Научная статья на тему 'YUQORI SINF O‘QUVCHI YOSHLARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK ASOSLARI'

YUQORI SINF O‘QUVCHI YOSHLARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
442
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / qadriyat / oilaga tayyorlash / jammiyat / farzand / namuna / millat / qatlam / oila psixologiyasi. / family / value / family preparation / society / child / example / nation / strata / family psychology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaymardanova, Dilafruz Almatovna

Har qanday zamon va makonda ham oilaning zimmasiga shaxs kamolotini ta’minlash borasida muayyan vazifalar yuklatiladi. Oila zimmasiga muayyan vazifalarning yuklatilishida jamiyat taraqqiyoti, u tomonidan shaxs kamolotiga qo’yiladigan talablar, aholining ijtimoiy turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar mazmuni, davlat siyosati hamda milliy rivojlanish maqsadlari inobatga olinadi.Ushbu maqolada yuqori sinf o’quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy pedagogic asoslari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL PEDAGOGICAL PRINCIPLES OF PREPARING HIGH SCHOOL STUDENTS FOR FAMILY LIFE

At any time and in any place, certain tasks are assigned to the family to ensure the development of the individual. When setting specific tasks for the family, the development of society, its needs for personal development, the social lifestyle of the population, the content of interpersonal relations, state policy, national development goals, and the information provided are taken into account.

Текст научной работы на тему «YUQORI SINF O‘QUVCHI YOSHLARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK ASOSLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

YUQORI SINF O'QUVCHI YOSHLARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK ASOSLARI

Shaymardanova Dilafruz Almatovna

Termiz Davlat pedagogika instituti Pedagogika va Psixologiya yo'nalishi 2 kurs magistranti.

Har qanday zamon va makonda ham oilaning zimmasiga shaxs kamolotini ta'minlash borasida muayyan vazifalar yuklatiladi. Oila zimmasiga muayyan vazifalarning yuklatilishida jamiyat taraqqiyoti, u tomonidan shaxs kamolotiga qo'yiladigan talablar, aholining ijtimoiy turmush tarzi, shaxslararo munosabatlar mazmuni, davlat siyosati hamda milliy rivojlanish maqsadlari inobatga olinadi.Ushbu maqolada yuqori sinf o 'quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ijtimoiy pedagogic asoslari haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: oila, qadriyat, oilaga tayyorlash, jammiyat, farzand, namuna, millat, qatlam ,oilapsixologiyasi.

At any time and in any place, certain tasks are assigned to the family to ensure the development of the individual. When setting specific tasks for the family, the development of society, its needs for personal development, the social lifestyle of the population, the content of interpersonal relations, state policy, national development goals, and the information provided are taken into account.

Key words: family, value, family preparation, society, child, example, nation, strata, family psychology.

Bugungi kunda O'zbekiston aholisining 62 foizini bolalar o'smirlar, xullas 30 yoshgacha bo'lgan yigit qizlar, ularning ma'lum qismini esa yosh oilalar tashkil etadi. Yosh oilalar jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'naviy yangilanishi va yuksalishini muhim sub'ektlaridan bo'lib, ijtimoiy hayotda ro'y berayotgan murakkab jarayonlarga o'z ta'sirini o'tkazishda va taraqqiyotni harakatda keltirishida muhim ro'l o'ynaydi. Shuning uchun hozirgi vaqtda yosh oilalarning ma'naviy-axloqiy va ruhiy olamini shakllantirish va rivojlantirishni chuqur va atroflicha tahlil etish ilmiy -amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan mustahkam oilalarni shakllantirish, onalik va bolalikni ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish, oilalarda jismonan sog'lom, ruxan baquvvat bo'lgan farzandlarning dunyoga kelishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, samarali ravishda oila tarbiyasini tashkil etish jarayonida oilalar bilan jamoatchilik o'rtasida mustahkam hamkorlikni

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

yuzaga keltirish masalalarini davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. 1993-yilning fevral oyida "Sog'lom avlod" ordenining ta'sis etilishi hamda "Sog'lom avlod" Davlat dasturi" ning qabul qilinganligi fikrimizning yorqin dalilidir.

