Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON IJTIMOIY JARAYONLARIDA O‘QUVCHI-YOSHLAR ISHTIROKINING DINAMIKASI (2017-2022 YILLAR) I'

YANGI O‘ZBEKISTON IJTIMOIY JARAYONLARIDA O‘QUVCHI-YOSHLAR ISHTIROKINING DINAMIKASI (2017-2022 YILLAR) I Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
90
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘QUVCHI-YOSHLAR / O‘QUVCHI-YOSHLAR ISHTIROKI / IJTIMOIY JARAYONLAR / O‘QUVCHI-YOSHLAR ISHTIROKINING DINAMIKASI / BITIRUVCHI / BESHTA MUHIM TASHABBUS / MA’NAVIY SALOHIYAT / INTELLEKTUAL SALOHIYAT / KITOB / KUTUBXONA / FAOL KITOBXON / KITOBXONLIK / KITOBXONLIK MADANIYATI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saparbayev B.A.

Maqolada Yangi O‘zbekiston ijtimoiy jarayonlarida o‘quvchi-yoshlar ishtirokining dinamikasi o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda o‘quvchi-yoshlar ishtirokining dinamikasi, umumta’lim muassasalarda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, ularga samarali yechimlar va xulosalar berilgan hamda statistik tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IN THE SOCIAL PROCESSES OF THE NEW UZBEKISTAN DYNAMICS OF STUDENT-YOUTH PARTICIPATION (2017-2022) I

The article examines the dynamics of student-youth participation in the social processes of New Uzbekistan. Also, in the article, the dynamics of students' participation in the reforms carried out in our country, some problems arising in general educational institutions, effective solutions and conclusions are given and statistically analyzed.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON IJTIMOIY JARAYONLARIDA O‘QUVCHI-YOSHLAR ISHTIROKINING DINAMIKASI (2017-2022 YILLAR) I»

Saparbayev B.A. Xorazm viloyati, Yangibozor tumani 32-maktab tarix fani o 'qituvchisi

YANGI O'ZBEKISTON IJTIMOIY JARAYONLARIDA O'QUVCHI-YOSHLAR ISHTIROKINING DINAMIKASI (2017-2022 YILLAR)

Annotatsiya. Maqolada Yangi O 'zbekiston ijtimoiy jarayonlarida o 'quvchi-yoshlar ishtirokining dinamikasi o 'rganilgan. Shuningdek, maqolada mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarda o'quvchi-yoshlar ishtirokining dinamikasi, umumta 'lim muassasalarda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar, ularga samarali yechimlar va xulosalar berilgan hamda statistik tahlil etilgan.

Kalit so 'zlari: o 'quvchi-yoshlar, o 'quvchi-yoshlar ishtiroki, ijtimoiy jarayonlar, o 'quvchi-yoshlar ishtirokining dinamikasi, bitiruvchi, beshta muhim tashabbus, ma'naviy salohiyat, intellektual salohiyat, kitob, kutubxona, faol kitobxon, kitobxonlik, kitobxonlik madaniyati.

Saparbayev B.A.

History teacher of the 32nd school Khorezm region, Yangibozor district

IN THE SOCIAL PROCESSES OF THE NEW UZBEKISTAN DYNAMICS OF STUDENT-YOUTH PARTICIPATION (2017-2022)

Abstract. The article examines the dynamics of student-youth participation in the social processes of New Uzbekistan. Also, in the article, the dynamics of students' participation in the reforms carried out in our country, some problems arising in general educational institutions, effective solutions and conclusions are given and statistically analyzed.

Key words: student-youth, student-youth participation, social processes, dynamics of student-youth participation, graduate, five important initiatives, spiritual potential, intellectual potential, book, library, active reader, reading, reading culture.

Kirish. Hozirgi kunda Yangi O'zbekiston strategiyasini qurish jarayonida o'quvchi-yoshlarning ijtimoiy jarayonlarda ishtirokini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki o'quvchi-yoshlar mamlakatning ijtimoiy-siyosiy strategik subyektidir. O'quvchi-yoshlar Yangi O'zbekiston strategiyasini harakatga keltiruvchi yagona kuchdir. Chunki aynan yoshlar ijtimoiy tizimning zamonaviy bosqichi o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajaruvchi qatlam hisoblanadi.

