INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
O'ZBEKISTONDA TABAQALASHGAN TA'LIM DASTURLARINI JORIY ETISH: MUAMMO VA YECHIMLAR,
XORIJIY TAJRIBALAR
Kalxnazarov Farxad Muxamedalievich
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti stajor-
tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11505773
Annotatsiya. Ushbu maqolada tabaqalashtirilgan ta'lim orqali o'quvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, darajali tabaqalashtirish, ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish, tabaqalashtirilgan guruhlar ta'limi, individuallashtirilgan ta'lim kabi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda fanga bo'lgan ko'nikma va malakalarini mustahkamlash xorijiy davlatlarda tabaqalashtirilgan ta'lim tizimi haqida bayon qilinadi.
Kalit so'zlar: texnologiya, individual, ixtsoslashtirish, tabaqalashtirish, kreativlik, innovatsiya.
Аннотация. В данной статье рассматривается развитие творческих способностей учащихся посредством дифференцированного обучения, закрепления умений и компетенций обучающихся в зарубежных странах с использованием педагогических технологий, таких как ступенчатая дифференциация, специализированная дифференциация, дифференцированное групповое обучение, индивидуализированное обучение и т.д. описана система.
Ключевые слова: технология, личность, специализация, дифференциация, креативность, инновация.
Abstract. In this article, the development of students' creative abilities through differentiated education, the strengthening of the skills and competencies of students in foreign countries, using pedagogical technologies such as graded differentiation, specialized differentiation, differentiated group education, individualized education, etc. lim system is described.
Keywords: technology, individual, specialization, differentiation, creativity, innovation.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 maydagi PQ-3697 sonli "Faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qarori va 2018 yil 7 maydagi PQ-3698 sonli "Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasidagi integratsiyani kuchaytirish lozimligi keltirilib, hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalari amaliyotida jahon tajribasini joriy etish o'ta muhimligi ta'kidlangan.
Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini ta'minlash muammosi har doim eng muhim dolzarb masalalardan biri bo'lib kelgan. Ayniqsa, bozor iqtisodiyotiga o'tish bilan ishlab chiqarish korxonalaridagi mulkchilikka bo'lgan munosabat va talablarning o'zgarishi hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash pedagoglar, talabalar va ota-onalar, shuningdek, jamiyatning hamma tizimlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Shuning uchun oldimizda turgan asosiy vazifalaridan biri, bu ta'lim sifatini ta'minlash va uni mazmunini boyitish va zamonaviy innovatsion va pedagogik texnologiyalarini tadbiq etish, jahon tajribasini qo'llashda uning
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
samarasini oshirish va ta'lim sifatini ta'minlash bilan bog''liqligini doim ustivor yo'nalishligini bilishimiz kerak.
Ta'lim sifati an'anaga ko'ra o'qitishning va ilmiy tadqiqotlarning OTM darajasidagi tabiiy elementi va olimlarning kasbiy faoliyatidagi ajralmas bir bo'lagi bo'lib sanaladi. Hozirgi kunda oliy ta'lim sifatini oshirish butun dunyoda ta'lim tizimidagi eng muhim va asosiy masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shuning uchun ham oliy ta'lim sifatini baholashdagi yondashuvlarni tadqiq qilishga ehtiyoj tug'iladi. Shunga ko'ra, oliy ta'lim sifatini ta'minlash turli oqibatlarga va xususiyatlarga ega bo'ladi. Oliy ta'lim sohasidagi turli tadqiqotchilar ta'lim sifatini ta'minlashning adekvat(mos) tizimini ishlab chiqishda har doim ilg'or tajribalarga tayanadilar.
L.S.Vigotskiyning ta'kidlashicha boshlang'ich maktab yoshining o'ziga xos xususiyati shundaki, faoliyatning maqsadlari asosan bolalar uchun kattalar tomonidan belgilab beriladi. O'qituvchilar va ota-onalar bolaga nima mumkinligini va nima qilib bo'lmasligini, qanday vazifalarni bajarish kerakligini, qaysi qoidalarga bo'ysinishni va hokazolarni aniqlaydilar. Bolalarga topshiriq berishda muayyan qoidalarga rioya qilish orqali amalga oshirilsa, bu qiyinchiliklardan qochish mumkin. O'zaro hamdardlik va do'stlik paydo bo'lishi uchun mehribonlik, diqqatlilik, mustaqillik, o'ziga ishonch, halollik kabi fazilatlar muhim ahamiyat kasb etadi. U har kimdan ustun bo'lgan to'g'ridan-to'g'ri hissiy munosabatlarga asoslanadi. Polshalik mualliflar ishlarida didaktik muvaffaqiyatsizliklar ortishi jarayonini tahlil qilish tahsinga loyiq.
