Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
YANGI O'ZBEKISTONDA OLIY TA'LIM TIZIMINI ISLOH ETISh -
TARAQQIYOT GAROVIDIR
To'lqin Turgunovich Aliyev
Toshkent davlat iqtisodiyot universitet "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni
buyuk qiladigan kuch ham bu — ilm-fan, ta 'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizningyorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi vafarzandlarimizga
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog 'liq.
Shavkat Mirziyoyev
ANNOTATSIYA
Bugun yangi O'zbekiston jahon hamjamiyati safida o'z o'rniga ega bo'lib bormoqda. Mamlakatdagi har bir soha zamonga xos va mos tarzda rivojlantirilib, har bir sohada yangilanish nafasi ufurmoqda. O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish bugungi kunda uchinchi renessans shakllanish jarayonining asosiy ehtiyojlardan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, sillabus, malakali kadrlar tayyorlash tizimi, QS va TNE xalqaro reytinglar, davlat granti, gender tenglik.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni [1], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2789-sonli Qarori [2], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5847-sonli Farmoni [3], O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoniga [4] asosan bugungi kunda Oliy ta'lim sohasida amalga oshirilishi
17-aprel, 2024
100
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
zarur bo'lgan masalalar, oliy ta'lim tizimini isloh qilish, ta'limda yangi pedagogik va innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish zarurligi va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish belgilab berilgan.
Harakatlar strategiyasi davrida oliy ta'lim tizimini isloh qilishga oid qator samarali ishlar amalga oshirildi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim muassasalari soni 2016/2017 o'quv yilida 70 ta, 2021/2022 o'quv yilida esa 154 tani tashkil qildi. Bugungi kunda oliy o'quv muassasalari soni qariyb 2,5 barobar ko'payib, 186 taga yetdi. Ularning 31 tasi dunyodagi yetakchi universitet va institutlarning filiallaridir [5].
O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi va Davlat dasturida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish, ta'lim sifatini oshirish, 2026 yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy ta'lim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishiga maqsadli tayyorlash va qariyb 100 ming o'rinli talabalar turar joylarini barpo etish kabi vazifalar belgilab olindi. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan talabalar soni 2016/2017 o'quv yilidagi 268,3 ming nafardan 2021/2022 o'quv yilida 808,4 ming nafarga yetdi. Hozirda oliy o'quv yurtlariga qabul kvotasi 3,5 barobar, oliy ta'lim qamrovi esa 9 foizdan 38 foizgacha oshganini qayd etish lozim. Shu bilan birga mazkur tizimda muammo va kamchiliklar ham yo'q emas, albatta. Xususan, so'nggi 2 yil davomidagi koronavirus pandemiyasi oliy ta'lim sohasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi, mavjud kamchiliklarni namoyon qildi.
Mazkur muammo va kamchiliklarni bosqichma-bosqich hal etish borasidagi qator vazifalar Taraqqiyot strategiyasida qat'iy belgilab olinib, bugunga qadar tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Davlat dasturining 212-214-bandlar ijrosini ta'minlash maqsadida 2022 yil 15 iyunda Prezidentning «Davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to'g'risida»gi qarori qabul qilindi. Unda, 2022/2023 o'quv yilidan boshlab davlat oliy ta'lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha masofaviy ta'lim shakli joriy etilishi, davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta - avgust va yanvar oylarida tashkil etilishi, davlat OTMlar magistraturasiga qo'shimcha qabul parametrlari asosida o'qishga qabul qilingan abiturientlarning to'lov-kontrakt summasi bir talabaga to'g'ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, OTM tomonidan mustaqil belgilanishi hamda 2023/2024 o'quv yilidan boshlab davlat OTMlarga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi
17-aprel, 2024
101
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2Q3Q Strategy:
opporiunitiesjoRealizeHumnPoientiaL
parametrlari faqat davlat granti bo'yicha tasdiqlanishi belgilandi. Shuningdek, mamlakatga xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida davlat oliy ta'lim muassasalariga chet el fuqarosi oliy ta'lim muassasasi tomonidan o'tkaziladigan suhbat natijasiga ko'ra o'qishga qabul qilinishi qayd etildi [6].
Qarorning e'tiborli jihatlaridan biri, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma'lumotga ega bo'lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o'quv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo'shimcha 2000 ta davlat granti ajratilishi bo'ldi. Bu, xotin-qizlarning oliy ta'lim bilan qamrovini oshirish, ularning davlat va jamiyatdagi faolligini kuchaytirish, gender tenglikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi bo'ldi. Bunda oliy ta'lim muassasalari, texnikum va kollejlar, sirtqi va kechki ta'limda o'qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt pullarini to„lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish, davlat oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichida o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari to'liq davlat byudjetidan qoplab berilishi tartibi joriy qilindi.
Ta'kidlash joizki, xorijiy oliy ta'lim muassasalariga bakalavriat uchun -50 nafar, magistratura uchun - 10 nafar xotin-qizga har o'quv yilida «El-yurt umidi» jamg'armasi orqali qo'shimcha grantlar ajratiladi. Endi har yili ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan talaba xotin-qizlarning ta'lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to'lab beriladi, doktorantura yo'nalishida xotin-qizlar uchun 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi F-60-son farmoyishiga muvofiq 2022/2023 o'quv yili uchun davlat OTMga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari umumiy kvotasi 121 395 ta etib belgilandi. Jumladan, bakalavriatga 110707 (shundan kunduzgi ta'lim shakliga - 77 477, sirtqi ta'lim shakliga - 26 095, kechki ta 'lim shakliga - 3 725, masofaviy ta 'lim shakliga - 3 410 nafar) va magistraga 10 688 nafar o'rin ajratildi. Shu bilan birga, moliyaviy mustaqillik berilgan 36 ta davlat OTMning to'lov-kontrakt bo'yicha 50 mingdan ortiq abiturient olish bo'yicha qabul parametri kuzatuv kengashlari qarori bilan tasdiqlandi. Natijada joriy o'quv yilida qabul parametri o'tgan yilga nisbatan keskin oshdi. Moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar tomonidan magistraturaga 2 904 nafar talaba qabul qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oliy ta'lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayayotgani ta'lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta'lim xizmatlarini ta'minlash va bu borada Prezident hamda
17-aprel, 2024
102
Tashkent State University of Economics
hukumatimiz belgilab bergan vazifalarni to'la-to'kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmonining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi". O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlar to'plami, 2017 yil, 6-son 70-modda.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 fevraldagi "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2789-sonli Qarori//"Xalq so'zi", 2017 yil 18 fevral.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5847-sonli Farmoni//Lex.uz.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni//Lex.uz
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi 4947-sonli Farmonining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi"//Lex.uz
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni//Lex.uz
103
17-aprel, 2024