Kuzibayeva M.
Andijon davlat tibbiyot instituti
OLIY TA'LIMDA O'QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATNI
SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya. Maqolada oliy ta'limda tashkil qilinadigan zamonaviy darslarda o'qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirishga qo'yiladigan talablar yoritib berilgan. O'qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi va o'qituvchining innovatsion faoliyatiga nisbatan yondoshuvlari tahlil qilinadi
Kalit so'zlar: sifat ko'rsatkichi, gumanistik aksiologiya, akmeologik yondashuv, kreativ yondashuv, refleksiv yondashuv, shaxsning o'z-o'zini boshqarishi, pedagogik yangilik.
Kuzibayeva M.
Andijan State Medical Institute
FORMATION OF INNOVATIVE ACTIVITIES OF TEACHERS IN
HIGHER EDUCATION
Annotation. The article highlights the requirements for the formation of innovative activities of teachers of higher educational institutions in the modern educational process. The sociocultural, intellectual and moral abilities of the teacher's personality are of great importance, and the teacher's approach to innovation is analyzed.
Key words: quality indicator, humanistic axiology, acmeological approach, creative approach, reflective approach, personal self-government, pedagogical novelty.
Innovatsion ta'lim - bu bo'lajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo'lib, u avval olgan bilimlar asosida ta'limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. Unda ta'lim -tarbiyada yangicha sifat ko'rsatkichiga erishib, yuqori samaradorlikni qo'lga kiritish amalga oshiriladi va ijodkorlikka yo'naltiriladi hamda ta'lim texnologiyalarini yangicha sifat bosqichiga ko'tarish, shuningdek, ta'lim -tarbiyada zamonaviy yondashuvlarni tashkil qilib borishni ta'minlaydi.
Innovatsion ta'limda zamon bilan hamnafas ta'lim texnologiyalarini yaratish bilan shug'ullanishga doim imkoniyat yaratilib boriladi.Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:
- madaniyatshunoslik jihatidan (insonni bilishning ustuvor rivoj-lanishi) yondashuv;
- shaxsiy faoliyat jihatidan (ta'limdagi yangi texnologiyalar) yondashuv;
- ko'p subyektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;
- individual - ijodiy (o'qituvchi va talabalarning o'zaro muno-sabatlari) yondashuv.
Oliy maktabda innovatsion faoliyatning subyekti o'qituvchi hisoblanadi. Bunda o'qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi va o'qituvchining innovatsion faoliyatiga nisbatan yondoshuvlari quyidagicha talqin qilinadi
Gumanistik aksiologiya - aksiologiyaga insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan -bir maqsadi sifatida qaraydi. Innovatsion faoliyatga aksilogik yondoshuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar majmuasini anglatadi.
Akmeologikyondashuv - akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan yetuk, eng yaxshi davr degan manolarni bildiradi.
Kreativ yondashuv - termini AQSHda XX asrning 60-yillarda paydo bo'ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko'nikmalar hosil qilish qobiliyati, hislatilini bildiradi.
Refleksiv yondashuv - (lotincha reflixio - ortga qaytish) subyektning o'z (ichki) psixik tuyg'u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Innovatsion pedagogik jarayonning muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini boshqarishi va o'zini- o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo'nalishlaridan biri talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
Bunday yo'nalish talabalarning o'quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.
Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o'qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. O'qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi.
O'qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi.Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
- kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
- me'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
- kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
- dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
- o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilish-larini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Demak, o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsep-siyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o'qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
• ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo o'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
• pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati va xislatlari bilan belgilanadi:
•shaxsning ijodiy-motivatsion yo'nalganligi, bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;
• kreativlik, bu - xayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;
• kasbiy faoliyatni baholash, bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati;
•mualliflik konsepsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati;
• o'qituvchining individual qobiliyati, bu - ijodiy faoliyat sur'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o'ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o'qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi:
• innovatsion foliyatga bo'lgan zaruriyatni anglash;
• ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
• shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
• ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni yengishga shaylik;
• innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
• innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka ta'siri;
• kasbiy refleksiyaga bo'lgan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o'qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri - o'qituvchi shaxsidir. O'qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg'ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o'ch bo'lishi lozim.
O'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim:
• yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
• yangicha harakat qila olishga o'rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o'quv-bilish faoliyati va uni boshqarish alohida ahamiyatga ega. Innovatsiya jarayonlari, ularning funksiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshirish texnologiyalari, boshqarish tamoyillarining pedagogik asoslarini o'rganish oliy maktab o'quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
Adabiyotlar:
1. N.Egamberdiyeva.Ijtimoiy pedagogika. - T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2009.
2. N.N.Azizxodjayeva "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat" Cho'lpon: 2005y
3. O'.Tolipov, M.Usmonboyeva "Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari" Toshkent: 2006y.
4. Кузибаева М.М. «Экономика и социум» Электронное научно -практическое периодическое международное издание. № 7 (74) 2020 стр 213-217.