ättk
•щек!
Baxtiyor Pardayev. Abdullo Qodiriy nomidagi J.D.P.U. Texnologik ta'lim va tasviriy san'at fanlari kafedrasi katta o'qituvchi Annotatsiya. Mazkur maqolada tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashuv amaliyotidagi ahvolning tavsifi va o'qituvchilar mahorati haqida hamda tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashish bo'yicha shart-sharoitlar, dars texnologiyalari, o'qitish didaktikasi, metodlarni kuzatish, amaliyotdagi holatini tajriba-sinov darslarida ko'rib chiqish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarishni amalga oshirish, maktab o'quvchilari o'quv faoliyatining muvaffaqiyati ularning qobiliyatlariga, layoqatlariga, qiziqish va mayllariga, hissiy olamiga, irodaviy xislatlariga, xarakter xususiyatlari va mijozlariga, bilish faoliyatlariga, shu jumladan diqqat, xotira, tafakkur, xayol jarayonlariga ko'p jihatdan bog'liqgi to'g'risida so'z boradi.
Kalit so'zlar: individual, grafik bilim, pedagogik texnologiya, kuch, muvozanat, inert, flegmatik, kuch, muvozanat, harakat, sangvinik.
ОПИСАНИЕ СИТУАЦИИ В ПРАКТИКЕ ИНДИВИДУАЛЬНОГО ПОДХОДА К УЧАЩИМСЯ НА УРОКАХ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО
ИСКУССТВА.
Бахтияр Пардаев. Дж.Г.П.У. им Абдулло Кадири, старший преподаватель кафедры технологического образования и изобразительного искусства
Аннотация. в данной статье рассказывается об описании ситуации в практике индивидуального подхода к учащимся на уроках изобразительного искусства и о мастерстве преподавателей, а также об условиях индивидуального подхода к учащимся на уроках изобразительного искусства, технологии проведения уроков, дидактике преподавания, методах наблюдения, учете состояния практики в ходе пилотных занятий и внедрения, говорят, что это во многом зависит от когнитивной деятельности, включая процессы внимания, памяти, мышления, воображения.
3S---'
Ключевое слова: индивид, графические знания, педагогическая технология, сила, уравновешенность, инертный, флегматик, сила, равновесие, движение, сангвиник.
DESCRIPTION OF THE SITUATION IN THE PRACTICE OF AN
INDIVIDUAL APPROACH TO STUDENTS IN ART LESSONS.
Bakhtiyar Artaev, J. Abdullah Kadiri GPU, Senior Lecturer at the Department of Technological Education and Fine Arts
Annotation. this article describes the situation in the practice of an individual approach to students in fine art lessons and the skills of teachers, as well as the conditions of an individual approach to students in fine art lessons, lesson technology, teaching didactics, observation methods, taking into account the state of practice during pilot classes and implementation, they say that this is in It largely depends on cognitive activity, including the processes of attention, memory, thinking, and imagination.
Keywords: individual, graphic knowledge, pedagogical technology, strength, balance, inert, phlegmatic, strength, balance, movement, sanguine.
Bizning bosh maqsadimiz bo'lgan madaniy va ma'rifiy yo'nalishlardagi islohatlarni amalga oshirishda demokratik, fuqarolik jamiyatimizning tarkibiy usullarini isloh etuvchi erkin shaxs tarbiyasi, uning mustaqil tafakkurini uzluksiz ta'limning dastlabki bosqichlaridan shakllantirib borish fuqarolik jamiyatining asosiy talablaridan biridir. Bunga erishishning mazmuni esa faqatgina halol mehnat tufayli, urf-odatlarimiz hamda qadriyatlarimizni anglagan holda amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning "Biz farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etishlari uchun qanot berishimiz kerak" degan qimmatli so'zlari, o'qituvchilarga katta mas'uliyatni yuklaydi [68; 265-b.]. Shunday ekan, yoshlarimiz o'z hayotlari davomida ilmga chanqoq, mehnatni doimiy ehtiyoj bilib, yashaydigan komil inson bo'lib yetishsin.
