Научная статья на тему 'TASVIRIY SAN‘AT FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘RGATISH ORQALI TALABALARNING TAFAKKURINI KENGAYTIRISH'

TASVIRIY SAN‘AT FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘RGATISH ORQALI TALABALARNING TAFAKKURINI KENGAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
39
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
tasviriy san'at / maktab ta'limi / ijodiy tafakkur / ijodiy qobiliyat / metodika / tabaqalashtirish / individual yondashuv. / fine arts / school education / creative thinking / creative ability / methodology / stratification / individual approach.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Haqberdiyeva Madina Shavkat Qizi

Mazkur maqolada Tasviriy san‘at fanini chuqurlashtirib o‘rgatish orqali talabalarning tafakkurini kengaytirish hamda umumiy o'rta ta'lim hamda san'at maktablarida tasviriy san'at darslarining samaradorligini yanada oshirish, tabaqalashtirilgan holda o'qitish orqali o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari xususida so'z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPANDING STUDENTS' THINKING THROUGH IN-DEPTH TEACHING OF VISUAL ARTS

In this article, by in-depth teaching of Fine Arts, broadening the thinking of students and further increasing the effectiveness of visual arts classes in general secondary education and art schools, pedagogical development of students' creative abilities through differentiated teaching. conditions and methods are discussed.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SAN‘AT FANINI CHUQURLASHTIRIB O‘RGATISH ORQALI TALABALARNING TAFAKKURINI KENGAYTIRISH»

TASVIRIY SAN'AT FANINI CHUQURLASHTIRIB O'RGATISH ORQALI TALABALARNING TAFAKKURINI KENGAYTIRISH Haqberdiyeva Madina Shavkat qizi

Samarqand Davlat Unverstiteti, O'zbekiston Findlandiya Pedagogika instituti San'atshunoslik fakulteti Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi kafedrasi 1-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7772278

Annotatsiya: Mazkur maqolada Tasviriy san'at fanini chuqurlashtirib o'rgatish orqali talabalarning tafakkurini kengaytirish hamda umumiy o'rta ta'lim hamda san'at maktablarida tasviriy san'at darslarining samaradorligini yanada oshirish, tabaqalashtirilgan holda o'qitish orqali o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik shartlari hamda metodlari xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: tasviriy san'at, maktab ta'limi, ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat, metodika, tabaqalashtirish, individual yondashuv.

EXPANDING STUDENTS' THINKING THROUGH IN-DEPTH TEACHING OF

VISUAL ARTS

Abstract: In this article, by in-depth teaching of Fine Arts, broadening the thinking of students and further increasing the effectiveness of visual arts classes in general secondary education and art schools, pedagogical development of students' creative abilities through differentiated teaching. conditions and methods are discussed.

Keywords: fine arts, school education, creative thinking, creative ability, methodology, stratification, individual approach.

РАСШИРЕНИЕ КРУГОЗОРА УЧАЩИХСЯ ЗА СЧЕТ УГЛУБЛЕННОГО ОБУЧЕНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ ИСКУССТВУ

Аннотация: В данной статье путем углубленного обучения изобразительному искусству расширяется мышление учащихся и повышается эффективность занятий изобразительным искусством в общеобразовательных школах и школах искусств, а также развиваются творческие способности учащихся за счет дифференцированного обучения.Педагогические условия обсуждаются методы разработки.

Ключевые слова: изобразительное искусство, школьное образование, творческое мышление, творческая способность, методика, дифференциация, индивидуальный подход.

KIRISH

So'nggi olti olti yillikda mamlakatimizda tasviriy san'at sohasini rivojlantirish maqsadida yanada salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2020-yilda "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorida ham "Iqtidorli yosh professional san'at namoyondalarining bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'qitishning zamonaviy shakl va uslublari, samarali pedagogik texnologiyalar, elektron axborot resurslaridan keng foydalangan holda ta'lim jarayonining yuqori darajada olib borilishini ta'minlash" masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori.

Tasviriy san'at darslarini tabaqalashtirib o'qitish - zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng samarali turlaridan biri bo'lib, ushbu ta'limda o'quvchilar individual yoki guruhlarga ajratib o'qitilishi mumkin. Bu esa sinfdagi barcha o'quvchilarning bilim va malakalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi va dars samaradorligini yanada oshiradi. Tasviriy san'at

o'qitishda o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyaning interfaol usul va texnologiyalarini qo'llagan holda, tabaqalashtirib o'qitish texnologiyasi prinsiplardan foydalansa, darslar samaradorligini oshirib boradi.

