Sobirov S.T.
Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti
"San 'atshunoslik" fakulteti "Tasviriy san'at" kafedrasi katta o'qituvchi
UMUMIY-O'RTA TA'LIM MAKTABLARINING TASVIRIY SAN'AT DARSLARINITASKIL ETISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Maqolada o'quvchilar ongiga milliy g'oyaning asosiy yo'nalishlarini singdirishda badiiy ta'lim vositalaridan samarali foydalanish, tasviriy san'at fanining ta'lim muassalalarida o'qitilishi, tasviriy san'at o'qituvchisining kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishni bilishi, dars o'tishjarayonida qanday texnologiyalardan foydalanishimiz kerakligi va mavzuga oid mahorat darslari nomoish etib tasviriy san'at darslarini olib borish orqali o'quvchilarda rasm ishlashga bo'lgan qiziqish va ishtiyoq, tasviriy san'atga bo 'lgan mehr-muhabbati oshashi natijada ularning ijodiy faoliyatining faollashishiga olib kelishi yoritilgan.
Tayanch so'zlar: videotasmalar, ijodiy qobiliyatlar, pedagogik texnologiya, mahorat darslari.
Sobirov S.T. senior lecturer department of fine arts faculty of art history Chirchik State Pedagogical Institute
Tashkent region
USE OF MODERN TECHNOLOGIES IN THE ORGANIZATION OF FINE ARTS LESSONS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS
Abstract: The article deals with the effective use of art education tools in inculcating in students the main directions of the national idea, the teaching of fine arts in educational institutions, the ability of a teacher of fine arts to use computer technology, What technologies should we use in the teaching process and how to increase the interest and passion of students in painting, love for fine arts through the demonstration of master classes on the subject, as a result of the activation of their creative activity cause is illuminated.
Keywords: videos, creative skills, pedagogical technology, master classes.
Bugungi kunda yosh avlodga ta'lim tarbiya berishda o'quvchilar ongiga milliy g'oyaning asosiy yo'nalishlarini singdirishda badiiy ta'lim vositalaridan
samarali foydalanish, o'quvchilarning ma'naviy siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirish bilan birga ularda ijodiy qobiliyatlarnirivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish borasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ayniqsa, mustaqillikdan keyin hukumatimiz tomonidan katta e'tibor berib kelinmoqda. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning "Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq"- degan fikrlari so'zimizning isbotidir.
Hozirda barcha ta'lim, fan sohalariga yuksak e'tibor qaratilishi barobarida tasviriy san'at fanining ta'lim muassalalarida o'qitilishi, o'rganilishida ham ko'plab ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda talim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan foydalanib,talimning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. O'quv tarbiya jarayoida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o'quvchidan ko'proqmustaqillikni, ijodniva irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har bir tasviriy san'at fani o'qituvchisining vazifasi mana shu texnologiyani topish, uni amalda qo'llashdan iborat. Buning uchun o'qituvchi o'z bilimi ustida ko'proq ishlashi, kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishni bilishi, ta'lim sohasida zamonaviy texnologiyalarning qo'llanilishi, uning imkoniyatlari va chet el jurnallarida chop etilayotgan dolzarb maqolalar bilan tanishib borishi, yangi g'oyalar ustida ishlashi, o'z fikrini bayon qila olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Buning uchun o'qituvchichet tilini bilishi, shu tildagi axbortlarni bemalol o'qiy olishi, chet ellik hamkasblari bilan internet orqali muloqot qila olishi zarur.
