Научная статья на тему 'YUQORI SINF O‘QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA OMILLARI'

YUQORI SINF O‘QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
212
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / ota-ona / sifat / farzand / namuna / millat / qatlam / din vakil / guruh / ijtimoiy hodisa / mazmun / bo‘lmog‘i darkor / ruhiy-ma’naviy / millat / xalq / jamiyat / kuch / yuksak ishonch / e’tiqod. / family / parents / quality / child / example / nation / stratum / representative of religion / group / social phenomenon / content / necessary / spiritual-spiritual / nation / people / society / strength / high confidence / faith.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mamaraimova, Z.Sh.

Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari va omillari yuzasidan fikrlar bayoni keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS AND FACTORS OF THE PROCESS OF PREPARING HIGH SCHOOL STUDENTS FOR FAMILY LIFE

This article presents a statement of opinions on the socio-pedagogical features and factors of the process of preparing high school students for family life.

Текст научной работы на тему «YUQORI SINF O‘QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

YUQORI SINF O'QUVCHILARINI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI VA

OMILLARI

Z.Sh. Mamaraimova

Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada yuqori sinf o 'quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlari va omillari yuzasidan fikrlar bayoni keltirilgan.

Kalit so'zlar: oila, ota-ona, sifat, farzand, namuna, millat, qatlam, din vakil, guruh, ijtimoiy hodisa, mazmun, bo'lmog'i darkor, ruhiy-ma'naviy, millat, xalq, jamiyat, kuch, yuksak ishonch, e'tiqod.

ABSTRACT

This article presents a statement of opinions on the socio-pedagogical features and factors of the process ofpreparing high school students for family life.

Key words: family, parents, quality, child, example, nation, stratum, representative of religion, group, social phenomenon, content, necessary, spiritualspiritual, nation, people, society, strength, high confidence, faith.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yildi. Ona tili - millatning ruhi o'zlikni anglash, milliy ong va tafakkur, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo'ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Bu - uzoq va yaqin qo'shnilarimiz bilan hamjihatlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash, jahon hamjihatligi bilan hamohang bo'lib yashash va unda o'zimizga xos, o'rinni egallab olishdek ezgu maqsadlardir.

Yuqori sinf o'quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarida quyidagi omillarga e'tibor qaratishimiz lozim. Jumladan:

- tafakkur nima? - (arab - fikrlar majmui) - muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad - muddoalari ifodalangan g'oyaviy -nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi.

- milliy sifatlar nima? - mazmunan - mohiyati, maqsad va vazifalari hamda namoyon bo'lish xususiyatlarida o'z aksini topadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

- milliy tamoyillar nima? - biror-bir ta'limot, dunyoqarashning asosiy, birlamchi qoidasi, boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy yo'nalishi.

- milliy xususiyatlar nima? - bu birinchi Prezidentimiz tomonidan ko'rsatib berilgan bo'lib, "Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari" risolasida qisqa va muxtasar tarzda bayon qilgan. Ularning eng asosiy jihati - bu xususiyatlarning umuminsoniy mazmun-mohiyatida to'la-to'kis o'z aksini topgani bilan belgilanadi.

- milliy qadriyatlar - millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog'liq qadriyat shakllari, milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi.

- milliy mentalitet. (lot. Meng - aql, idrok, zehn, fahm-farosat) - millatning tarixan shakllangan tafakkur darajasi, ma'naviy salohiyati, yashash va fikrlash tarzi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda kamolga yetgan qobiliyati va ruhiy quvvati. Bu tushuncha millatga xos an'analar, rasm-rusmlar, urf-odatlar, diniy e'tiqodni ham o'z ichiga oladi. O'z navbatida u muayyan millatga mansub kishining turmush tarzi, fikrlashi, dunyoqarashini ham bir qadar belgilaydi, gohida uni baholash uchun asos bo'ladi, chunki oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyasi nazariy va amaliy jihatidan Surxondaryo viloyatidagi, tumalardagi va hududlarda hamda umum ta'lim maktablarda 50 dan ortiq yashab turgan millat vakillari bilan olib borilgan davra suhbatlari, anketalar va test-savollari shuni ko'rsatadiki: russiy zabon oilalarda, qozoq oilalarda o'tkazilgan suhbatlarida do'stlik, birdamlik, mehr-oqibat kabi tarbiyaviy savollar bilan suhbatla-shildi, ularni o'zbek xalqiga bo'lgan munosabatlari yaxshi ekanligi ma'lum bo'ldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ko'p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish texnologiyalarini o'rganish tarbiyaning milliy sifatlari mazmun-mohiyati, maqsad vazifalari quyidagi asosiy sifatlar omili bilan cheklanadi:

