoliyati turi bo'yicha kompetentligi motivatsion, gnostik, metodologik, metodik, informatsion, kommunikativ, refleksiv, prognostik, konstruktiv, texnologik, korreksion va boshqalar.

A.V. Xutorskiy o'qituvchining quyidagi kompetensiyalarini tavsiflaydi:

1. Dunyoqarash asosida, ya'ni qadriyat va o'zini anglash - o'qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog'liq ravishda namoyon bo'ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ko'ra oladi va tushunadi, bunga o'zini yo'naltiradi, pedagog sifatida o'z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiyao'qituvchining o'quv va boshqa faoliyatlaridagi o'z-o'zini anglash mexanizmini ta'minlaydi.

2. Umummadaniy - milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo'lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf-odatlarga hurmat; ijtimoiy ko'nimalarga ega bo'lish. Ilm-fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta'sirini anglay olish va talaba yoshlarga tushuntira olish.

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

3. O'quv va bilish jarayoni - o'qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy fikrlashi, o'quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko'nikmalarini tahlil qila olishi.

4. Ma'lumotga ega bo'lish - pedagogik faoliyat va o'z faniga doir ma'lumotlarni egallash ko'nikmasi.

5. Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo'lishi, jamoada o'ziga xos o'rinda turishi.

6. Ijtimoiy - foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va masuliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko'nikmalarga ega bo'lish.

V. O'z ustida ishlashi - jismoniy, ma'naviy, intellektual jihatdan o'z-turli axborot manbalari, shu jumladan ta'lim muassasasidan tashqaridagi axborot manbalaridan bilimlarni mustaqil o'zlashtirishga asoslangan bilish faoliyati sohasidagi kompetensiyalar: - ijtimoiy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (fuqaro, saylovchi, ijtimoiy guruh, jamoa a'zosi rolini bajarish); - mehnat faoliyati sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, mehnat bozoridagi holatni tahlil etish va undan foydalanish, o'zining kasbiy imkoniyatlarini, o'zini o'zi uyushtirish ko'nikmalarini baholash va takomillashtirish); - maishiy sohadagi kompetensiyalar (shu jumladan, oilaviy hayot aspektlarini, salomatlikni saqlash va mustahkamlashni ham qamrab oladi); - madaniy faoliyat sohasidagi kompetensiyalar (shu jumladan, shaxsning ma'naviy va madaniy jihatdan boyishi uchun vaqtdan unumli foydalanish). O'qituvchi kompetensiyasi - uning nazariy va amaliy bilim, ko'nikma va malakasi, dunyoqarashi, e'tiqodi va barcha shaxsiy individual,ijtimoiy-psixologik sifatlarining namoyon bo'lishidir. Ta'limning sifat va samaradorligini ta'minlovchi muhim omillardan biri bu - o'qituvchining o'z fani bo'yicha kompetensiyaga ega bo'lishidir.

U pedagogik moslashuv tizimi asosida namoyon bo'ladi. Bular: ilmiy bilish; gnoseologik bilish; pedagogik faoliyatni epchillik, omilkorlik, mohirlik bilan bajara olish; har qanday muammoli vaziyatlarning samarali yechimini topishga ijodiy-kreativ yondashish; ta'limiy, tarbiyaviy ta'sir

November, 2023

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 11 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

jarayonida yuksak ijtimoiy psixologik xususiyatlarni namoyon etish; o'zining intellektual, kognitiv, emotiv, axloqiy salohiyatini, o'rganish va ichki psixologik zaxirasidan samarali foydalanish orqali o'zini muttasil rivojlantirish; jamiyat va insonlarga, tabiatga, borliqqa ijobiy emotsional munosabatda bo'lish ijobiy pozitiv fikrlashga o'tish tajribasidan iborat. Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxass is: - o'z bilimlarini izchil boyitib boradi; - yangi axborotlarni o'zlashtiradi; - davr talablarini chuqur anglaydi; - yangi bilimlarni izlab topadi; - ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi . Pedagoglarda kreativ faoliyatni tas hkil etishga imkon beradigan malakalar guruhlari:

1) bilishga oid (gnostik) malakalar;

2) loyixalash malakalari;

3) ijodiy-seminar (konstruktiv) malakalar;

4) tadqiqotchilik malakalari;

5) muloqotga kiruvchanlik (kom

munikativ) malakalari;

6) tashkilotchilik malakalari;7) izchillikni ta'minlovchi (protsessual) malakalar;

7) texnik-texnologik malakalar .

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish.