Bugungi kunda pedagog olimlar tomonidan tabaqalashtirilgan ta'limning ikki turi ishlab chiqilgan:

1. Darajali tabaqalashtirish;

2. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish.

Darajali tabaqalashtirish o'za navbatida ikki turga bo'linadi.

Individual ta 'lim. Bunda o'quvlarning qobiliyati va imkoniyatlariga qarab har bir o'quvchi bilan alohida-alohida ish olib boriladi.

Guruhli ta'lim. Bunda o'quvchilarni qobiliyati va imkoniyatlariga qarab ularni ikki va undan ortiq guruhlarga ajratib o'qitiladi. Ixtisoslashtirilgan tabaqalashtirish esa u yoki bu fanni chuqur o'rgatish, o'zlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Bular qatoriga tasviriy san'atni chuqur o'rgatadigan to'garaklar kiradi.

Ta'limning bu turlarida o'qituvchi sinfdagi barcha o'quvchilarning qobiliyatini, qiziqishini, imkoniyatini, layoqatini hisobga olib dars samaradorligini oshirishga harakat qilishi lozim. Bu esa sinfdagi barcha o'quvchilarning bilim va malakalarining yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Tabaqallashtirilgan ta'lim haqida fikr yuritganda avvalo uni ijobiy va salbiy jihatlari haqida yetarli tasavvurga yega bo'lishlik nihoyatda muhimdir. Darajali tabaqallashtirib o'qitishning ijobiy jihatlari haqida to'xtalganda quyidagilarni qayd qilish lozim. Bunda:

- Sinfdagi barcha o'quvchilar dastur materiallarini o'zlashtirishga erishadilar.

- Sinfdagi barcha o'quvchilarning bilim va malakalari, ijodiy ishlarida o'sish kuzatiladi va u o'quvchilarni fanga bo'lgan qiziqishlari oshadi.

- Sinfdagi barcha o'quvchilarning faolligi oshadi. Chunki, past o'zlashtiruvchilar guruhidagi har bir o'quvchi yuqori o'zlashtiruvchilar guruhiga o'tishiga harakat qiladi. Yuqori o'zlashtiruvchilar guruhidagi o'quvchilar esa past o'zlashtiruvchilar guruhiga tushib qolmaslikka harakat qiladilar.

- O'quvchilarni qobiliyati va imkoniyatiga qarab bilimlar berilayotganligi sababli, ular tomonidan o'quv yuklamalarini o'zlashtirishda zo'riqish hollari ro'y bermaydi.

- Sinfdagi iqtidorli o'quvchilarning chuqur va atroflicha bilim olishga bo'lgan ehtiyojlari ham qondiriladi.

- Tabaqallashtirilgan ta'lim uni demokratiyalashtirish va insonparvarlashtirishga yordam

beradi.

TADQIQOT NATIJALARI

Lekin masalaning yana bir tomoni borki, tabaqaga ajratib o'qitish nofaolroq bo'lgan o'quvchilar faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Yuqori o'zlashtiruvchi o'quvchilar esa, o'zlariga ortiqcha baho berib, faol bo'lmagan o'quvchilarga nisbatan mensimaslik xislatlari kuzatilishi mumkin. Bu jarayonda o'qituvchining pedagogik mahorati muhim rol o'ynaydi. Shuning uchun ham o'qituvchi masalaning bu jihatlarini hisobga olib, o'quvchilarga yuqori, quyi so'zlari o'rniga, birinchi, ikkinchi, uchinchi guruhlar deb qo'llashi maqsadga muvofiqdir.

Tabaqalashtirib o'qitishning samarasi katta ekanligi bilan bir qatorda uning murakkab jihatlari ham mavjudligini alohida qayd qilish lozim. Uning murakkabligi o'qituvchining uch xil darajadagi dasturlar asosida mashg'ulot olib borishi bilan bog'liq. Buning uchun har bir guruh uchun tasviriy san'atdan alohida darsliklar, metodika, didaktik va tarqatma materiallar, texnika

vositalari kerak bo'ladikim, ularsiz mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etib bo'lmaydi. Bu esa quyidagi yo'nalishlarda ifodalanadi:

- Tabaqlashtirilgan tasviriy san'at ta'limining ilmiy asoslarini puxta egallagan bo'lishlik;

- Mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan o'quv-metodik majmualar bilan qurollangan bo'lishlik;

- Mashg'ulotlar uchun zarur bo'lgan maxsus xona va moddiy texnikaviy bazaga ega bo'lishlik;

- O'qituvchi o'quv fanidan o'quvchilarning bilim va malakalari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishi va boshqalar.