- insonlar ongida tarixiy xotirani uyg'otish, o'tmishdan saboq olish va o'zlikni anglash mezonini ishlab chiqilishi;

- xalqimizni tub maqsadlari irodasi va jamiyat a'zolarini birlashtiruvchi g'oyaviy bayroq vazifasini anglab yetish;

- inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyg'ular, go'zal va hayotiy g'oyalar tizimini o'zida mujassam etmog'i lozim;

- har bir millat va fuqarolik ezgu niyatlarini ro'yobga chiqarishiga imkon beradigan eng maqbul yo'lni ko'rsata olish omillari;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e'tiqodning manbai bo'lishi kerak;

- O'zbekiston yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo'lishi zarur;

- Mamlakatimiz aholisi va boshqa millatlar ongida va qalbida "O'zbekiston -yagona Vatan" degan tuyg'uni yuksak darajada takomillashtirishga xizmat qilinishi;

- turli millat, qatlam, din vakillari, siyosiy partiya va ijtimoiy guruhlar mafkurasidan ustun turadigan sotsial fenomen-ijtimoiy hodisa mazmuniga ega bo'lmog'i darkor;

- biror-bir dunyoqarashni mutlaqlashtirmaslik yoki biron-bir kuch, partiya yoki guruh qo'lida siyosiy qurolga aylanmaslik;

- har qanday ilg'or g'oyani o'ziga singdirishi va har qanday yovuz g'oyaga qarshi javob olishi mumkin;

- sub'ektivizm, vamonterizm kabi illatlardan xoli va jamoatchilikning xolis fikriga tayanuvchi ob'ektiv mafkura bo'lishi zarur;

- so'z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtirish olishi imkon qadar maqsadga muvofiq bo'lishi kerak;

- davr o'zgarishlariga qarab, o'zi ifodalaydigan g'oya, manfaat, maqsad-muddolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olish, ya'ni yangicha vaziyatga tez moslashadigan hozir javob va ijodiy asoslanishi kerak;

milliy sifatlar mafkurasi ana shu qayd etilgan sifatlarni ko'p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarni takomillashtirishga ega bo'lgan taqdirdagina jamiyat hayotida yetakchi ma'naviy-ma'rifiy omilga aylanishi va kutilayotgan muhim vazifalarni bajara olishi mumkin bo'lgan e'tiqodga ega bo'ladi.

Millatimizdagi jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi kabi demokratik tamoyillariga rioya qilgan holda ma'rifat yo'l bilan singdiriladi.

O'tmishda xalqimiz butun insoniyatning moddiy va ma'naviy madaniyatini o'zining bebaho durdonalari bilan boyitgan. Ammo, mustabid tuzum davrida u o'z tarixini, an'analarini, madaniyatini, urf-odat va qadriyatlarini to'la-to'kis o'rganish imkoniyatidan mahrum edi. Chunki, o'sha davrda biron-bir millatning tarixi, milliy madaniyatini rivojlantirish hukmron mafkura maqsadlariga tubdan zid edi.

Milliy istiqlol mafkurasi mamlakatimiz fuqarolarining asrlar davomida shakllangan, ma'naviyati, urf-odatlari, an'analari va qadriyatlaridan oziqlanadi.

Oilada ota-onalar o'zlarida quyidagi sifatlar bilan o'z farzandlariga namuna bo'lishlari lozim:

- Ota-onalarning axloqiy jihatdan shaxsan namuna bo'lishlari.

- O'zlariga topshirgan ishni mas'uliyat bilan bajarishlariga.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- Bolalar tarbiyasidagi burchlarini mas'uliyat bilan his qilishlariga va bajarishlariga.

- Mehnatda shaxsan namuna ko'rsatishlariga.

- Barcha farzandlarini teng ko'rishga.

- Farzandlarining harakter xususiyatlarini yaxshi bilishga.

- Bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishning turli xil metod, usul va vositalarini yaxshi bilish hamda ulardan oqilona foydalana olishga.

- O'z obro'sini oilada doimo saqlashga.

- Farzandlarini doimo mehnat topshiriqlari bilan band qilishlariga va talabchanliklariga.

- Oila xo'jaligini mohirlik bilan boshqara olishlariga.

- Oila tarbiyasini ijtimoiy tarbiya bilan bog'lab olib borishiga.

