Научная статья на тему 'OILA MUQADDAS DARGOH'

OILA MUQADDAS DARGOH Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
689
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / jamiyat / noto’liq oila / ajrim / oila ta’limi / “oilaviy zo’ravonlik”. / Family / society / dysfunctional family / separation / family education / "family violence".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nurboyeva, Nargiza Nodirbekovna

Bizning mamlakatimizda oila – muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sifatida qaraladi. Zero, oila va oilaviy baxtga erishish, juft bo’lib hayot kechirishning ijobiy tomonlari ilmiy asoslangan. Bizning davrimiz oilalarimizga zamonaviy texnologiya va jahonning rivojlangan davlatlarida yuz berayotgan o’zgarishlar haqidagi tasavvur va qarashlar hamda turli axborot oqimlarining kirib kelayotganligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada so’nggi yillarda oilaviy ajrimlarning ko’payib borayotganligi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FAMILY IS THE SANCTUARY

In our country, the family is a sacred place, and marriage is considered an inseparable bond. After all, the positive aspects of achieving a family and family happiness, living in a couple have a scientific justification. Our time is characterized by modern technologies and ideas about the changes taking place in the developed countries of the world, as well as various information flows entering our families. This article talks about the increase in the number of family divorces in recent years.

Текст научной работы на тему «OILA MUQADDAS DARGOH»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

OILA - MUQADDAS DARGOH

Nurboyeva Nargiza Nodirbekovna

Termiz davlat universiteti 2-kurs magistranti tel.:(93)633-15-12

ANNOTATSIYA

Bizning mamlakatimizda oila - muqaddas dargoh, nikoh esa buzilmas rishta sifatida qaraladi. Zero, oila va oilaviy baxtga erishish, juft bo'lib hayot kechirishning ijobiy tomonlari ilmiy asoslangan. Bizning davrimiz oilalarimizga zamonaviy texnologiya va jahonning rivojlangan davlatlarida yuz berayotgan o'zgarishlar haqidagi tasavvur va qarashlar hamda turli axborot oqimlarining kirib kelayotganligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada so'nggi yillarda oilaviy ajrimlarning ko'payib borayotganligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Oila, jamiyat, noto'liq oila, ajrim, oila ta'limi, "oilaviy zo 'ravonlik".

В нашей стране семья является священным местом, а брак считается неразрывной связью. Ведь положительные стороны достижения семьи и семейного счастья, жизни в паре имеют научное обоснование. Наше время характеризуется современными технологиями и представлениями об изменениях, происходящих в развитых странах мира, а также различными информационными потоками, поступающими в наши семьи. В данной статье говорится о росте числа семейных разводов в последние годы.

Ключевые слова: Семья, общество, неблагополучная семья, разлука, семейное воспитание, «семейное насилие».

In our country, the family is a sacred place, and marriage is considered an inseparable bond. After all, the positive aspects of achieving a family and family happiness, living in a couple have a scientific justification. Our time is characterized by modern technologies and ideas about the changes taking place in the developed countries of the world, as well as various information flows entering our families. This article talks about the increase in the number of family divorces in recent years.

Key words: Family, society, dysfunctional family, separation, family education, "family violence".

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir.

J.Santayana

Vatanga, ota-onaga sodiqlik va fidoiylik o'z-o'zidan kelib chiqmaydi. Bular zamirida o'sib kelayotgan avlodga nisbatan ta'lim maskanlarida, mahallalarda, asosiysi oilada beriladigan ta'lim-tarbiya yotadi. Oilada singdirilgan tarbiya, mehr-oqibat, bir-biriga hurmat, tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat kabi yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Haqiqatdan ham oila o'zida milliy udum va rasm-rusumlarni, milliy an'analarni saqlash, o'rganish va nasldan-naslga o'tkazish kabi muhim vazifani bajaradi. Insonning mustaqilligi, dunyoqarashi, xulq-atvori, odobi, mehr-oqibati, mehnatsevarligi, ilmga intilishi kabi barcha fazilatlar oilada shakllanadi. Oila shaxsning ma'naviy shakllanishiga bevosita ta'sir etadigan kichik muhit bo'lib, kishilik jamiyatining ma'naviy ildizi hisoblanadi.

