Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA IJTIMOIY FANLARDAN TARBIYA FANINI O‘QITISHDA FITRATNING “OILA“ ASARINING AHAMIYATI'

OLIY TA’LIMDA IJTIMOIY FANLARDAN TARBIYA FANINI O‘QITISHDA FITRATNING “OILA“ ASARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pedagogik ta’lim / tarbiya / talaba / mustaqil hayot / ilmiy-nazariy / asos / takomillashtirish / Abdurauf Fitrat / oila / ehtiyoj / baxtli bo‘lish / davlat / jamiyat / kuch / imkoniyat / yoshlar / o‘z fikri / yuksak ma’naviyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ismoilova Marhabo Hamitovna

maqolada muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta’limda talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish,Abdurauf Fitratning“Oila” asari asosida ijtimoiy oila ko‘nikmasiga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro tadqiqotlar ham talabalar hayotiy ko‘nikmalarning rivojlanganlik darajalarini turli aspektlarda tekshirib ko‘rilmoqda. Jumladan, talabalarni oilaga tayorlashda ijtimoiy pedagogik ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishda amaldagi Pedagogika nazariyasi va tarixi, Ijtimoiy pedagogka, Tarbiya darsliklari o‘zi bilan chegaralanib qolinmoqda. Xulosa qismida talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini Oila asari asosida metodik takomillashtirish bo‘yicha takliflar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA IJTIMOIY FANLARDAN TARBIYA FANINI O‘QITISHDA FITRATNING “OILA“ ASARINING AHAMIYATI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

OLIY TA'LIMDA IJTIMOIY FANLARDAN TARBIYA FANINI O'QITISHDA FITRATNING "OILA" ASARINING AHAMIYATI

Ismoilova Marhabo Hamitovna

TAFU Pedagogika kafedrasi katta o'qituvchisi marhaboi576@gmail.coM https://doi.org/10.5281/zenodo.13292366 Annotatsiya: maqolada muhim ahamiyatga ega bo'lib borayotgan zamonaviy pedagogik ta'limda talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, Abdurauf Fitratning "Oila" asari asosida ijtimoiy oila ko'nikmasiga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Xalqaro tadqiqotlar ham talabalar hayotiy ko'nikmalarning rivojlanganlik darajalarini turli aspektlarda tekshirib ko'rilmoqda. Jumladan, talabalarni oilaga tayorlashda ijtimoiy pedagogik ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda amaldagi Pedagogika nazariyasi va tarixi, Ijtimoiy pedagogka, Tarbiya darsliklari o'zi bilan chegaralanib qolinmoqda. Xulosa qismida talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini Oila asari asosida metodik takomillashtirish bo'yicha takliflar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Pedagogik ta'lim, tarbiya, talaba, mustaqil hayot, ilmiy-nazariy, asos, takomillashtirish, Abdurauf Fitrat, oila, ehtiyoj, baxtli bo'lish, davlat, jamiyat, kuch, imkoniyat, yoshlar, o'z fikri, yuksak ma'naviyat.

Mamlakatimizda mustaqillik sharofati bilan oilaning ijtimoiy, manaviy, huquqiy asoslarini takomillashtirish, uning manfaatlarini himoya qilishni ta' minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Shuning uchun ham O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida "Oila — jamiyatning asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega1",— deb belgilab qo'yilgan. Oila -har bir xalq, millatning davomiyligini saqlaydigan, qadriyatlar barqarorligini ta'minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma'naviy, jismoniy barkamol qilib yetishtiradigan, ijtimoiy institutdir. Shunga ko'ra, o'zbekiston Respublikasining "Oila kodeksi"da: "Ota -ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o'z bolalarining sog' ligi, jismoniy, ruhiy, ma'naviy — axloqiy kamoloti haqida g' amxo'rlik qilishlari shart"2, deb takidlanadi. Jamiyat taraqqiyotida ma'naviy omillarning ahamiyati nihoyatda ortib borayotgan hozirgi davrda oilani mustahkamlash, qadriyatlar va ananalarni o'zlashtirish, uyg'unlashtirish har bir millatning birinchi darajali vazifasi bo'lib qolmoqda .Buning zamirida milliy tarbiyamiz namoyon bo'ladi.