Aynan, umumiy o'rta ta'lim maktablari tasviriy san'at darslari doirasida bola dunyoqarashi, tafakkuri va badiiy estetik didi shakllanadi, ijtimoiy tuzumga ongli munosabati tarkib topishda ko'mak bo'ladi. Shuningdek, o'quvchilarni grafik bilim va malakalar bilan qurollantiradi. Yangilikka intilishga, yaratuvchanlikka, ijodkorlikka o'rgatadi. Demak, tasviriy san'at darslari mazmunini chuqur o'zlashtirish uchun mustaqil tafakkurni shakllantiruvchi omil deb qarashimiz lozim. Shu boisdan aytish mumkinki, bu fan qaysi maktabda yaxshi o'qitilmas ekan, bu maktabda yetuk shaxs kamol topmaydi. Shu o'rinda Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O'zbekistonning kelajagi uchun yetuk shaxs tayyorlash maqsadida fanlarni zamon talabi darajasida o'qitish zarurligini ta'kidlagan. Buning uchun umumiy o'rta ta'lim sifatini tubdan oshirish [2; 10-b.], yosh avlodga puxta ta'lim berish [18; 14-b.] har bir dars soatlaridan unumli
3s----
foydalanish, darsda samaradorlikni oshirish chora-tadbirlarini izlab topish bugungi o'rta ta'lim maktablarining asosiy vazifasiga aylanib kelmoqda [38]. Ushbu nuqtai nazardan o'quv jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish, nafaqat o'quv jarayonining samaradorligini oshirish bo'lib qolmay, balki ijtimoiy zaruriyat talabidan kelib chiqqan holda demokratik, fuqarolik jamiyatining faol ishtirokchisini shakllantiruvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Tasviriy san'at darslarining samaradorligini oshirish, o'quvchilarni shu fanga qiziqtira olish har bir pedagogning diqqat e'tiborida bo'lishi lozim.
Tasviriy san'at darslarida o'quvchilarga individual yondashish bo'yicha shart-sharoitlar, dars texnologiyalari, o'qitish didaktikasi, metodlarini kuzatish, amaliyotdagi holatini o'rganish, tajriba-sinov darslarida ko'rib chiqish va tegishli ilmiy xulosalar chiqarishni amalga oshirish maqsadida Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchi D.Berikbayeva), 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchi S.Hamidova), Guliston shahridagi 9-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchi Z.Rashidova), 16-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchi D.Xazratqulova) Mirzaobod tumani XTB ga qarashli 1-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchisi D.Abiyeva), 3-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (O.Ummatova), 22-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchisi M. Gaibnazarova), 32-sonli umumiy o'rta maktabi (o'qituvchisi Sh. Kenjayev) Jizzax viloyati Zomin tumani XTBga qarashli 34-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchisi B.Umirzoqov), Samarqand viloyati Toyloq tumani XTBga qarashli 25-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi (o'qituvchisi D.Tilobova) tanlab olinib, ularda 2018-2019, 2019-2020 o'quv yillarida tasviriy san'at o'quv predmetida o'quvchilarga individual yondashuv o'rganilib chiqildi.
Biz tajriba-sinov o'tkazgan maktablarimizda tasviriy san'at va boshlang'ich sinf o'qituvchilarning o'quvchilarga individual yondashuv bo'yicha olib borayotgan faoliyatini kuzatib bordik. Kuzatishlarimiz davomida biz nafaqat o'quvchilarning tasviriy san'at darslarini o'zlashtirish darajasi, balki darsdan tashqari to'garakka a'zoligi, jamoat ishlarida, viloyat va tumanlarda 5 tashabbus bo'yicha o'tkazilgan tadbirlarda, ko'rik-tanlovlarda, tasviriy san'atga oid kitoblarni mustaqil mutolaa qilishi, badiiy kechalarda ishtirok etishi, badiiy va san'at maktablarida o'qishi, tasviriy san'atdan etyudlar ishlashiga qiziqishi borligini ham kuzatdik.
Ko'p sinflarda o'qituvchi va o'quvchilararo munosabatlar do'stona hamkorlik asosida amalga oshirilib borildi. O'qituvchining muomalasi, o'quvchilarga hurmati, o'zini tuta bilishi, uning shaxsi va ma'naviy qiyofasi dars samaradorligining muhim omili ekanligi ayon bo'ldi. Hatto, o'qituvchining kiyinishiga, yurish-turishiga, nutqiga taqlid qiluvchilar ham uchradi. Har bir o'quvchi ustozning hurmatini joyiga qo'yib, o'zlari ham ularning hurmatiga loyiq bo'lishga intilishi sezilib turdi. Bu hol o'quvchilarning maktab darslariga munosabati yaxshiligidan dalolat edi.