O'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson darajasida tarbiyalash borasidagi mavjud muommolarni xal etish ta'lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta'minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chihishga erishish murakkab jarayon bo'lib, qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk vakillari jalb etiladi. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Bu sohani chuqur o'rganish, zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o'tish, uni shakllantirish, takomillashtirishni amalga tatbiq etish jarayonining rivojlanishi yuqori darajada deb bo'lmaydi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi uchun tasviriy san'at o'qituvchilaridan dars o'tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyani qo'llanilishi talab qilinayotgan ekan,dars o'tishjarayonida qanday texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin degan savol tug'iladi. Bu haqda biz o'qituvchilar chuqur va jiddiy o'ylab ko'rishimizga to'g'ri keladi. Tasviriy san'at darslari amaliy mashg'ulot jarayoni bo'lib, berilgan mavzuni to'laqonli
tasvirlash uchun qisqa vaqt (xaftasiga 1 o'quv soatiya'ni 45 daqiqa) sarflanadi. Agar biz tasviriy san'at darslarda boshqa asosiy vaqtinazariy bilimlarga ajratilgan fanlarda bo'lgani kabi o'yin texnologiyasini qo'llasak, bunda juda ko'p vaqtimizni bu mashg'ulotga sarflab amaliy ishni bajarishga vaqtimiz yetmaydi. Shuning uchun hamma texnologiyalar ham tasviriy san'at darslariga to'g'ri kelavermaydi. Tasviriy san'at darslarida shunday texnologiyani qo'llashimiz kerakki, bu texnologiya darsga xalaqit bermasin, balki uning samaradorligini oshirib, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirib, bilim olish jarayonini tezlashtirishga ko'mak bersin.
Avvaldan dars jarayonida mavzuga oid ko'rgazmali qurollar, reproduksiyalar va doskaga chizib ko'rsatish orqali o'quvchilarga uning ishlash texnikasi, undagi ranglar uyg'unligi va h.k. to'g'risida ma'lumotlar berib borilar edi. Hozirda faqatgina bu usullardan foydalanish juda kamlik qiladi. Bizning fikrimizcha, hozirgi zamonaviy texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib tasviriy san'at darslarida taniqli rassomlarning ijod qilish jarayoni (mahorat darslari) yozib olingan videotasmalarni namoyish etib dars olib borishni o'quv jarayoni tarkibiga kiritsak yaxshi natijalarga ega bo'lishimiz mumkin. Buning uchun, albatta, kompyuterdan foydalanishimizga to'g'ri keladi. Hozirda auditoriyalarda bunga yetarli imkoniyat bor. Kompyuter mashg'ulot o'tiladigan auditoriyaga olib kiriladi, bu unchalik muammo tug'dirmaydi. Bunda o'qituvchi mashg'ulotga oldinroq kelib kerakli asbob - anjomlarni tayyorlab qo'yishiga to'g'ri keladi. Bundan tashqari hozirda juda ko'p o'qituvchilar shaxsiy kompyuter noutbuklariga ham ega bo'lib, bu usulni qo'llash uchun juda qulaylik tug'diradi. Ko'rsatilayotgan videotasmalardagi mahorat darslarida natyurmort ishlash jarayonining bajarilish bosqichiga qarab (joylashtirish, qurish, shakl, rang tus nisbatlarini topish va h.) aynan s hu darsda bajarishlari kerak bo'lgan vazifaga oid qisminigina namoyish etilsa, bu jarayon ko'p vaqtni olmaydi. Keyingi darslarda mavzuga oid vidiotasmalarni yuqoridagi tartibda namoyish etiladi va h.Bundan tashqari buyuk rassomlar ijodidagi dars jarayoniga tegishli asarlarning reproduksiyalari ham ko'rsatib boriladi. Dars jarayonida o'qituvchi har bir o'quvchi bilan individual ishlab, ularga yutuq va kamchiliklari haqida tushuncha berib boradi. Agar o'qituvchi o'zi chizgan asarlarini ko'rgazmali qurol sifatida ko'rsatishi yoki doskaga berilgan mavzuni amalda bajarib ko'rsatishi, bu o'quvchidagi tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishni oshirishda juda katta ta'sir ko'rsatadi.
