Scientific Journal Impact Factor
R
OILA BARQARORLIGINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Eshmuradov Olmosbek Elamanovich Jizzax viloyatxalq ta'limixodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi O'zbekiston Respublikasi Pedagogika vapsixologiya, ta'lim texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi
Annotatsiya: O'zbek oilasining mustaqillikdan keyingi holati, taraqqiyoti, jamiyatimizda mustaqillikdan keyin oila barqarorligini ta 'minlash, oilalarni ijtimoiy himoyalashda olib borilgan ishlar, oila qonunchiligida yuzaga kelgan o'zgartirish va qo 'shimchalar kabi masalalar bugungi kunda dolzarblik kasb etmoqda. Oilada baxtli hayot kechirishga har bir o'g'il va qiz bolani erta o'rgatish, buning uchun uning ongida oila muqaddasligi va qadrli ekanligi tushunchasini shakllantirishi zarur. To'g'ri, o'spirin yoshdagilarning bunday tasavvurga ega bo'lishi qiyin albatta, chunki oila-nikoh munosabatlarining o 'ziga xosligini bilish, ikir-chikir muammolarini tushunish masalasi ko'pgina hayot tajribasi va bilimni talab qiladi. Biroq, u nikoh qurish yoshiga ancha yetmasdanoq oilaning asosiy mazmunini tashkil etadigan omillarni tushuna olishlari kerak.
Kalit so'zlar: oila, ijtimoyi himoyalash, baxtli hayot, oiladagi sog'lom muhit.
Senior Lecturer of the Department of Pedagogy and Psychology, Educational
Abstract: The post-independence status of the Uzbek family, its development, ensuring the stability of the family in our society after independence, the work carried out in the social protection of families, changes in family law and additional issues are on the agenda today. It is necessary to teach every boy and girl early to live a happy life in the family, to form in his mind the concept of the sanctity and value of the family. It is true that it is difficult for adolescents to have such an idea, of course, because it takes a lot of life experience and knowledge to know the specifics
FACTORS FORMING FAMILY STABILITY
Eshmuradov Olmosbek Elamanovich
Technologies
Retraining of public educators of Jizzakh region and a regional center for their professional development Republic of Uzbekistan
Scientific Journal Impact Factor
R
of family and marriage relationships, to understand the intricacies of marriage. However, before they reach the age of marriage, they need to understand the factors that make up the family.
Keywords: family, social protection, happy life, healthy family environment.
Mustaqil o'zbek davlatchiligini va milliy huquqiy tizimini shakllantirishning o'ziga xos va o'ziga mos yo'li boy ma'naviy-huquqiy negizlari asoslanadi. O'zbekiston davlati va huquqining poydevori - milliy davlatchiligimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkamdir. U uch ming yillik tarixga ega. Qadim Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini rivojlanishida yorqin iz qoldirgan.
Bizning davlatimiz ko'hna So'g'diyona va Xorazmdan boshlab, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar davlatlari va o'zbek xonliklarining davlat boshqaruv tajribasini, xalqimizning butun milliy, tarixiy, huquqiy, ma'naviy amaliyotini hamda uning mustaqil davlatiga ega bo'lish kabi asriy orzularini o'zida mujassamlashtirgan. Hozir, XXI asr boshida O'zbekiston Respublikasi yangi davlatchiligining qaror topishida umumjahon va milliy davlatchilik taraqqiyoti qonuniyatlari uzviy ravishda uyg'unlashdi
Jamiyat hayotining o'zgarishi, ma'lum jihatdan oilaga, uning a'zolariga bog'liq bo'lganligi bois, bu muammoni o'rganish va tahlil etish dolzarb jarayon hisoblanadi. Har bir millat oila va u bilan bog'liq jarayonga alohida e'tibor qaratib, oila haqidagi bilimlarni, tasavvurlarni va qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazib kelmoqdalar.
Oila - ijtimoiy institut sifatida uning a'zolari yoshi, kasbi, farzandlarning soni, nikoh yoshi, er-xotinlarning milliy mansubligi, hududiy jihatdan yashash joyini inobatga olgan holda tasniflanadi va o'rganiladi.