■w-
'¿s----
Ayni vaqtda, ayrim darslarda o'zlariga nisbatan yaxshi ko'rmaydigan o'qituvchilarning mashg'ulotlari jarayonida, o'quvchilardagi zerikish, e'tiborsizlik, loqaydlik kabi holatlar ham kuzatildi. Bunday o'quvchilarda o'qituvchini, mashg'ulotini tinglashga xohish-istagi yo'qligi sezilib turdi. O'quvchilar ustozni avvalo uning kasbiy mahorati, bilimdonligi, ezgu fazilatlari tufayli sevishi mumkinligi ravshanlashdi.
Tasviriy san'at o'qituvchisi, o'quvchilarning xarakteri, temperamenti, hulq-atvori, ya'ni tiplari haqida ma'lum tushunchaga ega bo'lishi kerak.
Xarakter (grekcha charakter - bosish, zarb qilish) - insonning faoliyati va munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo'ladigan barqaror individual xususiyatlari yig'indisi bo'lib, unga xos bo'lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo'lgan, standart vaziyatlarda qo'llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo'yish va yechish usullari o'z ifodasini topadi. Bunda oliy nerv faoliyati va temperamentlar tipi katta o'rinni egallaydi. Pavlov I.P. nerv sistemasining asosiy 3 ta xususiyatini ajratdi: kuch, qo'zg'aluvchanlik, barqarorlik [104; 75-84-b.]. Oliy nerv faoliyatining muayyan xususiyatlar kombinatsiyasining turi bo'lib, ularning har biri temperament turiga bog'liq: Kuch, muvozanat, inert. Flegmatik. Uni shoshilmasligi va xotirjamligidan farq qilish mumkin. U materialni qanchalik yaxshi bilishiga qaramay, savollarga darhol, jonli qilib javob bermaydi. Unga charchamaslik xosdir: qo'shimcha aqliy ish bajarishdan qochmaydi va qancha shug'ullanishiga to'g'ri kelmasin, charchaganini ko'ra olmaysiz. U mantiqan keng, uzundan-uzoq fikrlarga intiladi: go'yo uzundan-uzoq gapning boshida boshlangan fikr qachon va qay tarzda tugashini bilgan holda so'zlarni bir maromda, tutilib qolishdan qo'rqmay bayon qiladi. Rasm chizishda yoki haykal yasashda, u to'lqinlanmaydi va sinfda nima yuz bersa ham darsda hech hayratlanmaydi. Quyi sinflardanoq u matematika va tasviriy san'at bilan shug'ullanishni yaxshi ko'radi. U ko'pchilik ishtirokchilardan farqli ularoq, biror-bir qiziqish yoki hayajonlanish sezmagan holda tasviriy san'at bo'yicha tadbirlarda ishtirok etadi. U na behalovat, na xursand bo'lmaydi, uni kayfiyati buzuq holida ham ko'rish mumkin emas.
1.Kuch, muvozanat, harakat. Sangvinik. Juda jonli, tinib-tinchimas o'spirin. Sinfda bir daqiqa ham jim o'tirmaydi, hamisha aft-angorini o'zgartiradi, qo'lida uni - buni aylantiradi, qo'lini uzatadi, qo'shnisi bilan gaplashadi. Sakrab-sakrab tez yuradi, nutqning sur'ati ham juda tez. Juda ta'sirchan va tez qiziqadi. Chizib kelgan rasmlari to'g'risida qiziqish va ilhom bilan gapiradi. Shu bilan birga uning qiziqishlari juda ham turg'un va barqaror emas: yangi ishga qiziqib kirishsa-da, unga nisbatan ixlosi darrov so'nadi. Yuzlari jonli, harakatchan, ifodalidir. Uning yuzlaridan kayfiyati qandayligini, predmetga yoki kishiga nisbatan munosabatini osongina sezib olsa bo'ladi. O'zi uchun qiziqarli darslarda zo'r ish qobiliyatga ega ekanligini ko'rsatadi. "Qiziqarli bo'lmagan" darslarda esa u o'qituvchini deyarli eshitmaydi, qo'shnilari bilan gaplashadi, esnab o'tiradi. Uning hissiyotlari va kayfiyatlari juda ham o'zgaruvchandir. "Ikki" baho olsa yig'lab yuborishga ham tayyor, lekin o'zini zo'r-bazo'r to'xtatib turadi. Ammo yarim soat ham
■w-
'¿S---'
o'tmaydiki, u yomon baho olganini mutlaqo unutib, koridorda qizg'in va xushchaqchaq holda yelib-yuguradi. Tinib-tinchimasligi va jonsarakligiga qaramay, uni osongina tartibga chaqirish mumkin: tajribali o'qituvchilarning darslarida yaxshi o'tiradi va yangi talabga tezda ko'nikadi. Maktabda yangi o'qituvchilarga tez ko'nikadi, bolalar bilan tez til topishadi, ko'plari bilan do'stlashadi, sinf faollariga qo'shiladi.
