Научная статья на тему 'TABAQALSHTIRILGAN TA’LIM ORQALI O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

TABAQALSHTIRILGAN TA’LIM ORQALI O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
29
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / individual / tabaqalashtirish / ixtisoslashtirilgan / fakul’tativ / demokratiyalashtirilgan / malaka / fiziologik / technology / individual / differentiation / specialized / facultative / democratized / competence / physiological.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qurbonova, B.M.

Ushbu maqolada tabaqalshtirilgan ta’lim orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, darajali tabaqalashtirish, ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish, tabaqalashtirilgan guruhlar ta’limi, individuallashtirilgan ta’lim kabi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda fanga bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash haqida bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF STUDENTS' LOGICAL THINKING SKILLS THROUGH DIFFERENTIATED EDUCATION

This article describes the development of students' logical thinking skills through differentiated instruction, consolidation of their skills and scientific competencies using such pedagogical technologies as graded differentiation, specialized differentiation, differentiated group learning, individualized learning.

Текст научной работы на тему «TABAQALSHTIRILGAN TA’LIM ORQALI O‘QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4(02), Feb., 2024

_SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7_www.oriens.uz

TABAQALSHTIRILGAN TA'LIM ORQALI O'QUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

B.M.Qurbonova

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri,

p.f.b.f.d (PhD) e-mail: barchinoy1802@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tabaqalshtirilgan ta'lim orqali o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, darajali tabaqalashtirish, ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish, tabaqalashtirilgan guruhlar ta'limi, individuallashtirilgan ta'lim kabi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda fanga bo'lgan ko'nikma va malakalarini mustahkamlash haqida bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: texnologiya, individual, tabaqalashtirish, ixtisoslashtirilgan, fakul'tativ, demokratiyalashtirilgan, malaka, fiziologik

АННОТАЦИЯ

В данной статье описано развитие навыков логического мышления учащихся посредством дифференцированного обучения, закрепления их навыков и научно-научных компетенций с использованием таких педогагических технологий, ступенчатая дифференциация,

специализированная дифференциация, дифференцированное групповое обучение, индивидуализированное обучение.

Ключевые слова: технология, личность, дифференциация, специализированная, факультативная, демократизированная,

компетентность, физиологическая.

ABSTRACT

This article describes the development of students' logical thinking skills through differentiated instruction, consolidation of their skills and scientific competencies using such pedagogical technologies as graded differentiation, specialized differentiation, differentiated group learning, individualized learning.

Key words: technology, individual, differentiation, specialized, facultative, democratized, competence, physiological.

KIRISH

Umum ta'lim maktablarida tasviriy san'at darslari samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali turlaridan biri hisoblangan tabaqalashtirilgan ta'lim texnologiyasi muhim ahamiyatga ega.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Tabaqashtirilgan ta'lim o'quvchilarning individual tarzda, shuningdek, guruhlarga ajratib o'qitish, ularning mustaqil ishlarini to'g'ri va maqsadga muvofiq tashkil etish orqali barcha bilim va malakalarini dinamik rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunda o'qituvchi har bir o'quvchining qiziqishi, qobiliyati, layoqatini hisobga olib, mashg'ulotlarni tashkil etish orqali dars samaradorligini oshirishiga erishadi.

Ma'lumki, barcha o'quvchilarda qobiliyatlar, fan qiziqishlari, psixologik va estetik xususiyatlari turlicha bo'lganligi sababli berilayotgan bilimlar va shu asosida tashkil etilayotgan metodika barcha o'quvchilarga bir xil ta'sir ko'rsatmaydi. Natijada, ular o'quv materiallarini bir xil o'zlashtirmaydilar. Bunda o'quvchilarga qanday pedagogik ta'sir ko'rsatilganda kuzlangan maqsadga erishish mumkinligi muammosi paydo yuzaga keladi.

Ayrim pedagog olimlarning asarlarida tabaqalashtirilgan ta'limning mohiyati, uning ilmiy asoslari chuqur tahlil qilib berilgan, ayrim ijodkor o'qituvchilar bo'sh o'zlashtiruvchi yoki qoloq o'quvchilar bilan individual ishlar bo'yicha tajriba to'plaganlar.