Taraqqiyotning barcha davrlarida ham "Talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini qanday takomillashtirish kerak, Abdurauf Fitratning Oila asarini qanday o'rganish kerak?" degan eng muhim savolga hamisha javob izlab kelgan va bu jarayon uzluksiz davom etmoqda. Olimlar talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish mazmuni deganda o'rganish uchun tanlangan va talabalarning o'zlashtirishlari uchun metodik jihatdan ishlangan boy ijtimoiy, tarixiy qadriyatlar va tajribaning bir qismi sifatida tushunsa, boshqa bir guruh olimlar talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini

takomillashtirishda Abdurauf Fitratning "Oila" asari bilan birga uni o'rganish usullarini ham anglaydi.

Respublikamizda ham Abdurauf Fitratning "Oila" asari ijtimoiy kompetensiyaviy yondashuvga asoslanadi, ijtimoiy kompetensiyalar negizida har bir talabani mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishga doir alohida kompetensiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinadi. Tajribada talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, tarbiya fanlarini o'qitishda Abdurauf Fitratning "Oila" asarini pedagogik, metodik talablar asosida o'qitish yo'lga qo'yilmoqda. Abdurauf Fitratning "Oila" asari asosida talabalarga "Tarbiya" fanlarini o'qitishning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish, mamlakatimiz yoshlarini o'z fikrini bayon qila oladigan mustaqil fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo'yadi. OTM ta'lim tizimida talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashga zamin yaratish va mustaqil fikrlashga o'rgatish uchun ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishga samarali foydalanish, bilan bog'liq topshiriqlar mazmunini takomillashtirish zarurati mavjud.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PF-4958-son Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son qarori,O'zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 2020 yil 6 iyuldagi 422-son qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqolada muayyan darajada xizmat qiladi.

Zero, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli

1 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — T.:

O'zbekiston, 2003. 63 — modda.

3O'zbekiston Respublikasining "Oila kodeksiga sharhlar" — T.: Adolat, 2000. 142—144 — b.

PPSUTLSC-2024

. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE

55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I ™e^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"3, - deb ta'kidlanishi tarbiya ta'limi oldiga mamlakatimiz yoshlarini o 'z fikrini mustaqil hayotga tayorlashdek yuksak ma'naviyatli fikr sohiblari etib tarbiyalashdek dolzarb vazifalarni qo'yadi. OTMlarining Pedagogika darslarida ham,tarbiya darslarida ham, oliy ta'limda ham negadir Abdurauf Fitratning Oila asaridan samarali foydalanilmaydi bu talabalarga, mustaqil hayotga tayyorlay olmaslikka sabab bo'lmoqda.

Mustaqillik yillarida tarixiy tajribalardan foydalanishga kuchli ehtiyoj sezilmoqda. Talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashda Abdurauf Fitratning "Oila" asarini pedagogik tadqiq etish, oila tarbiyasiga bo'lgan ehtiyojni kuchaytirish - har bir xalqda doimiy muammo bo'lib, u muayyan millat va jamiyatda o'zining ijtimoiy pedagogoik xususiyatlariga ega. Shunga ekan, talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish va Abdurauf Fitratning "Oila" asari asosida oila tarbiyasining maqsad va vazifalarini anglay olish lozim.

Jamiyatning yetuk mahsuli, yaxshi fazilatlar va hayotiy kasb - hunarga ega bo'lgan barkamol shaxsni yetkazib berishdir. Talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirish va Abdurauf Fitratning "Oila" asarini tahlil etar ekanmiz asosan pedagogik turkum fanlar sirasiga mansub bo'lib, oila tarbiyasining vazifalari keng yoritilgan. D.Axatova., Abdujalilova Sh.A., M.E.Axmedova kabilarning pedagogik tadqiqotlari salmoqli o'rin tutadi. Adabiy ta'lim sohasida B.Ergashev4., B.Qosimov5., N.Karimov6., I.G'aniyev7., H.Boltaboyev, Sh.Vohidov, D.Toshqulov, Jumladan, professor B.Hosimov Abdurauf Fitratning ijtimoiy - siyosiy va adabiy faoliyati masalasiga, professor N.Karimov Abdurauf Fitratning ijtimoiy faoliyatiga yuksak baho beradi. I.G'aniyev Abdurauf Fitratning filologik faoliyatini uning she'riyati, adabiy asarlari va "Abulfayzxon" drammasi misolida tadqiq etib, nomzoddik dissertatsiyasi va "Abdurauf Fitrat drammalari poetikasi" (1998) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. H.Boltaboyev "XX asr

