Научная статья на тему 'OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O‘ZIGA XOS TALQINI'

OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O‘ZIGA XOS TALQINI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
2819
508
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / oila tipologiyasi / ahil oila / funksional oilalar / muammoli oilalar / iqtisodiy funksiya / emotsional va psixogigiyenik funksiya. / family / family typology / close-knit family / functional families / problem families / economic function / emotional-psycho-hygienic function.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Arapbayeva, Damegul Kurbanovna

Ushbu maqola hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Shu bilan birgalikda maqolada oilalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra darajalari hamda noto‘liq oilalar shakllanishining o‘ziga xos ko‘rinishlariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Xususan, maqolada oila ma’lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: o‘zaro bog‘liqlik: tizimning alohida elementlarining o‘zaro ta’siri; xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo‘ladilar; asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo‘lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi; oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi; uyg‘unlik; oilaning rolli tuzilishi; tizim ichidagi jarayonlarning o‘ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz); dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati; o‘z-o‘zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo‘lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi; gomeostaz va rivojlanish dialektikasiga ega ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, maqolada oilaning asosiy funksional, muammoli, disfunksional, biologik-reproduktiv, iqtisodiy, tarbiyaviy va ijtimoiy, emotsional va psixogigiyenik, himoya funksiyasilari atroflicha talqin qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERSONAL INTERPRETATION OF FAMILY TYPOLOGY AND FUNCTIONS

This article is devoted to the analysis of typology and functions of modern families. At the same time, the article focuses on the levels of families according to their functional capabilities, as well as specific manifestations of improper family formation. In particular, the article considers the family as a system with a certain structure and characteristics. Like any system, it is characterized by a number of characteristics: interdependence: the interaction of individual elements of the system; holism: individual elements of the system merge into a whole and acquire new properties that differ from the original individual properties; the subordination of the elements of the structural organization hierarchy or structure, the main parameters of which are as follows; the presence of boundaries that represent relationships within the family and relationships between the family and the environment; harmony; role structure of the family; specificity of processes within the system (circular, spiral; periodic, continuous); dynamism, or the ability to progress; the ability of self-organization: the presence of forces within the family that allow the family to remain a whole, balanced system and not be broken; it is emphasized that it has a dialectic of homeostasis and development. Also, the main functional, problematic, dysfunctional, biological-reproductive, economic, educational and social, emotional and psychohygienic, protective functions of the family are interpreted in detail in the article.

Текст научной работы на тему «OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O‘ZIGA XOS TALQINI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

OILA TIPOLOGIYASI VA FUNKSIYALARINING O'ZIGA XOS TALQINI

Arapbayeva Damegul Kurbanovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi; O'zMU mustaqil izlanuvchisi (DSc).

E-mail: damegul.83 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola hozirgi zamon oilalarining tipologiyasi va funksiyalarini tahlil qilishga bag'ishlangan.

Shu bilan birgalikda maqolada oilalarning funksional imkoniyatlariga ko 'ra darajalari hamda noto 'liq oilalar shakllanishining o 'ziga xos ko 'rinishlariga ham to 'xtalib o 'tilgan. Xususan, maqolada oila ma 'lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko 'rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: o'zaro bog 'liqlik: tizimning alohida elementlarining o'zaro ta 'siri; xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo 'ladilar; asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo 'lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi; oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o 'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi; uyg'unlik; oilaning rolli tuzilishi; tizim ichidagi jarayonlarning o'ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz); dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati; o 'z-o 'zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo 'lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi; gomeostaz va rivojlanish dialektikasiga ega ekanligi ta'kidlangan. Shuningdek, maqolada oilaning asosiy funksional, muammoli, disfunksional, biologik-reproduktiv, iqtisodiy, tarbiyaviy va ijtimoiy, emotsional va psixogigiyenik, himoya funksiyasilari atroflicha talqin qilinadi.

