Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

YANGI O’ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
40
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta’lim / ta’lim / ta’lim-tarbiya / pedagog / yoshlar / islohotlar / moliyaviy mustaqillik / ta’lim sifati. / Higher education / education / education / pedagogue / youth / reforms / financial independence / quality of education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduraxmonova, Zebo Yuldoshevna

Ushbu maqolada yangi O’zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirishdagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikrlar ilgari surilgan. Bundan tashqari ta’lim tizimini va sifatini takomillashtirish yuzasidan keng xorijiy tajriba о‘rganilgan. Ushbu tahlillar natijasida О‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPLEMENTING REFORMS TO IMPROVE THE QUALITY OF HIGHER EDUCATION IN THE NEW UZBEKISTAN

In this article, opinions are put forward about the reforms that are being implemented to improve the quality of higher education in the new Uzbekistan. In addition, a wide range of foreign experience in improving the education system and quality has been studied. As a result of these analyses, suggestions and recommendations were developed for the improvement of the educational system of the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

YANGI O'ZBEKISTONDA OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDAGI AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Abduraxmonova Zebo Yuldoshevna

Toshkent davlat transport universiteti "Chet tillari" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yangi O 'zbekistonda oliy ta 'lim sifatini oshirishdagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikrlar ilgari surilgan. Bundan tashqari ta'lim tizimini va sifatini takomillashtirish yuzasidan keng xorijiy tajriba o'rganilgan. Ushbu tahlillar natijasida O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Oliy ta'lim, ta'lim, ta'lim-tarbiya, pedagog, yoshlar, islohotlar, moliyaviy mustaqillik, ta'lim sifati.

ABSTRACT

In this article, opinions are put forward about the reforms that are being implemented to improve the quality of higher education in the new Uzbekistan. In addition, a wide range of foreign experience in improving the education system and quality has been studied. As a result of these analyses, suggestions and recommendations were developed for the improvement of the educational system of the Republic of Uzbekistan.

Key words: Higher education, education, education, pedagogue, youth, reforms, financial independence, quality of education.

KIRISH

Jahondagi rivojlangan davlatlar o'z faoliyatining turli sohalarini, shu jumladan, ta'lim sohasini rivojlantirishni ham tegishli milliy modellar asosida prognoz qilishgan. Har bir mamlakat o'zining tarixi va ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda prognozlash jarayoniga nisbatan o'z yondashuvlarini qo'llagan va doimiy o'zgarib turadigan shart-sharoitlarni hisobga olgan holda ularni takomillashtirgan. Prognozlashning xususiyatlari bugungi kunda iqtisodiy va ijtimoiy sohada dunyoda yuzaga kelgan tizimlarning ayrim turlariga muvofiq ko'rib chiqiladi. Dunyoda kadrlar tayyorlash jarayonlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlariga mos prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish bo'yicha qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan. prognoz qilish jarayonida ta'lim mazmunini takomillashtirish, o'quv rejalari va dasturlarini qayta ko'rib chiqish, o'quv jarayonida turli innovatsion modellarni joriy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

etish, professor- o'qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda muvofiqlikni ta'minlashga asosiy ustuvorlik berilmoqda. Shuningdek, talabalarning sifatli ta'limga yo'naltirilgan motivatsiyasini faollashtirish, ta'lim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlarining o'rni va rolini qayta ko'rib chiqish, ta'lim islohotlarini amalga os hirish jarayonini mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yо'nalishlariga mos holda prognoz qilish dolzarb muammo sifatida e'tirof etilmoqda. Bugungi kunda butun dunyoda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar tobora jadallashib bormoqda. Negaki, jamiyat rivoji va istiqboli ko'p jihatdan kadrlarga bog'liq ekan, albatta bunda ta'lim asosiy rol o'ynashini e'tiborga olish lozimligini anglashga intilish tendensiyasi kuchaydi. Shu jihatdan olib qaralganda ta'lim sifati va natijadorligiga erishish muhim hisoblanadi. Mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning falsafiy mohiyatini anglash bo'yicha turli xil yondashuvlar keyingi o'n yilliklarda faollashayotganiga guvoh bo'lamiz. Ayniqsa, kognitiv tahlil etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar ko'p uchraydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizda so'nggi yillarda amalga oshirilayotgan oliy ta'lim tizimi borasidagi islohotlar pirovard natijada oliy ta'lim sifatini oshirishga yo'naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu esa o'z navbatida fuqarolik jamiyatini shakllantirishning yuksak talablari va e'tirof etilgan namunalarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, ta'lim tizimini tubdan isloh qilish va modernizatsiya jarayonlarini chuqurlashtirishda ilg'or zamonaviy texnolo-giyalar, innovatsion ta'lim va tarbiya jarayonlarini tadqiq etishni taqazo etmoqda.

