Научная статья на тему 'MAHALLALARDA IKKIMILLATLI OILALAR MUNOSABATI VA MILLIY QADRYATLAR O‘RNI'

MAHALLALARDA IKKIMILLATLI OILALAR MUNOSABATI VA MILLIY QADRYATLAR O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
101
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ikkimillatli nikoh / farzand tarbiyasi / milliy qadryatlar / etnosiyosat / oilaviy munosabat / ko‘ptillilik. / binational marriage / parenting / national values / ethnopolitics / family relations / multilingualism.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — B. Narzullaeva

Maqolada ikkimillatli oilalarda milliy qadryatlarning saqlanib qolishi, farzand tarbiyasidagi muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda qadriyatlar uyg‘unligi, davlatimiz siyosatida millatlararo do‘stlik aloqalari mazmun mohiyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RELATIONS OF BI-NATIONAL FAMILIES AND THE PLACE OF NATIONAL VALUES IN MAKHALLAS

The article analyzes the problems of preserving national values in bi-national families, raising children. It also highlights the harmony of values in the formation of family relations, the content of interethnic friendly ties in the politics of our state.

Текст научной работы на тему «MAHALLALARDA IKKIMILLATLI OILALAR MUNOSABATI VA MILLIY QADRYATLAR O‘RNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAHALLALARDA IKKIMILLATLI OILALAR MUNOSABATI VA MILLIY

QADRYATLAR O'RNI Bahora Narzullaeva

"Mahalla va oila" Ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7443743 Annotatsiya. Maqolada ikkimillatli oilalarda milliy qadryatlarning saqlanib qolishi, farzand tarbiyasidagi muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, oilaviy munosabatlarni shakllantirishda qadriyatlar uyg'unligi, davlatimiz siyosatida millatlararo do'stlik aloqalari mazmun mohiyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar. ikkimillatli nikoh, farzand tarbiyasi, milliy qadryatlar, etnosiyosat, oilaviy munosabat, ko'ptillilik.

ВЗАИМООТНОШЕНИЯ ДВУНАЦИОНАЛЬНЫХ СЕМЕЙ И МЕСТО НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ В МАХАЛЛЯХ Аннотация. В статье анализируются проблемы сохранения национальных ценностей в двунациональных семьях, воспитания детей. Также освещается гармония ценностей в формировании семейных отношений, содержание межнациональных дружеских связей в политике нашего государства.

Ключевые слова: двунациональный брак, воспитание детей, национальные ценности, этнополитика, семейные отношения, многоязычие.

RELATIONS OF BI-NATIONAL FAMILIES AND THE PLACE OF NATIONAL

VALUES IN MAKHALLAS Abstract. The article analyzes the problems of preserving national values in bi-national families, raising children. It also highlights the harmony of values in the formation of family relations, the content of interethnic friendly ties in the politics of our state.

Keywords: binational marriage, parenting, national values, ethnopolitics, family relations, multilingualism.

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri ko'p millatli o'zbek xalqining bag'rikenglik madaniyati va insonparvarlik xususiyatlarini rivojlantirish, millatlar o'rtasida o'zaro hamjihatlik va totuvlikni ta'minlashdan iborat bo'lib kelmoqda. "Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqdalar. Bu borada, hech shubhasiz, xalqimizga azaldan xos bo'lgan bag'rikenglik an'analari muhim rol o'ynamoqda. Mahallalarimizda ikkimillatli oilalar soni ham, ularda an'analar uyg'unligi, o'zaro hurmat munosabati ham hamin qadar shakllanib bormoqda.

Ikkimillatli oilalar muhitida oilaviy tarbiya munosabatlarini takomillashtirish mavzusi bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega. Pedagog olimlarning ilmiy pedagogik tadqiqotlarida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilada sog'lom turmush tarzi hamda ijobiy oilaviy munosabatlarni shakllantirish, uning farzand kamolotini ta'minlashdagi ahamiyati, oilaviy tarbiyani tashkil etishning mazmuni, shakl, metod vositalari va oila turlari, ularda tarbiyalanayotgan shaxs xulq-atvori kabi masalalar o'z aksini topgan

Oilaviy tarbiya munosabatlari bilan bog'liq faoliyat yo'nalishlarini amalga oshirishda inobatga olinishi lozim bo'lgan muhim bir jihat borki, bu ikkimillatli nikohda ko'p tillilik muhitidir. Ya'ni, ota onaning turli tillarda so'zlashishi farzandga nechog'lik ta'sir qiladi. Ijobiy

2078

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tomonga til boyligi oshadimi yoki aksincha, ikkitilni aralashtirib, muloqot jarayonida oqsashga olib keladimi. Bu borada ham albatta psixolog, professorlar qiziqishi tayin. Psixologlarning fikricha, bu albatta ota onaning munosabatiga bog'liq. Ya'ni bolaning 2la tilda ham mukammal gaplasha olishi, ikkala tilni bemalol farqlab so'zlay olishida oilaviy muhitning so'zlashish uslubi va madaniyatining o'rni beqiyos.