Kalit so'zlar: oila, oila tipologiyasi, ahil oila, funksional oilalar, muammoli oilalar, iqtisodiy funksiya, emotsional va psixogigiyenik funksiya.

ABSTRACT

This article is devoted to the analysis of typology and functions of modern families.

At the same time, the article focuses on the levels offamilies according to their functional capabilities, as well as specific manifestations of improper family formation.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

In particular, the article considers the family as a system with a certain structure and characteristics. Like any system, it is characterized by a number of characteristics: interdependence: the interaction of individual elements of the system; holism: individual elements of the system merge into a whole and acquire new properties that differ from the original individual properties; the subordination of the elements of the structural organization hierarchy or structure, the main parameters of which are as follows; the presence of boundaries that represent relationships within the family and relationships between the family and the environment; harmony; role structure of the family; specificity of processes within the system (circular, spiral; periodic, continuous); dynamism, or the ability to progress; the ability of self-organization: the presence offorces within the family that allow the family to remain a whole, balanced system and not be broken; it is emphasized that it has a dialectic of homeostasis and development. Also, the main functional, problematic, dysfunctional, biological-reproductive, economic, educational and social, emotional and psychohygienic, protective functions of the family are interpreted in detail in the article.

Key words: family, family typology, close-knit family, functional families, problem families, economic function, emotional-psycho-hygienic function.

Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, ideologik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi.

Psixologiya fanining yosh sohalaridan biri - oila psixologiyasi hisoblanadi. Oila psixologiyasining rivojlanishi va unga turli sohalar mutaxassislari - psixiatrlar, psixoterapevtlar, o'qituvchilar, shifokorlar hamda ijtimoiy xodimlar tomonidan qiziqishning ortishi zamonaviy oila boshidan kechirgan inqiroz tufayli yuzaga keladi.

Adabiyotlar tahlilida zamonaviy oila inqirozi demograflar fikricha, institutsional inqiroz, ya'ni oilaning ijtimoiy institut sifatidagi inqirozi, birinchi navbatda, eng muhim va asosiy funksiyalardan biri reproduktivlik hisoblangan oilaning "jamiyatning bir qismi" deb atalishida namoyon bo'ladi [6,10].

Ayni zamonda oila yanada dinamik shakllanishni ifodalaydi va avvalgi davrdan farqli o'iaroq, ijtimoiy omillar bilan kamroq barqarorlashadi. Turmush o'rtoqlarning shaxsiy motivlari va kommunikativ qobiliyatlarining ahamiyati sezilarli darajada oshdi va ikki kishini birgalikda yashashga majburlash, ularga ijtimoiy me'yor va majburiyatlar vositasi bilan ta'sir qilish deyarli imkonsiz bo'lib qoldi [6,10]. Rasmiy ro'yxatga olingan nikohlar sonining kamayishi va erkin ittifoqda yashash sonining ortishi ijtimoiy me'yor va qoidalarning tartibga solish ta'sirining zaiflashishi bilan izohlanadi. Bundan tashqari, bu holat insonlar ongida oilaga, hayotiy faoliyati

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

ko'proq darajada ularning shaxsiy mas'uliyatiga bog'liq bo'lgan institut sifatidagi munosabatning shakllanishini aks ettirishi mumkin.

Shunday qilib, zamonaviy hayotning xususiyati zamonaviy oilada uning faoliyat ko'rsatish xossalarini tahlil qilishni, hayot davrining bosqichlaridan o'tuvchi va me'yoriy hamda g'ayri-me'yoriy inqirozlarni boshdan kechirishni talab etuvchi transformatsion jarayonlarga olib keldi.

