Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
DOI: 10.24412/2992-9024-2024-1-73-82
© S.A.Bobomurodova1^_
1Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy
Annotatsiya
KIRISH: maqolada bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash jarayonlari, interaktiv metodlardan foydalana olish, Oliy ta'lim tizimida joriy etilgan o'zgarishlar va yangiliklar yoritib berilgan.
MAQSAD: ushbu zamonaviy intektaiv metodlar o'quvchilarda muammoni hal qilish, epchillik, guruhlarda to'g'ri ishlay olish, jamoa bo'lib ishlash, olgan ma'lumotlarni so'zlay olish, anglay olish, fikrlarini o'zining nutqi orqali birovga yekaza olish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirish, kelajakka ishonch hosil qilish ko'nikmalari shakllantiradi.
MATERIALLAR VA METODLAR: bo'lajak o'qituvchilarni innovatsion -pedagogik faoliyatga tayyorlash bo'yicha interaktiv metodlar ishlab chiqilib, dars samaradorligini oshirish maqsadida qo'llanilib kelinmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: interaktiv metodlar orqali dasr mashg'ulotlarini olib borish, joriy etilgan o'zgarishlar va yangiliklarni o'rganish talaba yoshlarning yanada daslarga faolligini, ularning fikrlash qobiliyatini oshirib, o'qituvchi bilan birgalikda har bir o'quvchi ham o'z ustida ishlash ko'nikmasiga erishildi.
XULOSA: hohlaymizmi-yo'qmi bizning Oliy ta'lim muassasalari innovatsion jarayonlarni qabul qilmog'imiz zarur. Bu jarayonlar to'g'ridan-to'g'ri bizga tegishli, chunki ta'lim muassasalari o'rtasidagi raqobat tushunchasi qobiliyati, ta'lim sifati, ijtimoiy buyurtmalar bularning hammasi turmush-tarzimizga kirib keladi. Bu jarayonlar biz yashayotgan muhit, hayot tarzi ekanligini har doim xis etib yashashimiz kerak.
Kalit so'zlar: HEMIS, vertual kutubxona, metod, interaktiv metod, intervyu, mativatsion, corners, puzzle, enerdjayjer, interfaol, innovatsion.
МЕТОДЫ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕИ К ИННОВАЦИОННОИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ_
© С.А. Бобомуродова1Н
1 Навоийский государственный педагогический институт, Наваи_
Аннотация
Iqtibos uchun: Bobomurodova S. A. Bo'lajak o'qituvchilarini innovatsion-pedagogik faoliyatga tayyorlash modeli // Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 73-82.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)
Scientific theoretical and methodical journal
2024, №1
Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: в статье описаны процессы подготовки будущих учителей к инновационной деятельности, умению использовать интерактивные методы, изменения и инновации, внедряемые в систему высшего образования.
ЦЕЛЬ: эти современные интерактивные методы помогают учащимся решать задачи, ловкости, правильно работать в группах, работать в команде, уметь проговаривать полученную информацию, уметь понимать, передавать свои мысли кому-либо через речь, сформировать лидерские качества, быть уверенным в завтрашнем дне.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: с целью повышения эффективности урока разрабатываются и используются интерактивные методы подготовки будущих учителей к инновационно-педагогической деятельности.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: проведение классной деятельности интерактивными методами, ознакомление с внесенными изменениями и нововведениями повысило активность учащихся на уроке, повысило их мыслительные способности, а вместе с учителем каждый ученик получил возможность работать над собой.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: нравится нам это или нет, но наши высшие учебные заведения должны внедрять инновационные процессы. Эти процессы имеют непосредственное отношение к нам, потому что понятие конкуренции учебных заведений, способностей, качества образования, социальных заказов, все это входит в наш образ жизни. Мы всегда должны чувствовать, что эти процессы - это среда и образ жизни, в котором мы живем.
Ключевые слова: HEMIS, виртуальная библиотека, метод, интерактивный метод, интервью, мотивационный, уголки, головоломка, энергичный, интерактивный, инновационный.
Для цитирования: Бобомуродова C. A. Методы подготовки будущих учителей к инновационной педагогической деятельности // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 73-82.
METHODS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR INNOVATIVE PEDAGOGICAL ACTIVITY_
© Sojida A. Bobomurodova
1 Navoi State Pedagogical Institute, Navai_
Annotation
INTRODUCTION: the article describes the processes of preparing future teachers for innovative activities, the ability to use interactive methods, changes and innovations introduced in the higher education system.
