Научная статья на тему 'OILA MUSTAHKAMLIGI VA INQIROZIGA OLIB KELUVCHI OMILLAR'

OILA MUSTAHKAMLIGI VA INQIROZIGA OLIB KELUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
528
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oila / jamiyat / Oila Kodeksi / mahalla / burch / kam ta’minlangan oila / bola / notinch oila / farmon / oilaviy ajrimlar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Nazokatxon Otabek Qizi Sultonova

Har qanday jamiyatda ham oila tushunchasi farzandlarni kelajak avlodni tarbiyalovchi ,voyaga yetkazib beruvchi muqaddas maskan, jamiyatning eng kichik va dastlabki bog’ini hisoblanadi. Ushbu maqola orqali yurtimizda oilaga qaratilgan e’tibor oilalarning mustahkamligi va inqiroziga olib keluvchi omillarni ,ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OILA MUSTAHKAMLIGI VA INQIROZIGA OLIB KELUVCHI OMILLAR»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

OILA MUSTAHKAMLIGI VA INQIROZIGA OLIB KELUVCHI OMILLAR

Nazokatxon Otabek qizi Sultonova

Farg'ona davlat unversiteti Tarix fakulteti Ijtimoiy ish yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Har qanday jamiyatda ham oila tushunchasi farzandlarni kelajak avlodni tarbiyalovchi ,voyaga yetkazib beruvchi muqaddas maskan, jamiyatning eng kichik va dastlabki bog'ini hisoblanadi. Ushbu maqola orqali yurtimizda oilaga qaratilgan e'tibor oilalarning mustahkamligi va inqiroziga olib keluvchi omillarni ,ularning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Oila, jamiyat, Oila Kodeksi, mahalla, burch, kam ta'minlangan oila, bola, notinch oila, farmon, oilaviy ajrimlar.

"Har bir millatning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millat ham shuncha kuchli bo 'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo 'l qo 'ysa shunda bu

millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi.

Abdurauf Fitrat.

Qadim zamonlardan oila, uning mohiyati va mustahkamligi xalqimizda asosiy masalalardan biri bo'lib kelmoqda. Oila tushunchasi insoniyat paydo bo'lgan davrlardan ya'ni Odam Ato va Momo Havo nikoh rishtasi bilan bog'langandan buyon sayqal topib kelmoqda.

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng oilalarga katta e'tibor qaratdi. Chunki davlat negizi jamiyat, jamiyatning poydevori esa oilalardan tashkil topgan. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki oila qanchalik mustahkam bo'lsa, davlat shunchalik yuksaklikka intilaveradi.

Davlatimizning oilalarga qaratilgan e'tiborini birgina O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasidan anglashimiz mumkin. Unda ''Oila -jamiyatning asosiy bo'g'inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega'' deb belgilab qo'yilgan.

1994-yil 22-avgustda ''Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko'rsatish'' to'g'risida Prezident farmoni e'lon qilindi.

1998-yil ''Oila yili'' deb e'lon qilindi. E'tiborlisi shundaki aynan shu yilning 30-aprelida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Oila Kodeksi tasdiqlanib, 1-sentabrdan amalga kiritildi. Oila Kodeksi-oilaviy munosabatlarni

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

tartibga solib, oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlarni nizomga soluvchi va mustahkamlovchi qonun hujjati, huquqning alohida tarmog'i hisoblangan oila huquqining maxsus manbaidir. Ushbu Kodeks 8 bo'lim 30 bob 238-moddadan iborat.

Zardushtiylikning muqaddas kitobi- ''Avesto''da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er-xotinning teng ma'sulligi, farzand tarbiyasi to'g'risidagi fikrlar bayon etilgan. Ushbu kitobda aytilishicha oilada ota yetakchi bo'lgani ma'qul ana shunda oila mustahkam bo'ladi.Darhaqiqat, qadimda ota-bobolarimiz otalari o'tirgan uyning tomiga ham chiqmaganlar hattoki ,oilada o'zaro hurmat ,sevgi yoki iliqlik tuyg'ulari ,bir-birini qo'llab quvvatlash bo'lsa ana shu oila mustahkam va barqaror bo'ladi.

Ma'lumki Islom dinining muqaddas manbalari bo'lmish Qur'on va Hadislarda ham oilaviy munosabatlarga keng o'rin ajratilgan.

Burhonuddin Marg'inoniyning "Hidoya" asarida yozilishicha, oila va nikoh masalasida ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega hukmlardan biri ayolning nikohda qanday haq-huquqlari borligi haqidagi bilimga ega bo'lishidir: «Nikohning asl mohiyati haqida ilm bo'lishi shart. Chunki, qiz bola faqat ilm bo'lgandagina tasarruf eta oladi. Bu dunyo ilm olish dunyosi, bunda johillik uzr bo'lolmaydi» [3:675]. "Hidoya"da oila va nikohga oid hukmlarning ijtimoiy ahamiyatga ega tomoni erkak va ayolning ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va aqliy jihatdan bir-biriga teng bo'lishiga e'tibor qaratilganidir: «Nikohda tenglik e'tiborga olinadi. Payg'ambarimiz (S.A.V.) aytganlarki: "Ogoh bo'lingki, ayollarni faqat o'zlariga teng bo'lgan kishigagina bersinlar" [3:680]. Bugungi kunda jamiyatdagi ajrashishlar soning ko'payishiga gender tenglik tushunchasi haqida yetarli ma'lumotga ega bo'lmagan holda ,uni xato talqin etish ham sabab bo'lmoqda shuni unutmaslik kerakki gender tenglik tushunchasi ikki jins vakillari uchun ham birday talqin qilinadi .Yuqorida keltirib o'tilganidek islom dinida ham oilada ayollarning ham erkaklarning ham o'z huquq va majburiyatlari mavjud .