Hozirgi kun talablariga javob beruvchi zamonaviy ta'lim talablarini belgilaydigan eng muhim omillar nimalardan iborat degan savol tug'ilishi tabiiydir. Bunday omillarning asosiysi ta'lim tizimida yangi oltinchi texnologik yo'nalishga o'tish. Shu kungacha dunyoda beshinchi texnologik yo'nalishlar, ya'ni telekommunikatsiya, internet va elektronika hukmronlik qilgan. Yangi texnologik yo'nalishlar esa biotexnologiya, nanotexnologiya, sun'iy intellektga o'tishni, shuningdek, insonlarning bilim olishiga investisiya kiritishning alohida rolini o'z ichiga qamrab oladi. Bu sivilizatsiya rivojlanishining yangi bosqichi - axborot sivilizatsiyasi bosqichidir. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev ham mamlakatimizda oliy ta'lim muassasalariga qabul kvotalarini belgilashda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar to'g'risida to'xtalib o'tar ekan, quyidagilarni ta'kidlab o'tganlar: "Tarmoqlar rahbarlari kadrlarga ehtiyoj to'g'risidagi ma'lumotni Oliy ta'lim vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etishadi. Keyin mutaxassislarni tayyorlash kvotalari bo'yicha chuqur o'ylanmagan takliflar ishlab chiqiladi. Buning natijasida kadrlar sifati va ularni ishga joylashtirish muammosi yildan-yilga kuchayib bormoqda.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Ta'lim sifatini ta'minlashning omillari sirasiga mutaxassislar quyidagilarni kiritishadi: a) ta'lim muassasalari; b) professor-o'qituvchilar; v) talabalar, bitiruvchilar; g) ota - onalar; d) iste'molchilar, kadrlar buyurtmachilari. 1998 yilda YUNESKO tomonidan tashkil etilgan oliy ta'limni Butundunyo konferensiyasida "XXI asr uchun oliy ta'limning Butun dunyo deklaratsiyasi" qabul qilindi . Bu deklaratsiyada ta'limning sifati tushunchasiga quyidagi ta'rif berildi: "Sifat - bu oliy ta'lim sohasidagi ko'p tarmoqli konsepsiya bo'lib, u o'z ichiga faoliyatning barcha funksiyalarini va turlarini, o'quv va akademik dasturlarni, ilmiy tadqiqotlar va stipendiyalarni, ta'lim muassasalarini yetuk va malakali kadrlar bilan ta'minlash, o'z ustida muntazam mustaqil ishlaydigan talabalar, binolar, inshootlar, moddiy-texnik baza, qurilmalar va jihozlar va bitiruvchilarni ish bilan ta'minlashni o'z ichiga oladigan tizim" Agar olimlarning fikrlariga murojaat qiladigan bo'lsak, Djim Kollinz shunday ta'kidlaydi: "Buyuk kompaniyalarning rahbarlari qayta tashkil etish jarayonini o'z jamoasiga kerakli insonlarni olish va keraksiz insonlardan qutilishdan boshlagan. Shundan so'ng ular qaysi tomonga suzishni tanlaganlar. Asosiy g'oya barcha narsalarni kadrlar hal qiladi, nima degan so'zdan kim degan so'z muhimroqdir. Chunki kadrlar bu strategiya, bu tashkiliy tuzilma, bu taktika. Kompaniyalar bugungi kunda yangi sifat bosqichiga o'tish uchun o'z asoslarini yaratishi zarur. Mening fikrimcha bu savolning fundamental javobi kadrlar masalasi hisoblanadi . Bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, Djim Kollinzning ushbu fikrlari bugungi kunda kadrlar tayyorlash sifati ta'lim sifatiga muvofiq bo'lishi lozim, degan so'z bilan mos keladi. Buning uchun ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni olib borishga qodir bo'lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash lozim. Bir so'z bilan aytganda kadrlarni puxtaroq tayyorlamasdan turib, ularni qadriga yetmasdan turib biror bir sohada muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi.

Zamonaviy jamiyatda fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi oliy ta'lim tizimiga quyidagi vazifalarni yechimini topishni yuklamoqdaki, ular sirasiga a) kadrlarni sifatli va kafolatli tayyorlash; b) professor-o'qituvchilar va talabalar mobilligini ta'minlash; g) oliy ta'lim muassasalari faoliyatida ta'lim dasturlarini baholash taomillarini takomillashtirish va boshqa shu kabilarni kritish mumkin.

Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini sifat bosqichiga ko'tarish borasida so'nggi uch yillik ichida bir qancha huquqiy-meyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga faol joriy etib kelinmoqda. Ana shunday muhim strategik hujjatlardan biri sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 8 oktabrida "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalarning falsafiy mohiyati va mazmuniga e'tibor bersak, bunda O'zbekiston Respublikasida oliy

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanganligiga guvoh bo'lamiz. Farmon maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni izchillik asosida amalga oshirib borish nazarda tutilgan. Ya'ni: "oliy ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog'lom raqobat muhitini yaratish; xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan, o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish; oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish" kabi vazifalar shular jumlasidandir.

Aytish mumkinki, farmonda belgilangan vazifalarni istiqbolda amaliyotga faol tadbiq etish orqali oliy ta'lim tizimi sifatini oshirish bilan bir qatorda, dunyoda mamlakatimiz nufuzi va obro'sining oshishiga hamda dunyoning yetakchi mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga erishish uchun xizmat qilishi shubhasizdir. Shuningdek, farmonda nazarda tutilgan mamlakatimiz aholisining oliy ta'limning qamrov darajasini oshirish orqali falsafaning asosiy qonunlaridan biri "miqdor o'zgarishlari bilan sifat o'zgarishi"ga o'tish orqali sifatli kadrlarni yetishtirishni yo'lga qo'yishi va kadrlar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini rivojlanishi, pirovard natijada sifatli kadrlarga bo'lgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun ma'lum ma'noda xizmat qiladi.

Buning uchun ta'lim jarayoniga o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini joriy etish orqali o'quv jarayonini samaradorligini oshirish hamda ta'lim sifatini yanada yaxshilashga erishish lozim. Bu xususda Prezident SH.M.Mirziyov shunday ko'rsatma bergan: "...mening nazarimda, ikkita asosiy vazifani hal etish zarur: birinchi - ilmiy muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg'or xorijiy markazlar darajasida va olimlar talablariga muvofiq sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, albatta, davlatning ehtiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart;

• ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo'llab-quvvatlash, jumladan moddiy rag'batlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish "-

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

lozimligini ko'rsatib, bu borada aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish, mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash, barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarini hal qilish borasida oliy ta'lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo'lida muhim amaliy qadamlar tashlandi.