V.Okon o'zlashtirmovchilik vujudga kelishida uch asosiy bosqichni ajratib ko'rsatadi:
❖ didaktik muvaffaqiyatsizliklar
♦♦♦ ikkinchi yilga qolish
❖ chiqib ketish.
Birinchi bosqichda bilimda orqada qolish unchalik sezilmaydi, o'qishni istamaslikning dastlabki belgilari namoyon bo'ladi.
Ikkinchi bosqichda o'quvchi o'zlashtirsada, yaxshi deb hisoblanadi, lekin uning bilimida muhim kamchiliklar seziladi.
Uchinchi bosqichda dastlabki qoniqarsiz baholar paydo bo'ladi, maktabga salbiy munosabat o'qituvchilarning tavsiyalarini bajarishni istamaslik holatlari vujudga keladi.
To'rtinchi bosqichda - ikkinchi yilga o'qishga qoldiriladi.
Ya.Konopniskiy didaktik muvaffaqiyatsizliklarni o'z vaqtida aniqlash uchun bilimdagi yetishmovchilikni belgilaydigan diagnostik testlar tizimini ishlab chiqdi. Chunki mualliflar faqat ikki omilning bilimdagi bo'shliq va o'qishga munosabatning o'zgarishini kuzatishadi, intellektual va irodaviy sohalardagi o'zgarish etiborga olinmaydi. Polshalik mualliflar tadqiqotlaridagi yana bir muhim xususiyat shundan iboratki, o'zlashtirmovchilik sabablarini aniqlash va didaktik muvaffaqiyatsizliklarni bartaraf etish vositalarini tanlash bo'yicha original eksperiment tashkil etish muhim hisoblanadi. Polshalik pedagoglarning eksperimentlariga bog'chalarda bolani maktabda o'qishga tayyorlash bo'yicha, o'qishda orqada qolayotgan bolalarga qo'shimcha mashg'ulotlar uyushtirish bo'yicha markazlar tashkil etish kabilar kiradi.
Tadqiqot natijalaridan ma'lum bo'lishicha, o'quvchilar ko'proq bolgar tili, arifmetika va tarix fanlaridan orqadalar. Anketa natijalaridan ma'lum bo'lishicha, o'quvchilar materialni tushunmasliklari, tez charchashlari, diqqatni bir joyga to'plashda qiynalish, mavzuga qiziqish yo'qligi uchun qiynalishlarini ta'kidlagan. Muallifning ta'kidlashicha, ota-onalar, sinf rahbari va o'qituvchilarning birgalikdagi harakati tufayli bunday sabablarni bartaraf etish mumkin. Shunday qilib, tajribalarning ko'rsatishicha, individning o'z harakatlarining natijasini bilishi, oldida turgan vazifani yechishga undaydi, uning harakatlari to'g'rilanadi. Natijalarini bilmaslik esa,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
yo'nalishning yo'qolishiga va buning asosida o'z harakatlarining to'g'riligiga ishonmaslikning vujudga kelishiga olib keladi.
Tabaqashtirilgan ta'lim o'quvchilarning individual tarzda, shuningdek, guruhlarga ajratib o'qitish, ularning mustaqil ishlarini to'g'ri va maqsadga muvofiq tashkil etish orqali barcha bilim va malakalarini dinamik rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunda o'qituvchi har bir o'quvchining qiziqishi, qobiliyati, layoqatini hisobga olib, mashg'ulotlarni tashkil etish orqali dars samaradorligini oshirishiga erishadi. Ma'lumki, barcha o'quvchilarda qobiliyatlar, fan qiziqishlari, psixologik va estetik xususiyatlari turlicha bo'lganligi sababli berilayotgan bilimlar va shu asosida tashkil etilayotgan metodika barcha o'quvchilarga bir xil ta'sir ko'rsatmaydi.
Natijada, ular o'quv materiallarini bir xil o'zlashtirmaydilar. Bunda o'quvchilarga qanday pedagogik ta'sir ko'rsatilganda ko'zlangan maqsadga erishish mumkinligi muammosi yuzaga keladi. Ayrim pedagog olimlarning asarlarida tabaqalashtirilgan ta'limning mohiyati, uning ilmiy asoslari chuqur tahlil qilib berilgan, ayrim ijodkor o'qituvchilar bo'sh o'zlashtiruvchi yoki qoloq o'quvchilar bilan individual ishlar bo'yicha tajriba to'plaganlar. Pedagogika nazariyasi pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta'limning ikki xil turini qayd etadi:
❖ Daraj ali tabaqalashtiri sh.