Tadqiqotlarga ko'ra, oddiy ota-onaning muloqot jarayonidan misol olganda, ota bergan savolga yoki ko'targan masalaga ona ham xuddi o'sha tilda javob qaytarsa, ya'ni bitta tilda munozara suhbat olib borilsa garchi ikkimillat vakili bo'lsa ham bu bolada ijobiy natija berib tillarni ajrata olish, aralashtirib, xunuk so'zlashuv uslubini vujudga kelishiga yo'l qo'ymaydi. Aksincha, misol uchun o'zbek tilida savol berilib rus tilida javob berlib suhbat qurilsa, bu o'zidan albatta farzandda ko'p tillilik masalasida oqsashga olib kelishi mumkin. Agarda ota onadan birortasi faqat bir tilda so'zlasha olsa, asosan ona deb qaraylik, farzand ham faqat shu tilda so'zlashishi ota bilan ham faqatgina ona tilida muloqotni amalga oshirishi bilan cheklab qo'yishi mumkin. Buni oldini olish uchun esa farzandga ikkala tilda sabr va e'tibor bilan yondashish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Mamlakatimizda aholining bir nechta tillarda so'zlashishi ko'plab turli millat vakillarining istiqomat qilishi bilan izohlanadi. Shuningdek, ikkimillatli nikohlar soni ham ortayotgani bilan e'tiborli hamdir. Albatta, farzandga har ikkala tilga va urf odatlarga hurmatda munosabatda bo'lishni shakllantirish, bir biridan ayro tushunchani hosil qilmay o'sishida ota onaning o'zaro hamkorligi nihoyatda muhimdir. Ta'kidlab o'tish joizki, ushbu masalalarda ta'lim va siyosatning o'rni ham muhimdir.

2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o'zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo'shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o'rtasida o'zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishni taqozo etmoqda.

Muayyan bir hududda yashovchi turli millat vakillari o'rtasida o'zaro do'stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma'naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi. Mazkur natijaga erishishni kafolatlovchi omillardan biri sifatida ko'p tillilik muhitida oilalarda farzandlarni o'zga millatlar madaniyati, tarixi, san'ati, urf-odatlari va an'analariga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, ularda tolerantlik fazilatini shakllantirish bilan belgilanadi.

O'zbek millati azal-azaldan milliy qadriyatlarni asrab-avaylagan, millatlararo bag'rikenglik fazilatlarini o'zida aks ettirgan hamda o'zida tolerantlik tuyg'ulariga boy millat hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o'rin egallayotgan bag'rikenglik tamoyili to'g'risida shunday deydi: "Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko'p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo'stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma'nodagi bag'rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo'lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi".

2079

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bizga ma'lumki, o'zbek oilalarida o'zga millatlarning urf-odatlariga nisbatan ijobiy munosabat tizimini shakllantirishga ta'sir ko'rsatuvchi omillar quyidagilar hisoblanadi: millatning shakllanish tarixi, milliy mentalitet, oila, ota-ona munosabatlari, oiladagi sog'lom tarbiya va sog'lom muhit, mahalla, ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayoni. Ko'p tillilik muhitida yoshlarda o'zga millatlar urf-odatlariga nisbatan ijobiy munosabatni, ya'ni tolerantlik sifatlarini shakllantirishda oilaning o'rni kattadir. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, g'oyaviy va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi.

Xoh ikkimillatli xoh bir millatli bo'lsin, sog'lom muhit, munosabatlarda iliqlik, o'zaro tushunish mavjud bo'lgan oilada nafaqat farovon va baxtli turmush, balki, farzand o'stirish va voyaga yetkazish munosib amalga oshadi. Shuning uchun farzandning sog'lom tug'ilishi, sog'lom o'sishi, sog'lom tarbiyalanishi va nihoyat sog'lom fikrli shaxs bo'lib shakllanishi ham oilaga bog'liq. O'zbek xalqining milliy xususiyatlari: axloqiylik, o'zini o'zi anglash, milliy tuyg'u, milliy madaniyat, milliy kiyinish va yurish-turishda o'z aksini topadiki, o'zbek oilasining tuzilishi va shaxslararo munosabatini o'rganishda bularni chetlab o'tish mumkin emas. O'zbek oilalari tuzilishiga quyidagi sifatlar xosdir: ko'p bolalik, oilada otaning bosh tarbiyachi sifatida namoyon bo'lishi, qarindoshchilik, bir necha avlodlarning birgalikda yashashi. Bular albatta, inson bolasining rivojlanishi va shakllanishiga katta ta'sirini ko'rsatadi.