O'zbekiston oliy ta'lim tizimidagi mavjud muammolarni statistik ma'lumotlar asosida o'rganadigan bo'lsak, yetarlicha yechimini kutayotgan ijtimoiy muammolar mavjudligiga guvoh bo'lamiz. Agar 2013 yil 1 yanvar holatiga ko'ra tahlil qilsak, Oliy ta'lim tizimida talabalar sonining qamrovi 9% ni tashkil etgan, bu mintaqaviy va xalqaro standartlarga nisbatan past bo'lib, O'zbekiston ta'lim tizimining boshlang'ich va o'rta darajalaridagi vaziyatdan keskin farq qiladi (bu yerda maktab yoshidagi aholining deyarli 100% qamrab olingan). Markazlashtirilgan rejalash-tirish tizimi oliy o'quv yurtlarida (universitet va institutlarda) talabalar sonini ham, ularning o'qish sohalarini ham belgilaydi. Har bir yo'nalishda oliy o'quv yurtlaridagi joylar soni davlat qarorlari bilan belgilanadi va talabalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o'tkazilgan milliy test sinovlari natijalari asosida tanlanadi. O'rta ta'lim tizimi deyarli 100% va oliy ta'lim tizimi 9% qamrab olinsa, 10 ta maktab bitiruvchisidan 9 tasi universitetga kira olmaydi, oliy ma'lumotga talab yuqori va universitetlarda taqdim etiladigan har bir joy uchun raqobat 6 kishidan oshgan. Universitetlarga kirayotgan talabalarning 60 foizini erkaklar tashkil etadi (keyingi yillarda mintaqadagi boshqa mamlakatlardan farqli ravishda universitet-larda ayollar ulushi kamayib borgan. Buning turli xil sabablar bo'lgan). Bu kabi masalalar keyingi uch yillikda qisman o'zgarishlarni olib kelgan bo'lsada, hali to'la ravishda xalqaro standartlarga javob bera olmaydi. Bunga sabab qilib bir qator byurokratik to'siqlar haliyam saqlanib qolayotganiligini ko'rsatish mumkin. 2019 yildagi modernizatsiyalar ham O'zbekistonda oliy ma'lumotli kadrlar yetishmovchiligi mavjudligini to'xtata olmadi. Ta'kidlash joizki, oliy ta'lim tizimining bitiruvchilari ko'pincha o'z mutaxassisliklari bo'yicha ishlamaydilar (masalan, pedagogika universitetlari bitiruvchilarining atigi 57 foizi ta'lim sohasida ish bilan ta'minlanmoqdalar , qurilish sohasida esa qurilish oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari uchun mo'ljallangan barcha lavozimlarning to'rtdan uch qismini egallaydi, qolgan qismini boshqa universitetlarning bitiruvchilari egallagan). Qamrab olishning past darajasi va ish beruv-chilar, sanoat va universitetlar o'rtasidagi munosabatlarning sustligi, shuningdek, iqtisodiyotning innovatsiyalar, texnologiyalarni moslashtirish va qo'shimcha qiymat yaratish imkoniyatlarini cheklaydi. Shubhasiz, universitetlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'zgaruvchan iqtisodiyot talablariga javob berishga tayyorlash va universitet bitiruvchilariga talab va taklif o'rtasidagi tafovutni bartaraf etish uchun ko'p ishlar qilinishi kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston oliy ta'lim tizimining ichki menejmenti haqiqatdan ham bo'linib ketgan (buni xalqaro mutaxassislar ham ta'kidlashgan), shu bilan birga menejment jarayonida ishtirok etadigan ko'plab tashkilotlarning majburiyatlari takrorlanmoqda. Masalan, Prezident devoni huzurida ta'lim siyosatini ishlab chiqish uchun mas'ul davlat maslahatchisi boshchiligidagi maxsus bo'lim mavjud. Parlamentda ta'lim siyosati ishlab chiqilishini nazorat qiluvchi va uni amalga oshirish natijalarini tahlil qiluvchi maxsus ta'lim qo'mitasi mavjud. Bosh vazirning o'rinbosarlaridan biri ta'limni rivoj-lantirish bilan bog'liq masalalar uchun mas'uldir va Vazirlar Mahkamasida ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish va oliy ta'limni rivojlantirishni nazorat qiluvchi maxsus bo'lim (Ijtimoiy kompleks) mavjud. Vazirlar Mahkamasi bo'limga umumiy rahbarlik qiladi va davlat ta'lim standartlarini tasdiqlaydi. Iqtisodiyot va mehnat vazirliklari mehnat bozorini bitiruvchilarni yetarlicha ta'minlab berish uchun javobgardir. Ularning prognozlariga binoan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan universitetlarga qabul kvotalari belgilanadi. Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirlig universitetlarni boshqaradi va boshqa vazirliklar, masalan, universitetlarni davlat tomonidan moliyalashtirish vazifasi yuklatilgan Moliya vazirligi va oliy ta'lim sohasida ilmiy ishlar bo'yicha strategik tavsiyalarni berish uchun mas'ul bo'lgan Fanlar akademiyasi bilan aloqada vositachi bo'lib xizmat qiladi. Ya'nikim, bu oliy ta'lim tizimida ularning javobgarligini ta'minlash qiyinligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Абдурахмонова, З. Ю. (2020). ОСНОВНЫЕ ТРУДНОСТИ В ПРОЦЕССЕ ПЕРЕВОДА ДЛЯ НАУЧНО ТЕХНИЧЕСКОГО ТЕКСТА. In Общественные и гуманитарные науки (pp. 296-297).

2. ABDURAKHMONOVA, Z. THE ROLE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE QUALITY OF THE EDUCATIONAL PROCESS. ЭКОНОМИКА, 12-16.

3. Abdurakhmonova, Z. Y. MODERN UZBEKISTAN AND ITS TOURISM POTENTIAL.

4. Юулдашева, Д. М., & Абдурахмонова, З. Ю. СПЕЦИФИКА ОБУЧЕНИЯ ПЕРЕВОДУ НА РУССКИЙ ЯЗЫК ФРАНЦУЗСКИХ ТЕРМИНОВ. ББК 80я43, 172.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

5. Aripov, N., Kamaletdinov, S., Tokhirov, N., & Abduraxmanova, Z. (2022). Simulation Modeling of Train Traffic Based on GIS Technologies. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 16, 73-82.

6. A6gypaxMOHOBa, 3. M. (2021). 3AMOHABHH Y^HTHmHHHr MYAMMO BA E^HM-HAPH^A CAMAPA.HH EH^OmYB. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1189-1193.

7. A6gypaxMOHOBa, 3. M. (2022). Em^APHHHr MALHABHH BA MA^AHH^THHH MKCA^THPHmHHHr YCTHBOP BA3HOA.HAPH. Academic research in educational sciences, 3(10), 491-500.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.