Pedagogika nazariyasi pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta'limning ikki xil turini qayd etadi:

1. Daraj ali tabaqalashtiri sh.

2. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.

Darajali tabaqalashtirish ikki turga bo'linadi:

1. Individual ta'lim. Bunda o'quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularning har biri bilan alohida-alohida ish olib boriladi.

2. Guruhli ta'lim. Bunda o'quvchilarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o'qitiladi.

Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o'rgatish, o'zlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Bular qatoriga tasviriy san'atni chuqur o'rgatadigan fakultativlar, to'garaklar kiradi.

Ta'lim nazariyasi va amaliyotida tasviriy san'at fanida tabaqalashtirilgan ta'limning quyidagi turlari mavjud:

- Tabaqalashtirilgan guruhlar ta'limi;

- individuallashtirilgan ta'lim.

Bu yo'nalishlar ham darajali, ham ixtisoslashtirilgan bo'lishi mumkin. Ko'p yillardan buyon pedagogik amaliyotda boshqa fanlar qatori tasviriy san'at bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktablar va sinflar, fakultativ kurslar faoliyat ko'rsatmoqda.

Tabaqalashtirilgan ta'lim haqida fikr yuritganda avvalo uning ham ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga ega bo'lish muhim ahamiyatga ega. Darajali

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tabaqalashtirib o'qitishning ijobiy jihatlari haqida to'xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim. Bunda:

1. Sinfdagi barcha o'quvchilar dastur materiallarini o'zlashtirishga erishadilar.

2. Sinfdagi barcha o'quvchilardang bilim va malakalarida, ijodiy ishlarida o'sish kuzatiladi va u ularda fanga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi.

3. Sinfdagi barcha o'quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past o'zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o'quvchi yuqori o'zlashtiruvchilar guruhiga o'tishga harakat qiladi. Yuqori o'zlashtiruvchilar guruhidagi o'quvchilar esa past o'zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar.

4. O'quvchilarda qobiliyat va imkonyatiga qarab bilimlar berilayotganligi sababli, ular tomonidan o'quv yuklamalarini o'zlashtirishda zo'riqish hollari ro'y bermaydi.

5. Sinfdagi iqtidorli o'quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo'lgan ehtiyojlari ham qondiriladi.

6. Tabaqalashtirilgan ta'lim o'quvchini demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga yordam beradi.

Ko'pchilik mutaxassislar o'quvchilarda (past, o'rta, yuqori) o'zlashtiruvchi guruhlariga ajratib o'qitishning ma'qullagan holda, uni yuqori, shuningdek, past o'zlashtiruvchi o'quvchilar faoliyatida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ham qayd qilinadi. Xususan, ular yuqori o'zlashtiruvchi o'quvchilarda manmanlik, boshqalardan o'zlarini ustun qo'yish yoki ularni mensimaslik, o'ziga ortiqcha baho berish, boshqalar bilan qo'pol muomalada bo'lish kabi xislatlarda kuzatilishini qayd qilishadi. Shu bilan birga bu toifadagi o'quvchilarda qo'rquv xissi ham paydo bo'ladi. Chunki ular topshiriqlarni yuqori darajada bajarmaganliklari oqibatida yuqori guruhdan quyi guruhga tushib qolishlari ham mumkin.

