Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMINI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

OLIY TA’LIM TIZIMINI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim tizimi / kredit-modul / ilmiy-tadqiqot / innovatsion faoliyat / ilmiy texnik rivojlanish / Taraqqiyot strategiyasi / kadirlar tayyorlash tizimi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Farxod Sobirovich Ziyaev

Mamlakatimizda yoshlarga sifatli oliy ta'lim berish, taraqqiyot bilan hamqadam bo'lib kelayotgan mutaxassislarni tayyorlash borasida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar, avvalo qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o'qituvchilarni moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMINI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OLIY TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILIShNING USTUVOR YO'NALIShLARI

Farxod Sobirovich Ziyaev

"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Mamlakatimizda yoshlarga sifatli oliy ta'lim berish, taraqqiyot bilan hamqadam bo „lib kelayotgan mutaxassislarni tayyorlash borasida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Oliy ta'lim sohasidagi islohotlar, avvalo qamrovni oshirish, institut va universitetlarning moliyaviy holatini yaxshilash, professor-o'qituvchilarni moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratildi.

Kalit so'zlar: ta'lim tizimi, kredit-modul, ilmiy-tadqiqot, innovatsion faoliyat, ilmiy texnik rivojlanish, Taraqqiyot strategiyasi, kadirlar tayyorlash tizimi.

So'nggi 5 yil davomida oliy ta'lim tizimini takomillashtirish maqsadida 12 ta Prezident farmoni, 65 ta Prezident qarori, 169 ta Vazirlar Mahkamasi qarori, 66 ta idoraviy hujjatlar, 1 ta qonun, jami 313 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi1. Mamlakatda oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalari asosida ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi va u hozirgi kunda amalga oshirib kelinmoqda.

Amalga oshirilgan islohotlar natijasida respublikada so'nggi 3 yilda oliy ta'lim muassasalari soni 132 taga yetkazildi (2016 yilda 77 ta), ulardan 99 tasi mahalliy hamda 33 tasi xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari hisoblanadi. Qabul kvotasi 66 mingdan 181 mingtaga oshirildi. Oliy ta'lim muassasalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yildi. Professor-o'qituvchilarning maoshi o'rtacha 3,5 baravarga oshirildi.

Band bo'lgan aholiga oliy ma'lumot olish uchun qulayliklar yaratish maqsadida oliy ta'lim muassasalarining 71 tasida sirtqi va 18 tasida kechki ta'lim shakllari yo'lga qo'yildi. Oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar sonining 2,2 barobarga oshishiga erishildi (agar 2016 yilda 268,3 ming talaba tahsil olgan bo'lsa, 2020 yilda 590,1 ming talaba tahsil olmoqda).

1 https://lex.uz/ru/docs/5657199. O'zbekiston respublikasi Milliy Qonunchilik bazasi

17-aprel, 2024

57

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

Shuni alohida e'tirof etish joizki, mamlakat hayotining barcha sohalarida bo'lgani kabi ilm-fan va innovatsion rivojlanish sohasida ham ijobiy o'zgarishlar kuzatilmoqda. Ushbu sohani tubdan isloh qilish bo'yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutuvchi 2017-2021 yillarda ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi;

- respublikada innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etildi;

- O'zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib Global innovatsion indeks reytingi bo'yicha jahonning 50 ta ilg'or mamlakat qatoriga kirishiga qaratilgan 2019-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi;

- mamlakatda innovatsion faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi «Innovatsion faoliyat to'g'risida»gi qonun qabul qilindi;

ilm-fan va ilmiy faoliyatni rivojlantirish va istiqbolda uni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ilmiy-tadqiqot muassasalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaga jadal tadbiq qilishni rivojlantirish maqsadida «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» qabul qilindi.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar ilm-fan va innovatsiyalarda ko'plab kamchiliklarni bartaraf etdi, natijada Global innovatsiya indeksi (Global Innovation Index) hisoboti natijasiga ko'ra, respublika reytingi 29 pozitsiyaga yaxshilandi va 131 mamlakat orasida 93-o'rinni egalladi.

Innovatsion jamoadagi har bir a'zoning individual-psixologik xususiyatlari (barcha uch guruxda, lekin turli aksent bilan) samarali innovatsion faoliyat uchun kerakli sifatlar majmuiga mos bo'lishi lozim. Xususan, bu intellekt, liderlik,

58

17-aprel, 2024

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olishlik, javobgarlik (mas'uliyatni sezish), qat'iylik kabi sifatlardir2.