AIM: these modern interactive methods help students to solve problems, dexterity, to work properly in groups, to work as a team, to be able to speak the information they have received, to be able to understand, to convey their thoughts to someone through their speech, to form leadership skills, to be confident in the future.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MATERIALS And METHODS: these modern interactive methods develop in students problem-solving skills, dexterity, the ability to work correctly in groups, work in a team, the ability to speak and understand the information received, the ability to convey their thoughts to someone through their speech, the formation of leadership qualities and confidence in the future.
DISCUSSION AND RESULTS: conducting class activities through interactive methods, learning about the introduced changes and innovations, increased students' activity in class, increased their thinking ability, and together with the teacher, each student gained the ability to work on himself.
CONCLUSION: whether we like it or not, it is necessary for our institutions of higher education to adopt innovative processes. These processes are directly related to us, because the concept of competition between educational institutions, ability, quality of education, social orders, all this enters our way of life. We should always feel that these processes are the environment and way of life in which we live.
Key words: HEMIS, virtual library, method, interactive method, interview, motivational, corners, puzzle, energetic, interactive, innovative.
"Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat"9.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil uchun Murojaatnomasida "Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog'lig'i joyida bo'lishi, yaxshi ta'lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo'lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo'ldan aslo to'xtamaymiz.
Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri
yo'lidir.
Shu bois, birinchi navbatda, e'tiborni Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratamiz.
"Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi".
Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek:
"Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi,
Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi".
Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, o'quv-tarbiya
9O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasinong 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan.
For citation: Sojida A. Bobomurodova. (2024) 'Methods of preparing future teachers for innovative pedagogical activity', Inter education & global study, (1), pp. 73-82. (In Uzbek).
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ishlari sifatini oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerak"-degan fikrlarni bildirdilar.
Yangi O'zbekistonimizda bo'layotgan islohatlar va o'zgarishlar davrini to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'qdir. Avvalombor, islohotlarni maktabgacha ta'lim sohasidan boshlanishi, hozirgi islohotlar davrida maktabgacha ta'lim tizimining jamiyatimizdagi ahamiyati alohida o'rin egallaganligini ko'rsatadi. Shu o'tgan yillar davomida qishloq va tumanlarda ham hozirgi zamon talabiga javob beradigan darajada yaxshi jihozlangan va malakali kadrlar bilan ta'minlangan maktabgacha ta'lim muassasalari o'z faoliyatini yurita boshladi. Chekka qishloq va tuman bolalari ham maktabgacha ta'lim muassalarida har tomonlama tayyor holda maktablarga qadam qo'yishmoqda. Bu kabi o'zgarishlar yurtimizning har bir yerida ma'rifatning, tarbiyaning va albatta ta'limning sezilarli darajada o'sib borishiga sabab bo'layotganligini anglatadi.
Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Bugungi kunda yangidan yangi o'quv yurtlari, davlat va xususiy sherikchilik asosida nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilmoqda.
Yangicha islohotlar bilan birgalikda ta'lim sohasiga yangicha yondashuvlar ham kirib kelmoqda. Har bir o'quv muassasalariga zamon talabiga javob beradigan malakali mutaxassislar jalb qilinishi davr talabi bo'lib qolmoqda. Chunki zamon jadallik bilan rivojlanib borar ekan, yoshlar ham shu bilan birga aqlliroq, zehnliroq bo'lib ulg'aymoqda. Shunday ekan, pedagok doimiy bir xillilikdan voz kechishi, eski an'analarga zamon ruhiga mos ravishda o'zgartirishlar kiritishi, ijodkor bir so'z bilan aytganda bir xil qolipdan qochishi kerak, hamda pedagoglarning oldida o'qitishning ilg'or pedagogik texnalogiyalaridan, innovatsion uslublardan unumli foydalangan holda darslarni tashkil etish o'zining dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda.
Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va pedagogik faoliyatdagi tajribalar shuni ko'rsatadiki, hozirgi zamon rassom o'qituvchilarning ijodiy ish faoliyatini o'rganish va tahlil qilish asosida ularning amaliy-ijodiy tayyorgarlik mazmuni va o'qitish metodlarini takomillashtirishga bag'ishlangan maqsadli izlanishlar tasdiqlanmoqdaki, oliy malakali rassom o'qituvchilar tayyorlashda bir qancha nomuvofiqliklar va ziddiyatlar mavjud. Shuningdek, talabalarda o'quv faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish ob'ektiv zarurligi o'quv faoliyati holati bilan ta'lim oluvchilarning mazmun, metod va natijalarga ko'ra xilma-xil nazariy va amaliy mashg'ulotlarda nomuvofiqlik ko'zga tashlanadi. Bu esa, talabalarning kelajakda professional kasbiy faoliyatiga, metodik jihatdan tayyorgarligini mazmun jihatdan ilmiy amaliy tamoyillarini ko'rib chiqishni taqazo etadi. Shu bilan birga, ta'kidlash joizki pedagogik adabiyotlarda oliy maktab talabalarining nafaqat auditoriyada o'qishi bilangina emas, balki ularning mustaqil ta'lim olishi bilan ham tavsiflanadi. Binobarin, oliy ta'lim tizimida bo'lajak tasviriy va amaliy san'at mutaxassislarining nazariy va amaliy-ijodiy tayyorgarligini faollashtirish bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligini belgilab beradi.
Talabalarning ijodiy tayyorgarligi - uning kasbiy layoqatliligining asosiy ko'rsatkichi bo'lib, uzluksiz badiiy ta'lim olish asosida shakllanadi. Zero, "...uzluksiz ta'lim ijodkor,
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ijtimoiy faol, ma'naviy yetuk shaxsni shakllantirish, yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga zaruriy shart - sharoit yaratadi"10.
Oliy ta'lim muassasalarida professor-o'qituvchilar ilmiy salohiyatidan unumli foydalanib, o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv-metodik hujjatlar, tarqatma materiallar ishlab chiqilmoqda. Talabalarga zamonaviy axborot vositalaridan foydalanishga qulaylik yaratish maqsadida vertual kutubxonadan foydalanish imkoniyati kengaytirilib, u yerda barcha fanlar bo'yicha ma'ruza matnlarining, darslik va o'quv qo'llanmalarning elektron versiyalari jamlandi va takomillashtirilmoqda.
So'ngi yillarda Oliy ta'lim tizimida joriy etilgan o'zgarishlardan biri bu HEMIS axborot tizimining ishga tushirilishi bo'ldi. Bu o'zgarish o'z navbatida talabaga ham pedagogga ham ancha yangilliklarni hamda qulayliklarni yaratib berdi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayoniga oliy ta'lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma'lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog'oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimini raqamlashtirish maqsadida "Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimi" (HEMIS - Higher Education Management Information Systems) ishlab chiqildi. HEMIS axborot tizimi "Ma'muriy boshqaruv", "O'quv jarayoni", "Ilmiy faoliyat" va "Moliyaviy boshqaruv va statistika" axborot tizimlarini o'z ichiga oladi. Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini joriy etishdan maqsad: - Oliy ta'lim muassasalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash; - oliy ta'lim tizimida o'quv, ilmiy, ma'muriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish; - oliy ta'lim tizimida byurokratik to'siqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish; - Oliy ta'lim muassasalari, talaba va ish beruvchi tashkilotlar o'rtasida uzviylikni ta'minlash; - boshqaruv jarayonlari uchun sarf qilinadigan vaqtni qisqartirish va mehnat samaradorligini oshirish; - ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish; - tahliliy ma'lumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish. Oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirish va raqamli texnologiyalar vositasi yordamida ta'limni tashkil etish talabalarning dars mashg'ulotlarga faol qatnashishi, mavzularni to'liq o'zlashtirishi, kelajakdagi kasbiga mehrining oshishi va turli kompetensiyalarini rivojlanishiga turtki bo'ladi.
Bugungi kunda raqamli ta'lim tizimining o'rni beqiyos bo'lib, ular bir vaqtning o'zida qanday o'qiyotganini, fanni qanday o'rganayotganini, vazifalarga qiziqishi, o'z darajasidagi muammolarga fikr bildirishlarini kuzatish mumkin. Buning natijasida o'quvchilarning o'zlari mustaqil o'rganishi, shaxsiy o'rganishga moslashishi va o'zini ustida ishlashi kabi qobiliyatlari rivojlanadi.