XULOSA

Kreativlik uchun quyidagilar muhim bo'lib hisoblanadi: pedagogik masalalarning ko'p xilligi va ularni hal etishning variativligini tushunish, o'z mahoratining darajasi va tavsifini hamda uni rivojlantirish mumkinligini tushunish, uni takomillashtirish xohishi, yangi yechimlar zarurligini tushunishi va unga psixik tayyorgarlik hamda uni amalga oshirishga ishonch. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi, "talabalar e'tiborini ta'lim jarayoniga faol jalb

November, 2023

377

Academic Research in Educational Sciences_Volume 4 | Issue 11 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

etishni ta'minlaydi". Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o'qituvchilar ham o'zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P. Torrens tomonidan 1987-yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o'tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o'ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo'yicha baholash imkoniyatini yaratadi. Talaba tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to'rtta mezonni qanoatlantirishi lozim. E.P. Torrens fikricha, "kreativlik" tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi: -muammoni yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; - farazni tekshirish va o'zgartirish; -qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; - muammo yechimini topishda bilim va seminar harakatlarning o'zaro qaramaqarshiligiga nisbatan ta'sirchanlik. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish mazmunini DTS talablari asosida tahlil etilib, bitiruv ishi doirasidagi "kreativlik", "kreativ qobiliyat", "pedagogik kreativlik", "interfaol o'qitish", "interfaol o'qitish sharoiti", "talabalarda kreativ qobiliyatni rivojlantirish" kabi asosiy tushunchalar mohiyati ochib berildi.

REFERENCES

1. Ахмадалиев, Б. Ж., Абдувалиев, Б. А., Крдирова, З. Н., Нугманова, К. И., Каримов, Р. А., & Зайлобидинов, Н. У. TOMATO MOSAIC TOBAMOVIRUS ИНФЕКЦИЯСИГА СПЕЦИФИК АНТИЗАРДОБ ОЛИШ ВА ТИТРИНИ АНЩЛАШ. ЁШ ОЛИМЛАР АХБОРОТНОМАСИ.

2. Sodiqova Sh.A. "Maktabgacha pedagogika" "Tafakkur chashmalari" T.2013.

3. .Kayumova N.M. "Maktabgacha pedagogika TDPU" nashriyat T.2013.

4. Fayziev, V., Kadirova, Z., Chirkov, S., Jurayeva, U., Vakhabov, A., & Javlieva, D. (2020). Study of some biological properties necrotic isolat of

potato virus x and phylogenetic analysis. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(9), 455-462.

November, 2023

378

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

5. Shonazarova, N. I., & Fayziev, V. B. (2021). UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA BOTANIKA FANINI O'QITISH UCHUN ELEKTRON RESUSLARNI QO'LLASH. Academic research in educational sciences, 2(4), 1487-1494.

6. Хусанов, Т. С., Жураева, У. М., Файзиев, В. Б., & Вахабов, А. Х. (2016). ВЛИЯНИЕ ВИРУСА МОЗАИКИ ЛЮЦЕРНЫ (ВМЛ) НА МОРФО-ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЙ ЛЮЦЕРНЫ. In СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ (pp. 1187-1192).

7. Атабаева, Д., & Файзиев, В. Б. (2020). УКУВЧИЛАРИНИНГ СОГЛОМ УСИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИДА УЩУНИНГ АХДМИЯТИНИ УРГАНИШ. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).

8. Zulxumor Shuxradovna Mirzayeva, & Voxid Baxromovich Fayziev (2021). O'QUVCHILARDA MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH YO'LLARI. Academic research in educational sciences, 2 (5), 362-366. doi: 10.24411/2181-13852021-00899.

9. Курбонов, Ш. Ш., & Рамазонов, Б. Р. (2021). КДШЛОК ХУЖАЛИК ФАНЛАРИНИ УКИТИШ МЕТОДИКАСИНИНГ ПЕДАГОГИКА ВА БОШКА ФАНЛАР БИЛАН БОГЛИКДИГИНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ А^АМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 51-59.

10. Ramazonov, B. R. (2018). Plant world of the drained bottom of the Aral Sea. Current ecological state of the environment and scientific and practical aspects of rational nature management. In III International Scientific and Practical Internet Conference/Compilation NA Shcherbakova/FSBSI" Caspian Research Institute of Arid Agriculture", p. Salty Loan.-2018. S (pp. 716-718).

11. Alimova, X. B., & Ramazonov, B. R. (2021). "O'QUVCHI-O'QUVCHIGA USTOZ" TAMOYILI ASOSIDA TABIIY FANLAR

DARSLARINI TASHKIL ETISHDA PEDAGOGIK

November, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

MUAMMOLAR. Academic research in educational sciences, 2(9), 940-945. 12. Рамазонов, Б. Р., & Курбонов, Ш. Ш. (2021). Формирование компетенции у студентов биологического направления вузов в обучении предмета почвоведение и биологические основы сельского хозяйство. Academic research in educational sciences, 2(4), 319-325.

November, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.