Научная статья на тему 'TALABALAR KREATIVLIK JIHATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO’LLARI'

TALABALAR KREATIVLIK JIHATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO’LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
219
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kreativlik sifatlari / bilim / ko’nikma / malaka / ijodiy faoliyat / shaxs kreativligi / kasbiy ijodkorlik.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sadixanov Akmaljon Arapovic

Maqolada talablarda kreativlik jihatlarini rivojlantirishning samarali yo’llari, kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari uchun o’quv va mustaqil ishlash jarayonlarida yangi g’oyalarni yaratish haqidagi fikrlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALAR KREATIVLIK JIHATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO’LLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

TALABALAR KREATIVLIK JIHATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI

YO'LLARI Sadixanov Akmaljon Arapovich

Farg'ona davlat universiteti Mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7994751

Annotatsiya. Maqolada talablarda kreativlik jihatlarini rivojlantirishning samarali yo'llari, kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari uchun o'quv va mustaqil ishlash jarayonlarida yangi g'oyalarni yaratish haqidagi fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kreativlik sifatlari, bilim, ko'nikma, malaka, ijodiy faoliyat, shaxs kreativligi, kasbiy ijodkorlik.

Oliy ta'lim tizimida o'qish faoliyatida bo'lgan talabalar kreativlik sifatlariga ega bo'lishlari uchun ularda o'quv va mustaqil ishlash jarayonlarida an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalar haqida fikr yuritishi, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik talab etiladi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega bo'lajak pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg'or, talabalarning o'quv faoliyati, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishda faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o'rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratadi.

Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta'minlanadi. Pedagog o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib-o'rganish, o'z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.

Har qanday mutaxassisda bo'lgani kabi bo'lajak musiqa o'qituvchilarda ham kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda talabaning o'zini o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Talaba ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, masala yechimini mustaqil topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi.

Talaba o'z oldiga muammoli masalalarni qo'yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo'lgan dalillar bilan to'qnash keladi. Buning natijasida o'z ustida ishlash, mustaqil o'qib o'rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Bo'lajak musiqa o'qituvchisini musiqiy-pedagogik faoliyati va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi

Talaba shaxsning kreativligi uning tafakkuri, muloqoti, his-tuyg'ulari, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo'ladi.

Aytib o'tilganidek, barcha shaxslarda bo'lgani kabi bo'lg'usi musiqa o'qituvchilarda ham kreativlik sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi. SHunga ko'ra kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning bir qator yo'llari mavjud.

Birinchi yo'l - kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda asosiy urg'u kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish asosiy e'tibor markazida bo'lib, talabalar fe'llar yordamida

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

kreativ xarakterdagi harakatlarning mohiyatini ifodalashga yo'naltiriladi. Xususan, o'qituvchilar kreativ fikrlash ko'nikmasini samarali shakllantirish maqsadida talabalarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur fe'llarning bo'lishiga e'tibor qaratadilar. Bu holat misollar bilan tushuntirilsa, talabalardan «major va minor tovushlari o'rtasidagi bog'liqlikni ta'riflab bering» mazmunidagi nazorat savoli ularda kreativlikni shakllantirmaydi. Zero, savol tarkibidagi «ta'riflab bering» tushunchasi o'z mohiyatiga ko'ra «mavjud bilimlaringizni birma-bir aytib o'ting» deyish bilan teng.

Nazorat savollarini berishda talabalarni fikrlashga undovchi so'z (fe'l)lardan foydalanish ularning kreativ fikrlashlarini osonlashtiradi. SHu sababli shaxsda kreativ sifatlarni shakllantirishning birinchi yo'liga ko'ra pedagoglar turli, antiqa, noan'anaviy hamda puxta javobni berishga majbur qiluvchi so'z (fe'l)lardan foyalanishlari maqsadga muvofiqdir. Masalan, «bog'liqlikni toping», «yarating», «bashorat qiling», «fikrni mantiqan bayon eting», «tasavvur qiling» kabi so'z (fe'l)lardan foydalanish amaliy jihatdan samarali sanaladi.

Agarda pedagog talabalardan « major va minor tovushlari o'rtasidagi bog'liqlikni ta'riflab berish»ni talab qilish o'rniga, "major va minor tovushlari tizimi o'rtasidagi bog'liqlikning barcha turlarini keltirish"ni so'rashi lozim bo'lsa, natijada talabalar ham mavjud bilimlarni umumlashtirish, ham yangi fikr va g'oyalarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Pedagoglar birinchi yo'lni qo'llash - talabalarda kreativlik ko'nikmasini shakllantirishda yosh o'qituvchilarning "Kreativlik xaritasi"dan foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.

