Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O’QUVCHILARNING BADIY IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YULLARI'

TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O’QUVCHILARNING BADIY IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YULLARI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

CC BY
66
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umumiy / o‘rta ta’lim / maktab / samaradorlik / noyob / iste’dod / samarali / izlanish / tavsiyalar / maxsus / psixologik / pedagogik / testlar / iqtidor

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Lutfullayev Otabek Shokir O’G’Li

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fanlarini o’qitishnida samaradorlikga erishish yullarini ishlab chiqish va uni dars jarayonlarida qullash borasida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN’AT DARSLARIDA O’QUVCHILARNING BADIY IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH YULLARI»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

TASVIRIY SAN'AT DARSLARIDA O'QUVCHILARNING BADIY IJODKORLIGINI

RIVOJLANTIRISH YULLARI Lutfullayev Otabek Shokir o'g'li

Navoiy davlat pedagogika instituti «Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi» kafedrasi 2-kurs

magistiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.7927573

Annamatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at fanlarini o'qitishnida samaradorlikga erishish yullarini ishlab chiqish va uni dars jarayonlarida qullash borasida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: umumiy, o'rta ta'lim, maktab, samaradorlik, noyob, iste'dod, samarali, izlanish, tavsiyalar, maxsus, psixologik, pedagogik, testlar, iqtidor.

Tasviriy san'at darslarida iqtidorli o'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonini tashkil etishda ularning mustaqilligi, tashabbuskorligi va mas'uliyatlarini oshirish imkoniyatlarini izlash o'qituvchilarning muhim vazifalaridan biridir. Iqtidorli o'quvchilar muayyan o'quv predmetlari yoki ularning qismlarini o'z xoxishlariga ko'ra chuqurroq o'zlashtirishga erishadilar. Ular turli bilimlar va axborotlarni tez, chuqur o'rganishni xohlaydilar va o'zlarining o'quv harakatlarini rejalashtiradilar. Shularni hisobga olgan holda tasviriy san'at darslarida iqtidorli o'quvchilarga mustaqil izlanish va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topishga ko'maklashadigan pedagogik -psixologik mexanizmlami ishlab chiqish bugungi kun har-bir tasviriy san'at o'qituvchisining eng katta vazifalaridan biridir.

Iqtidorli yoshlar O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini hamda uni jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashini ta'minlovchi omil va millatimiz ziynati hisoblanadi. Bizga ma'lumki o'quvchilarda ayniqsa san'at sohasida tasil olayotgan o'quvchilarda badiiy iqtidor, umumiy intellektual iqtidor, kasbiy iqtidor, yetakchilik iqtidori va amaliy iqtidor kabi bir qator iqtidor turlari mavjud bo'lib, buni bugungi kun pedagog-psixologlari o'z vaqtida aniqlashlari va aniq maqsad sari yo'naltirishlari bugungi kunning ta'lim sohasidagi muhim vazifalaridan sanaladi. Shuning uchun ham o'rta ta'limning o'quvchilari orasidan iqtidorli 'quvchilarni aniqlash va ularni respublika, xalqaro fan olimpiadalarga tayyorlash va akademik litseylarda o'qitish, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish kabi jarayonlarning ilmiy asoslariga tayangan holda takomillashtirilgan mexanizmlarni ishlab chiqish pedagogika fanining dolzarb muammolaridan biriga aylandi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim olayotgan o'quvchilarni tasviriy san'at darslariga bo'lgan qizziqishlarini yanada oshirish va shu bilan bir qatorda tasviriy san'at darslarining samaradorligini oshirish maqsadida quyidagi bir qator ishlarni amalga oshirish zarur:

- Birinchidan umumiy o'rta ta'lim maktablarining tasviriy san'at faniga nisbatan o'quvchilarga xos bo'lgan qobiliyatlarni aniqlashning pedagogik - psixologik muammo ekanligini ilmiy-nazariy va metodik jihatdan asoslash va uning muayyan yullarini ishlab chiqish.

-Ikkinchidan o'quvchilardagi iqtidorni o'rganishga doir ilmiy izlanishlar, ilg'or pedagogik tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish.

-Uchunchidan umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at faniga bo'lgan qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlashda hozirgi zamon didaktik prinsiplaridan foydalashish va o'zbek xalq rassomlarining bizga qoldirgan boy me'roslaridan namunalar keltirgan holda, o'quvchilarning tasviriy san'at darslariga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirishga erishish.

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

-Turtinchidan manzara tasvirlashda qush va hayvonlar rasmini chizish orqali estetik munosabatni rivojlantirish kabi ishlarni amalga oshirish zarur.

Qisqacha qilib aytganda nazariy yondashuvlar va amaliyotdagi holatga tayangan holda, tasviriy san'at darslarida o'quvchilar bilan ishlashni takomillashtirish, prinsiplarini o'zlashtirish, pedagogik-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va bu borada rivojlangan xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalarida qo'llanilayotgan ilg'or pedagogik nazariyalarni o'rganish hamda bulardan dars jarayonlarida keng foydalanish bugungi kun tasviriy san'at o'qituvchisining oldida turga muhim masalalardan biridir.

REFERENCES

1. Rahim Hasanov.Tasviriy san'at asoslari.Qo'llanma.Toshkent - 2008

2. Oydinov.N. O'zbekiston tasviriy san'ati tarixidan lavhalar.-T: O'qituvchi, 1997.

3. Umarov.A. Ahmedov M. Tasviriy san'at atamalarining izohli lug'ati.-O'z. 1998.

4. Usmonov O. Komoliddin Behzod va uning naqqoshlik maktabi.-T Fan. 1997.

5. Sharq miniatyura maktablari.-Toshkent: G'ofur G'ulom, 1989.

6. Oydinov N. Rassom o'qituvchilar tayyorlash muammolari.-T O'qituvchi. 1997.

7. Sh. Bobonazarov. Sh.Jalolov.Etnomadiy fenomenon sifatida nuza san'atlari. Published by: TRANS Asian Research Journals AJMR: asianjournal ofmultidimensional Research Osiyo ko'p o'lchovli tadqiqot jurnali (AJMR) Impact Factor: SJIF 2021 = 7. 699 05 -may 2021. Https://www.tarj.in

8. Sh. Bobonazarov. Kompozitsiya mashg'ulotlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning muhim ekanligi.

9. Ijodiy fikrlashning qisqacha testi, jingalak shakl / ed. E. I. Shcheblanova. - M. : Intar, 1995. - 48 b.

10. Ozhegov, S. I. Rus tilining izohli lug'ati: 80 000 so'z va frazeologik iboralar / S. I. Ozhegov, N. Yu. Shvedova; Rossiya Fanlar akademiyasi. Rus tili instituti. V. V. Vinogradova. -4-nashr, qo'shimcha. - M.: Azbukovnik, 1999. - 944 b.

11. Rojers, N. Ijodkorlik o'z-o'zini kuchaytirish sifatida / N. Rojers // Psixologiya savollari. -1990. - No 1. -S. 164-168.

12. Yakovleva, E. L. Talaba shaxsining ijodiy salohiyatini rivojlantirish / E. L. Yakovleva // Psixologiya savollari. - 1996. - No 3. - S. 28-34.

13. Bogoyavlenskaya D.B. Ijodiy qobiliyatlar psixologiyasi: Proc. talabalar uchun nafaqa. yuqoriroq darslik muassasalar / D.B. Epifaniya. - M.: Akademiya, 2002. - 320-yillar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.