Adabiyotlar tahlilida oila ma'lum bir tuzilma va xususiyatlarga ega tizim sifatida ko'rib chiqiladi. Har qanday tizim singari, u quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi [6,10]:

- o'zaro bog'liqlik: tizimning alohida elementlarining o'zaro ta'siri;

- xolizm: tizimning alohida elementlari bir butunga birlashib, asl individual xususiyatlardan farq qiladigan yangi xususiyatlarga ega bo'ladilar;

- asosiy parametrlari quyidagilardan iborat bo'lgan tarkibiy tashkilot ierarxiya yoki struktura elementlarining subordinatsiyasi;

- oila ichidagi munosabatlarni va oila hamda atrof-muhit o'rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi chegaralarning mavjudligi;

- uyg'unlik;

- oilaning rolli tuzilishi;

- tizim ichidagi jarayonlarning o'ziga xosligi (sirkulyar, spiralsimon; davriy, uzluksiz);

-dinamizm, yoki taraqqiy etish qobiliyati;

-o'z-o'zini tashkillashtirish qobiliyati: oilaning yaxlit, muvozanatli tizim bo'lib qolishi va buzilmasligiga imkon beruvchi oila ichidagi kuchlarning mavjudligi;

-gomeostaz va rivojlanish dialektikasi.

Oilani tizim sifatida tahlil qilishning murakkabligi har qanday tizim boshqa, kattaroq tizimlarning bir qismi ekanligi hamda ular bilan bevosita o'zaro munosabat va o'zaro ta'sirda ekanligini hisobga olish zaruratidadir.

Biz oila masalasini yoritishda oila tipologiyasi va funksiyalarini belgilashdagi adabiyotlar tahliliga e'tiborimizni qaratmoqchimiz [8,19-28].

Oila a'zolarining kattaligi va soniga qarab (shuningdek, avlodlar bo'linishi), nafaqat ota-onalar, balki ularning farzandlari o'rtasidagi munosabatlarga asoslangan, shuningdek, individual oila funksiyalarini bajarishga asoslangan kabi har xil turlarga, mezonlarga ajratishimiz mumkin.

Oilalarning asosiy tipologiyasi oilalarning to'liq va noto'liq oilalarga bo'linishidir. To'liq oila - ikkala ota-ona va kamida bitta bola yashaydigan oila. Gap ota-onalar va bolalar yashaydigan ikki avlod oilasi haqida ketmoqda. Birgalikda yashash a'zolariga ko'ra oilani yana quyidagilarga bo'lishimiz mumkin [8,21-22]:

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

-ahil oila - bu yerda oila a'zolarining barcha ehtiyojlari qondiriladi;

- birlashgan oila - u barcha asosiy ehtiyojlarni qondiradi va bolalarni tarbiyalashda kelishmovchiliklarga uchramaydi;

- ahil bo'lmagan oila (bezovta qilingan, beqaror, buzilgan) - unda nizo bor, keskin muhit mavjud, hatto juftlik o'rtasida ham bolalarga befarqlik va shafqatsiz munosabatda bo'lish hissi mavjud;

-to'ldirilgan oila - unda ajrashgandan so'ng, ota-onalardan biri o'z farzandlari bilan yangi turmush quradi, unga yangi turmush o'rtog'i oldingi nikohidagi bolani olib keladi. Ularning birgalikda farzandi bor. Bu "mening farzandlarim", "farzandlarimiz" kabi muammolarni keltirib chiqaradigan eng murakkab munosabatlar turi.

Noto'liq oila deganda bitta ota yoki ona farzandi yoki farzandlari bilan birga yashaydigan oila tushuniladi. Ota-onalardan biri (ko'pincha ona) ham ota, ham ona vazifalarini bajarishi kerak bo'ladi. Bir ota-onaga qo'yiladigan vazifalar juda talabchandir. Noto'liq oilaning shakllanishi quyidagilarga bog'liq bo'lishi mumkin:

-ota-onadan birining vafoti;

- juftdan birining ketishi (masalan, qamoq, oila bilan yashashni davom ettirmaslik qarori);

-ayolning yolg'iz ona bo'lib qolish qarori.

Oila bilan ishlash, birinchi navbatda, uni tushunishni nazarda tutadi. Oilaga ta'sir etuvchi asosiy omillardan biri uning madaniy va etnik kelib chiqishidir.

