Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gulrux Sirliboyeva

Bugungi kunda ta‘lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta‘lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to'g'risida"gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo'lib, uning maqsadi ta‘lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

Tashkent State University of Economics

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA'LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI

Gulrux Sirliboyeva

«Ijtimoiy fanlar» kafedrasi o'qituvchisi

Bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo'lib, uning maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Mazkur Qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi, unda belgilangan masofaviy ta'lim haqidagi qoidalar o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.

Shuningdek, Qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta'lim tashkilotlariga litsenziya Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo'ldi.

Qonunda dual ta'limga oid qoidalar belgilanib, u ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratilgan bo'lib, ularning nazariy qismi ta'lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta'lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta'lim to'g'risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etadi.

Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o'ziga xos

172

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonundan tubdan farq qiladi.

Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma'lum qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.

Hususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Bu esa, oliy ta'limda ta'lim xizmati sifati va raqobatbardoshligini oshirishga alohida e'tibor qaratish va ta'lim jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish, oliy ta'lim raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalaridan foydalanishga oid ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.

O'zbekistonda zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, ilg'or fan-texnika yutuqlarini egallagan intellektual kadrlarni tayyorlashda O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi asosida tashkil etilgan uzluksiz ta'lim tizimi yaratilgan. Mamlakatni barqaror rivojlantirishda «kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablariga moslashtirish, oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, sohada sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta'minlash» oliy ta'limni rivojlantirishning strategik vazifalari hisoblanadi.

Mazkur vazifalarga erishishda, ta'lim sifatini yanada oshirish, ta'lim jarayonini xalqaro talablarga moslashtirish, o'quv ishlarini bozor ehtiyojidan kelib chiqib tashkil etish, oliy ta'lim muassasalari brendini shakllantirish, oliy ta'lim raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalarini ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanishda ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish maqsadga muvofiq.

173

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Oliy ta'lim tashkilotlari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, ta'lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish va ularning xalqaro reytinglarga kirishini ta'minlash maqsadida milliy reyting e'lon qilib borilmoqda.

Xalqaro tajribaga ko'ra, dunyodagi nufuzli universitetlar faoliyatining asosiy bosh mezoni akademik nufuzi, ilmiy tadqiqot faoliyatining natijadorligi va kadrlar sifatidir. Bu ko'rsatkichlar professor-o'qituvchilarning yuqori impakt-faktorli jurnallarda maqolalar chop etish, iqtiboslik ko'rsatkichlarining oshishi, investitsion jozibadorlikni oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish, ta'lim-fan-ishlab chiqarishning o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish orqali amalga oshiriladi.

Bizning fikrimizcha, oliy ta'lim muassasasining ilmiy salohiyati va professional ta'lim beruvchilar orasida raqobatni yanada oshirish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar va professor-o'qituvchilarni jalb etishda oliy ta'lim muassasalarida tashkil etilgan byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg'armasi mablag'laridan ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari hamda xorijiy mutaxassislari uchun samaradorlik mezonlariga (KPI) ko'ra rag'batlantirish miqdorini mustaqil belgilash taklif etilmoqda.

Bu esa, oliy ta'lim muassasalarida o'quv rejada shakllantirilgan fan va kurslardan eng malakali mutaxassislar va professor-o'qituvchilar hamda xorijda bu fan va kurslar bo'yicha o'quv mashg'ulotlari olib boradigan malakali o'qituvchilarni jalb qilish imkoniyatini oshiradi.

Konsepsiyada oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish asosida oliy ta'lim qamrovi darajasini 50 foizdan oshirish ko'zda tutilgan.

Shuningdek, respublikada birinchi 1 ming pozitsiya ro'yxatidagi 10 ta oliy o'quv yurtidan kam bo'lmagan xalqaro miqyosda tan olingan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education ili Academic Ranking of World Universities), shu jumladan, O'zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetiga kiradigan oliy ta'lim muassasalari ro'yxatining birinchi 500 pozitsiyasiga kiritish ko'zda tutilgan.Bundan tashqari, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyati o'rtasidagi munosabatni nazarda tutuvchi "Universitet 3.0" konsesiyasini bosqichma-bosqich joriy etish ko'zda tutilgan.

Xulosa o'rnida, ta'lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo

17-aprel, 2024

174

Tashkent State University of Economics

qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi"// https://lex.uz/docs/4545884

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabr-dagi PF-158-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan "O'zbekiston — 2030" strategiyasi// https: //lex.uz/ru/docs/-6600413

3. Narzullayevich, P. M., Abdiyevich, A. A. Z., & Muxammedovich, R. A. (2021). ACTUAL PROBLEMS OF ACTIVE CITIZENSHIP IN THE FORMATION OF A HIGH ECOLOGY CULTURE ([phrase omitted]). European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 8(1), 1047A-1047A.

4. Narzullaevich, P. M., & Abdievich, A. A. (2022). Value approach to the analysis of spiritual culture of Uzbekistan. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 131-139.

5. Narzullaevich, P. M. (2020). The issues of formation of youth legal culture in the development of civil society in Uzbekistan. Journal of Critical Reviews, 7(7), 355357.

6. Primov, M. (2023). Humanitarian And Deontological Aspects of Supporting the" Green" Economy and Its Development. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(6), 98-107.

175

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.