Oiladagi muhitning sog'lomligi avvalo ayolga bog'liq bo'lganidek, jamiyatdagi ma'naviy muhitning sog'lomligi bevosita oilaga va oila tarbiyasiga ma'sul bo'lgan onaga bog'liqdir. Bo'lajak onalarimiz esa hozirgi kunning yosh qizlaridir. Qomusiy olimlarimizdan biri Abu Abdulloh Rudakiyning "Qaysi bir millatni yakson qilmoqchi bo'lsangiz, ularning qizlarini - bo'lajak onalarni tarbiyadan chiqaring. Qaysi bir millatni yuksaltirmoqchi bo'lsangiz, ularning qizlarini - bo'lajak onalarini chiroyli tarbiyaga, go'zal axloqqa o'rgating" degan fikri hozirgi kunning ham dolzarb mavzularidandir. Millatning qizlari ilmli, tarbiyali hamda aqlli, oilaviy hayotga nisbatan har tomonlama tayyor bo'lsa, oiladaga muhit ham sog'lom va oila mustahkam, farovon bo'ladi. Shuning uchun qizlarning oilaviy hayotga ma'naviy-
KIRISH
psixologik tayyorgarlik holati, ulaming psixologik yetukligi muhim ahamiyatga egadir.
METODOLOGIYA
Oila qadriyatlariga o'smirlik yoshidagi bolalarning munosabatini o'rganish uchun ularni kengroq ijtimoiy muhit doirasida o'rgandik va buning uchun biz Rokich tomonidan taklif etilgan qadriyatlarni o'rganish metodikasining o'zbek tiliga o'girilgan variantidan foydalandik. Ushbu metodika o'z ichiga olgan qadriyatlarga munosabat testini tanlovda ishtirok etgan to'liq va noto'liq oila farzandlariga taqdim etib, har bir qadriyatning ular uchun qanchalik qadrliligi nuqtai nazaridan baholab berish vazifasini qo'ydik.
Insonning psixologik yetukligi bu o'z oldiga erishishi muqarrar bo'lgan va imkoniyatlari yetarli bo'lgan maqsadlarni qo'yishi, turli yashash sharoitlariga moslashish, turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay olishidir. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda shakllanmaydi. Ular oilada qizlarga berilgan tarbiya ta'sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Qiz bola turmush qurgandan so'ng uning ijtimoiy muhitdagi mavqie tubdan o'zgarishi asosida unga nisbatan boshqalarni va o'z-o'ziga bo'lgan munosati o'zgarishi kuzatiladi. Mazkur o'zgarishga nisbatan o'zida ishonchni shakllantira olgan qiz bola yangi oilasida qisqa muddatda o'z o'rniga ega bo'la oladi. Oila qurishga o'zida ishonchni shakllantirishiga eng asosiy turtki rolini o'ynovchi omillardan biri bu - o'z-o'ziga yo'riqnoma berishi ya'ni, oilaga tayyorlik holatining har tomonlama o'stirish hisoblaniladi. Yangi kelinlik mavqega moslashish albatta, tajriba va bilimlarga asoslanadi. Shularga ko'ra, har qanday turmush qurish yoshiga yetgan qiz o'zining yutuqlari va kamchiliklarini tafakkurida aqlan tahlil qilib o'zi kelin bo'lgach amalga oshiradigan xatti-harakatlarini tassavur eta olishi kerak.
Sizningcha, oilani mustahkamligida qanday omillar muhim?" nomli savolga bergan javoblari ko'rsatgichi.
Sizningcha, oilani mustahkamligida qanday omillar muhim?