Bolani tarbiyalashda oilani yuritishning to'g'ri yo'lga qo'yilishi va ularning o'z vazifalarini bajarishi muhimdir.

Mualliflar oilalarni funksional imkoniyatlariga ko'ra quyidagilarga ajratadilar [8,22-23]:

funksional oilalar - bu muammolardan ta'sirlanmagan de fakto oilalar [8,22]. Bu oilalar bolaning hayoti va farovonligiga to'g'ri g'amxo'rlik qiladi;

muammoli oilalar - bu ba'zi yoki barcha funksiyalarda buzilishlar mavjud bo'lgan oilalar. Biroq bu buzilishlar bolaning oila tizimi va rivojlanishiga tubdan xavf tug'dirmaydi. Ushbu "to'siq"larga qaramay, oila o'z kuchlari va vaqti-vaqti bilan tashqi aralashuv orqali o'z muammolarini hal qila oladi va qoplaydi, bir martalik yoki qisqa muddatli, disfunksional (nosog'lom) oilalar - oilaga bevosita tahdid soladigan jiddiy buzilishlarga ega oilalardir. Bu tabiatning buzilishlari endi oilani mustaqil boshqara olmaydi, shuning uchun oilaga tashqaridan yordam berish kerak;

disfunksional oilalar - bu o'z vazifalarini bajarishni butunlay to'xtatadigan va bolaga jiddiy zarar yetkazadigan yoki unga xavf tug'diradigan oilalar. Zaif oilalarni

ajralish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

qo'llab-quvvatlash (tuzatish) bu borada ma'nosiz va keraksizdir. Yagona yechim -bolani muqobil oilaviy parvarishga jalb qilish.

Oilaning asosiy vazifalariga e'tibor qaratish kerak: bolalarni tarbiyalash (birinchi navbatda), keyin kattalar oila a'zolarining ehtiyojlarini qondirishlari zarur. Oila quyidagi oltita asosiy funksiyani bajaradi [8,23-26]:

Biologik-reproduktiv funksiya Bu funksiya mutaxassislar tomonidan ikki shaklda taqdim etiladi, fiziologik shakl oilada ko'pchilik odamlarning hayoti uchun asosiy fiziologik ehtiyojlarini qondirishiga asoslanadi (uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar). Reproduktiv shakl jinsiy hayotning nasl-nasab shaklini taqdim etadi, bu insoniyatning, asosan, oilaviy sharoitda ko'payishini ta'minlaydi (hozirda u faqat oilaning domeni emas).

Oila ko'payish, ya'ni jamiyatning biologik davomiyligi uchun maqbul sharoitlarni yaratadi. Sog'lom oilada optimal muhit nafaqat yangi hayotning paydo bo'lishi, balki shu hayotni davom ettirish uchun kerak bo'lgan zarur g'amxo'rlikdir.

Iqtisodiy funksiya

Har bir oila o'z daromadlari va xarajatlariga ega bo'lgan ma'lum bir iqtisodiy va iste'mol birligini anglatadi. Yaxshi ishlaydigan oila o'z mablag'laridan ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq foydalanishni rejalashtiradi, pulni ma'lum ustuvorliklarga muvofiq taqsimlaydi.

Oila iqtisodiy funksiyasining bir qismi ham bolalar va yoshlarda to'g'ri iqtisodiy fikrlashni shakllantirishdan iborat.

Oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy funksiyasi Oila - bu bola muloqotga kirishadigan birinchi guruh. Uning doirasida bola asta-sekin muloqot, gigiyena, jamiyatdagi xatti-harakatlar va shu kabilarning asoslarini o'rganadi, boshqa oila a'zolari bilan muloqot qilish orqali bola asta-sekin qayta ishlanishi kerak bo'lgan turli xil ma'lumotlarni oladi. Oilada bola individual ijtimoiy rollarni bilish va tushunish, jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy, axloqiy va boshqa munosabatlarni, ularning individual va barcha uchun ahamiyatini tushunishni tegishli tarzda o'rganadi. Oilada bola avlod munosabatlarining ahamiyatini, ota-onalar va bobo-buvilar bilan muloqot qilishning mos usulini tushunishni o'rganadi, keyinchalik u boshqa a'zolar bilan muloqotda qo'llaniladi. Shu bilan birga, ular o'zlarini, ehtiyojlarini tushunishni va o'z manfaatlarini munosib tarzda targ'ib qila olishni o'rganadilar.