Past o'zlashtiruvchi o'quvchilar esa tabaqalashgan guruhlarda o'zlarini kamsitilgan, o'quvi yo'q deb hisoblaydilar. Ko'pincha tengdoshlari, aka-uka, ota-onalari orasida o'zlarini aqli kalta odamlardek his etadilar. Natijada, ular tushkunlikka tushib, o'qishga havaslari qaytadi. Sinfdoshlariga qo'shilmay, ular tengdoshlariga aralashmaydigan odamovi bo'lib qoladilar. Bora-bora bu toifadagi o'quvchilarga o'qituvchi, ota-onalar, sinfdoshlari tomonidan bildiriladigan turli tanbeh va dashnomlari ularning ruhiyatiga yomon ta'sir ko'rsatishi mumkin. Natijada bu hol ularni hamma narsaga, har qanday gaplarga befarq bo'lib qolishlari va rivojlanishdan to'xtab qolishlariga olib keladi. O'qituvchi tabaqalashtirilgan ta'limni amalga oshirishga kirishar ekan, uning yuqorida qayd qilingan ham ijobiy, ham salbiy jihatlariga to'g'ri yondoshib ish olib borishi kerak bo'ladi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Masalaning ana shu nozik jihatlarini hisobga olib, o'quvchilarda guruhga ajratganda sinfadagi qobiliyatli, qobiliyatsiz, o'zlashtiruvchi, o'zlashtirmovchi, yuqori, quyi so'zlarning o'rniga oddiygina qilib birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Tabaqalashtirish o'qitishning samarsi benihoya ekanligi bilan bir qatorda uning murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning murakkabligi o'qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg'ulot olib borishi bilan bog'liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san'atdan alohida darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, texnika vositalari kerak bo'ladikim, ularsiz mashg'ulotlarni talablar darajasida tashkil etib bo'lmaydi. Bu esa quyidagi yo'nalishlarda ifodalanadi:

1. Tabaqalashtirilgan tasviriy san'at ta'limini ilmiy asoslarini puxta egallagan bo'lishlik.

2. Mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan o'quv-metodik majmualar bilan qurollangan bo'lishlik.

3. Mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy bazaga ega bo'lishlik.

4. O'qituvchi o'z fanidan o'quvchilarda bilim va malakalari saviyasi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishligi va boshqalar bunga misol bo'la oladi.

Muammoning qiyin va murakkab jihatlaridan biri bu o'qituvchining o'quvchilar haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishligidir. Ma'lumki, har bir shaxs, o'zicha bir dunyo, shu qatori tasviriy san'atdan bilim malakalari ham bir-biridan farq qiladi. Buning uchun ustiga o'quvchilardagi o'ziga xoslik shunchalik turli-tumanki, ularni aniqlash nihoyatda mushkul.

O'quvchilarni har jihatdan bilish uchun o'qituvchi tomonidan o'quvchilar orasida pedagogik va psixologik tashxis o'tkazishi zarur bo'ladi. Bu ish bevosita quyidagilar bilan bog'liq: o'quvchining umumiy qobiliyati, uning harakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda mashg'ulotlar uchun bo'lgan shart-sharoitlari va boshqalar. Tashxisda o'quvchilar sog'ligi va fiziologik o'sishini bilish ham foydadan holi emas.

Shuningdek, o'quvchilarda qush va hayvonlarga, kasb-hunarlarga, san'at turlariga, sportga qiziqishlarini bilish ham muhim. Chunki, o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatishda ularni ana shunday qiziqishlariga qarab ta'lim berishning samarali ekanligi fanimizda anchadan buyon ma'lum.

Yuqorida qayd qilingan sifatlar bilan bir qatorda o'qituvchi o'z fanidan o'quvchining tasviriy san'atga doir xususiyatlarinini ham bilishi kerak bo'ladi. Bu

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

borada o'qituvchi dars jarayonida har bir o'quvchining bilim va malakalaridagi o'sishni ham bilib turishi zarur.

O'qituvchini bilim va malakasidagi rivojlanish darajasiga qarab bilim berish shuning uchun muhimki, bunda zaruriyat tug'ilganda o'quvchilarda u guruhdan bu guruhga o'tkazish imkonini beradi.

Darajali tabaqalashtirib o'qitishning yagona bir ko'rinishi mavjud bo'lib, unda o'quvchilarda fanlar bo'yicha bilim va malakalarining darajasiga qarab emas, balki umumiy tarzda tabaqalashtirishidir. Bunda o'quvchilar temperamenti asosiy rol o'ynaydi. Bunday sifatlar bo'yicha tabaqalashtirilganda o'quvchilar xolerik, sangvinik, flegmatik va melonxoliklar guruhlaridan tashkil topadi.