Xalqimiz boshqa millatlarga bo'lgan chuqur hurmati, millatlararo nikohlar qurishga bo'lgan ijobiy qarashi O'zbekistonda milliy hamjihatlik ruhini tarkib toptirib, turli millat vakillari O'zbekistonni o'z vatani deb his etishiga, milliy madaniyati, san'ati, diniy munosabatlari va e'tiqodini namoyish qilishiga keng imkoniyatlarni yaratdi. O'zbekistonda istiqomat qilayotgan xalqlar, millatlar va elatlar o'zligini anglash, o'z etnik madaniyatini rivojlantirish, dunyo xalqlari bilan integratsiyada yashash imkoniyatiga ega.

2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ham aynan millatlararo do'stlik aloqlarini rivojlantirishga qaratilgan maqsad mavjudligi e'tirofga loyiqdir. Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag'rikenglik muhitini mustahkamlash. Quyida ushbu maqsadni amalga oshirish asoslari berilgan:

- milliy madaniy markazlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish.

- millatlararo munosabatlar sohasida O'zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasining izchil amalga oshirilishini ta'minlash.

- turli millat yoshlari uchun qo'shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, ularda fuqarolik burchini anglash, vatanparvarlik, bag'rikenglikka asoslangan millatlararo muomala madaniyatini yuksaltirish.

- xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo'shimcha qo'llab-quvvatlash choralarini ko'rish.

- xorijiy mamlakatlar bilan do'stlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida do'stlik jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish.

2080

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Mahalla fuqarolik jamiyatini barpo etish, millatlararo munosabatlarni mustahkamlashda davlat va jamiyatga eng yaqin institut hisoblanadi. Mahallada milliy qadriyatlarni tiklash, o'zaro munosabatlarni mustahkamlash, ma'naviy-axloqiy me'yorlarni qaror toptirish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Demokratik konstitutsiyaviy davlatda huquqiy davlat, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi va mustaqil sud hokimiyati kafolatlanadi, inson huquq va erkinliklari kafolatlanadi. Qisqa vaqt ichida mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash, milliy o'zlikni anglash tuyg'usini rivojlantirish uchun sog'lom siyosiy muhit shakllandi.

Birinchidan, millatlararo munosabatlar ko'p jihatdan jamiyatning siyosiy-huquqiy barqarorligiga bog'liq bo'lib, bu o'z navbatida millatlararo muvozanat va ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlaydi.

Ikkinchidan, jamiyatda har bir xalqning o'ziga xos xususiyatlari, urf-odatlari, qadriyatlari boshqalardan hurmat va e'tiborni talab qiladi.

Uchinchidan, fuqarolik jamiyati istiqbollarini ta'minlash uchun milliy madaniyat markazlari va milliy tipdagi tashkilotlar faoliyatini davlat va millat manfaatlaridan kelib chiqib muvofiqlashtirish, ularni milliy rivojlanishdan umumiy taraqqiyotga yo'naltirish zarur.

To'rtinchidan, demokratik jamiyatda millatlararo munosabatlarda muvozanatni saqlashda har bir millatga xos etnopsixologiyani hisobga olish zarur.

Bir so'z bilan aytganda, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida millatlararo totuvlikni ta'minlash borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar milliy o'zlikni tiklash jarayonining barqarorligini ta'minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy mexanizmlarni tahlil qilish imkonini bermoqda.

Aytishimiz mumkinki, millatlararo munosabatlarning huquqiy asoslari mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning huquq va ehtiyojlarini qondirish, ularning milliy taraqqiyotiga intilish uchun yaratilgan. Bu fuqarolarning tengligi va erkinligini, shuningdek, fuqarolarning teng saylov huquqini ta'minlaydi, irqi, millati, dini va boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, barcha fuqarolarga davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etish imkoniyatini ochib beradi. Amaldagi qonun hujjatlarining mazkur qoidalari xalqaro huquq normalariga to'la mos keladi, bu esa O'zbekiston qonunlarining demokratik ruhida jahon amaliyotining ilg'or yutuqlarini o'zida mujassam etganidan dalolat beradi.

Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan etnosiyosatning o'ziga xos aniq strategiyasi va mexanizmlari mavjud. O'zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning strategik maqsadi etnik-siyosiy va millatlararo munosabatlarni mustahkamlashga ham taalluqlidir.

REFERENCES

1. 2GI7-2G2I-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risidagi PF-4947 sonli farmoni. G7.G2.2GI7.

2. Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi. Darslik. - T.: O'qituvchi, 1994.

3. Qosimov B. Milliy uyg'onish: jasorat, ma'rifat, fidoyilik. - T.: Ma'naviyat. 2002,

4. Одилкориев Х.Т., Якубов Ш.У. Национальная правовая система и правовые ценности. - Т.: Академия МВД Узбекистана, 2010.

2GSI

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.