Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIGA XORIJIY TA’LIM STANDARTLARINI JORIY QILISH MASALALARI'

OLIY TA’LIM TIZIMIGA XORIJIY TA’LIM STANDARTLARINI JORIY QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / tarbiya / innovatsiya / pedagog / talaba.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Urunov Iqboljon Baxtiyorovich, Maxmudova Mubinabonu Mansurjon Qizi

Bu maqolada oliy ta’lim muassasalarida malakali mutaxasislar tayyorlashda xorijiy ta’lim standartlarini joriy qilishga doir fikr-mulohazalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIGA XORIJIY TA’LIM STANDARTLARINI JORIY QILISH MASALALARI»

www.in-academy.uz

Central Asian Journal of

Education and Innovation

OLIY TA'LIM TIZIMIGA XORIJIY TA'LIM STANDARTLARINI JORIY QILISH MASALALARI.

Urunov Iqboljon Baxtiyorovich

Qo'qon Davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti tyutori Maxmudova Mubinabonu Mansurjon qizi

Qo'qon Davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.12622570

ARTICLE INFO

ta'lim, tarbiya, pedagog, talaba..

innovatsiya,

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-June 2024 yil Ma'qullandi: 25- June 2024 yil Nashr qilindi: 30- June 2024 yil

KEY WORDS

Bu maqolada oliy ta'lim muassasalarida malakali mutaxasislar tayyorlashda xorijiy ta'lim standartlarini joriy qilishga doir fikr-mulohazalar berilgan.

"Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug' istiqboli, birinchi navbatda, ta'lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog'liq"- Shavkat Mirziyoyev.

Barchamizga ma'lumki, Yangi O'zbekistonimiz har jabhada jahon hamjamiyatida o'z o'rnini egallab bormoqda. Prezidentimiz tomonidan har bir sohaga ayniqsa ta'lim sohasiga alohida e'tibor qaratilyapti. Nega deganda yurtimiz taraqqiyoti, uning ertangi istiqboli bugungii kun yoshlariga, ular olayotga ta'lim va tarbiyaga bog'liq. Bu esa mamlakatimizda zamonga mos tarzda yangilanishlar, rivojlanishlar bo'lishiga sabab bo'lyapti.

Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini ta'minlash muammosi har doim eng muhim dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan ishlab chiqarish korxonalaridagi mulkchilikka bo'lgan munosabat va talablarning o'zgarishi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash pedagoglar, talabalar va ota-onalar, shuningdek, jamiyatning hamma tizimlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.

Shuning uchun oldimizda turgan asosiy vazifalaridan biri bu ta'lim sifatini ta'minlash va uni mazmunini boyitish va zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish, jahon tajribasini qo'llashda uning samarasini oshirish va ta'lim sifatini ta'minlash bilan bogliqligini, doim ustivor yo'nalishligini bilishimiz kerak. [1]

Demak, bugungi kunda ta'lim sifatini yaxshilash nafaqat ichki integratsiyaga balki xorijiy mamlakatlar oliy ta'lim muassalari bilan o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish, ularda taraqqiy etgan usullani joriy etish orqali amalga oshiriladi. Buning asosida xorijiy oliygohlar bilan o'qituvchi va talaba almashinuv dasturini yo'lga qo'yish ham samarali usullardan biri deb hisoblayman. Bu orqali o'qituvchilar o'z kasbdoshlari bilan fikr almashishlari, bahs-munozaralar ularning yechimlari, ma'lum bilim sohalari bo'yicha tajriba orttirish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladilar. U yerda o'rganganlarini esa o'z mamlakatlarida tadbiq etishlari

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

www.in-academy.uz

mumkin. Talabalar ham tengdoshlari bilan o'zaro muloqot orqali bilmaganlarini o'rganadilar, bilganlarini o'rgatadilar, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishadilar, dunyoqarashlari ortadi.

Bundan tashqari, video konferenciyalar, masofaviy ta'lim turlarini amalga oshirish mumkin. Onlayn rejimida o'tkaziladigan bunday faol muloqot jarayonida, ikki tomondagi olimlar o'rtasida dolzarb muammolar bo'yicha baxs-munozaralar, ularning yechimlari, ma'lum bilim sohalari bo'yicha tajriba almashish kabi vazifalar amalga oshiriladi.

Ta'lim samaradorligini belgilashda eng optimal qarorlar qabul qilish yuqori ta'lim sifatga erishishni talab etadi. Mamlakatimizning hozirgi davrdagi rivojlanish bosqichida oliy kasbiy ta'lim globallashuv jarayonlari davrida mamlakatning milliy, iqtisodiy, ekologik, siyosiy xavfsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan shaxslarning shakllanishidagi, insoniyatning universallashuvi va postindustrial axborot jamiyatiga o'tishidagi asosiy vositalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga hozirgi kundagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi asoratlari davom etayotgan bir pallada oliy ta'lim jamiyatni birlashtirishning, yagona ijtimoiy-madaniy makonni saqlab qolish, ijtimoiy nizolar va etnomilliy ziddiyatlarni yengib o'tishning eng muhim salohiyatli omili sifatida olib qaralishi lozimdir. Yangicha ta'lim tizimlarining shakllanishi tendenciyalari aniq ravshan turibdiki, hozirgi zamon jamiyatining umumiy rivojlanishi tendensiyalar bilan belgilanadi.[2]

Ta'lim sifati an'anaga ko'ra o'qitishning va ilmiy tadqiqotlarning OTM darajasidagi tabiiy elementi va olimlarning kasbiy faoliyatidagi ajralmas bir bo'lagi bo'lib sanaladi. Hozirgi kunda oliy ta'lim sifatini oshirish butun dunyoda ta'lim tizimidagi eng muhim va asosiy masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham oliy ta'lim sifatini baholashdagi yondashuvlarni tadqiq qilishga ehtiyoj tugiladi.

Shunga ko'ra, oliy ta'lim sifatini ta'minlash turli oqibatlarga va xususiyatlarga ega bo'ladi. Oliy ta'lim sohasidagi turli tadqiqotchilar ta'lim sifatini ta'minlashning adekvat(mos) tizimini ishlab chiqishda har doim ilgor tajribalarga tayanadilar. Ta'lim sifatini ta'minlash "jangovar harakat qoidalari" deb talqin qilinishi mumkin bo'lgan aniq oqibatlarga ega bo'ladi. Shu bilan birga tashqi intensiv nazorat zaruratini pasaytiradigan ta'lim xizmatlari sifatining shaffofligi borasidagi "yozilmagan qoidalar" ham mavjuddir.[3]

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, oliy ta'lim sifatini oshirish bo'yicha shu paytgacha to'plangan xorijiy tajribalarni milliy ta'lim tizimi yutuqlari bilan o'zaro uygunlashtirgan holda ham faqat majmuaviy, tizimli va bir butun tarzda amalga oshirish mamlakatimizda oliy ta'lim sifatini yangi bosqichga ko'tarishi shak-shubhasizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'grisida Nizom (O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 9 avgustda 19-2018-son buyrugi bilan tasdiqlangan, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 26 sentabrda ro'yxatdan o'tkazilgan, ro'yxat raqami 3069).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi - Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarida faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'grisidagi PQ-3775-sonli qarori.

3. Ta'lim tizimida xorij tajribasini qo'llash imkoniyati. N.Madreymova

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.