Yuqori sinf o'quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiypedagogik xususiyatlarida quyidagi omillarga e'tibor qaratishimiz lozim. Jumladan:

- tafakkur nima? - (arab - fikrlar majmui) - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad - muddoalari ifodalangan g'oyaviy -nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

- milliy sifatlar nima? - mazmunan - mohiyati, maqsad va vazifalari hamda namoyon bo'lish xususiyatlarida o'z aksini topadi.

- milliy tamoyillar nima? - biror-bir ta'limot, dunyoqarashning asosiy, birlamchi qoidasi, boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy yo'nalishi.

- milliy xususiyatlar nima? - bu birinchi Prezidentimiz tomonidan ko'rsatib berilgan bo'lib, "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari" risolasida qisqa va muxtasar tarzda bayon qilgan. Ularning eng asosiy jihati - bu xususiyatlarning umuminsoniy mazmun-mohiyatida to'la-to'kis o'z aksini topgani bilan belgilanadi.

- milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog'liq qadriyat shakllari, milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi.

- milliy mentalitet. (lot. Meng - aql, idrok, zehn, fahm-farosat) - millatning tarixan shakllangan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, yashash va fikrlash tarzi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda kamolga yetgan qobiliyati va ruhiy quvvati. Bu tushuncha millatga xos an'analar, rasm-rusmlar, urf-odatlar, diniy e'tiqodni ham o'z ichiga oladi. O'z navbatida u muayyan millatga mansub kishining turmush tarzi, fikrlashi, dunyoqarashini ham bir qadar belgilaydi, gohida uni baholash uchun asos bo'ladi, chunki oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyasi nazariy va amaliy jihatidan Surxondaryo viloyatidagi, tumalardagi va hududlarda hamda umum ta'lim maktablarda 50 dan ortiq yashab turgan millat vakillari bilan olib borilgan davra suhbatlari, anketalar va test-savollari shuni ko'rsatadiki: russiy zabon oilalarda, qozoq oilalarda o'tkazilgan suhbatlarida do'stlik, birdamlik, mehroqibat kabi tarbiyaviy savollar bilan suhbatla-shildi, ularni o'zbek xalqiga bo'lgan munosabatlari yaxshi ekanligi ma'lum bo'ldi.

Yoshlarni psixolgik jihatdan oilaviy hayotga tayyorlash va faoliyatning samarali tashkil etilishi bir qancha ijtimoiy muammolarning ijobiy hal etilishiga o'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ta'sirini ko'rsatadi: -Jamiyatning ijtimoiy ma'naviy jihatdan rivojlanishini ta'minlaydi; - jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotining yuqori bosqichga ko'tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi; -mustahkam oilalarni shakllantirish, ularda sog'lom psixologik muhitni qaror toptirish, oila tarbiyasini samarali tashkil etish, farzandlar tarbiyasida muayyan muvaffaqqiyatlarga erishish, oilaviy mojaro, ajrimlarning oldini olish uchun zamin hozirlaydi. Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyat berilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabi allomalar bu masala yo'zasidan o'zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgacha o'z ahamiyatini yuqotmagan. Ular «Nasixatnoma», «Pandnoma», «Hikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbaalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi, oila muqaddas, uni avaylab asrash aynan uy bekalariga bog'liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan xodisalar hikoya qilinadi. «Kaykovus Unsurulmaoni - 63 yoshida o'g'liga atab «Qobusnoma» yozib, unda o'zining bola tarbiyasi, oilaviy hayot, shaxs kamoloti masalalarini bayon etdi. Mamlaktimizning yetakchi psixolog olimlaridan biri Vasila Karimova "Oila ma'rifati" ushbu risola muallifining "Oila ma'rifati" ruknida chop etilayotgan risolalarining dastlabkisi bo'lib, bu bevosita oilaviy hayot bo'sag'asida turgan yoshlar hamda endigina nikox qurib, yaxshi niyatlar bilan turmush qurgan kuyov va kelinchaklarga mo'ljallangan.