Konstitusiyamizda oila jamiyatning asosiy bo'g'ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan (63-modda). 1998 yilning "Oila yili" deb e'lon qilinishi, xuddi shu yili 30 aprelda Oila kodeksining qabul qilinishi, 2012 yilning "Mustahkam oila yili" deb e'lon qilinishi, "Oila" ilmiy-amaliy tadqiqot markazining tashkil etilishi, Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 2 fevralda "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi, 2022 yil 7 martda "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonlari hamda "2022-2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy Dastur" da o'z aksini topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, yurtimizda oilani mustahkamlash va uning manfaatlarini himoya qilish davlat ahamiyatiga ega bo'lgan siyosat darajasiga ko'tarildi. Oila mustahkamligini ko'zlab ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda, nashr etilayotgan kitob va maqolalarning soni behisob. Lekin natija qanday? Ochig'i, natija yaxshi emas. Ajrimlar soni yildan-yilga oshib bormoqda. Oilada er-xotinning huquq va majburiyatlari yuzasidan tug'ilayotgan bahslar, turmushning darz ketishi va u bilan bog'liq mojarolar, ayrim xonadonlardagi mavjud notinch ma'naviy-ruhiy muhit natijasida sodir bo'layotgan nikohdan ajralishlar bugungi kunning dolzarb muammosidir. Jadidlarning fikri bo'yicha, oila asosini to'g'ri qurmasdan va yosh avlodni to'laqonli to'g'ri yo'lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini taraqqiyot sari yo'naltirish mumkin emas va oxir-oqibatda millat taqdiri uning oilasining holatiga bog'liq.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Ma'lumki, ajralish tufayli noto'liq oila vujudga keladi. Ayni kunda aksariyat ijtimoiy xavfli jinoyatlar sodir etayotgan ayollar va voyaga yetmagan bolalar noto'liq oilalardan ekanligi kuzatilmoqda. Yoki bo'lmasa, boshqa huquqbuzarliklar, odam savdosi qurbonlari, noqonuniy yo'l bilan chet davlatlarga chiqib ketayotgan yoshlar, ayollar, albatta, bularning ko'pchiligi asosan ajrim tufayli yuzaga kelgan yoki noto'liq oilalarda bo'layotganligi achinarli.

Statistikaga nazar soladigan bo'lsak, O'zbekistonda 2021-yilning birinchi choragida 9213 ta ajrim qayd etilgan. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, eng ko'p ajrim Toshkent shahrida, eng kam ko'rsatkich esa Qoraqalpog'istonda ro'yxatga olingan. Hududlar kesimida ajrimlar soni Toshkent shahrida 1331 ta, Farg'ona viloyatida 999 ta, Andijon viloyatida 995 ta, Samarqand viloyatida 912 ta, Toshkent viloyatida 946 ta, Qashqadaryo viloyatida 711 ta, Namangan viloyatida 682 ta, Surxondaryo viloyatida 581 ta, Buxoro viloyatida 500 ta, Xorazm viloyatida 344 ta, Jizzax viloyatida 337 ta, Sirdaryo viloyatida 298 ta, Navoiy viloyatida 289 ta, Qoraqalpog'istonda 288 ta bo'lgan.

2022-yilning yanvar - mart oylarida respublika bo'yicha 12164 ta ajralish holatlari qayd etilgan. Eng ko'p ajralishlar Toshkent shahrida bo'lib, 1484 tani tashkil etgan. Eng kam ajralishlar soni Navoiy viloyatida bo'lib, 347 tani tashkil etgan. Yuzaga kelgan mazkur ajrimlar natijasida joriy yilning o'zida Respublika bo'yicha 8725 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo'lgan. 2022 yilning faqatgina avgust oyida O'zbekiston bo'yicha nikohdan ajralishga doir 4123 ta holat qayd etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan otkazilgan bayram tadbirida (2021 yil 6-mart) O'zbekistonda oilaviy ajrimlar soni yuqori bo'lib qolayotgani masalasida to'xtalib: Avvalari biror oila ajrashsa mahallasida duv-duv gap bo'lardi, butun mahalla oyoqqa turardi. Ajrim - bu katta fojia, - degan edilar.

Oilalarning buzilish sabablari o'rganib chiqilganda, farzandsizlik, xiyonat, uzoq vaqt birga yashamaslik, oilaviy kelishmovchiliklar, yoshlarning oila qurishga tayyor emasligi, sog'lig'iga e'tiborsizlik, o'zaro muhabbatning yo'qligi, fe'l-atvorning to'g'ri kelmasligi, ayrim yigitlarning ichkilikbozlik, giyohvandlikka berilib ketishi yoki boshqa ayollar bilan hayot kechirishi, aksariyat hollarda qaynona va kelin o'rtasidagi mojarolar, qizlarning esa uy bekasi, onalik vazifasini tushunmasligi tufayli yuzaga kelayotganligi ma'lum bo'ldi.