2. Kuch, muvozanatsizlik. Xolerik. Sinfdoshlari orasida o'zining jo'shqinligi bilan ajralib turadi. O'qituvchining hikoyasiga qiziqib ketib, osongina qo'zg'alish holatiga kiradi va o'qituvchi hikoyasini turli xil hayajonlanish bilan bo'lib turadi. O'qituvchining istagan savoliga o'ylanmasdan javob qaytarishga tayyor va shuning uchun ko'pincha poyintar-soyintar javob beradi. Alamidan va g'azabi qo'zg'aganidan osongina jahli chiqadi va urishishga otlanadi. O'qituvchining tushuntirishlarini juda diqqat bilan, hech narsaga chalg'imasdan eshitadi. Sinf va uy ishlarini ham xuddi shunday diqqat bilan bajaradi. Tanaffus paytlarida hech qachon joyida o'tirmaydi, koridor bo'ylab yugurib yuradi yoki kim bilandir olishayotgan bo'ladi. Qattiq, tez gapiradi. Tez, katta-katta qilib yozadi, dastxati bir tekis emas. Yuzi juda ifodali. Ijtimoiy topshiriqlarni bajarishda, shuningdek tasviriy san'at darslarida qiziqish va qat'iylik ko'rsatadi. Rasmlarni tez chizadi. Tez o'rganadi. Uning qiziqishlari ancha doimiy va barqaror. Paydo bo'layotgan qiyinchiliklar oldida o'zini yo'qotib qo'ymaydi, aksincha ularni zo'r hafsala bilan bartaraf etadi.
Zaiflik, Melanxolik. Darslarda xotirjam, hamisha bitta holatda o'tiradi, qo'lida biron narsani aylantirayotgan bo'ladi, kayfiyati juda ham arzimas sabablarga ko'ra o'zgaradi. U o'taketgan darajada hissiyotli. O'qituvchi uni bir partadan ikkinchisiga o'tkazganda, u xafa bo'ladi, nima uchun uni ko'chirganlari sababini uzoq mulohaza qiladi va o'sha kuni barcha darslarda ko'ngli g'ash va g'amgin o'tiradi. Shu bilan birga uning his-tuyg'ulari ham sekin uyg'onadi. Tasviriy san'atdan reproduksiyalar namoyish etilganida u uzoq vaqt indamay, yuzlari harakatsiz o'tiradi, so'ng asta-sekin "eriy boshlaydi"- jilmayadi, kula boshlaydi, qo'shnilari bilan suhbatga aralashadi. Tezda o'zini yo'qotib qo'yadi. O'qituvchi unga eng kichik tanbeh berdi deguncha, bola uyalib ketadi, uning ovozi bo'g'iq va sekin bo'lib qoladi. Tuyg'ularini ifoda etishda juda ham vazmin. "Ikki" baho olsa ham, yuzi biron darajada o'zgarmasdan joyiga borib o'tiradi, lekin uyida, ota-onalarining so'zlari bo'yicha, uzoq vaqt o'zini bosa olmaydi, ishga kirishadigan holatda emas. Darsda ishonchsizlik bilan, hatto darsga astoydil tayyorlangan bo'lsa ham, tutilib-tutilib javob beradi.
Bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning individual xususiyatlari va aqliy rivojlanishini bilish, qobiliyatini aniqlash, shuningdek ta'lim jarayonida "Muvaffaqiyat qozonish" xolatini hosil qilishda zamonaviy psixodiagnostik metodlaridan foydalanish dolzarb masalardan biridir. Bola shaxsining guruhli va jamoaviy muhitda shakllanishida o'quv jarayonida vujudga keladigan munosobatlar, individual yondashuvni amalga oshirish uchun tasviriy san'at o'qituvchisi uchun bunday bilim va ko'nikmalar mutlaqo zarurdir.
