Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta'lim / ta'lim texnologiyalari / raqobat muhiti / moliyaviy mustaqillik / ta'lim jarayoni / o'quv adabiyotlar / o'quv dasturlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Dilorom Ziyaeva

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Shu bois mazkur maqolada, oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash masalalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA’LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA'LIMNI TIZIMLI ISLOH QILISHNING USTUVOR YO'NALISHLARI

Dilorom Ziyaeva

TATU, "Gumanitar fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Shu bois mazkur maqolada, oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash masalalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, ta'lim texnologiyalari, raqobat muhiti, moliyaviy mustaqillik, ta'lim jarayoni, o'quv adabiyotlar, o'quv dasturlar.

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 dekabr kuni qabul qilingan "Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, aytish mumkinki, bu yo'nalishdag i navbatdagi dadil qadam bo'ldi. Chunki moliyaviy mustaqillik katta imkoniyat demakdir. Mazkur qonun hujjati oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish barobarida o'z o'rnida talabalar uchun ham qator yangi qulayliklaru imtiyozlar eshigini ochadi.

Yuqoridagi qarorga ko'ra, mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, davlat oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash masalalarini mustaqil hal etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga mablag'larni jalb etishni kengaytirish hamda oliy ta'lim muassasalari o'rtasida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan 35 ta yetakchi davlat oliy ta'lim muassasalariga bir qator vakolatlar bo'yicha moliyaviy mustaqillik berildi.

Jumladan, 2022 yil 1 yanvardan boshlab, ta'lim xizmatlari ko'rsatish bozoridagi real talabni inobatga olgan holda to'lov-kontrakt asosida o'qitish

96

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

qiymatini mustaqil belgilash, oliy ta'lim muassasalari talabalarining to'lov-kontrakt mablag'larini to'lash muddatlarini belgilash va uzaytirish, ta'lim jarayoniga zamonaviy ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llay oladigan va ilmiy izlanish olib boradiganmahalliy hamda xorijiy professor-o'qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida ishga taklifqilish, o'quv-ilmiy jarayonlarga jalb etilgan xorijiy yuqori malakali mutaxassislar mehnatiga haq to'lash miqdorlarini bozor kon'yunkturasidan kelib chiqib belgilashga oid qarorlar qabul qilish, professor-o'qituvchilar shtat birliklarini kiritish me'yorlarini ishlab chiqish, o'z mablag'lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish, xorijiy davlatlardan o'quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda o'quv qo'llanmalarni mualliflik huquqi bo'lgan ishlab chiqaruvchilardan to'g'ridan-to'g'ri xarid qilish, bo'sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko'rsatish tartibini belgilash, avtotransport vositalarining yo'l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko'rsatish talablarini belgilashni mustaqil amalga oshirish mumkin.

Mazkur vakolatlar oliy ta'lim muassasalarini ham moliyaviy, ham akademik va tashkiliy-boshqaruv jihatdan rivojlantirish bo'yicha mas'uliyatni oshiradi. Chunki bozor talabidan kelib chiqib, bu vakolatlardan samarali foydalanish, yangi tashabbuslar asosida ishlash davr talabidir.

Qolaversa, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta'lim muassasalariga 2022-2023 o'quv yilidan boshlab akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalari bo'yicha mustaqillik taqdim etildi.1 Xususan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta'lim muassasalariga akademik sohasida ham quyidagi qo'shimcha vakolatlar berildi:

- o'quv rejalari, o'quv dasturlari, malaka talablarini kasbiy standartlar asosida tasdiqlash, ta'lim tilini hamda ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim olish shaklini belgilash;

- bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun ta'lim davomiyligi muddatlarini belgilash;

doktoranturada to'lov-kontrakt asosida o'qish qiymatini belgilash, byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan grant ajratish orqali doktoranturaga tanlov asosida kvotaga qo'shimcha ravishda qabul qilish;

- doktorant va mustaqil izlanuvchilarga ilmiy rahbarlik qilish tartibini tasdiqlash;

- magistratura bosqichida ta'limning sirtqi, masofaviy va kechki shakllarini joriy etish, ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklar bo'yicha qo'sh malakalar, shu jumladan, amaliy malakalar berish tizimini joriy qilish;

1 https://lex.uz/acts/5793251. y36eKHCTOH pecnyö^HKacn mhjihh KpHyrnH^HK 6a3acn. https://tsue.uz/ Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

- o'zaro kelishuvlar asosida oliy ta'lim muassasalari bilan akademik mobillikni amalga oshirish;

- oliy ta'lim muassasasi va uning tuzilmasidagi ta'lim muassasalari uchun o'z grifi asosida darsliklar hamda boshqa o'quv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish;

- ta'lim sifatini ichki nazorat qilish mexanizmlarini belgilash va joriy etish;

Tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasi bo'yicha esa:

- faoliyatining asosiy yo'nalishi ta'lim, ilm-fan, uning natijalarini joriy etish hamda tijoratlashtirish bilan bog'liq bo'lgan davlat byudjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan tarkibiy tuzilmalar, tijorat va notijorat tashkilotlarni tashkil etish;

oliy ta'lim muassasalari uchun belgilangan normativlardan qat'i nazar, muassasaning tuzilmasini tasdiqlash va shtat birliklari sonini belgilash;

- mehnat bozoridagi ehtiyojdan kelib chiqib, yangi ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarni ochish, amaldagi ta'lim yo'nalishlari hamda mutaxassisliklarni tugatish;

- pedagog va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish, ishdan ozod etish va ichki rotatsiyasiga oid tartibni belgilash;

- xorijiy davlat fuqarolarini to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish va masofaviy ta'lim olish shaklida o'qitishni tashkil etishni mustaqil hal etadi.

Umuman olganda, oliy ta'lim tizimidagi hayotiy islohotlar samaradorligini va davlat oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash ta'lim sifatining oshishiga, pirovardida talabalarni zamon talabiga mos kadrlar bo'lib yetishishiga xizmat qiladi.

Jahonda oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi raqobat kurashi va "TOP" reytinglar yuritilishi oliy ta'lim muassasalari raqobatbardoshligini oshirishning marketing strategiyalaridan samarali foydalanish bo'yicha izlanishlar olib borish dolzarbligini belgilaydi.

So'nggi yillarda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida xalqaro standartlar asosida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Asosiy e'tibor talaba-yoshlarning ta'lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga, davlat byudjetining 3/1 qismi ta'limga yo'naltirildi.

Natijada, o'tgan 6 yil mobaynida oliy o'quv yurtlari soni 77 tadan 210 taga yetdi, ularga qabul 3,5 baravarga ortdi. Yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasi 9 foizdan 39 foizga oshirildi.

98

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

REFERENCES

1. DAVLAT OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA MOLIYaVIY MUSTAQILLIK BERISh ChORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA. https://lex.uz/acts/5793251. O'zbekiston respublikasi milliy Qonunchilik bazasi.

2. Yuldashev J. Abdullaeva N. TA'LIM JARAYoNIDA TEXNOLOGIYaLARNI QO'LLASh. Ta'lim texnologiyalari jurnali. 2019 y.

3. Sobirovich, Z. F. (2023). Implementating Modern Educational and Information Technologies Into the Higher Educational Process. Central Asian Journal of Social Sciences and History, 4(9), 168-171.

4. Sobirovich, Z. F. (2023). Conceptual Foundations of Teaching History. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(2), 171-174.

5. Ziyaev, F. (2023). MARKAZIY OSIYoDA ILK UYG'ONISh DAVRINING JAHON TAMADDUNIDATUTGAN O'RNI. Talqin va tadqiqotlar, 1(24).

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.