Jahon iqtisodiyotining intensiv rivojlanishi va raqobatning tobora kuchayib borishi sharoitida ta'lim sohasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotdagi strategik sohalardan biri sifatidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. "Hozirga kelib, ta'lim xizmatlari xalqaro bozorining hajmi 100 mlrd. AQSh dollarni tashkil etmoqda. «Inson kapitali» dunyo milliy boyligining 64 foizini tashkil etadi. Bu ko'rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 70 foiz, o'rta daromadli mamlakatlarda 58 foiz, quyi daromadli mamlakatlarda 41 foizni tashkil etmoqda". Bugungi kunda oliy ta'limning innovatsion taraqqiyotning yetakchi omiliga aylanib borishi sharoitida ta'lim xizmatlari bozorini rivojlantirishga muhim vosita sifatida qaralmoqda.

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim xizmatlari sifatini oshirishning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotdagi strategik vazifalardan biri sifatidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida ta'lim sifatini oshirish tendensiyalari, ayniqsa, oliy ta'lim xizmatlari sifatini baholash, samarali boshqarish tizimini takomillashtirish kadrlar tayyorlash muammosini hal etishdagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Zero, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 46-maqsadida: oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va ta'lim sifatini oshirish uchun kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish, yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish, 2026 yilda qabul ko'rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish hamda davlat oliy ta'lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu jumladan, ular tomonidan mehnatga haq to'lash, xodimlar soni, to'lov-kontrakt miqdori va ta'lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo'lga qo'yish belgilangan. Ta'lim tizimining rolini oshirishda uzluksiz ta'lim, jumladan, oliy ta'lim tizimini sifat jihatdan rivojlantirish borasida ta'lim sifatini yuksaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish va tizimning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar asosida mustahkamlash kabilar bilan bir qatorda ta'lim xizmatlari bozorini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Oliy ta'lim xizmatlari sifatini baholash tizimi samaradorligini oshirishning uslubiy yondashuvlarini ishlab chiqish, tizimdagi sifat o'zgarishlarini baholash mezonlarini takomillashtirish, ta'lim sifatini oshirish uchun kadrlar buyurtmachilari takliflarini

Teshaboev To'lqin Zakirovich. Oliy ta'lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish yo'llari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2018 yil

17-aprel, 2024

59

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

e'tiborga olgan holda asoslash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlarni chuqurlashtirish maqsadga muvofiq. Bu borada ta'lim xizmatlari sifati va samaradorligini oshirishning uslubiy asoslarini tizimdagi sifat o'zgarishlari, jumladan, ta'lim muassasalarining o'quv-uslubiy va moliyaviy mustaqilligi sharoiti xususiyatlarini e'tiborga olgan holda takomillashtirish, ta'lim muassasasi darajasi negizida oliy ta'lim xizmatlari sifatini isloh qilish va takomillashtirishni ko'p jihatdan yangi mazmun bilan to'ldirish zarurati bilan bog'liq ilmiy muammolarni hal qilish, uni mamlakat manfaatlari doirasida rivojlantirish mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.

Xulosa sifatida, oliy ta'lim xizmatlari sifatini baholash tizimi samaradorligini oshirishning nazariy hamda uslubiy yondashuvlari iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi sharoitida ahamiyatliligi hamda hozirgi ta'lim bozoridagi talab va ehtiyojlar nuqtai nazaridan tadqiq qilishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. https://lex.uz/ru/docs/5657199. O'zbekiston respublikasi Milliy Qonunchilik bazasi

2. Teshaboev To'lqin Zakirovich. Oliy ta'lim tizimida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish yo'llari. "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2018 yil

3. Sobirovich, Z. F. (2023). Implementating Modern Educational and Information Technologies Into the Higher Educational Process. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(9), 168-171.

4. Sobirovich, Z. F. (2023). Conceptual Foundations of Teaching History. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(2), 171-174.

5. Ziyaev, F. (2023). MARKAZIY OSIYoDA ILK UYG'ONISh DAVRINING JAHON TAMADDUNIDATUTGAN O'RNI. Talqin va tadqiqotlar, 7(24).

60

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.