■w-
'¿S---'
Albatta, psixodiagnostik yordamni maktab psixologidan ham olish mumkin, lekin olib borilgan tadqiqotlarimizdan shu holatlar ma'lum bo'ldiki, maktab psixologlari tomonidan olib borilgan tashxislash metodlarida tasviriy san'at yuzasidan bolalarning qobiliyatlarini aniqlashda yetarlicha tashxislash ishlari olib borilmagan. Shuning uchun pedagogik jarayonni psixologik baholashda tasviriy san'at fani o'qituvchisi olib borsa samara natijasi yuqoriroq bo'ladi.
Ma'lumki, individual yondashuv deganda sinf o'quvchilarini o'quv imkoniyatlariga ko'ra va uchdan ortiq guruhlarga ajratgan holda ta'lim berish uslublari majmuasi tushuniladi. "Tabaqalashtirilgan ta'limning o'ziga xos murakkab muammolaridan biri pedagogik-psixologik tashxis masalasidir. Darhaqiqat, aynan psixologik-pedagogik tashxisni to'g'ri amalga oshirish orqaligina sinf o'quvchilarini ularning imkoniyatlariga ko'ra to'g'ri taqsimlash, guruhlarga ajratish mumkin va bu tabaqalashtirilgan ta'limning deyarli eng asosiy, eng og'ir va muammolarga boy tomonini tashkil qiladi" deb ta'kidlaydi dots. K.B. Qodirov [143; 3-b.].
Umuman, tasviriy san'atdan ta'lim jarayonida pedagogik va psixologik tashxisning keng ko'lamda joriy etilishi tasviriy san'at ta'limi samaradorligini oshirishda katta ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchining o'zlashtirish darajasini kuzatish, o'zlashtirish dinamikasini nazorat qilishda juda foydali ekanligi sir emas.
Ta'kidlash joizki, individual ta'limda pedagogik va psixologik tashxis amaliyoti uzviy bog'liq holda, yaxlit ravishda, birgalikda olib borishi zarur, aks holda tashxis natijalarida nomutanosibliklar, ziddiyatli holatlar, tushunmovchiliklar vujudga kelishi mumkin. Yoshlarning qiziqish va mayllari, xissiy va irodaviy xislatlari, xarakteri, mijoziy xususiyatlari, bilish jarayonlari [idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol, nutqni tadqiq etishga qaratilgan yuzlab psixodiognostik (Psixodiagnostika (grekcha psyche - ruh va diagnostikos -bilishga qodir) - psixologik fan sohasi bo'lib, shaxsning individual - psixik xususiyatlarini o'lchash va aniqlash usullarini ishlab chiqadi) metodikalarni sanab o'tish qiyin emas [97; 4-b.].
Maktab o'quvchilari o'quv faoliyatining muvaffaqiyati ularning qobiliyatlariga, layoqatlariga, qiziqish va mayllariga, xissiy olamiga, irodaviy xislatlariga, xarakter xususiyatlari va mijozlariga, bilish faoliyatlariga, shu jumladan diqqat, xotira, tafakkur, xayol jarayonlariga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi. Biroq biz psixologik xususiyatlarning har birini alohida tadqiq qilishga yoki tashxis etishga urinadigan bo'lsak, o'quvchining o'quv faoliyatiga katta ziyon yetkazgan holda surunkali, zerikarli bir psixologik jarayonga aylantirib qo'yishimiz mumkin. Qolaversa, pirovard natijada bunday ashaddiy «tashxisbozlikdan» na o'quvchilar va na o'qituvchilar manfaat ko'radilar, balki bu ta'lim jarayoniga xalaqit berib, o'qituvchi va o'quvchi diqqatni o'quv predmetlarini o'zlashtirish bilan emas, tashxis natijalari bilan band bo'lib qolishi mumkin.
3s----
Tasviriy san'atda pedagogik-psixologik tashxisning tutgan muhim o'rni shundaki, har bir o'quvchining individual xususiyati hisobga olingan holda, ularning bilim, ehtiyojiga mos ta'lim mazmunini darajama-daraja taqdim etib boriladi. Demak, pedagogik-psixologik tashxis ishlarini amalga oshirish muammolarini hal etishdan avval nimani tashxis qilish, nimani aniqlash, o'quvchilar nimani bilishlari va bajara olishlari kerakligini, ta'lim olganlikni miqdor va sifat jihatdan obyektiv o'lchash uchun qanday mezonlarga tayanish lozimligini ilmiy asosda hal etish muhimdir [25; 6-b.].