Hadislarda keltirilishicha ''Qachon er o'z xotiniga va xotin o'z eriga qarashsa, biling-ki Alloh ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, bordiyu er-xotin kaftini kaftiga qo'ysa, barmoqlari orasidan gunohlari duv-duv to'kiladi'' deyilgan. Bundan ko'rinadiki islom dini oilada er va xotin munosabatlarining mehr-muhabbat ustiga qurilish , ular hamisha bir-birlarini asrashini targ'ib qiladi.Dindan xabari bo'lgan o'zini hurmat qilgan har qanday inson oilada nizoliy vaziyatlar kelib chiqqanda bu vaziyatni odilona hal qilish yechimini topa oladi. Oila psixologlarining aytishicha baxtli oila bo'lish uchun: - baxtli er-xotinlar bir-birlari bilan har qanday mavzuda suhbatlashishi va maslahatlashishi kerak;

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

- er-xotin bir-biriga va farzandlariga tez-tze yaxshi ko'rishini aytishi va bag'riga bosishi kerak;

- ijobiy kayfiyat va har narsani yaxshi tomonlarini ko'ra bilish (hatto ko'ngilsizliklarni ham) oilaviy hayotda muhim rol o'ynaydi;

- ko'p vaqtni birga o'tkazish, vaqtichog'lik qilish va oilaviy an'analar yaratishga harakat qilish kerak;

- bir-biringizni hurmat qiling;

- uyda shunday sharoit yaratish kerak-ki, inson uyga kirishi bilan bag'ri-dili yayrasin;

- o'zingizda borini qadrlang va bir-biringizdan minnatdor bo'ling;

- oilaviy dasturxon atrofida to'planib ovqatlanish ham baxtli va mustahkam oilalarga hos hususiyatdir.

Oila tarbiya qo'rg'oni sifatida ulg'ayib kelayotgan farzand taqdirida o'lchab bo'lmas ahamiyatga ega. Bolaning kelajakda o'rnini topa olishi ,mustaqil hayotga tayyorlanishi ko'p jihatdan oilaviy muhitga bog'liq. Oiladagi nizolar,ajralishlar orqali jamiyat o'z fikriga ega bo'lmagan , to'liq oila haqida tushunchaga ega bo'lmagan ,kelajakda o'z oilasini qurishga cho'chiydigan kelajak avlodni voyaga yetkazmoqda .

Tadqiqotchilarning hisoblab chiqishida 2022-yil yanvar-sentabr oylarida yurtimizda 197013 ta nikoh qayd etildi, bu 2021-yilning shu davriga nisbatan (206,7ming) 47% ga kam. Nikohlar soni bo'yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilyapti (22329 ta). Undan keyingi o'rinlarni Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlari egallagan.

Shu bilan birga 34,464 ta ajrim qayd etildi. Bu 2021-yilning 9 oyiga nisbatan (29031ta) 18,7% ga ko'pdir. Eng ko'p ajrimlar Toshkent shahriga (4433 ta ) to'g'ri keldi.

Ho'sh, oilaviy ajrimlarga nimalar sabab bo'lmoqda?

Bular asosan:

-er-xotin o'rtasidagi kelishmovchilik-48,4%

-uchinchi shaxs, ya'ni qaynona, qaynota, yoki begona shaxslarning oila ishiga aralashuvi-17,4%

-yoshlarni oila qurishga tayyor emasligi-11%

-moddiy yetishmovchilik, turmush o'rtog'ining ishsizligi va iqtisodiy omillar-

6,3%

-ichkilikbozlik va zararli odatlar-5,5%

-ichki va tashqi migratsiya-3,5%

-boshqa turli sabablar-11,3%.

Ma'lumki o'zbek oilalarida ajrimlar soni boshqa millatlarga qaraganda kam. Lekin ''ajralish madaniyatining'' quyi saviyada ekanligi va o'ziga xos milliy

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 2 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

xususiyatlari bilan ifodalanishi o'zbek oilalarida ko'proq salbiy oqibatlarga olib keladi.

Menimcha farzandlarni ''tirik yetim'' qilishdan avval inson o'z ustida ishlashi va o'zida bor imkoniyatlardan unumli foydalanishi kerak. Oilani qadriga yetishlik har bir oila a'zosining burchidir, chunki oila muqaddas dargoh!

Oilaviy nizolarni tugatish uchun ma'lum reja asosida izchil ishlar olib borilishi lozim , oilaviy hayotga qadam qo'yish arafasidagi yoshlar oila mas'uliyati ni olishga tayyormi,kelajakda kelib chiqadigan muammolarni o'zi hal qila oladimi, oilasini ta'minlash uchun moddiy jihatdan barqarorlikka erishganmi , agar ishi bo'lmay qolgan taqdirda oilasining ehtiyojlarini qondirish uchun biror hunari bormi bularning barchasi o'rganib chiqilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. www.SamDU.uz.

2. www.Gazeta.uz.

3. O'z.Milliy ensklopediyasi 1-jild. Toshkent 2000y

4. www.openscience.uz

5. Oila psixologiyasi .R.M.Abdullayeva. A.Islomov .2008y

6. Abdurauf Fitrat. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. -T.: Ma'naviyat, 2000.

7. Qur'oni Karim ma'nolarining tarjima va tafsiri. -T.: Toshkent islom universiteti, 2004.

8. Burxonuddin Marg'inoniy. Hidoya, I-jild, Nikoh kitobi: -T.: Adolat, 2002.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.