www.in-academy.uz

boshlari o'zbek adabiyotshunosligi va Abdurauf Fitratning ilmiy merosi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shuningdek, Abdurauf Fitratning ilmiy, adabiy merosini to'plab, uch jilddik kitob sifatida chop ettirgan. Abdurauf Fitrat merosi falsafa va huquqshunoslik nuqtai nazaridan ham tadqiq etilgan. Bu sohada B.Ergashev8 va D.Toshqulov9larning tadqiqotlari katta ahamiyatga egadir. Tarix fanlari doktori Sh.Vohidov Abdurauf Fitratning pedagogik xarakterdagi "Oila" asarini forschadan o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirgan (1998, 2001). Bu mutaxasislarni Abdurauf Fitratning ilmiy pedagogik merosiga murojaat qilishga undaydi. G'oyibova Sh.O. Abdurauf Fitratning ijtimoiy-falsafiy

qarashlarini10tadqiq etgan.

Jadid ma'rifatparvari. Abdurauf Fitratdir (1884— 1938). U oila tarbiyasiga oid maxsus risola yaratgan, bu risola o'z davrining Oila konsepti hisoblangan. Umuman, Abdurauf Fitrat ijodini har tomonlama, ayniqsa, talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishda, tarbiya fanlarini o'qitishda "Oila" asarini pedagogik muammolari nuqtai nazaridan tadqiq qilish dolzarb masalalardan biridir.

Abdurauf Abdurauf Fitratning ma'naviy -ma'rifiy, pedagogik merosi mustaqillik yillarida keng o'rganilmoqda pedagogika tarixi sohasida K.Hoshimov, S.Nishoinovalarning darsligi muhim ahamiyatga ega. "Pedagogika tarixi" fanidan darslik11 hamda M.E.Axmedova tomonidan "Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlari uchun" o'quv qo'llnmasi12da ilk bor Abdurauf Fitratning pedagogik merosiga metodik ilmiy baho berildi. Mazkur darslik va o'quv qo'llanmalar mustaqillik yillaridan keyin yaratilgan ilk metodik manbalardir.

"Pedagogika tarixi"ga oid Sharq mutafakkirlari va jadid ma'rifatparvarlari, jumladan, Abdurauf Fitratning pedagogik qarashlari hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan yondashilgan holda yoritilgan. Bundan tashqari, M.E.Axmedova tomonidan Pedagogika

3Mirziyoev Sh. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T.: O'zbekiston, 2016. -14-b.

4 Ergashev B. Iz istorii stanovleniya i razvitiya obshestvenno - politicheskix idey djadidizma, ideologiya mladobuxarsev: Tarix fanl.dokt. ... diss.avtoreferati. - Toshkent, 1993;

5 Qosimov B. Milliy uyg' onish. - Toshkent, Ma'naviyat, 2002. 349 -373 -b;

6 Karimov N. So'nggi so'z..A.Fitrat. Tanlangan asarlar. 2 jild. - Toshkent, Ma'naviyat, 2000. 203 -206 -b. 7G'aniev I. Abdurauf Fitrat: E'tiqod va ijod.- Toshkent, Kamalak, 1994. Abdurauf Fitrat dramalari poetikas Fil.fanl.dokt...diss. - Toshkent, 1998;

8H.Boltaboev XX asr boshlari o'zbek adabiyotshunosligi va Abdurauf Fitratning ilmiy

merosi:fil.fanl.dokt...diss.avtoreferati. -Toshkent, 1996.

9 Tashkulov D. Osnavniy napravleniya politiko - pravovoy misli narodov Uzbekistana vo vtoroy polovine XX -pervoe chetverti XX vv: Fals.fanl.dokt. diss.Avtoreferati, -Toshkent, 1995

10 G'oyibova Sh.O. Abdurauf Fitratning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini pedagogika fanlari nozodlik dissertatsiyasi. T.1998 y.143 b

11 K.Hoshimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Darslik.

12 G.Niyozov. M.E.Axmedova Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlar uchun oquv qo'llanma. T.2011

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

nazariyasi va tarixi nomli o'quv qo'llanmasi13da asosan Abdurauf Fitrat merosi ilmiy-metodik tarzda yoritilgan.