Hozirda O'zbekiston aholi sonini 2022-yil 1-iyun holatiga [3] ko'ra mamlakat aholisi 35 271 296 kishini tashkil etib, shundan, 20.7 % i (7 306 161 ta) 7 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan o'quvchi-yoshlarni tashkil etadi. Bu

raqamlar, jamiyatning istiqbolli rivojlanish infrastrukturasida o'quvchi-yoshlar ham miqdor, ham sifat jihatdan o'zgarishlar, istiqbolli ijtimoiy jarayonlarning rivoji uchun asos bo'lishini belgilab beradi. Chunki yoshlarga xos bo'lgan ijtimoiy xususiyatlar - ularning dunyoqarashi, bilim darajasi, ma'naviyati, insoniy fazilatlari jamiyatning umumiy darajasi va taraqqiyotiga o'z ta'sirini o'tkazishi shubhasiz.

Asosiy qism. Mamlakatimizda barkamol o'quvchi-yoshlarni shakllantirish, ularni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog'lom etib tarbiyalash hamda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarning faol strategik ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Maktab o'quvchilarining bilimi va ko'nikmalarini shakllantirish, ularni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o'qituvchi kasbi nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o'quv metodik majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta'limi muassasalarining xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, shuningdek, 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni [1] qabul qilindi. Mazkur Farmonda 2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturi tasdiqlangan.

Rivojlantirish dasturida umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo'nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo'lga qo'yish, bola ta'lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o'rnini oshirish, o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo'naltirish tizimini takomillashtirish hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning xalq ta'limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta'lim jarayonlarini jadallashtirish kabi ustuvor yo'nalishlar belgilab berilgan.

Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Rivojlantirish dasturi orqali o'quvchi-yoshlarni ijtimoiy jarayonlarda ishtirokini oshirish, davlat oldidagi mas'uliyatini yanada mustahkamlash, umuta'lim muassasalarda iqtidorli o'quvchi-yoshlar bilan ishlash, o'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yo'naltirish tizimini takomillashtirib borish, ijodkor va iqtidorli o'quvchi-yoshlarni qo'llab-quvvatlash tizimini joriy etish, o'quvchi-yoshlarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash bo'yicha yagona elektron platforma yaratish hamda har bir 5-11-sinf o'quvchisi uchun elektron "Ish daftari"ni joriy etish hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ta'lim tizimini takomillashtirish va inklyuziv ta'lim jarayonlarini keng aytirish kabi ilmiy-amaliy dasturlar joriy qilish ko'zda tutilgan. Rivojlantirish dasturi o'quvchi-yoshlarni ma'naviy va intelektual salohiyatli, porloq kelajagiga mustahkam ishonchini, professional kasbga yo'naltiruvchi va xalqaro standartlar

talablariga javob beradigan yetuk kadr bo'lib yetishishiga zamin yaratadigan tizim vazifasini bajaradi.

Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-269-sonli Farmoni [2] qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashkil etilganligini ma'lumot sifatida ta'kidlash maqsadga muvofiqdir.

Statistik ma'lumotlar. 2021-yilda umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bag'ishlab qizlar o'rtasida "Nafosat olami", "Navro'z" umumxalq bayramiga bag'ishlab "Milliy qadriyatlarimiz - beqiyos boyligimiz", 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni"ga bag'ishlab "Sog'lom bola", 1-sentabr "Mustaqillik kuni"ga bag'ishlab "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida sport turlari va xalq o'yinlari bo'yicha sport tadbirlarini o'tkazildi. Mazkur tadbirlar basketbol, voleybol, stol tennisi, badminton, badiiy gimnastika, akrobatika, og' ir atletika sport turlari bo'yicha o'tkazildi hamda ularda 1,4 mln. nafardan ortiq o'quvchilar ishtirok etib, g'olib bo'lgan o'quvchilar tashkilotlar va homiylar tomonidan rag ' batlantirildilar.

Shuningdek, "5 tashabbus - sport bilan" shiori ostida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida basketbol sport turidan musobaqasi, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari va o'qituvchilari o'rtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi, imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o'quvchilari o'rtasida respublika birinchiligi, "Futbolimiz kelajagi sening qo'lingda" shiori ostida respublika birinchiligi, o'qituvchilar o'rtasida "Quvnoq startlar" sport musobaqalari, "Yoshlik sport jamoalari" respublika birinchiligi, "Kurash - milliy g'ururimiz" shiori ostida sportning kurash turidan respublika birinchiligi o'tkazilib, 2,8 mln. nafardan ortiq o'quvchilar ishtirok etishdi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 31/1-2470- sonli topshirig'iga muvofiq joriy yilning 4-oktabr - 14-noyabr kunlari 6 ta hududda "Save Aral - 2021" xalqaro marafoni doirasida yugurish va yurish musobaqalarida 7 794 nafar (3 111 nafar qizlar) o'quvchilar ishtirok etdi. Jumladan, Jizzax viloyatida 1370 nafar (420 nafar qizlar), Navoiy vilotida 2 624 nafar (1 168 nafar qizlar), Samarqand viloyati 1 500 nafar (700 nafar qizlar), Surxondaryo viloyatida 500 nafar (186 nafar qizlar), Toshkent viloyatida 500 nafar (120 nafar qizlar), Toshkent shahrida 1 300 nafar (517 nafar qizlar) o'quvchilar marafonda qatnashganligini ma'lum qilamiz [4].