O'quvchilar tasviriy san'at darslariga qiziqishlari tufayli, ko'rsatilgan mahorat daslaridan ilhomlanib, ranglar bilan qanday ishlash, ularni o'z o'rnida qo'llash, ranglarning o'zaro uyg'unligi, qarama-qarshiligi (kontrastlik) xususiyatlaridan to'g'ri foydalanish kabi tushunchalarga ega bo'ladilar va chizishni yaxshi o'zlashtirgan bolada boshqa fanlarni o'zlashtirishi ham yengil kechadi, chunki rasm chizish orqali bola katta ma'naviy ozuqa oladi, ayniqsa uning mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Bu jarayonda boladagi harakat, ko'rish, sezish kabi miyaning tashqi taasurotlarni qabul qilib oluvchi va tahlil qiluvchi
tizimlari (analizatorlar) ham faol ishlay boshlaydi. Bundan tashqari rasm chizish boladagi diqqatini jamlay olish, vaziyatnitahlil qilish va to'g'ri baholash, o'ylab topish va tasavvur qilish, ko'rish xotirasi, kabi xislatlarini shakllant iradi.
Ijod barcha moddiy va ma'naviy ne'matlar o'chog'i - inson hayotining asosi hisoblanadi.
Atrofimizni qurshab turgan tabiatdagi buyumlarning turli shakllari, ko'rinishlari va nozik rang tuslanishlarining xilma - xilligini vidiotasmalar orqali ko'rish bolaning ichki dunyosining boyishi va rivojlanishiga ta'siri kuchli bo'ladi.
Bu kabi tasviriy san'at darslarini olib borish orqali o'quvchilarda rasm ishlashga bo'lgan qiziqish va ishtiyoq ortadi. Ulardagi tasviriy san'atga bo'lgan mehr-muhabbati oshadi, natijada ularning ijodiy faoliyatining faollashishiga olib keladi. Videotasvir orqali Vatanimizning buyuk rassomlari ijodini o'rganish bilan birga o'quvchilarda ularga bo'lgan cheksiz hurmat hissi paydo bo'ladi. O'quvchilar orasida chizishni qiyin deb, uni boshlashga cho'chib turuvchilari ham uchraydi. Ammo professionallik darajasida tezkorlik bilan ishlash videotasvirini ko'rganlaridan so'ng, ulardagi o'z-o'zidan qo'rqish va cho'chish hissi yo'qoladi. Videotasvirlarning namoyish etilishi o'quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni, tezkorlikni, o'zaro fikr almashishni o'rgatadi, qolaversa, o'quvchilarningbir-biridan ajoyib san'at asarlariniyaratishlariga zaminhozirlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.A. Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: "Ma'naviyat" -2010. - 176 b.
2. Sobirov S.T, Sultanov X. E, Ismatov U. Sh. "Illustration and the Influence of Illustrator on Children's Understanding of Fairy Tales and Works of Art in Books". International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Issue 05, 2020 ISSN: 1475-7192. 02 Apr 2020. 3526-3533 p
3. Гурович Л. М. "Бола ва китоб" Москва: Просвешчение, 2002.
4. X. Sultanov. "Rangtasvir" (Akvarelda natyurmort ishlash). O'quv qo'llanmaT. :"VNEShINVESTROM" MChJ,2019
5. R. Rajabov, X. Sultanov. Tasviriy san'at fanini o'qitish metodikasi (o'quv qo'llanma). -Toshkent: -2008.
6. T.Qo'ziev, A.Egamov, T.Qanoatov, A.Nurqobilov: Rangtasvir 5-9 - sinflar uchun darslik. "San'at" Jurnali nashriyoti. - Toshkent: 2003.
7. X. E. Sultanov, S. T. Sobirov. "Tasviriy san'at o'qitish metodikasi". O'quv qo'llanma. Toshkent. "ISHONCHLI HAMKOR" 2021.
8. K.B. Макарова. Особенности детской книжной иллюстрции и ее отличия от взрослой. Культура и образование.https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-detskoy-knizhnoy-illyustratsii-i-ee-otlichiya-ot-vzrosloy
9. S.T.Sobirov. "Tasviriy san'atda atamalarning izohli lug'ati". "Poytaxt exclusive" nashriyoti. Toshkent - 2021.
10. Sobirov S.T. "Some factors that impede the development of students' creative abilities in fine art classes". Asian Journal ofResearch № 1-3, 2020, ISSN 2433-202x. 2020 yil. 214-218 b.
ll.Sobirov S.T. "Importance of illustrations for perception of content of the book". European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8 Number 4, 2020 Part II ISSN 2056-5852. 98-101 b.