❖ Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.
Darajali tabaqalashtirish ikki turga bo'linadi:
1. Individual ta'lim. Bunda o'quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularning har biri bilan alohida-alohida ish olib boriladi.
2. Guruhli ta'lim. Bunda o'quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o'qitiladi.
Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o'rgatish, o'zlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Tabaqalashtirilgan ta'lim haqida fikr yuritganda avvalo uning ham ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega.
Bunda:
> Sinfdagi barcha o'quvchilar dastur materiallarini o'zlashtirishga erishadilar.
> Sinfdagi barcha o'quvchilardang bilim va malakalarida, ijodiy ishlarida o'sish kuzatiladi va ularda fanga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.
> Sinfdagi barcha o'quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past o'zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o'quvchi yuqori o'zlashtiruvchilar guruhiga o'tishga harakat qiladi. Yuqori o'zlashtiruvchilar guruhidagi o'quvchilar esa past o'zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar.
> O'quvchilarda qobiliyat va imkonyatiga qarab bilimlar berilayotganligi sababli, ular tomonidan o'quv yuklamalarini o'zlashtirishda zo'riqish hollari ro'y bermaydi.
> Sinfdagi iqtidorli o'quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo'lgan ehtiyojlari ham qondiriladi.
Tabaqalashtirilgan ta'lim o'quvchini demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga yordam beradi. Ko'pchilik mutaxassislar o'quvchilarda (past, o'rta, yuqori) o'zlashtiruvchi guruhlariga ajratib o'qitishning ma'qullagan holda, uni yuqori, shuningdek, past o'zlas htiruvchi o'quvchilar faoliyatida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham qayd qilinadi. Xususan, ular yuqori o'zlashtiruvchi o'quvchilarda manmanlik, boshqalardan o'zlarini ustun qo'yish yoki ularni mensimaslik, o'ziga ortiqcha baho berish, boshqalar bilan qo'pol muomalada bo'lish kabi xislatlarda kuzatilishini qayd qilishadi. Shu bilan birga bu toifadagi o'quvchilarda qo'rquv xissi ham paydo bo'ladi. Chunki ular topshiriqlarni yuqori darajada bajarmaganliklari
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
oqibatida yuqori guruhdan quyi guruhga tushib qolishlari ham mumkin. Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar esa tabaqalashgan guruhlarda o'zlarini kamsitilgan, o'quvi yo'q deb hisoblaydilar. Ko'pincha tengdoshlari, aka-uka, ota-onalari orasida o'zlarini aqli kalta odamlardek his etadilar. Natijada, ular tushkunlikka tushib, o'qishga havaslari qaytadi. Sinfdoshlariga qo'shilmay, ular tengdoshlariga aralashmaydigan odamovi bo'lib qoladilar. Bora -bora bu toifadagi o'quvchilarga o'qituvchi, ota-onalar, sinfdoshlari tomonidan bildiriladigan turli tanbeh va dashnomlari ularning ruhiyatiga yomon ta'sir ko'rsatishi mumkin. Natijada bu hol ularni hamma narsaga, har qanday gaplarga befarq bo'lib qolishlari va rivojlanishdan to'xtab qolishlariga olib keladi. O'qituvchi tabaqalashtirilgan ta'limni amalga oshirishga kirishar ekan, uning yuqorida qayd qilingan ham ijobiy, ham salbiy jihatlariga to'g'ri yondoshib ish olib borishi kerak bo'ladi. Tabaqalashtirish o'qitishning samarasi benihoya ekanligi bilan bir qatorda uning murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning murakkabligi o'qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg'ulot olib borishi bilan bog'liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san'atdan alohida darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, t exnika vositalari kerak bo'ladiki, ularsiz mashg'ulotlarni talablar darajasida tashkil etib bo'lmaydi. Bu esa quyidagi yo'nalishlarda ifodalanadi:
1. Tabaqalashtirilgan tasviriy san'at ta'limini ilmiy asoslarini puxta egallagan bo'lishlik.
2. Mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan o'quv-metodik majmualar bilan qurollangan bo'lishlik.
3. Mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy bazaga ega bo'lishlik.
4. O'qituvchi o'z fanidan o'quvchilarda bilim va malakalari saviyasi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishligi va boshqalar bunga misol bo'la oladi.