2022-yilda esa umumta'lim maktab bitiruvchilari bandligini ta'minlash borasida 164 ta tuman (shaharlar) da kasb-hunar ta'limi kengashlari tashkil etildi. 11 ta hududda viloyat hokimi boshchiligida, 98 ta tuman, shaharlarda tuman (shahar) hokimlari boshchiligida "Hokim va bitiruvchilar" uchrashuvlari o'tkazildi. Uchrashuvlarda 139 834 nafar bitiruvchilar, 12 802 nafar ota-onalar ishtirok etdi.

YoshlaTda kasbga bo'lgan qiziqishni oгttiгish hamda pгofessional ta'lim muassasalaгi haqida to'liq ma'lumotlaг beгib boгish bo'yicha bugungi kunga qadar гespublika bo'yicha 228 ta "Ochiq eshiklaг kuni" tadbiriari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni va PQ-241-son qarariga asosan o'quvchilaming qiziqish va qobiliyatlaгini aniqlash, ulaming kelajakda munosib kasb egasi bo'lishlariga ko'maklashish va o'quvchilami kasb-hunaгga yo'naltirish tizimi belgilandi. Xususan:

Birinchidan, o^uvchito tuгli kasblaг uchun zaгuг bo'lgan ko'nikmala^ odatdagi martaba traektoriyalari va ish haqi darajalari, ommabop kasblar, kasb^ klasteгlari, 126 tadan ortiq kasblaг to'g'гisidagi ma'lumotlaг (professiogramma) olish imkoni beruvchi prof.maktab.uz onlayn platformasi ishga tushirildi;

Ikkinchidan, 5-11-sinf o'quvchilaгining kasblaгga bo'lgan qiziqishlaгini aniqlash hamda ularning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasblarga yo'naltirish bo'yicha 19 todagi psixologik test^ hamda 198 dan oгtiq kasblami qamrab olgan profnavigator.uz tizim ishga tushdi;

Uchinchidan, o'quvchilaming kasblaг haqidagi tushunchalaгini yanada kengaytirish maqsadida 9-11-sinf o'quvchilaгini ishlab chiqaгish, xizmat ko^satish va agгotexnologiya yo'nalishidagi koгxona va tashkilotla^a 33 839 ta ekskursiyalar tashkil etildi.

Shuningdek, 62 ta kasbto bo'yicha respublikadagi 10 130 ta maktablami "Ishga maAamat" monoma^azlari, qisqa muddatli kuгslaг ochilgan ta'lim muassasalari, mahalla aholisini kasbga o'qitish ma^azlariga biгiktiгildi. Biгiktiгish natijasiga ko'ra jami 1197 ta muassasalaгda kasb-huna^a o'qitish rej alashtirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Vaz^to Mahkamasining 2022-yil 9-fevraldagi "Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xoгazm viloyatidagi umumiy o'гta ta'lim muassasalarida boshlang'ich sinf o'quvchilarini bepul ovqat bilan ta'minlashni tashkil etish chora-tadbiгlaгi to'g'risida"gi 67-sonli qaroriga asosan Qoгaqalpog'iston Respublikasi va Xo^m viloyatida tajгiba-sinov tariqasida boshlang'ich sinf (1-4-sinf) o'quvchilaгini 2021/2022 o'quv yiliga qadar bepul ovqat bilan ta'minlandi. Xususan, Qoгaqalpog'iston Respublikasida - 139 374 nafar (726 ta maktab), Xorazmda - 134 315 nafar (549 ta maktab) o'quvchilaT bepul ovqatlanishi tashkil etildi [4].

Statistik tahlillar. Bugungi kunda o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-taгbiya jaгayoniga ta'limning innovatsion shakllaгi va usullarini joriy etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlaгda o'quvchi-yoshlar ishtirokini oshiгish mamlakatimiz asosiy vazifalaridan biгidiг. O'quvchi-yoshlar Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshiruvchi va harakatga keltiruvchi demografik dividend hisoblanadi. Shuning uchun Yangi O'zbekiston taraqqiyot

strategiyasini qurishda o'quvchi-yoshlarning ijtimoiy jarayonlarda ishtiroki dinamikasi o'rganish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.