Dars jarayonlari raqamli kontentda jonli olib borish va darslarda samarali interaktiv metodlardan foydalanish, interfaol topshiriqlarni berish, virtual lobaratoriyalarda o'rganish talabalarni yanada fikrlash ko'nikmalarini oshiradi. O'zi qiziqqan sohadagi kasbiy kompetensiyalari rivojlanadi.
2 O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y., 11-12-son, 295-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 15-son, 150-modda; 2013 y., 41-son, 543-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018 y., 03l18l456l0512-son
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Interaktiv (inglizcha Interaction-o'zaro ta sir) metodlar - jamoa bo'lib fikrlash ma'nosini beradi, ya'ni bilim oluvchiga pedagogik ta sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Qo'llanilayotgan metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Ya'ni o'qitishning interfaol(aktiv)ligi - o'quvchining bilish faoliyatini faollashtirish va o'zaro ta sir asosida tayyorgarlik samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Interaktiv mashg'ulot - o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok etadigan mashg'ulot; jarayon hamkorlikda kechadi. Interaktiv metodlar o'zining quyidagi o'ziga xos jihatlari bilan izohlanadi:
1. Interaktiv metodlar o'qituvchi bilan o'quvchining faol munosabati, birbirini to'liq tushunishiga asoslanadi.
2. Interfaol metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi -dars qaysi shaklda bo'lmasin, qaerda o'tkazilmasin darsda o'qituvchi bilan o'quvchining hamkorlikda ishlashini va natijada o'zlashtirishlarini ta'minlashi lozim.
3. Bunda o'qituvchi faqat boshqaruvchi (yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi.
4. Ushbu metodlar orqali o'quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.
Innovatsion interaktiv metodlarda o'qitishning mohiyati quyidagicha izohlanadi:
- o'rgatuvchi ham o'rganuvchi ham ma'lumotlar bilan faol ishlashi;
- o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undashi va o'rgatishi;
- o'qituvchiga "o'quvchilarni fikrlashga o'rgatish uchun" xizmat qilsa, o'quvchilarga esa, "fikrlashni o'rganishlari uchun" xizmat qilishi;
Interaktiv metodlardan foydalanish shakllari:
1. Individuallashtirish;
2. Kichik guruhlarga ajratish;
3. Tabaqalashtirish:
4. O'rgatish va o'rganish jarayonida, o'zaro muloqot, hamkorlikni, do'stona muhitni yaratish;
5. Rag'batlantirish;
Zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanishning muhim jihatlari ta'lim samaradorligiga erishishga etarlicha hissa qo'shish bilan ahamiyatlidir. Bugungi kunda qo'llanilib kelinayotgan zamonaviy interaktiv metodlarning ko'plab turlari sanab o'tishimiz mumkin.
Masalan:
1. "Aqliy hujum".
2. "O'yinli o'qitish texnologiyasi" metodi.
3. "Jamoaviy o'qitish" metodi.
4. "Kichik guruhlarda ishlash" metodi.
5. "Tarmoqlar" metodi.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
6. "3x4" metodi.
7. "Blits" o'yini.
8. "Intervyu" metodi.
9. "Meni eshiting" metodi.
10."Bumerang" metodi.
11. "O'quvchi" metodi.
12. "Muloqot" metodi.
13. "Boshqaruv" metodi.
14. "Tik_Tok" metodi.
15. "Videotopishmoq" metodi.
16. "Ijobiy kayfiyat (maska)".
17. "Corners - Burchaklar" metodi.
18. "Fikr, sabab, misol, umumlashtirish" (FSMU) metodi.
19. "Sayohat" metodi.
20. "Zanjir" metodi.
21. "Enerdjayjer joylar bilan almashsinlar" metodi.
22. "Enerdjayjer kim lider" metodi.
23. "Puzzle" metodi.
24. "3,4,5,6,7" metodi.
25. "Mativatsion" metodi va boshqalar.
26. "Kahoot" metodi.
Ularning bazilariga izoh berib o'tamiz.
"Puzzle" metodi.