- Ota- ona talablarida birlikning bo'lishiga.

- Ota-onalarning oilani iqtisodiy ta'minlashga va hokazo.

O'zbekistonning mintaqada va xalqaro maydonda tinchlik hamda barqarorlikni

mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbuslarini izchillik bilan ilgari surish, mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi iminjini, obro'-e'tiborini yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko'rish va uni amalda bajarish kun talabidir.

O'zbekiston tashqi siyosatida ustuvor ahamiyat kasb etadigan yana bir yo'nalish sifatida jahon siyosiy va iqtisodiy tizimida yetakchi o'rin tutgan modernizatsiya jarayonlari uchun kerakli ilg'or texnologiyalar manbai sinalgan, sanoati rivojlangan G'arb davlatlari bilan ko'p qirrali hamkorlik, rivojlantirish masalasiga e'tibor qaratilgan.

Tashqi siyosatimizning yana bir asosiy ustuvor yo'nalishlari qatoriga global siyosiy va iqtisodiyotda tobora asosiy o'rinlardan birini egallab borayotgan Osiyo Tinch okeani mintaqasi tushunchalari kiritilgan.

Tashqi siyosatimizning muhim ustuvor yo'nalishlaridan yana bir sifatida O'zbekistonning xalqaro va mintaqaviy faoliyatidagi ishtiroki ko'rsatilgan va asoslangan.

Mumtoz adabiyotimizning vakillari bo'lish shoirlarimizga otinoylar muallimlik, murabbiylik va ustozlik qilishgan. X asrdayoq Turkistonda dongdor shoiralarimiz yetishib chiqqani bilan Faxrlansak arziydi. X asrda yashab, ijod etgan Robia Balxiy, XI asrda yashagan Oysha Samarqandiy, XII asrda yashagan Munisa, XIII asrda yashagan Mutriba begimlarning nomlari ajoyib shoiralar sifatida tarixda qolgan. Mehriy, Nihoniy, Iffatiy, Shamila, Gavharbegim, Dilshod Xotut kabi shoirlarimiz esa Alisher Navoiyga zamondosh bo'lishgan. Boburiylar xonadoniga mansub sohibali

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

devon Zebinisobegim, Gulruhbegim, Nurjahon, Jahonoro, Salima kabi o'nlab shoirlari "Boburnoma"ning uzviy davomi bo'lish "Humoyunnoma"ning muallifi Gulbadanbegim ham ilk saboqni otinoylardan olishgan shoira va otin Uvaysiy shoira va Malika Nodiraning ustozidir. Shoira Anber otin qanchalab marg'uba qizlarning savodini chiqazgan. Muazzamxonim, Nozimaxonim, Qambarniso kabi o'nlab shoiralarimiz ham umum ta'lim maktab maktablarida Otinoyilar qo'lida ta'lim olganlar[5, 190].

O'zbek ayollari qadim-qadimdan o'zining ibosi, oriyat, or-nomusi bilan o'zgalarga o'rnak bo'lgan. Ta'bir joiz bo'lsa aytish kerakki, o'zbek ayollari jamiyatni poklantiruvchi kuch bo'lishgan. Shuning uchun ham, sharq, xususan, o'zbek ayollariga chuqur hurmat bajo keltirilgan. Muborak hadislarda "Jannat - onalarning oyog'i ostidadir", deb aytilishining boisi ham shundandur. O'zbek ayollari qadimda to'rt devor ichida o'tirgan bo'lsalarda, biroq ular davlat rahbarlari, oila boshliqlariga to'g'ri siyosatni tanlashda, uni adolatli ravishda amalga oshirishda yelkadosh bo'lishgan.

O'qimishli, ma'rifatli ayollarimiz xo'jalikni, oilani saramjom-sarishta tutishda, farzand tarbiyasida, oila deb nomlangan qo'rg'onni turli fisqu fasodlardan, tahdidlardan saqlashda, uning muqaddasligi va sofligini ta'minlashda erkaklar bilan teng faoliyat ko'rsatishganlar. O'zbek ayollarining jamiyatdagi o'rnini bobomiz Mir Alisher Navoiy klassik shaklda bayon etgan. U: "Yuz tuman nopok erdin yaxshiroq: Pok xotunlar oyog'ining izi"[4, 90], - deydi. Haqiqatan ham, yaxshilik, ezgulik, tinchlik-omonlik, bag'rikenglik, birovlarga, eng avvalo, o'zining yaqinlariga mehr ulashish bobida ayollarga teng kelib bo'lmaydi.

