Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023
YOSHLARDA KREATIV FIKRLASHNING YORDAMCHI OMILLARI VA
MEZONLARI
Po'latov Ro'zimurod Farhod o'g'li
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti [email protected]
ANNOTATSIYA
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo'lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo 'naltiradi.
Kalit so'zlar. hulq-atvor, axloqiy qobilyat, yoshlar, aqliy qobilyat, orzu-istak, maqsad.
KIRISH
Kreativlik (lot., ing. "create" - yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma'nosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg'ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o'tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik psixolog P.Torrensning fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish, farazni tekshirish va o'zgartirish, qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash, muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o'zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta'sirchanlikni ifodalaydi.
Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o'zini-o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o'z oldiga muammoli masalalami qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Aytib o'tilganidek, barcha shaxslarda bo'lgani kabi pedagoglarda ham kreativlik sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Shunga ko'ra tadqiqotlarda shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo'llari yoritiladi. Patti Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar) da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to'rtta yo'li ko'rsatilgan:
- Kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish;
- Amaliy kreativ harakat ko'nikmalarini rivojlantirish;
- Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;
- Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.
Quyida mazkur yo'llarning mohiyati xususida so'z yuritiladi.
Kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg'u kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish asosiy e'tibor markazida bo'lib, bo'lajak pedagoglar fe'llar yordamida kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo'naltiriladi. Xususan, o'qituvchilar kreativ fikrlash ko'nikmasini samarali shakllantirish maqsadida bo'lajak pedagoglarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe'llarning bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, bo'lajak pedagoglardan "yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni ta'riflab bering" mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi "ta'riflab bering" tushunchasi o'z mohiyatiga ko'ra "mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o'ting" deyish bilan teng.
Nazorat savollarini berishda bo'lajak pedagoglarni fikrlashga undovchi so'z (fe'l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. Shu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo'liga ko'ra pedagoglar turli, antiqa, noan'anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so'z (fe'l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiq sanaladi. Masalan: "bog'liqlikni toping", "yarating", "bashorat qiling", "fikrni mantiqan bayon eting", "tasavvur qiling" kabi so'z (fe'l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.
Agarda pedagog bo'lajak pedagoglardan "yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni ta'riflab berish" ni talab qilish o'rniga, "yurak va qon aylanish tizimi o'rtasidagi bog'liqlikning barcha turlarini keltirish" ni so'rashi lozim. Natijada bo'lajak pedagoglar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
yangi fikr va g'oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo'ladi. Pedagoglar birinchi yo'lni qo'llash - bo'lajak pedagoglarda kreativlik ko'nikmasini shakllantirishda yosh o'qituvchilarning "Kreativlik xaritasi"dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.
Amaliy kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar bo'lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalanadi. Bu o'rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, ammo, bo'lajak pedagoglarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.
Patti Drapeau o'z asarida bir qator bo'lajak pedagoglarda interfaollik va kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishda samarali bo'lgan yo'l va metodlarni keltirib o'tadi. Xususan:
- Veb-saytlar bilan ishlash;
- vizuallashtirish;
- barcha nuqtai nazarlarni inobatga olish;
- muhim g'oyalarni turli vaziyatlarda va o'rinli qo'llash (g'oyani boshqa sharoitga ko'chirish - transformatsiya);
- ramziylashtirish kabi yo'llar;
- "Aqliy hujum";
- "Keys-stadi" kabi metodlar.
Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish. Mazkur yo'l bo'lajak pedagoglarni muammoni echish va innovatsion g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg'u beradi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo'llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Masalan: "Yurak va qon aylanishi tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni topish" (Isaksen & Treffinger, 1985). Topshiriqni bajarar ekan, bo'lajak pedagoglar odamning qon aylanishi tizimi bilan bog'liq turli muammolarni tahlil qiladi. Natijada ushbu jarayonda ko'p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi.
Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. Bu yo'lni tutishda pedagog bo'lajak pedagoglarga "Odamning qon aylanish tizimi" mavzusida Power Point dasturi yoki multimediya yordamida taqdimotni yaratish topshirig'ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida bo'lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko'nikmalari faol rivojlanadi.
Bo'lajak pedagoglar o'zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to'la namoyon qilishlari mumkin. Agar bo'lajak pedagoglarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo'rquv hissi mavjud bo'lsa, fikrni noto'g'ri ifodalashdan qo'rqsalar tanqidga uchrasalar bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko'nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo'lmaydi. Bo'lajak pedagoglarda
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko'nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin.
Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholashda qo'llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu o'rinda Patti Drapeau quyidagi maslahatni beradi: "Bir manzildan ikkinchi manzilga borish uchun biz ikki va undan ko'p yo'nalishlarni bosib o'tamiz. Bu fikr quyida biliriladigan ko'rsatmalarga ham taalluqlidir. O'qituvchi dars jarayonida bir yoki bir nechta (yuqorida keltirigan) yo'llardan foydalanishi mumkin. O'qituvchi kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantiruvchi fe'lllarni (1-yo'l) qo'llashga qaror qilsa, u bevosita kreativ muammolarni hal etish (3-yo'l) ustida ish olib borayotgan Bo'lajak pedagoglarni kreativ fikrlash strategiyalari (2-yo'l)dan foydalanishga ham samarali jalb etadi. Dars esa kreativ mahsulotni (4-yo'l) ishlab chiqish bilan yakunlanadi. Kreativ fikrlash jarayonini mohiyatini yorituvchi xarita o'qituvchilarga dars jarayonida namoyon bo'ladigan kreativlik darajasi, turini aniqlashga yordam beradi".
Ko'p holatlarda o'qituvchilar hamda bo'lajak pedagoglarning o'zlari ham shunday savolga duch kelishadi: kreativ fikrlash jarayonining odat sifatida namoyon bo'lishiga erishish mumkinmi? Bu o'rinda Patti Drapeau shunay fikrlarni ilgari suradi: "Miya tadqiqotlari kreativ fikrlash ko'nikmasini rivojlantirish usullari va uni qanday qilib odatga aylantirish mumkinligini tushunish imkonini beradi. Kreativlik miyaning old (g'oyalar yuzaga keladigan) va chekka (tahlil qilish) sohalarining o'zaro muvofiqlikda ishlashi va dopamin (kishining o'zini yaxshi his etishiga yordam beruvchi) moddasining ishlab chiqarilishi natijasida ro'y beradi. Ta'lim olish miyada kichik burmalarining paydo bo'lishiga olib keladi hamda miyaning faol ishlashi natijasida bu jarayon kuchayadi. Inson miyasi obraz, bashorat, xis tuyg'u, emotsiya va ma'no boy ma'lumotlar olishni ma'qul ko'radi. "Agarda ma'lumot hech qanay hissiyot va fikriy jarayonlardan holi bo'lsa, u miyada saqlanmaydi" (Willis, 2006). Biroq, kreativ fikrlash miyada uning "ta'lim olish va o'rganish metodlariga zid bo'lgan" yangi usullarni qo'llash va noan'anaviy, orginal g'oyalarning ishlab chiqilishini taqozo etadi (DiSalvo, 2011,).
Kreativ fikrlash ko'nikmasini mashq qildirish natijasida Bo'lajak pedagoglar faqatgina o'rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, ma'noga boy aloqalarni o'rnatish, yangi g'oyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil bo'ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo'ladi. Inson miyasi doimo to'g'ri ishlashga odatlangan, ya'ni, miya uchun faqat birgina to'g'ri javob mavjud
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(5), May, 2023
bo'ladi. Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik - b o'lajak pedagoglarning o'z qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to'g'ri bo'lishi mumkin degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. Shu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish uchun bo'lajak pedagoglar mazkur jarayonga ishonch bilan qaray olishlari lozim.
Zamonaviy o'qitish usullari talabalarning o'zaro ta'siri va ularni o'quv jarayoniga jalb qilish, nafaqat materialni passiv idrok etishga yo'naltirish uchun faol usullardir. O'rganishning chekka shakllarining afzalliklaridan samarali foydalanishga imkon beradigan zamonaviy o'quv infratuzilmasi, o'quv, texnologik, tashkiliy komponentlarni o'z ichiga oladi.
Bugungi kunda rus va xorijiy pedagogika sohasida ta'lim texnologiyalarining umume'tirof etilgan tasnifi mavjud emas. Ushbu hozirgi ilmiy va amaliy muammoni hal qilish uchun turli xil mualliflar o'z yo'lida mos keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014
2. Turdiyeva M. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008.
3. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/ Monografiya. - T.: "Fan va texnologiya" nashriyoti, 2013.
4. Innovatsion ta'lim texnologiyalari /Muslimov N.A., Usmonboyeva M.X. Sayfurov D.M., Turayev A.B. - T.: "Sano standart" nashriyoti, 2015.
5. Ruziyeva D., Usmonboyeva M., Xolikova Z. Interfaol metodlar: moxiyati va kullanilishi / Met.kull. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.
6. Turdiyeva M. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008.
7. G.Gaffarova, F.Qosimov. Ta'limdagi transformatsiyalar Chirchiq davlat pedagogika universiteti faoliyatida. Scientific progress, 3 (7) 117-122, 2022.
8. Po'latov R. F. (2023). Yosh avlodda ma'naviy axloqiy sifatlarni rivojlantirish. Academic Research in Educational Sciences, 4(1), 316-320.
9. G.S.Raxmonova, O'quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning refleksiv mexanizmlari. Research And Education, 1(9), 542-549, 2022.
XULOSA