Научная статья на тему 'RIVOJLANIB BORAYOTGAN INNOVATSION SIYOSAT VA TA’LIM'

RIVOJLANIB BORAYOTGAN INNOVATSION SIYOSAT VA TA’LIM Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
162
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion siyosat / Innovatsion texnologiyalar malaka / ko„nikma / ilm-fan / ma‟rifat

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Saodat Mamasahatovna Yuldasheva

Ushbu maqolada Davlatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta‟lim oldiga muhim va mas‟uliyatli vazifalarni qo„yayotganligi va innovatsion texnologiyalar o„qitishda o„zlashtirishni yuqori bosqichga ko„tarish, o„quv jarayoniga qiziqtirishni, o„quv materialini tushunishni yaxshilash, funksional savodxonlikni shakllantirish, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ijtimoiy faollikni va boshqa vazifalarni hal etishi xaqida qisqacha so„z yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RIVOJLANIB BORAYOTGAN INNOVATSION SIYOSAT VA TA’LIM»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-233-237

RIVOJLANIB BORAYOTGAN INNOVATSION SIYOSAT VA TA'LIM

Saodat Mamasahatovna Yuldasheva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika insituti "Psixologiya" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Davlatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta'lim oldiga muhim va mas'uliyatli vazifalarni qo'yayotganligi va innovatsion texnologiyalar o'qitishda o'zlashtirishni yuqori bosqichga ko'tarish, o'quv jarayoniga qiziqtirishni, o'quv materialini tushunishni yaxshilash, funksional savodxonlikni shakllantirish, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ijtimoiy faollikni va boshqa vazifalarni hal etishi xaqida qisqacha so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion siyosat , Innovatsion texnologiyalar malaka, ko'nikma, ilm-fan, ma'rifat

KIRISH

Zamonaviy hayotni bugungi kunda ilm-fan, ma'rifat va ta'limning taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Jahonning etakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirishi muhim vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqdir.

Hozirgi kunda universitetlarning ta'lim berish faoliyati yanada takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo'lmoqda. Yoshlarimiz sog'lom hamda go'zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'lish, mas'uliyatini o'z zimmasiga olishi, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo'l qo'ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta'lim olishni eng asosiy shart sifatida ko'rmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Davlatimizda rivojlanib borayotgan innovatsion siyosat ta'lim oldiga muhim va mas'uliyatli vazifalarni qo'ymoqda. Hozirgi milliy loyihalar saytida "innovatsion ta'lim" iborasi paydo bo'lmoqda va unda aytilishicha, innovatsion ta'lim o'qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Ta'lim

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-233-237

sohasi-mamlakatimizda birinchilardan bo'lib faol innovatsion harakatni boshladi.

Innovatsion texnologiyalar o'qitishda o'zlashtirishni yuqori bosqichga ko'tarish, o'quv jarayoniga qiziqtirishni, o'quv materialini tushunishni yaxshilash, funksional savodxonlikni shakllantirish, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, iqtisodiy tafakkurni, kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuqarolik ongini, o'z -o'zini anglash va boshqa vazifalarni hal etishga yo'naltirilgan.

Xozirgi kunda ham Respublikamizda aniq maqsad sari samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi" farmonida alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bunda ta'lim va fan sohasini rivojlantirish, uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; ta'lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta'mirlash, ularni zamonaviy o'quv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash orqali ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko'rish, kasb-hunar kollejlari o'quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo'yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirishga yo'nalishlari ko'rsatib o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5847-son farmoniga (08.10.2019) ko'ra, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilangan

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo'llagan murojaatnomasida 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berishning taklif etilishi, maktab bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish, ta'lim yo'nalishlari va o'qitiladigan fanlarni qayta ko'rib chiqish, mutaxassislikka aloqasi bo'lmagan fanlar sonini 2 barobar qisqartirish, oliy ta'limda o'quv jarayoni kredit-modul tizimiga o'tkazish, qator oliy ta'lim muassasalarini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-233-237

o'zini o'zi moliyaviy ta'minlashga o'tkazish, ta'lim sohasini to'liq raqamlashtirish, davlat-hususiy sheriklik mexanizmlarini ta'lim sohasiga ham keng tatbiq etish masalalari shu kunning dolzarb masalalari ekanligi ta'kidlab o'tilgan.

Ushbu Murojaatnomada birinchi o'ringa xalqning bilim darajasini oshirish masalasi qo'yilgan, bu esa millatning raqobatbardoshligini belgilovchi omil hisoblanadi. Shu sababli, tabiiyki, ushbu hujjatda zamonaviy talablar va jahon standartlariga javob beradigan milliy ta'lim tizimini yaratish muammosining elementlari ham o'z aksini topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ayni davrda O'zbekiston oliy ta'lim sohasida sezilarli ijobiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bilim dargohlarining qiyofasi o'zgarib, moddiy-texnika bazasi yaxshilanyapti, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash kuchaytirilmoqda, jumladan, professor-o'qituvchilarning daromadlari ham ortayapti. Innovatsiya yo'nalishidagi alohida davlat tuzilmalari tashkil etilib, oliy o'quv yurtlarida ham yangi bo'linmalar ochilmoqda. Bularning barchasi oliy ta'limga bo'lgan yondashuvni o'zgartirib, uning sifati hamda darajasini ko'tarishga xizmat qilishi aniq.

Ta'limning asosiy vazifalarini, mavjud ilmiy salohiyat va alohida shaxslarning iste'dodini davlatning, uning tuzilmalari hamda iqtisodiyoti tarmoqlarining amaldagi ehtiyojlariga moslashtirish juda muhim.

Xususan, Respublikadagi oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish;

oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o'tkazish;

xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg'or standartlarini joriy etish, jumladan o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tish;

oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish;

oliy ta'lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta'minlash;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-233-237

oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog'liqligini nazarda tutuvchi «Universitet 3.0» konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqish;

oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishini ta'minlash;

oliy ta'limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

oliy ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligini yo'lga qo'yish;

aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlarni yaxshilash asosiy maqsad etib belgilangan.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro e'tirof etilgan oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish, mahalliy va xorijiy adabiyotlarni uyg'unlashtirish,yangi avlod darsliklarini yaratish hozirgi kunda uning dolzarbligini asoslab beradi.

Jahon banki ma'lumotlariga ko'ra, dunyo umumiy boyligining 66 foizi inson kapitaliga, ya'ni asosan shaxsning ilm darajasiga tug'ri kelmoqda. Shuning uchun davlatimiz raxbari 2020-yil boshida e'lon qilgan Murojaatida "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros -bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir", degan fikrni alohida keltirib o'tdi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-sonli farmoni.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-233-237

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son farmoni

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili."

4. Yuldasheva, S. M. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL TRAINING IN HUMAN DEVELOPMENT IN THE DEVELOPMENT OF COMMUNICATION QUALITIES. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 350-353.

5. Mamasakhatovna, Y. S., & Bekbutaevna, B. M. (2021). PSYCHOLOGICAL FUNDAMENTALS OF CHILD RAISING IN THE FAMILY.

6. Mamasakhatovna, Y. S. (2021). The Education-Science System Is a Factor That Accelerates the Development of Society and Increases Its Efficiency. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 97-98.

7. Mamasakhatovna, Y. S., & Bakhtiyorqizi, A. M. (2021). The Role of Our Religious and Spiritual Heritage in The Formation of a Sense of Proud in Young People. International Journal on Integrated Education, 4(1), 36-38.

8. Mamasakhatovna, Y. S. (2021). The role of teachers in building the foundation of a new development period of Uzbekistan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 941-943.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.