Shu o'rinda, mamlakatimizda umumta'lim muassasalarni sonining 20172022 yillar davomida o'sib borish dinamikasini statistik tahlil qilindi. Statistik tahlil natijalari 1-jadvaldan ko'rish mumkin.

1-jadval

Umumta'lim muassasalarsoni

Umumta'lim muassasalarni sonining 2017-2022 yillar davomida o'sib borish dinamikasini qishloq va shahar hududlari kesimida statistik tahlil qilindi. Statistik tahlil natijalari 2-jadvaldan ko'rish mumkin.

2021-2022

2020-2021

2019-2020

2018-2019

2017-2018

6277

0 1000 2000 3000 4000 5000 6000 7000

H Qishloq joylardagi В Sha ha r joy larda

Yuqoridagi 1-2 jadvallaröagi statistik ma'lumotto o^ali shuni xulosa qilish mumkin. 2017-2022 yil^ davomida umumta'lim muassasalaг sonining o'sib borishi Yangi O'zbekistonning 2022-2026-yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirishning yana bir mexanizmi sifatida ko'rish mumkin. Yuгtimizda innovatsion va kreativ fikriaydigan zamonaviy o'quvchi-yoshlarni tayyorlash, ularni vatanparvarlik гuhida, yuksak ma'naviyat egalaгi etib taгbiyalash, iqtidoгli o'quvchilami aniqlash, ulaг qobiliyatini гivojlantiгish, o'qitishning ilg'oг metodlaгini joгiy etish, zamonaviy bilim^ va chet tillami puxta o^gatish umumta'lim muassasalarning oldida turgan asosiy vazifasidiг. Bugungi kundagi umumta'lim muassasalar yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan iqtidorli, qobiliyatli, ilm-fanga mehT qo'ygan o'quvchi-yoshlaming yanada ko'payishiga zamin yaratuvchilardir.

2017-2022 yillaг davomida umumta'lim muassasalarida o'quvchi-yoshlar sonining o'sib borish dinamikasini statistik tahlil qilindi. Statistik tahlil natijalari 3-jadvaldan ko'rish mumkin.

Umumta'lim muassasalarida o'quvchilar soni

Yuqorida 3-jadvaldagi statistik ma'lumotlar asosida quyidagi xulosa qilish mumkin. Yildan yilga umumta'lim muassasalarda o'quvchi-yoshlarning soni oshib borishi mamlakatimiz ta'lim tizimida yuksalishning yangi bosqichiga olib chiqish tendensiyalarini shakllantiradi. Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham o'quvchi -yoshlardir. Jamiyatda yuksak malakali o'quvchi-yoshlar qancha ko'p bo'lsa, rivojlanish shuncha tez va samarali kechadi. Ta'lim sifati rivojlansa, hamma sohada o'zgarish, rivojlanish kuzatiladi.

Umumta'lim muassasalarida 9-sinf bitiruvchi o'quvchi-yoshlarning soni 2017-2022 yillar davomida o'sib borish dinamikasini statistik tahlil qilindi. Statistik tahlil natijalari 4-jadvaldan ko'rish mumkin.

9-sinf bitiruvchi o'quvchi-yoshlarningsoni

531300

2017 2018 2019 2020 2021 2022

Umumta'lim muassasalarida 11-sinf bitiruvchi o'quvchi-yoshlarning soni 2019-2022 yillar davomida o'sib borish dinamikasini statistik tahlil qilindi.

Statistik tahlil natijalari 5-jadvaldan ko'rish mumkin.

5-jadval

11-sinf bitiruvchi o'quvchi-yoshlarning soni

454333 442893

392900

280324

2019 2020 2021 2022

Shu o'rinda, umumta'lim muassasalarida 2021-2022 o'quv yilida 11-sinf bitiruvchi o'quvchi-yoshlarning hududlar kesimida soni statistik tahlil qilindi. Statistik tahlil natijalari 6-jadvaldan ko'rish mumkin.

11-sinf bitiruvchilarni hududlar kesimida soni

Toshkentsh. 1 31,9

Xorazm 1 23,4

Farg'ona 1 43,4

Toshkent Sirdaryo Su rxondaryo Samarqand Namangan Navoiy Qashqadaryo

Jizzax 1 16,9

Buxoro 1 23

Andijon 1 30,5

Qoraqalpog'iston Respublikasi 1 21,3

Yuqorida tahlil etilgan 4-5-6 jadvallardagi statistik ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalarni berish mumkin. Mamlakatimizdagi umumta'lim maktablami qishloq va shahar joylashuvi jihatdan umumiy soni, undagi o'quvchi-yoshlarning soni hamda 9-11 sinflardagi bitiruvchilar soni 2017-2022 yillar davomida o'sib borish dinamikasini statistik tahlil qilinishi umumta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etishda ta'lim sifatini yuqori bosqichga ko'tarish shuningdek mavjud muammolarni o'z vaqtida hal etish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini tatbiq etish, o'qitish metodikasini takomillashtirish, o'quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni amalga oshirishni yuzaga keltiradi.