Emotsional va psixogigiyenik funksiya Oila insonning asosiy hissiy muhitini ifodalaydi, uni almashtirish qiyin. Oilada ular his-tuyg'ularni qabul qilishni va berishni o'rganadilar. Inson uchun yaxshi

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

funksiyali oila bexatarlik, xavfsizlik, ijobiy his-tuyg'ular va munosabatlar orolini ifodalaydi va uning a'zolari ruhiy barqarorligi uchun zamin yaratadi. Ayniqsa, begonalashgan tashqi dunyoda funksional oila ijobiy-hissiy fon yaratadi.

Bola nuqtayi nazaridan, bu hissiy funksiya oilaning eng muhim va almashtirib bo'lmaydigan funksiyasidir. Bolaning sog'lom rivojlanishi uchun, eng avvalo, barqaror va mehribon muhit kerak. Oiladagi ijobiy-hissiy munosabatlar bola shaxsiyatining hissiy tomonini rivojlantirishning zaruriy shartidir. Mehribon ota-onalar va opa-singillar ham bir-biriga zarur g'amxo'rlik ko'rsatadilar, bu ularning ruhiy va jismoniy salomatligiga ta'sir qiladi. Ushbu funksiyaning yetarli darajada bajarilmasligi bolaning psixosotsial rivojlanishidagi deformatsiyalarga olib keladi, bu hissiy mahrumlik, umidsizlik, xatti-harakatlarning buzilishi va hatto huquqbuzarlik bilan namoyon bo'ladi. Ijtimoiy ish, keyinchalik, darslarni sababsiz qoldirish, agressiya, oiladagi zo'ravonlik, ajralish va boshqalar kabi masalalarga e'tibor beradi.

Oilaning himoya funksiyasi oilada bolaning tarbiyasi uchun yetarlicha barqaror muhit yaratilishini, oilaning iqtisodiy, moddiy sharoitlari yo'qligi, sog'lig'i yoki gigiyena xizmatining yetarli emasligi, yoki oiladagi axloqiy muhitning mos kelmasligi tufayli bola azob chekmasligini nazarda tutadi. Oila bolani uy bilan ta'minlashi kerak, ya'ni bolani har jihatdan himoya qiladigan joy. Shu nuqtayi nazardan, ijtimoiy ish amaliyotida biz tashlab ketilgan bolalarni, qarovsiz va zo'ravonlikka uchragan bolalarni, qoniqarsiz sharoitlarda yashovchi bolalarni, qashshoqlik va shunga o'xshashlarni himoya qilish zarur ekanligiga duch kelamiz. Aytishimiz mumkinki, individual nuqtayi nazardan o'tmishda yiri k ijtimoiy guruh bo'lmagan.

Shunday qilib, oilaning asosiy psixologik tavsifi va xususiyatlaridan biri - bu uning turli xil funksiyalaridir. Demak, oila a'zolarining turlicha ehtiyojlarini qondirish bilan uyg'unlashgan uning hayoti va faoliyati kechishiga daxldor funksiyalar oila funksiyalari deb ta'riflanadi.