Abdurauf Fitrat pedagogik merosini o'rganish, umumlashtirish va tizimlashtirish uning pedagogik qarashlarining shakllanishiga ta sir qiluvchi jihatlarni ochib bergan, atoqli ma'rifatparvarning pedagogik faoliyati misolida uning O'zbekiston xalq maorifi tizimi va pedagogik fikrlar rivojlanishidagi o'rnini aniqlagan, Abdurauf Fitrat pedagogik qarashlarini mustaqil O'zbekiston Respublikasi siyosati va o'quv -tarbiya jarayoni vazifalariga uyg'unligi nuqtai nazaridan tahlil qilingan, pedagogik ta'limning zamonaviy tizimida Abdurauf Fitrat darsliklari, g'oyalari va nazariyalarining ahamiyatli jihatlaridan foydalanish yo'llarini belgilash muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy asoslangan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki ushbu maqolaning ilmiy ahamiyati pedagogik turkum fanlarni takomillashtirishda OTM larda "Tarbiya " fanini o'qitishda, talabalarni mustaqil hayotga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslarini takomillashtirishda Abdurauf Fitratning "Oila" asarida oilaga tayyorlash ta'limi mazmunini isloh qilish nuqtai nazaridan monografik tarzda tadqiq etilgani bilan belgilanadi. OTM pedagogik turkum fanlar darsliklari, o'quv qo'llanmalar, talabalarni oilaviy mustaqil hayotga tayorlash mexanizmlarini yaratishda, fan dasturlarini tuzishda, ma'ruza matnlarini tayyorlashda material, Tarbiya fanini o'qitish bo'yicha magistratura yo'nalishlari uchun pedagogik turkum fanlardan qo'llanmalar yaratish va o'qitishni yanada takomillashtirishda muhim manba bo'lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.

8. Sh.Olimov Fitrat merosini o'rganish. Ilmiy tadqiqot ishi. Turkiya 2022 yil. 314 bet

9. K. Xoshimov, Hasanov R. Abdurauf Fitrat. Pedagogika tarixi. - Toshkent, O'qituvchi, 1996 - 307 -320.

10. K.Hoshimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" Darslik.

11. G.Niyozov. M.E.Axmedova Pedagogika tarixidan seminar mashg'ulotlar uchun oquv qo'llanma. T.2011

12. M.E.Axmedova "Pedagogika nazariyasi va tarixi" nomli o'quv qo'llanma. T.2011

13. M.Xayrullayev. Ma'naviiyat yulduzlari ( Markaziy Osiyolik mashxur siymolar, allomalar , adiblar).T.1999 y

14. Axatova D. Abdurauf Fitratning ma'rifiy — pedagogik qarashlari. Ped.fan.nomz.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan disser.T.N.Qori — Niyoziy nomidagi O'zPFITI kutubxonasi. Inv. 1229693. — B.10

15. Sh.A.Abdujalilova A.Fitratning Oila tarbiyasiga oid qarashlari Ped.fan.nomz.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan disserT.2005.. — B.128

ADABIYOTLAR:

1. Ergashev B. Iz istorii stanovleniya i razvitiya obshestvenno - politicheskix idey djadidizma, ideologiya mladobuxarsev: Tarix fanl.dokt. ... diss.avtoreferati. -Toshkent, 1993;

2. Qosimov B. Milliy uyg' onish. - Toshkent, Ma'naviyat, 2002. 349 -373 -b;

3. Karimov N. So'nggi so'z. Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 2 jild. - Toshkent, Ma'naviyat, 2000. 203 -206 -b.

4. G'aniev I. Abdurauf Fitrat: E'tiqod va ijod.-Toshkent, Kamalak, 1994. Abdurauf Fitrat dramalari poetikas Fil.fanl.dokt...diss. - Toshkent, 1998;

5. H.Boltaboev XX asr boshlari o'zbek adabiyotshunosligi va Abdurauf Fitratning ilmiy merosi:fil.fanl.dokt...diss.avtoreferati. -Toshkent, 1996.

6. Tashkulov D. Osnavniy napravleniya politiko -pravovoy misli narodov Uzbekistana vo vtoroy polovine XX - pervoe chetverti XX vv: Fals.fanl.dokt. diss.Avtoreferati, -Toshkent, 1995

7. G'oyibova Sh.O.Abdurauf Fitratning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini pedagogika fanlari nozodlik dissertatsiyasi. T. 1998 y. 143 b

13 M.E.Axmedova "Pedagogika nazariyasi va tarixi" nomli oquv qo'llanma. T.2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.