Bu usuldan foydalanishga 2-5 daqiqa vaqt ketadi. Bizga A4 formatdagi oq varoq yoki rangli qog'oz kerak bo'ladi. Masalan, o'quvchilaringizni 4 ta guruhga bo'lmoqchisiz. Bunda 4 ta A4 qog'ozlarga mavzuga oid kerakli ma'lumotlar yoki qiziqarli 10-15 qatorli faktlarni printerdan chiqarib olasiz. Ularni esa bir xil hajmda kesib chiqasiz va har birini alohida 4 ta konvertga solib chiqasiz. Dars boshlanganida esa, 1-3-5 (toq qatordagi) o'quvchilarga 180° orqaga burilishlarini aytasiz va qarabsizki, birinchi va ikkinchi partadagi o'quvchilar bir-biriga qarab o'tirgan holda 4 kishilik jamoani tashkil etadilar. Siz esa 4 ta konvertni har bir guruhga berib chiqasiz va start berishingiz bilan boshlab shu bo'laklarni ketma-ketlikda terib chiqishlarini aytasiz. Barcha guruh vazifani tugatganlaridan so'ng, har bir guruhdan 1 ishtirokchi shu ma'lumotlarni o'qib yoki tushuntirib berishlarini so'raysiz. Qarabsizki, barcha qiziqqonlik bilan shu mavzuni tezda o'zlashtirib oladi.
A4 format Sizga qatorlar soniga ko'ra ta A4 format varoq kerak bo'ladi. Masalan, 3 qatordan ketma-ket 5 ta parta bo'lsin. Buni darsni boshida qilsangiz o'tgan mavzuni takrorlash, dars oxirida qilsangiz esa yangi mavzuni mustahkamlash bo'ladi. Masalan, yangi mavzu bo'lsa, "bugungi o'tilgan mavzudan nimalarni o'rgandingiz" deb savol beriladi. 1-partadagi 2 ta o'quvchi o'z fikrlarini yozib, orqadagi 2 ta o'quvchiga uzatadi, u esa keyingisiga va shu tarzda qator oxirigacha davom etadi. Sharti: 1 yozilgan ma'lumotni takror yozish mumkin emas. Qarabsizki, har bir keyingi yozayotgan o'quvchi o'zidan avvalgi yozilgan ma'lumotlarni o'qiyda va yanada mavzuni mustahkamlab, yangi ma'lumot
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yozishga harakat qiladi. Oxirgi partalarda barchaga ma'lumki, darsga qiziqishi kam bo'lgan o'quvchilar o'tirishadi va ularga navbat yetganda esa ko'p ma'lumotlar yozib bo'lingan va ular yangilarini topishi kerak bo'ladi. "Qaysi qator birinchi" deya musobaqa kayfiyatini yaratish ham o'zingizga bog'liq.
"Meni eshiting" metodi (Asosan yuqori sinflarda o'tkaziladi. Istalgan fan o'qituvchisi kirish darsida qo'llashi mumkin). Kutilayotgan natija: darsga qiziqtirish, o'quvchi diqqatini jalb etish. Chex gumanist-pedagogi, zamonaviy o'qitish jarayoni asoschisi Yan Amos Komenskiy o'quvchilarni darsga har kuni eshikdan sanab kiritar edi. Biroq, bir qitmir o'quvchi har doim eshikdan emas, derazadan kiradi. Komenskiy unga umuman e'tibor bermaydi. Kunlarning birida bola o'z harakatidan o'zi zerikib, sinfdoshlari qatori darsga eshikdan kirmoqchi bo'ladi. Shunda Komenskiy "Sening kirish yo'ling bu yer emas"- deb unga derazani ko'rsatadi. Bola qilgan ishidan pushaymon bo'lib yig'lab yuboradi. U o'zining shu paytgacha noto'g'ri harakat qilganini anglab yetgan edi. Ta'limda bolaning xatosini o'ziga anglatish uchun pedagog kuchli psixolog va sabrli boshqaruvchiga aylanishi muhim. Quyida e'tiboringizga havola etiladigan metod, darsda tinch o'tirmaydigan bolalar uchun, yoki ilk marotaba boshlanayotgan fan oldidan barcha sinflarda qo'llash uchun tavsiya etiladi. "Meni eshiting" texnologiyasi o'qituvchi o'quvchilarni o'tirgan joylarida ikki guruhga bo'lib oladi. O'ng tomonda o'tirgan o'quvchilarga yashil rangli vizetkalar ("Sherigingiz sizga gapirgan paytda unga umuman ahamiyat bermay, o'z ishingiz bilan mashg'ul bo'ling") tarqatib chiqiladi va chap tomonda o'tirgan o'quvchilarga o'qitmaslikni iltimos qilib, nazoratni o'z qo'liga oladi. Chap tomondagi o'quvchilga ham xuddi shunday sariq rangli vizetkalar ("Hayotingizda ro'y bergan eng quvonchli voqeani partadoshingizga aytib bering") tarqatilib, topshiriq beriladi. Ushbu metoddan so'ng, o'qituvchi bolalarga qarata: "Men dars o'tayotgan paytimda menga bee'tibor bo'lishingiz, mening ham shunday qalbimni og'ritadi", deb aytadi. Natijada o'quvchilar o'qituvchi darsga kirgan paytda ularning e'tiborsiz bo'lishlari, darsni tinglamasliklari oqibatini his qiladilar.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Sh. M. Mirziyoyev "Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz" Toshkent-2017
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabedagi PF 6079 sonli "Raqamli O'zbekiston 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoni.