Chunki, o'qituvchi jarayonida o'quvchilarga topshiriqlar berganda biron narsani talab qilganda, ularni psixologik xususiyatlariga tayanish samarali kechadi. Ishning saviyasi ko'p jihatdan o'quvchilarda ana shu sifatlarini bilib, to'g'ri munosabatda bo'lishlikka bog'liqdir.

O'qituvchi o'quvchilardang diqqati, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, his-tuyg'ulari, harakteri haqida ham tasuvvurga ega bo'lishi talab etiladi.

O'quvchilardang bilim va malakalari, ijodiy qobiliyattlari, qiziqishlari, idroklarini hisobga olib o'tkaziladigan pedagogik tashxis ishlari quyidagi tashkiliy ishlar bilan boliq:

• o'quvchilar bilimlarini aniqlash uchun test materiallarini tayyorlash;

• o'quvchilardang bilim va malakalarini aniqlash uchun anketa savolnomalar tayyorlash;

• o'quvchilardang bilim va malakalarini baholash mezonlarini ishlab chiqish;

• o'quvchilardang bilim va malakalarini aniqlashga doir didaktik materiallar tayyorlash;

O'quvchilardang bilim va malakalarini tashhis etish bilan masalaning yechimi tugamaydi. Yangi materialni bayon etish va uni o'quvchilar tomonidan to'liq o'zlashtirilishi uchun tegishli metodika zarur bo'ladi. Bu bosqichning muhim jihatlaridan biri tashhisdan o'tgan guruhlarda o'quvchilardang tasviriy san'atdan bilimlar xajmi va darajasini aniqlashdir. Bir guruhdagi bir o'quvchi ikkinchisiga qaraganda ozmi, ko'pmi kengroq va chuqurroq bilimga ega. Shunday ekan, guruhdagi barcha o'quvchilarda o'qituvchi yangi materialni idrok etishi va o'zlashtirishi uchun tayyorlash lozim bo'ladi.

Tabaqalashtirish faqat guruhlar bo'yicha emas, har bir o'quvchi bilan ham yakkama-yakka ish olib borishni ham nazarda tutadi. U dars jarayonida, uyga topshiriqlar berganda amalga oshiriladi. Shuningdek, individual ta'lim faqat bo'sh

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan ishlashni emas, bir yo'la iqtidorli, qobiliyatli o'quvchilar bilan ishlashni ham nazarda tutadi.

Maktabda tasviriy san'atdan darajali tabaqalashtirishning ikki yo'nalishi tavsiya etiladi:

1. O'quvchilarning idroki va qobiliyatini hisobga olib tabaqalashtirish. Bu yo'nalishga o'quvchilarda o'qituvchi tavsiya etadi.

2. O'quvchilarda qiziqishiga qarab tabaqalashtirish. Bunda guruhlarni o'quvchilardang o'zlari tanlaydilar.

Oliy o'quv yurtida o'quvchilardang tasviriy san'atga qiziqishi, idroki, qobiliyattlarini hisobga olib, ularni bir necha guruhga bo'lish mumkin:

1. Idroki past, bilim va tushunchalarni sekin va qiyin o'zgartiruvchi o'quvchilar, ularni o'qishga havasi yo'q va qobiliyati qoniqarldi emas, ijodkorlik hislatlari sezilmaydi.

2. O'qishga havasi va qobiliyati o'rtacha, nazariy bilimlarni o'zlashtirishi va ijodkorligi o'rtacha.

3. O'qishga havasi, ijodiy qobiliyati va fantaziyasi kuchli, berilayotgan bilimlarni tez va puxta idrok eta oladilar.

Mana shu xususiyatlar asosida tasviriy san'atdan ta'lim mazmunini tabaqalashtiriladi. Tabaqalashtirilgan ta'lim mazmunini, o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u uch toifaga bo'linadi:

1. Dasturning past darajasi. U tasviriy san'at o'quv predmetidan ta'limning davlat standartlarida belgilangan bilimlarni nazarda tutadi. Ta'lim mazmunining bu toifasida o'quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy qobiliyatlarini o'stirish past darajada bo'ladi.