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ilm va hunarlarni puxta egallagan, o'quvchi-yoshlarini shu ruhda tarbiyalagan xalqlar, davlatlar jadal rivojlanib borayotganini ko'ryapmiz, guvohi bo'lyapmiz. Shu bois, yurtimizda ham o'quvchi-yoshlarning shunday yuksak darajaga ko'tarilishi uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Ta'lim tizimini tubdan o'zgartirish, uni xalqaro standartlarga integratsiyalash, mehnat bozori talabiga mos yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish, ta'lim sifati va kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish asosiy maqsad qilingan. Bu orqali ta'lim va ishlab

chiqarish integratsiyasi yuzaga keladi, oliy ta'lim muassasalari talabdan kelib chiqib mutaxassis tayyorlaydilar. Ta'lim sohasidagi yangilanishlarning asosiy qismini oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Shu bois, oliy o'quv yurtlariga qamrovni kengaytirish, ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu o'rinda umumta'lim muassasalarda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda ya'ni, umumta'lim muassasalariga bolalarni qabul qilish, o'quv jarayonida turli shakldagi korrupsiya elementlari mavjudligi, iqtidorli o'quvchilarni aniqlashda tanish-bilishchilik va mahalliychilik saqlanib qolayotganligi, ko'p yillik mehnat stajiga ega pedagoglar ingliz tili yoki kompyuter savodxonligi bo'yicha yetarli bilimga ega emasligi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini biladigan, novator va kreativ dunyoqarashga ega yosh pedagog kadrlarni ishga qabul qilishda ayrim rahbarlar tomonidan tamagirlik hamda tanish-bilishchilik qilayotganligi, shuningdek, o'quvchilarni erkin fikrlashi hamda fikr bildirishiga ayrim pedagog va rahbarlar tomonidan tahdidga uchrash holatlari yuz bermoqda. Yuqorida aytilgan muammolarni ijobiy hal etish shuningdek, o'quvchilarni ta'lim olishga bo'lgan motivatsiyasini oshirish va mustahkamlash, umumta'lim muassasalarda o'qitish metodikasini takomillashtirish mexanizm va tendensiyalarini ishlab chiqish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi "2022-2026-yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi PF-134-son Farmoni. https://lex.uz/docs/-6008663

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-269-sonli Farmoni.

3. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography-2

4. https://uzedu.uz/y3/page/davlat_dasturlari

5. Эргашев И., Худайназаров А. У. УЗБЕКИСТОН ЖАМИЯТИ БОШКАРУВИДА ЁШЛАР ФАОЛЛИГИНИ ОШИРИШНИНГ МАЪНАВИЙ ОМИЛЛАРИ //Журнал Социальных Исследований. - 2020. -Т. 3. - №. 5.

6. Худайназаров А. У. Роль реформ в повышении активности молодежи Узбекистана в социально-политических процессах //Экономика и социум. -2021. - №. 4-2 (83). - С. 661-665.

7. Urinbaevich K. A. Factors for Increasing the Activity of Youth of Uzbekistan in the Field of Science and Education //Middle East Journal of Applied Science & Technology. - 2022. - Т. 5. - №. 1. - С. 33-37.

8. Abdurakhmonovich S. B., Urinbaevich K. A. The Role of Reading in Increasing the Activity of Youth in Socio-Political Processes //Middle European Scientific Bulletin. - 2022. - Т. 23. - С. 222.

9. Urinbaevich K. A. YOUTH OF UZBEKISTAN AS A SUBJECT OF CHANGES IN POLITICAL PROCESSES //Open Access Repository. - 2023. -T. 4. - №. 3. - C. 1455-1464.

10. Ergashev, I., Abdullayev, B.B., Xudaynazarov, A.O. & Berdiyeva, M.I. Transformation of Youth and the System of Values. Mediterranean Journal of Basic and Applied Sciences 6(4), 24-32 (2022).

11. Xidirov, A., Mamatmurodov, B., Mamatqulov, E., & Xudaynazarov, A. (2022). YOSHLAR ONGIDA MILLIYLIKKA BO 'LGAN ISHONCHNI KUCHAYTIRISHDA AXLOQNING O 'RNI. Conferencea, 344-347.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.