Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI SOG‘LOM RAQOBAT MUHITINI YARATISH MEZONIDIR'

OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI SOG‘LOM RAQOBAT MUHITINI YARATISH MEZONIDIR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oliy ta'lim / konsepsiya / strategiya / innovatsiya / ilm-fan / raqobat / integratsiya / talaba yoshlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Vasila Zayniddinova

Bugun sayyoramiz miqyosida olganimizda ham jahon tamaddunining harakatlantiruvchi kuchi, taraqqiyot kemasiga tezlanish bera oluvchi qatlami malakali, zamon talablarini ilg'ay oladigan, ularga “labbay” deb javob bera oladigan, professional omilkor mutaxassislar ekanini anglaymiz. Bunday kadrlarni esa, shubhasiz, oliy ta'lim tizimi tayyorlab beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH KONSEPSIYASI SOG‘LOM RAQOBAT MUHITINI YARATISH MEZONIDIR»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OLIY TA'LIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RIVOJLANTIRISH

KONSEPSIYASI - SOG'LOM RAQOBAT MUHITINI YARATISH

MEZONIDIR

Vasila Zayniddinova

TATU, "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Bugun sayyoramiz miqyosida olganimizda ham jahon tamaddunining harakatlantiruvchi kuchi, taraqqiyot kemasiga tezlanish bera oluvchi qatlami malakali, zamon talablarini ilg'ay oladigan, ularga "labbay" deb javob bera oladigan, professional omilkor mutaxassislar ekanini anglaymiz. Bunday kadrlarni esa, shubhasiz, oliy ta'lim tizimi tayyorlab beradi.

Kalit so'zlar: oliy ta'lim, konsepsiya, strategiya, innovatsiya, ilm-fan, raqobat, integratsiya, talaba yoshlar.

Bugun dunyo taraqqiyotning tamal toshi, mamlakatni qudratli, millatni buyuk eta oladigan qudratli kuch bo'lgan ilm-fan, ta'lim va tarbiyaga alohida e'tibor qaratmoqda. Jahonning qator yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Zero, mamlakatning ertangi kuni, ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritilgan yutuqlarga bevosita va bilvosita bog'liq.

Mamlakatimiz ham bu jarayonning faol ishtirokchisi ekani quvonarli hol, albatta. E'tirof etish lozim, oliy ta'lim tizimining keyingi yillardagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'plab ijobiy ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo'lamiz.

Oliy ta'lim tizimida yuzaga kelgan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish maqsadida keyingi yillarda sohani tubdan takomillashtirish, izchil rivojlantirish, XXI asr talablariga moslashtirish, zamon bilan hamnafas qilish borasida aniq, izchil va keng ko'lamli kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shuningdek, soha taraqqiyotiga yo'naltirilgan o'nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilindi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi sohadagi

17-aprel, 2024

491

Tashkent State University of Economics

yangi islohotlar uchun dasturulamal vazifasini bajarmoqda. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettirdi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoriylashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berildi. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qildi.

So'nggi yillarda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida xalqaro standartlar asosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Asosiy e'tibor talaba-yoshlarning ta'lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga, davlat byudjetining 3/1 qismi ta'limga yo'naltirildi.

Natijada, o'tgan 6 yil mobaynida oliy o'quv yurtlari soni 77 tadan 210 taga yetdi, ularga qabul 3,5 baravarga ortdi. Yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirildi.

Bu esa, oliy ta'limda ta'lim xizmati sifati va raqobatbardoshligini oshirishga alohida e'tibor qaratish va ta'lim jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish, oliy ta'lim raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

O'zbekistonda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, ilg'or fan-texnika yutuqlarini egallagan intellektual kadrlarni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi asosida tashkil etilgan uzluksiz ta'lim tizimi yaratilgan. Mamlakatni barqaror rivojlantirishda «kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablariga moslashtirish, oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, sohada sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta'minlash» oliy ta'limni rivojlantirishning strategik vazifalari hisoblanadi.

492

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Mazkur vazifalarga erishishda, ta'lim sifatini yanada oshirish, ta'lim jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish, o'quv ishlarini bozor ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etish, oliy ta'lim muassasalari brendini shakllantirish, oliy ta'lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanishda ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.

Oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, ta'lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularning xalqaro reytinglarga kirishini ta'minlash maqsadida milliy reyting e'lon qilib borilmoqda.

Xalqaro tajribaga ko'ra, dunyodagi nufuzli universitetlar faoliyatining asosiy bosh mezoni akademik nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi va kadrlar sifatidir. Bu ko'rsatkichlar professor-o'qituvchilarning yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalar chop etish, iqtiboslik ko'rsatkichlarining oshishi, investitsion jozibadorlikni oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish, ta'lim-fan-ishlab chiqarishning o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, keyingi yillarda oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish, ularni zamonaviy o'quv-ilmiy laboratoriyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlash, xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan o'quv-uslubiy materiallar va o'quv dasturlari, yetakchi pedagogik texnologiyalarni o'quv jarayoniga keng joriy qilish orqali o'quv sifatini oshirish masalalariga keng e'tibor qaratilyapti. Davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari soni va samaradorligini oshirish hisobiga oliy ta'limga qamrov darajasini 2030 yilga qadar ellik foizdan oshirish, oliy ta'lim muassasalarini yanada ko'paytirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Kamida o'nta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 taligi ro'yxatiga, jumladan, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oliy ta'lim muassasasi ro'yxatiga kiritish borasidagi sa'y-harakatlar davom etmoqda.

Raqobatbardosh milliy kadrlar tayyorlaydigan oliy ta'lim tizimi islohotlari doimiylik va izchillik talab etadigan jarayondir. Zero, tobora globallashayotgan dunyoda sifatli kadrlar tayyorlash masalasi har bir davlatning kelajagini belgilab beruvchi asosiy omil ekani o'z-o'zidan ayon.

Prezidentimiz yaqinda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida yana bir bor oliy o'quv yurtlari zimmasidagi mas'uliyat haqida to'xtaldi. Davlat rahbari endi bu borada mutlaqo yangi tizim yaratilishini qayd etdi. Har bir oliy o'quv yurti yon-atrofidagi

493

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

kamida besh-o'ntadan mahallasi uchun "ma'naviyat markazi" va "madaniyat o'chog'i" bo'lishi lozim.

Xulosa qilib aytganda, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlaganidek, biz keng ko'lamli demokratik o'zgarishlar, jumladan, ta'lim islohotlari orqali O'zbekistonda yangi Uyg'onish davri, ya'ni uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o'zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik.

REFERENCES

1. https://lex.uz/ru/docs/5657199. Узбекистан республикаси Миллий Конунчилик базаси.

2. Тешабоев Тулкин Закирович. Олий таълим тизимида инновацион фаолиятни ахборот технологиялари асосида такомиллаштириш йуллари. "Иктисодиёт ва инновацион технологиялар" илмий электрон журнали. № 3, май-июнь, 2018 йил.

3. Sobirovich, Z. F. (2023). Implementating Modern Educational and Information Technologies Into the Higher Educational Process. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(9), 168-171.

4. Sobirovich, Z. F. (2023). Conceptual Foundations of Teaching History. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(2), 171-174.

494

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.