A.Avloniy "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir", degan fikri o'zbekning kun tartibidan tushmasligi lozim. Chunki avvalgiga o'xshab qariyalar keksalar yoshlarni odob axloqqa chaqirib yoshlar esa ularni hurmatlab, ularning o'gitiga amal qilish udumi yo'qolib bormoqda. Har kim o'zi bilan ovora birovning gapi birovga yoqmaydi. S.V.Kovolyov o'smir va qizlarda oila va nikoh tushunchalari haqidagi tasavvurlarga ega bo'lishlari juda muhimdir, deydi. Nikoh va sevgi tushunchalari 13-15 yoshli bolalarda qarama-qarshi tushunchalar ekanligi bilan ko'zatiladi, ya'ni ular sevgi va nikoh bir-biriga teskari tushunchalar ekan deb tushunadilar. Talabalardaumr yo'ldosh tanlashda sevgi tushunchasi faqat 4 o'rinda, ya'ni xurmat qilish, ishonch, bir-birini tushunish kabi xislatlardan keyin turadi. Yoshlar oilani jiddiy qabul qilmaydilar. Natijada juda ko'p xatoliklarga yo'l qo'yib, keyinchalik oilaning muhimligini psixologik tan oladilar. Bizning asosiy vazifamiz shuki, o'smirlarda oilaning qadrini, sevgi, nikoh oiladagi sevgini ro'li muhimligini va u uzoq va baxtli hayot garovi ekanligini o'qtirishdir

O'zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi iminjini, obro'-e'tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rish va uni amalda bajarish kun talabidir. O'zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadigan yana bir yo'nalish sifatida jahon siyosiy va iqtisodiy tizimida yetakchi o'rin tutgan modernizatsiya jarayonlari uchun kerakli ilg'or texnologiyalar manbai sinalgan, sanoati rivojlangan G'arb davlatlari bilan ko'p qirrali hamkorlik, rivojlantirish masalasiga e'tibor qaratilgan. Tashqi siyosatimizning yana bir asosiy ustuvor yo'nalishlari qatoriga global siyosiy va iqtisodiyotda tobora asosiy o'rinlardan birini egallab borayotgan Osiyo Tinch okeani mintaqasi tushunchalari kiritilgan. Tashqi siyosatimizning muhim ustuvor yo'nalishlaridan yana bir sifatida O'zbekistonning xalqaro va mintaqaviy faoliyatidagi ishtiroki ko'rsatilgan va asoslangan.

Yosh ota-ona nikohdan o'tmasdan avval oilaviy hayotni tashkil etish hamda farzandlar tarbiyasini yo'lga qo'yishga psixologik jihatdan tayyor bo'lishlari zarur. Nikohdan keyin esa bu boradagi mas'uliyatni yanada teran his etgan holda o'z ustilarida izlanishlari, farzand tarbiyasini to'g'ri tashkil etish borasidagi ma'lumotlarni o'zlashtirishga e'tibor qaratishlari maqsadga muvofiqdir. Biroq. ayni o'rinda shuni ham aytib o'tish joizki, oilaviy hayotga qadam qo'yayotgan yoshlarning barchasi ham bu borada etarlicha pedagogik bilimlarga ega emas. Bu esa ota-onalarni kerakli o'quv adabiyotlari bilan ta'minlash, mazkur adabiyotlarni o'qib-o'rganishni ular orasida keng tashviq etishni talab etadi.

REFERENCES

1. Inomova M. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi. - Toshkent: O'qituvchi, 1998. - 258 b.

2. Karimova V. Oila psixologiyasi. - Toshkent. O'qituvchi, 2007. - 316 b

3. Karimova O. Oila huquqi asoslari - Toshkent: "O'qituvchi", 2003. 154 b.

4. Karimova V. Oilaviy hayot psixologiyasi - Toshkent: Fan, 2006. 142 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.