Oila uzluksiz, uzviy ravishda ko'plab ehtiyojlarni qondirib borar ekan, unga mutanosib tarzda funksiyalar miqdori hukm surib turadi. Oila o'z funksiyalarini bajarib borishi nafaqat uning a'zolari uchun, balki butun jamiyat uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oila o'z taraqqiyotining turli bosqichlarida tavsiflab o'tilgan funksiyalar ustuvor o'ringa ko'tariladi, mazkur funksiyalarning o'rin almashishi jamiyatda sodir bo'layotgan o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liq ekanligini alohida ta'kidlab o'tish zarurdir. Oilaning funksiyalarini, alohida rivojlanish jarayonini tahlil qilsak, u

Oilaning himoya funksiyasi

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

holda uning har biri jamiyat taraqqiyotini ham, madaniy o'zgarishlarni ham o'zida mujassamlashtiradi. Hozirgi zamon oilasi - qonun, odob-axloq asoslariga quriladi [3]. Bu esa o'z navbatida, jamiyatning rivojlanishiga hamohang holda rivojlanib boraveradi, jamiyatning o'zgarishlariga qarab, u ham tabiiy ravishda o'zgaraveradi.

REFERENCES

1. Akramova F.A. O'zbekistonda oilaviy psixologik xizmatning ijtimoiy-psixologik muammolari. Psixologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. - Toshkent. 2022. - 67 b.

2. Arapbayeva D.K., Arapbayeva D.K. Yoshlarning oilaviy hayotga moslashuvida ma'naviy-ahloqiy masalalar. "Zamonaviy ta'lim" jurnali №5 - Toshkent, 2016. - B. 36-41. https://cyberleninka.ru/article/nyoshlarning-oilaviy-ayotga-moslashuvida-manaviy-ahlo-iy-masalalar/viewer

3. G'oziyev E.G'. Sotsial psixologiya. - Toshkent: Noshir, 2012. - 316 b.

4. Karimova V.M. Oila psixologiyasi. - Toshkent: Fan va texnologiya, 2008. - 170 b.

5. Oila ensiklopediyasi [Matn] / Tuzuvchilar: Akramova F.A., Bilolova Z.B., Jovliyev I.S. - Toshkent: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2019. - B. 240.

6. Олифирович Н.И., Зинкевич-Куземкина Т.А., Велента Т.Ф. Психология семейных кризисов. - СПб.: Речь, 2006. - 360 с

7. Shoumarov G'.B. Oila psixologiyasi. - Toshkent: Sharq, 2008. - 296 b.

8. Zuzana Budayova. Family problems of today. The scientific monograph. ISBCRTI, Dublin, Ireland, 2020. 104 p. DOI: 10.13140/RG.2.2.27685.01764

9. Sirojidinov X.S. Yangi O'zbekistonda yoshlar axloqiy madaniyatini shakllantirishning ahamiyati. Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari, 5-to'plam. - T., 2022. - B. 216-220. www.pedagoglar.uz

10. Jobborova G.K. (2022). Formation of Ecological Culture of Primary School Students. Eurasian Scientific Herald, №7, 2022. - P. 240-242. Retrieved from https: //geniusj ournals.org/index.php/esh/article/view/1197

11. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., Кушаков, Ф. А., Валиев, Л. А., & Хасанов, М. Н. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИ ТАРАВДИЁТ БОС^ИЧЛАРИ (УЗБЕКИСТОН ТЕМИР ЙУЛ ТРАНСПОРТИ МИСОЛИДА). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(9), 606-612.

12. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Jurabayev, N., & Artikova, B. (2022, June). Constructive and optimal solutions for the formation of a stable ecological situation in the Aral Sea region of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2432, No. 1, p. 030113). AIP Publishing LLC.

13. Baratov, R. (2021). Prospects of Higher Education System (on the Example of Uzbekistan). International Journal on Orange Technologies, 3(3), 128-131.

14. Баратов, Р. У. (2022). ТРАНСПОРТ ТИЗИМИДА ТАЪЛИМ ИСЛОХОТЛАРИ ВА ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 1), 90-95.

15. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

16. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

17. Baratov, Rashid, and Sadokat Uzbekova. "INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING." World scientific research journal 4.2 (2022): 7-11.

18. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

19. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

20. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.

21. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА ^АДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.