Ikkinchi yo'l - amaliy kreativ fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish. Pedagoglar talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalanadilar. Bu o'rinda savollardan foydalanish faqat qisqa muddatda yordam berishi mumkin, u talabalarda interfaollik va kirishimlilikni rivojlantirmaydi.

Uchinchi yo'l - kreativ faoliyat jarayonlarini tashkil etish. Mazkur yo'lda talabalarni muammoni yechish va innovatsion g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ, ijodiy fikrlashga urg'u beriladi. Mazkur jarayonlarda kreativ metod va usullar faol qo'llanilmasa-da, kreativ fikrlash yuz beradi. Masalan, talabalara "major va minor tovushlari tizimi o'rtasidagi bog'liqlikni topish" topshirig'ini bajarar ekanlar, odamning qon aylanishi tizimi bilan bog'liq turli muammolarni tahlil qiladilar. Natijada ushbu jarayonda ko'p tomonlama fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi.

To'rtinchi yo'l - kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish. Bu yo'lni tutishda pedagog talabalarga "major va minor tovushlari tizimi" mavzusida Power Point dasturi yoki mulbtimedia vositalari yordamida taqdimotni yaratish topshirig'ini berishi mumkin. Taqdimotni tayyorlash jarayonida talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmalari faol rivojlanadi. Talabalar o'zlarining kreativ fikrlash qobiliyatlarini qulay muhitda to'la namoyon qilishlari mumkin.

Agar talabalarda muvaffaqiyatsizlikka uchrash qo'rquv hissi mavjud bo'lsa, fikrni noto'g'ri ifodalashdan hadiksirasalar, tanqidga uchrashdan qo'rqsalar, bunday vaziyatda ularda kreativ fikrlash ko'nikmalarini samarali shakllantirish yoki rivojlantirish mumkin bo'lmaydi. Talabalarda kreativlikni odatga aylantirish orqaligina kreativ fikrlash ko'nikmasini muvaffaqiyatli shakllantirish mumkin. Bu jarayonda ular tomonidan mavzu mazmunining puxta anglanishi va kreativ fikrlash ko'nikmalarini baholashda qo'llaniladigan metod va vositalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Kreativ fikrlash ko'nikmasini mashq qildirish natijasida talabalar faqatgina o'rnatilgan aloqalarga tayanibgina qolmay, balki miyada yangi, ma'noga boy aloqalarni o'rnatish, yangi

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

g'oyalarni ishlab chiqish va yangicha fikrlashga moyil bo'ladilar. Doimiy ravishda olib borilgan mashqlar natijasida yangicha kreativ fikrlash odatiy va avtomatik xarakterga ega bo'ladi. Inson miyasi doimo to'g'ri ishlashga odatlangan, ya'ni miya uchun faqat birgina to'g'ri javob mavjud bo'ladi. Vaholanki, bu kreativlik emas. Kreativlik - talabalarning o'z qarashlarini himoya qilish jarayonida barcha javoblar to'g'ri bo'lishi mumkin degani. Kreativlik muhitiga singib ketish sanaladi. SHu sababli kreativ fikrlashni odatga aylantirish uchun talabalar mazkur jarayonga ishonch bilan qaray olishlari lozim.

Talabalarning kreativlik qobiliyatlari rag'batlantirilsa va samimiy muhit yaratilsagina, ular kreativ fikrlashni odatga aylantira oladilar. Kreativ muhitda o'qituvchi va talabalar boshqalarga nisbatan samimiy munosabatda bo'lish va ularning fikr mulohazalarini hurmat qilishni o'rganadilar. Xato qilish yoki muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qo'rqish, haddan tashqari baholarga e'tibor qaratish, boshqalardan ajralib turish, mensimaslik va tanqidga uchrash, kamsitilishdan qo'rqish kabi hislatlar talabalarda kreativlikni shakllantirishga to'sqinlik qiladi.

Har qanday ko'nikmani shakllantirish mumkin bo'lganiday, kreativ fikrlash qobiliyati yoki ko'nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu talabalarga ham taalluqli bo'lib, kreativlik ustida ishlash talabalarga noodatiy tarzda fikrlashga yordam beradi. Biroq talabalarni ruhlantirish va kreativ bo'lishga undash o'qituvchining qay darajada malakali ekanligiga bog'liq.