Muammoning qiyin va murakkab jihatlaridan biri bu o'qituvchining o'quvchilar haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishligidir. Ma'lumki, har bir shaxs, o'zicha bir dunyo, shu qatori tasviriy san'atdan bilim malakalari ham bir-biridan farq qiladi. Buning uchun ustiga o'quvchilardagi o'ziga xoslik shunchalik turli-tumanki, ularni aniqlash nihoyatda mushkul. O'quvchilarni har jihatdan bilish uchun o'qituvchi tomonidan o'quvchilar orasida pedagogik va psixologik tashxis o'tkazishi zarur bo'ladi. Bu ish bevosita quyidagilar bilan bog'liq: o'quvchining umumiy qobiliyati, uning harakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda mashg'ulotlar uchun bo'lgan shart-sharoitlari va boshqalar. Tashxisda o'quvchilar sog'ligi va fiziologik o'sishini bilish ham foydadan holi emas. Shuningdek, o'quvchilarda qush va hayvonlarga, kasb-hunarlarga, san'at turlariga, sportga qiziqishlarini bilish ham muhim. Chunki, o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatishda ularni ana shunday qiziqishlariga qarab ta'lim berishning samarali ekanligi fanimizda anchadan buyon ma'lum. Yuqorida qayd qilingan sifatlar bilan bir qatorda o'qituvchi o'z fanidan o'quvchining tasviriy san'atga doir xususiyatlarinini ham bilishi kerak bo'ladi. O'qituvchini bilim va malakasidagi rivojlanish darajasiga qarab bilim berish shuning uchun muhimki, bunda zaruriyat tug'ilganda o'quvchilarda u guruhdan bu guruhga o'tkazish imkonini beradi. Darajali tabaqalashtirib o'qitishning yagona bir ko'rinishi mavjud bo'lib, unda o'quvchilarda fanlar bo'yicha bilim va malakalarining darajasiga qarab emas, balki umumiy tarzda tabaqalashtirishidir. Bunda o'quvchilar temperamenti asosiy rol o'ynaydi. Bunday sifatlar bo'yicha tabaqalashtirilganda o'quvchilar xolerik, sangvinik, flegmatik va melonxoliklar guruhlaridan tashkil topadi. Chunki, o'qituvchi jarayonida o'quvchilarga topshiriqlar berganda biron narsani talab qilganda, ularni psixologik xususiyatlariga tayanish samarali kechadi. Ishning saviyasi ko'p
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024
jihatdan o'quvchilarda ana shu sifatlarini bilib, to'g'ri munosabatda bo'lishlikka bog'liqdir. O'qituvchi o'quvchilardang diqqati, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, his-tuyg'ulari, xarakteri haqida ham tasuvvurga ega bo'lishi talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda o'quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy qobiliyatlari, qiziqishlari, idroklarini hisobga olib o'tkaziladigan pedagogik tashxis ishlari quyidagi tashkiliy ishlar bilan bog'liq: o'quvchilar bilimlarini aniqlash uchun test materiallarini tayyorlash; o'quvchilarning bilim va malakalarini aniqlash uchun anketa savolnomalar tayyorlash; o'quvchilarning bilim va malakalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish; o'quvchilarning bilim va malakalarini aniqlashga doir didaktik materiallar tayyorlash; O'quvchilarning bilim va malakalarini tashxis etish bilan masalaning yechimi tugamaydi. Yangi materialni bayon etish va uni o'quvchilar tomonidan to'liq o'zlashtirilishi uchun tegishli metodika zarur bo'ladi Shunday ekan, guruhdagi barcha o'quvchilarda o'qituvchi yangi materialni idrok etishi va o'zlashtirishi uchun tayyorlash lozim bo'ladi. Tabaqalashtirish faqat guruhlar bo'yicha emas, har bir o'quvchi bilan ham yakkama-yakka ish olib borishni ham nazarda tutadi. U dars jarayonida, uyga topshiriqlar berganda amalga oshiriladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi - Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarida faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risidagi PQ -3775-sonli qarori.
2. Muxtorov A., Sultonov T., Mustafakulov Sh.I. Ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha xorijiy tajribalar Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar. 2012. 4. 9 b.
3. I. M.Siddiqov, U.R. Egamberdiyev Pedagogika oliygohlarida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda muammoli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish
4. Kurbonova, B. Theoretical bases of the organization
5. Mirzakhamdamovna, Q. B. Technologies for training future visual arts teachers to form elements of artistic thinking in schoolchildren. Science and innovation.
6. Muydinovich, R. I. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi tufayli paydo bo'lgan kasblar va ularni o'rganish. Pedagogs jurnali
7. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. Fundamentals of professionalism development on the example of practical exercises on forming the skills and