3. Yo'ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari.-Toshkent: O'qituvchi, 2004.
4. Sayidaxmedov N.S. Pedagogikada yangicha fikrlash. - Toshkent: Istiqbol, 2002.
5. Xasanov R. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlar. O'quv qo'llanma. -Toshkent: TDPU, 2006.
6. Milliy o'zbek maktablarida badiiy ta'lim kontseptsiyasi. - Ma'rifat. -1992y.
7. Sayidaxmedov N.S. Pedagogikada yangicha fikrlash. - Toshkent: Istiqbol, 2002.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
8. Ishmuhamedov RJ.Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. -Toshkent: ToshDPU, 2004.
9. Абдуллаев Акбар Хикматович Нравственное и эстетическое воспитание учеников через изобразительное искусство // Academy. 2021. №4 (67). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/nravstvennoe-i-esteticheskoe-vospitanie-uchenikov-cherez-izobrazitelnoe-iskusstvo (дата обращения: 02.11.2023).
10. Абдуллаев А. Х. Узбекистонда чизмачилик ва чизма геометрия фанининг ривожланиш тарихи //взгляд в прошлое. - 2022. - Т. 5. - №. 3.
11. Abdullaev, A., & Bobomurodova, S. (2023). The main factors affecting of Uzbekistan and central asian countries to the development of art. Science and innovation, 2(C3), 64-66.
12. Abdullayev, A. H., & Bobomurodova, S. A. (2022). Bo'lajak tasviriy va amaliy san'at o 'qituvchilarining kasbiy va malakaviy tayyorgarliklarini takomillashtirish. Scientific progress, 3(3), 908-910.
13. Choriyev S.N. BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI VA RAHBAR IMIDJINI YARATISH // Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 222-225.
14. Bobonazarov S. U. Tasvirlarni grizayl texnikasida ishlashning o'ziga xosligi //Innovative Development in Educational Activities. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - С. 114118.
15. Bobonazarov S. Kompozitsiya mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning muhim ekanligi //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. B6. - С. 11-14.
16. Bobonazarov S. U., Jalolov S. C. Etnomadiy Fenomenon Sifatida Nuza San'atlari //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) https://www. tarj. in.
17. Шавдиров, С. А. (2017). Подготовка будущих учителей к исследовательской деятельности. Педагогическое образование и наука, (2), 109-110.
18. Ibragimovich I. X., Shovdirov S. A. THEORETICAL PRINCIPLES OF THE FORMATION OF STUDY COMPETENCIES REGARDING ART LITERACY IN STUDENTS //Science and Innovation. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 192-198.
19. Shovdirov, S. BB Boymetov Methods of Organizing Practical and Theoretical Classes for Students in The Process of Teaching Fine Arts International Journal on Integrated Education.
20. Саъдиев С. Т., Очилов З. С. ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА КАЧЕСТВО МУЗЫКАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ //XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION". -2018. - С. 110-111.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Bobomurodova Sojida Ablakulovna. o'qituvchi [Bobomurodova Sojida Ablakulovna, преподаватель]. [Sojida A. Bobomurodova, teacher]; manzil: O'zbekiston, 117036, Navoiy. Tolstoy ko'chasi, 55 [адрес: Узбекистан. 117036, Наваи. улица Толстого. 55.]. [address: Uzbekistan. 11703б, Navoi. Tolstoy Street. 36A.]; [email protected]