Tasviriy san'at darslarida o'quv imkoniyatlariga ko'ra o'quvchilarni tiplarga ajratish uchun ana shunday ma'nodagi psixologik tashxisni amalga oshirishga, butun boshli psixologik testlar va hokazolarni ishga solishga to'siq bo'layotgan narsa, faqatgina ularning ko'p vaqt olishi, mutaxassisdan kuch, bilim va mahorat talab etishi emas, albatta. Asosiy sabab shundaki, bunday murakkab, chuqurlashtirilgan tashxisdan olingan ma'lumotlar shunchalik chigallashib ketadiki (agar shu sohaning yirik, yuqori malakali mutaxasisi bo'lmasa) ularni umumlashtirib biron bir jo'yali xulosaga kelish imkoniyati bo'lmay qolishi mumkin. Oddiy misol: har qanday o'quvchining o'z diqqatini jamlay olishi, o'quv materiallarini esda saqlay olishi, rasm chizishi yoki biron buyum yasashni yaxshi ko'rishi, fikrlash qobiliyati ko'p jihatdan uning ehtiyojlariga, motivatsion olamiga, ya'ni xohish-istaklariga, aqliy rivojlanish, oilasidagi ma'naviy, ma'rifiy moddiy muhit kabi ko'plab omillarga bog'liq bo'ladi. Demak, pirovard natijada o'quvchining psixologik (ichki) xususiyatlaridan ko'ra uning tasviriy san'at predmetini qay darajada o'zlashtirishini kuzatish yoki atrofdagilaridan so'rab bilish orqali o'quv faoliyatiga bo'lgan munosabatlari va o'quv imkoniyatlari haqida umumlashtirilgan tarzda, yetarlicha ishonchli darajada ega bo'lishi mumkin.
Adabiyotlar
1. Baymetov B. "Qalamtasvir". Darslik 1-qism. -Toshkent, Musiqa 2006
2. Xalilov R. Risunok. Toshkent «Navruz» 2013.
3. Kuzin B.C. Psixologiya. Uchebnik. -M.: Agar, 1997. - S. 304., il.
4. Kuzin B.C. Voprosi izobrazitelnogo tvorchestva. -M.: Prosvesheniye, 1971. -S. 144.
5. Labunskaya G.V. Izobrazitelnoye tvorchestvo detey. -M.: Prosvesheniye, 1965. - S. 207.
5. Shavkat S., Zufar X., Mahliyo Y. GRAPHIC RECOMMENDATIONS FOR THE ANALYSIS OF SIMPLE AND COMPLEX GIRIX PATTERN COMPOSITIONS IN THE ART OF EMBROIDERY BY GEOMETRIC PATTERNS //Universum: texnicheskiye nauki. - 2021. - №. 11-5 (92). - S. 959 8. http: //www.edu.uz
6. Asroralievich X. Z., Abdumalikovna G. F. IMPROVING THE SKILLS OF STUDENTS TO CREATE PSYCHOLOGICAL PORTRAITS IN PAINTING AT HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS //SCIENCE AND SIVILIZATION-2020. - 2020. - S. 105.
7. Asroraliyevich X. Z. THE ROLE AND PRACTICAL IMPORTANCE OF" PAINTING" IN THE DEVELOPMENT OF FINE ARTS //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. -2022. - T. 11. - №. 05. - S. 166-168.
8. Asroralievich K. Z. Psychological Portrait Pencil Characteristics of Perception Formation in the Description of the Image //American Journal of Social and Humanitarian Research. - 2022. - TART OF EMBROIDERY BY GEOMETRIC PATTERNS //Universum: технические науки. - 2021. - №. 115 (92). - С. 95-98.
http://www.edu.uz
6. Asroralievich X. Z., Abdumalikovna G. F. IMPROVING THE SKILLS OF STUDENTS TO CREATE PSYCHOLOGICAL PORTRAITS IN PAINTING AT HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS //SCIENCE AND CIVILIZATION-2020. - 2020. - С. 105.
7. Asroraliyevich X. Z. THE ROLE AND PRACTICAL IMPORTANCE OF" PAINTING" IN THE DEVELOPMENT OF FINE ARTS //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. -2022. - Т. 11. - №. 05. - С. 166-168. ' ^
8. Asroralievich K. Z. Psychological Portrait Pencil Characteristics of Perception Formation in the Description of the Image //American Jour
Social and Humanitarian Research. - 2022. - Т. 3. - №.. 10. - /
Ji
ÀÊtk
ilbWjfct
' 1Щ