Kreativlik bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik nazariyachilarining ishlari talabalarda kreativlik ko'nikmasini shakllantirishda qo'llanma sifatida xizmat qiladi. Bu "auditoriyadagi muhit, talabalarda fikrlash tarzining shakllanishi, o'qituvchining yondashuv va strategik elementlarini o'z ichiga oladi". Talabalarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda o'qituvchi alohida o'rin tutadi. Vaholanki, o'qituvchi auditoriyada talabalar o'zini erkin seza oladigan va o'z fikrlari, g'oyalari bilan bo'lisha oladigan muhit yaratishi lozim.

Talabalar kreativlikni auditoriyada o'z g'oya va fikrlarini turli yo'llar bilan ifoda etishlari lozim. Talabalar ongida yuz berayotgan jarayonlarni yanada faollashtirish uchun o'rnatilgan qonun-qoidalar, standartlardan chetga chiqib, turli savollarga javob berishda erkin harakat qilishlari ham lozim bo'ladi. Bu esa, talabani mustaqil ishlash jarayonida namoyon bo'ladi.

O'qituvchi talabalardagi kreativlikni noodatiy g'oyalarni o'rtaga tashlash va ularni verbal va noverbal tarzda rag'batlantirish orqali qo'llabquvvatlaydi. O'qituvchining talabalar berayotgan kreativ g'oyalariga nisbatan to'g'ri munosabati ularning mumkin bo'lgan va mumkin bo'lmagan shartlarni anglashida muhim ahamiyatga ega. Mazkur elementlarning barchasi o'qituvchi-talaba munosabatining muhim qismi bo'lib, talabalar muvaffaqiyatini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Muslimov N.A. va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi/Monografiya. - T.: «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2013.

2. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Metodik qo'llanma. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., Usmonboeva M., Inog'omova D. - T.: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2012.

3. Turdieva M. Oliy ta'lim muassasalari talabalarida pedagogik tafakkurni shakllantirish. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2008.

4. Usmonboeva, A.To'raev, Kreativ pedagogika asoslari. O'quv-uslubiy majmua. - TDPU, 2016.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

5. Namozova, Dilorom Tursunovna (2022). RENESSANS-BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING KOMPETATSION TAKOMILI SIFATIDA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10-2), 491-496.

6. D. Namozova (2022). BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARINING KREATIV KOMPETENTLIGINI MUSIQA TARIXI FANINI O'QITISH VOSITASIDA SHAKLLANTIRISH. Science and innovation, 1 (B6), 942-950. doi: 10.5281/zenodo.7195688

7. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

8. Saddixonov, A. A. (2022). MUSIQIY TA'LIMDA KOMPETATSION YONDASHUV. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 572-577.

9. Abdusattorov, Abdujalil Abduvali O'G'Li, Yusupjonova, Dilfuzaxon Olimjon Qizi, & Anvarova, Barnoxon Dilshodjon Qizi (2022). O'QUVCHI YOSHLARNI MUSIQIY ONGINI RIVOJLANTIRISHDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10-2), 376-378.

10. Rakhmonov, U., Suleymanova, D., Alijon, E., Omadjon, R., & Abdujalil, A. (2021). The Role Of Organizing Music Clubs In Social Life. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

11. Abdusattorov, A. (2023). TORLI KVARTET UCHUN ASARLAR YARATISHNING METODOLOGIK BOSQICHLARI. Наука и инновация, 1(9), 4-7.

12. Abdusattorov, A. (2023). MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA KOMPYUTER TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Наука и инновация, 1(9), 8-12.

13. Abdusattorov, A. (2022). DIMITRIY DIMITRIYEVICH SHOSTAKOVICH IJODIDA POLIFONIYA. Science and innovation, 1(B6), 430-432.

14. Madina Nasretdinova, Ismoil Rustamov, & Oybek Karimov (2022). MUSIQA SAN'ATINING HOZIRGI KUNDAGI ORNI. Scientific progress, 3 (2), 841-845.

15. Rustamov, I. (2022). DOYRA CHOLG'USIDA IJROCHILIK MAHORATINI OSHIRISHDA QOLLANILADIGAN MASHQLAR MOHIYATI. Science and innovation, 1(B6), 456-460.

16. Rustamov, I. (2022). The Place of Doira Instrument in Uzbek National Art. Eurasian Journal of Humanities and Social Sciences, 5, 74-77.

17. Rustamov, Ismoil (2023). DOIRA CHOLG'U IJROCHILIGIDA IJROVIY USULLARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (4), 74-79.

18. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

19. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

20. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

21. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2G23). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 2G4-2G7.

22. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2G23). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

23. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2G23). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

24. Malikova, D., & Ochilova, I. (2G23). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

25. Malikova, D., & Ochilova, I. (2G23). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

26. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299-3G5.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.