№ Javoblar %
A. Oilada bir-birini tushuna olish 45%
V. Moliyaviy farovonlik 2%
S. Muhabbat va ehtiros 5%
D. Mehr, ishonch, sadoqat 38%
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
E. Mustahkam e'tiqod 5%
F. Milliy qadriyatlar 3%
G. Hammasi 2%
Jami 100%
XULOSA
Yuqoridagilarni muxtasar qilib ta'kidlash mumkinki, tadqiqotimizda qatnashgan qizlarning oila haqidagi tushuncha va tasavvurlari mustahkam va barqaror oilaviy munosabatlarni ta'minlash bo'yicha ma'naviy-ma'rifiy va psixologik jihatdan yetarli emasligi ayon bo'ladi. Ammo shunga qaramasdan, ularda mustahkam oila qurish istagi yuqoriligi kuzatiladi. Zero, ularning o'z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlari qanchalik reallikka yaqin bo'lsa, oila mustahkamligini ta'minlash imkoniyati shuncha oshadi.
O'zbek oilasining taraqqiyoti va barqarorligi, nikohning qadriyat sifatida avloddan-avlodga o'tib kelish jarayoni tadrijiy tamoyillarga, jamiyat taraqqiyotining ustivor yo'nalishlariga bog'liq holda ro'y beradi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotiga doir tamoyillar va qadriyatlar oilalar rivojining ma'naviy-mafkuraviy asosi rolini o'ynaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: (REFERENCES)
1. Oila psixologiyasi: Darslik. Pedagogika oliygohlari talabalari uchun // V.M. Karimova. - T.: "Fan va texnologiya", 2008 - 170 b
2. Jabborov I. O'zbeklar: turmush tarzi va madaniyati. Toshkent: 2003.- B. 67-95. -208 b.
3. S.B Qoraev, I.S Joldasov Kasb-hunar maktablari faoliyatini amaliy mashg'ulotlar samaradorligini oshirish orqali takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences 2
4. G'oziev E., To'laganova G. Pedagogik psixologiya asoslari: O'quv-metodik qo'llanma. - T.: «Universitet», 1997. - 80 b.
5. Эйдемиллер Э.Г., Юстеский В.В. Семейная психотерапия. - Л., 1989. - 192с.
6. Холматова М., Муравьева Н. Ёшлар оилавий хдёт бусагасида -Тошкент: Узбекистон, 2000.
7. S.B. Koraev Recommendations on Effective Organizing Training and Production Complexes at Secondary Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal
8. Samaridin Barakayevich Qorayev, Marjan Smatillayevna Janbayeva. (2021). Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. academic research in educational sciences, 2(4).
9. Samaridin Barakayevich Qorayev, Sarvinoz Baxtiyorovna Allayorova. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2).
10. Кораев, с.б. (2018). Умумий урта таълим муассасаларида укув-ишлаб чикариш мажмуаларини ташкил этишнинг долзарблиги. Таълим, фан ва инновация 4, 28-31.
11. M. Tilakova, S. Qoraev. (2020). Recommendations for students'creative ability development. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.
12. Мавжуда Тилакова, Самариддин Кораев, (2020). Укувчилар креативлик кобилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар. Academic research in educational sciences, 4.
13. Ахмедов, Б. А. (2021). Задачи обеспечения надежности кластерных систем в непрерывной образовательной среде. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 1(22), 15-19.
14. Ахмедов, Б. А. (2021). Динамическая идентификация надежности корпоративных вычислительных кластерных систем. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 495-499.
15. Ахмедов, Б. А. (2020). О развитии навыков интерактивных онлайн-курсов в дистанционных условиях современного общества (модель-программа для преподавателей образовательных учреждений). Universum: технические науки, 12-1 (81).
16. Akhmedov, B. A. (2021). Cluster methods for the development of thinking of students of informatics. Academy, 3(66), 13-14.
17. Akhmedov, B. A. (2021). Innovative cluster model for improving the quality of education. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 528-534.
18. Akhmedov, B. A. (2021). Information technologies in Cluster systems: a competence approach. Universum: технические науки, 4 (85
19. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. Eurasian Education Science And Innovation Journal, 3(10), 97-100.
20. Akhmedov, B. A. (2021). Development of network shell for organization of processes of safe communication of data in pedagogical institutions. Scientific progress, 1(3), 113-117.