Zamonamizning atoqli pedagoglaridan biri professor R.Hasanov maktab tasviriy san'at o'qituvchisiga ta'rif berar ekan, quyidagilarni alohida ta'kidlaydi: "Mahoratli o'qituvchi bo'lish uchun yuksak odob namunasiga ega bo'lishi, har qanday og'ir sharoitda ham o'zini tuta bilishi, sabr-toqatli, sahovatli, muruvvatli, ijodkor, mehnatsevar, halol, pok, insofli, iymonli, o'rganuvchi va o'rgatuvchi kabi yuksak ma'nodagi hislatlarni o'zida mujassam etgan pedagog-rassom bo'lishi kerakligini bildiradi".

Darhaqiqat, hozirgi zamon maktablarining tasviriy san'at o'qituvchisi yuksak tasavvurga ega, tafakkurli, aqlli, zakovatli, tarbiyali, o'z fanini a'lo darajada biladigan, ijodkor rassom, pedagogika, psixologiya fanlarini chuqur o'rgangan, tasviriy san'at metodikasi bilan yaxshi qurollangan, tasviriy san'at darslarining pedagogik texnologiyasini yaxshi egallagan tasviriy san'at o'qituvchisi bo'lishi lozim.

MUHOKAMA

O'quvchilarni har jihatdan bilish uchun o'qituvchi tomonidan o'quvchilar orasida pedagogik va psixologik tashxis o'tkazishi zarur bo'ladi. Bu ish bevosita quyidagilar bilan bog'liq: o'quvchining umumiy qobiliyati, uning xarakteri, qaysi fanga qiziqishi, tasavvur, tafakkur va ijodiy fikrlash darajasi, faolligi va fantaziyasi, xotira va kuzatuvchanligi, diqqati, tashabbuskorligi, mustaqilligi, uyda mashg'ulotlar uchun bo'lgan shart-sharoitlari va boshqalar.

Shuningdek, o'qituvchi o'quvchilarning qaysi sport turlariga qiziqishlari, qaysi san'at turlariga qiziqishi, hatto qaysi qush va hayvonlarga qiziqishini bilishi muhim. Chunki o'quvchilarning bunday narsalarga qiziqishlariga qarab, ularga samarali ta'sir ko'rsatish mumkin. Bu sifatlardan tashqari o'qituvchi, o'quvchilarning tasviriy san'atga doir xususiyatlarini ham bilishi lozim. Bu borada o'qituvchi har bir o'quvchining dars jarayonida bilim va malakalaridagi o'sishni bilib turishi kerak.

Tabaqalashtirilgan ta'limni amalga oshirishda, birinchidan, o'quvchilarga tasviriy san'atdan beriladigan bilim va malakalarning me'yori, topshiriqni bajarishga ketadigan vaqt, o'quvchilarning bu topshiriqqa bo'lgan layoqatini o'qituvchi tomonidan aniq tasavvur etilishi lozim. Ikkinchidan, ta'lim mazmunini bolalar ongiga singdirish uchun metodikani to'g'ri tanlash hamda bu metodikani amalga oshirishga xizmat qiladigan moddiy texnikaviy asosni yaratish muhimdir. Buning uchun o'qituvchi darsga chuqur va puxta tayyorgarlik ko'rgan bo'lishi lozim. Bundan tashqari o'qituvchi o'quvchilarning bilim va malakalaridagi o'zgarishlarni ham bilib turishi muhim ahamiyatga ega. XULOSA

XXI asr ta'lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etish asri desak maqsadga muvofiq bo'ladi. Bo'lajak mutaxassislarni har tomonlama zamon talabi darajasida tayyorlashga avvalo ularga aniq bilimlar berish, kasbga nisbatan ko'nikma va malakalarini shakllantirish lozim. Shundagina ular kelgusi faoliyatlaridan unumli foydalanishga erishishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori.

2. Oripov B.N. Tasviriy san'atni o'qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi. - Toshkent: Ilm ziyo, 2013. - B.25.

3. Hasanov R. Maktabda tasviriy san'atni o'rgatish metodikasi. - Toshkent: Fan, 2004. - B.188.

4. https://lex.uz/docs/-4795687

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.