Muammolarning oldini olish uchun, avvalo, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlab borish zarur. Bu borada quyidagi taklif va mulohazalarni keltirib o'tmoqchimiz:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

- Yoshlarni oila ilmiga o'rgatish lozim. Xalqimizda qizlarni oila bekaligiga tayyorlab borish odat tusiga kirgan. Biroq oilaning tayanchi bo'ladigan yigitlarimiz e'tibordan chetda qolmoqda. Bugungi kunda dunyoning rivojlangan davlatlarida, jumladan, Yaponiyada "Ota-onalik maktablari", "Oila ta'limi", "Oila maktablari" kabi ta'lim maskanlari ko'payib bormoqda. Yaponiya hukumati uylanadigan yigitlardan 18 raqamdagi, xotin-qizlardan esa 24 raqamdagi sertifikat so'rashmoqda. Bu sertifikatning mohiyati "Oila uchun hozirlik", "Er-xotinlik bilimi" darajasini ifodalaydi. Aslida "Oila ta'limi" maktablarining bo'lishi va kengaytirilishi juda muhim masala. Oilaga hozirlik qadriyat yoki an'analar bilangina emas, ta'lim-tarbiya bilan ham bo'lishi zarur;

- maktablarda va mahallalarda yoshlarni oilaga tayyorlash bo'yicha malakali psixologlarni ishga jalb qilish, faoliyatiga qarab rag'batlantirish, mas'uliyatini yanada oshirish zarur;

- oilada ayollarga nisbatan maishiy zo'ravonlik O'zbekistonda eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Gender tengligi qadriyatlari yuqori darajada faol targ'ib qilinayotganiga qaramay, "oilaviy zo'ravonlik" tushunchasining o'zi ham mamlakatimiz qonunchilik muhitida mavjud emas va natijada bunday harakatlar uchun haqiqiy javobgarlik yo'q;

- bugungi kunda oila ma'naviyati va yoshlar odob-axloqi g'arbdan kirib kelayotgan "ommaviy madaniyat"ning nishoniga aylangan desak, xato bo'lmaydi. Bu tahdid ko'zga tashlanmaydigan juda nozik yo'llar orqali ijtimoiy hayotga suqilib kiradi, u odamlar ongini zaharlab, manqurtga aylantirishga xizmat qiladi. Oila -barcha tashvish va baxtsizlikning asosi hamda erkinlikni bo'g'uvchi ixtiyoriy qullik, deya g'arb yoshlari farzand dunyoga keltirishni o'ylamay qo'ygan, yigitlarga uylanmaslik, qizlarga turmushga chiqmaslik urf bo'lgan. Bunday qarashlar va salbiy odatlardan saqlanishning samarali hamda ta'sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish shart.

Yurtimizda "Farovon oila - jamiyat ravnaqining asosi" degan kontseptual g'oyani ijtimoiy hayotga izchil tadbiq etish, oila institutini takomillashtirish bo'yicha kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish, bu jarayonda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning yaqin hamkorligini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasida Oila institutini mustahkamlash kontseptsiyasi qabul qilindi. 15-may xalqaro oila kunini har yili respublikamizda keng nishonlash bo'yicha manzilli tadbirlarni amalga oshirish an'anaga aylandi. Umumta'lim maktablarida "oiladagi zo'ravonlikning oldini olish kunlari"ni o'tkazish va o'quvchilarga oilada zo'ravonlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berishga mo'ljallangan tadbirlarni tashkil etish belgilangani amalda katta natijalar berishi shubhasiz, faqatgina ijrochi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

mutasaddilar hisobot uchun emas, zimmalaridagi vazifalarni mas'uliyatni his qilgan holda tashkil etsagina, o'z samarasini beradi.

Oila-muqaddas dargoh. Shubhasiz, bu dargohning mustahkam bunyod etilishi oila qurayotgan yoshlarga bog'liq. Har bir nikoh ham yaxshi oilani vujudga keltiravermaydi. Bugun davlat va jamiyat qurilishi, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, tibbiyot, huquq, ta'lim kabi sohalarda farzandlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalashda oilaning o'rni beqiyosdir. Zero, XX asr boshlarida jadid taraqqiyparvari Abdurauf Fitratning "Xalqning harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat hurmat topishi, jahongir bo'lishi, zaif bo'lib xorlikka tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e'tibordan qolishi, o'zgalarga tobe, qul va asir bo'lishi bolalikdan ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog'liq..." degan so'zlari bugungi kunda ham tarixiy va falsafiy ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Fitrat Abdurauf. Oila yoki uni boshqarish tartiblari /Tarjima va izohlar muallifi Sh.Vohidov. 2-nashr. -Toshkent: Ma'naviyat, 2000. -112 b.

2. Alimov U. Oilada farzand tarbiyasi. -Toshkent, 2014. -456 b.

3. Safarov O., Mahmudov M. Oila ma'naviyati. -Toshkent, 2009. -248 b.

4. Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida. /https://lex.uz/uz/docs/5899498

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.