12. Kokiyev, B.B. (2020). Present-day problems of drawing science. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), 203-205.
13. Muradov Sh.K., Ko'kiyev B.B. (2020). Qiyshiq burchаkli yo^mchi proyeksiyaksh bikn bissektor tekisligidа yechilаdigаn pоzitsion mаsalаlаr yechimini topish. toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari, 2(23), 10-12.
14. Kokiyev, B.B. (2020). Present-day problems of drawing science. European Journalof Researchand Reflection in Educational Sciences, 8 (4], 203 -205.
15. Kokiev, B.B. (2020). The importance of pedagogical techniques in teaching assistive design. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (2), 182-185.
16. Kukiev, B., O'g'li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7
17.Муродов, Ш. К., Кукиев, Б. Б., Облокулова Л. F., (2019) Яккол тасвирлар куришда кийшик бурчакли аксонометрик проекциялардаги узгариш коеффициентларининг узаро боFликлиги. Buxoro davlat universiteti ilmiy axboroti 2/74. 282-285.
18.МУРАДОВ, Ш. К., ТАШИМОВ, Н. Э., РАХМАТОВА, И. И., КУКИЕВ, Б. Б., (2017). Сечение поверхностей 2-го порядка общего вида по эллипсу заданной площади. Молодой учёный, 50 (184), 99-101.
19.Xalimov Moxir, Achilov Nurbek, Bekqulov Qudrat, Xo'jaqulov Elbek, Ko'kiyev Boburmirzo (2020). Chizmachilik va chizmageometriya fanlarida burchak topishning bazi usullari. ФИЗИКА МАТЕМАТИКА ФАНЛАРИ журнали. 4 (1), 47-52.
20. Kukiev, B. B., (2020) Problem-based learning technology in teaching auxiliary projection techniques. Journal of Critical Reviews, 7(6), 917-921.
21. Ko'kiyev, B.B. (2020). Yordamchi proyeksiyalash usuli asoschisi professor, texnika fanlari doktori stepan mitrofanovich kolotov haqida. ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ ИННОВАЦИЯЛАР, 2.106-111b.
21. Achilov, N. N. (2020). O'yinli texnologiyalardan foydalanib chizmachilik darslarida o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 49-60. 23. Ko'kiyev, B.B., (2021). Bo'lajak tasviriy san'at va chizmachilik o'qituvchilarda ijodkorlikni rivojlantirish. "SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL, 496-500.
24. Marasulova I.M., Ko'kiyev, B.B., (2021). Chizmachilik va chizmageometriya fanlarida AutoCAD dasturidan foydalanib dars samaradorligini oshirish. "SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL, 105-110.
25. Murodov Shmidt., Boburmirzo Kokiev. (2021). Позицион масалаларини ечишда ёрдамчи проекциялаш усулининг афзаллиги. Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations, 556-559.
26. Ko'kiyev, B.B., (2021). Chizmalarini yaqqol tasvirlarni bajarish usullari. "SCIENCE AND EDUCATION" SCIENTIFIC JOURNAL, 112-118.
27. Boburmirzo, KO'KIYEV. (2021). Yordamchi proyeksiyalash usulida pozitsion masalalarni yechishning metodik qulayligi. Xalq ta'limi, 49-51.
28. Ахмедов, Б. А., Шайхисламов, Н., Мадалимов, Т., Махмудов, К,. (2021). Smart технологияси ва ундан таълимда тизимида кластерли фойдаланиш имкониятлари. Scientific progress, 1(3), 102-112.
29. Kukiev, Boburmirzo. Bahodir Ugli. (2020). Problem-based learning technology in teaching auxiliary projection techniques. Journal of Critical Reviews, 917-921.
30. Norboy o'g'li, AN (2020). O'yinli texnologiyalardan foydalanib chizmachilik darslarida o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish metodikasi. Pedagogika VA Psixologiyada Innovatsiyalar, 12 (3).