2. Dasturning o'rtacha darajasi. Tasviriy san'atdan beriladigan bilimlar va malakalar ta'limning davlat standartlarida ko'rsatilgan past darajadan yuqoriroq bo'ladi. O'quvchilarda ijodiy fikrlash va fantaziyani talab etadigan topshiriqlar past darajada qoladi.

3. Dasturning yuqori darajasi. Tasviriy san'atdan o'quvchilarning idroki, qobiliyatini hisobga olgan holda ularga keng bilim va chuqur malakalar beradigan, ularning ijodkorligini, iste'dodini ro'yobga chiqaradigan mashg'ulotlardan tashkil topadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Siddiqov, I. M., & Igamberdiyev, U. R. (2021). PEDAGOGIKA OLIYGOHLARIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI SHAKILLANTIRISHDA MUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 1146-1163.

2. Muydinovich, R. I. (2022). RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANISHI TUFAYLI PAYDO BO'LGAN KASBLAR VA ULARNI O'RGANISH. PEDAGOGSjurnali, 13(1), 117-122.

3. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

4. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND.

5. Sulaymanova, S. B. Q. (2023). МUAMMOLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING TAVSIFI VA UNING SAMARADORLIGI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(12), 144-149.

6. Курбонова, Б. М. (2022). ТВОРЧЕСКИЕ СПОСОБНОСТИ СТУДЕНТОВ НА ЗАНЯТИЯХ ПО СОЗДАНИЮ ПОРТРЕТА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(12), 1051-1057.

7. Kurbonova, B. (2020). THEORETICAL BASES OF THE ORGANIZATION OF DRAWING LESSONS IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION.

In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 254-257).

8. Курбонова, Б. (2020). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИИ УРОКА РИСУНКА В ВЫСШЕМ ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОБРАЗОВАНИИ. ББК Ю953, 254.

9. Kurbonova, B. M. (2023). AESTHETIC PERCEPTION IS A PRODUCT OF ARTISTIC THINKING. PEDAGOGICAL SCIENCES AND TEACHING METHODS, 3(26), 97-101.

10. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Academia Science Repository, 4(04), 709-715.

11. Qurbonova, B., & Yo'Ldasheva, G. (2023). TASVIRIY SAN'AT MASHG 'ULOTLARIDA RANGLARNING 9. ILMIY-NAZARIY AHAMIYATINI O 'RGANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 183-187.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

12. Qurbonova, B., & G'ulomova, O. (2023). BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODIKASI. Educational Research in Universal Sciences, 2(4), 750-752.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Mirzakhamdamovna, Q. B. (2023). TECHNOLOGIES FOR TRAINING FUTURE VISUAL ARTS TEACHERS TO FORM ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Science and innovation, 21.

14. Курбанова, Б. М. (2018). РОЛЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФОРМИРОВАНИЯ ХУДОЖЕСТВЕННОГО МЫШЛЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ. In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 65-66).

15. Kurbonova, B. M. (2023). OPPORTUNITIES AND TECHNOLOGIES FOR PREPARING FUTURE TEACHERS OF FINE ARTS FOR THE FORMATION OF ELEMENTS OF ARTISTIC THINKING IN SCHOOLCHILDREN. Academia Science Repository, 4(04), 709-715.

16. Qurbonova, B., & Djuhanova, N. (2020). PSYCHOPHYSIOLOGICAL BASIS OF COLOR SELECTION IN YOUNG PEOPLE. Theoretical & Applied Science, (1), 27-37.

17. Мирзахдмдамовна, К Б. (2022). БУЛАЖАК ТАСВИРИЙ САНЪАТ УКДТУВЧИЛАРИНИ МАКТАБ УКУВЧИЛАРИДА БАДИИЙ ТАФАККУРНИ ШАКЛЛАНТИРИШГА ТАЙЁРЛАШ ШАКЛ ВА ТЕХНOЛOГИЯЛАРИ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(5), 185-198.

18. Qurbonova, B. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ УЧАЩИХСЯ НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА. Theoretical & Applied Science, (1), 608-614.

19. Qurbonova, B. M. (2022). BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O' QITU VCHIL ARI O' QU VCHIL ARNING BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 194-198.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.