Yuqoridagi jadvaldan ma'lum bo'ldiki, turli millat fuqarosi, bizda yashashi bilan birga, o'z davlatining xususiyatlarini biladi, ularni shu kunga qadar eslab, shu joydagi urf-odatlar, udum va an'analarini itoat qiladi.

Ko'ptillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirishda boshqa bir yo'nalish to'g'risida ham suhbatlashib, ularning qanday munosabat bildirishini aniqladik. Bunday yo'nalishlar O'zbekiston respublikasi Konstitutsiyasi tamoyillari va omillari, millatlararo totuvlik, millat kim o'zi, mahalliychilik, mafkuraviy tarbiya, komil inson, insonparvarlik, Vatanparvarlik kabi xususiyatlar to'g'risida munosabat shakllanadi.

Yuqorida ko'rsatilgan milliy mafkuraviy xususiyatlarimizga juda yaxshi munosabat bildirishdi, undan tashqari bizning konstitutsiyamiz barcha millatlarga baravar ekanligiga qoyil qolib, qani edi, bizda shunday teng-huquqli konstiutsiya bo'lsa yaxshi bo'lardi, deb munosabat bildirdi afg'onlar. Shuningdek boshqa millat

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

vakillari qo'yilgan mafkuraviy milliy xususiyatlarimizga roziliklarini bildirib, biz bevosita erkin hayot kechirmoqdamiz deb, munosabat bildirishdilar.

Oilada kamolga yetayotgan har bir shaxsni mustaqil fikr yuritadigan, aql-idrok sohibi qilib yetishtirish muhim hisoblanadi. Haqiqatan ham, mustaqil insongina har qanday qiyinchiliklarga bardosh berib, hayotda o'ziga to'g'ri yo'l topa oladi va boshqa oila a'zolarining ham haqiqiy yuksak inson bo'lib yetishishiga zamin yaratadi.

Demak, ko'ptillilik olib borilgan munosabatlar, shuni bildiradiki mamlakatimizda yashayotgan turli fuqarolar kimligidan, qaysi millatdan qat'i nazar, shu davlatni konstitutsiyasi qonunlari asosida hayot kechirmoqda. Buni esa, bizni ko'p tillilik muhitida oilaviy tarbiya munosabatlari orqali ilmiy-uslubiy jihatdan asosladik. Olib borilgan ilmiy tadqiqot ishimiz pedagogik-psixologik jihatdan ilmiy-nazariy asoslanganligi bilan ahamiyatga ega ekanligida amalga oshirilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

3. Jo'rayev R.X., Safarova R.G'., Musaev U.Q. Pedagogika fanlari konsepsiyasi // Xalq ta'limi. Toshkent, 1997. - № 4. - B. 4 - 12.

4. A.Navoiy. Hikmatlar. -T.: 2014. -190-bet.

5. Vatan tuyg'usi. -Toshkent, 1996. 90-bet.

6. Qurbonov Tursunali. Ota bo'lish osonmi yohud o'g'il yuqori sinf o'quvchilarini oilaviy hayotga tayyorlashning ma'naviy-pedagogik asoslari. - T.: Ma'naviyat, 2007.

7. Qur'oni Karim. O'zbekcha izohli tarjima (Shayx) Alouddin Mansur. 769 - b.

8. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.

9. Hamrayeva, Oynisa Farxod Qizi (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 537-544.

XULOSA

216 b.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

10. Karimova, B. (2019). POSSIBILITIES OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE WITH USING KHADITHS IN THE FIRST-YEAR PUPILS OF ORPHANAGES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(11).

11. Karimova, B. K., & Oripova, M. S. (2021). Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 652-665.

12. Karimova, B. X. (2022). "OILAVIY BOLALAR UYLARI" BOSHLANG 'ICH SINF YOSHIDAGI TARBIYALANUVCHILARIDA VATANPARVARLIK TUYG 'USINI MILLIY G 'URURNI SHAKLLANTIRISH ASOSIDA TARBIYALASH. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(9), 13-21.

13. Mamaraimova, Z. S. (2021). KO'P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 657-665.

14. Sh, M. Z. The social role of folk traditions and rituals multinational people. Pedagogical education and science.-2019.

15. Shafoatovna, M. Z. (2021). Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment. World Bulletin of Management and Law, 1(1), 15-16.

16. Shafoatovna, M. Z. Factors That Improve Family Education in a Multilingual Environment. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 55-57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.