Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IXTISOSLASHTIRILGAN TA`LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING MUSIQIY IQTIDORNI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IXTISOSLASHTIRILGAN TA`LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING MUSIQIY IQTIDORNI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ma’naviy tarbiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Pazilov Mirbek

Milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalarini targ'ib qilish va ommalashtirish, yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashning asosi bo'lmog'i kerak. Bu o'rinda O'zbekiston Resrublikasi Rrezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan iqtidorli o’quvchilarni davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirish, yaratuvchanlik va ijodiy faoliyatini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tizimi tashkil etildi. «Ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; maktablarni chinakam ma’naviyat va ma’rifat o’chog’iga aylantirish uchun ta’lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo’llash»[1] kabi masalalar Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida alohida yo’nalish sifatida belgilab berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IXTISOSLASHTIRILGAN TA`LIM JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING MUSIQIY IQTIDORNI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI IXTISOSLASHTIRILGAN TALIM JARAYONIDA O'QUVCHILARNING MUSIQIY IQTIDORNI RIVOJLANTIRISHGA TAYYORLASH

Pazilov Mirbek

Nukus davlat pedagogika instituti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10014719

Milliy va jahon musiqa madaniyatining eng yaxshi namunalarini targ'ib qilish va ommalashtirish, yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashning asosi bo'lmog'i kerak. Bu o'rinda O'zbekiston Resrublikasi Rrezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan iqtidorli o'quvchilarni davlat tomonidan moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, yaratuvchanlik va ijodiy faoliyatini rivojlantirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tizimi tashkil etildi. «Ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; maktablarni chinakam ma'naviyat va ma'rifat o'chog'iga aylantirish uchun ta'lim-tarbiyaning interaktiv usullarini qo'llash»[1] kabi masalalar Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida alohida yo'nalish sifatida belgilab berildi.

Dunyodagi eng yaxshi ta'lim tizimiga ega bo'lgan davlatlarning pedagogik tajribasiga nazar tashlaydigan bo'lsak o'qituvchi doska oldida turib butun dars davomida mavzuni tushuntirish amaliyotini emas, balki o'quvchilarga mavzuga oid tushunchalarni berib, darsning qolgan qismini o'quvchilar o'zaro kelishgan xolda, o'zlari mustaqil o'rganishini, kimdir o'qish orqali, yana kimdir guruhlarga bo'linib mavzuni tahlil qilish amaliyotini targ'ib qilayotganligi, bugungi kunda manbalarda keltirib o'tilmoqda. Bu esa o'quvchilarning mavzu bo'yicha o'qish, bilish va tushunish qobiliyatlarini rivojlantirib, o'qituvchilarning kognitiv yondashuv asosida darslarni tashkil qilayotganligidan darak beradi.

O'quvchi bilim olish jarayonida fanlardagi mavjud algoritmlarni to'g'ri tushunishi va ko'nikmalarni o'zlashtirishi fanning amaliyotga tadbiq etilish qobiliyatini takomillashtirib, yangilikka intiluvchanglik, ixtiro, kashfiyot va estetik kompozitsiyalarni o'z iqtidori orqali amalga oshiradi.

Aslini olganda kognitiv pedagogikaning maqsadi va vazifalari o'quvchilarning yangi bilimlarni bilish va tushunish imkoniyatlarini orttirishdan, dunyo qarashini kengaytirish, ijodiy faoliyatini takomillashtirib, iqtidorini rivojlantirishdan iborat. Jahon pedagogika fanida keyingi yillarda ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining iqtidorini har tomonlama rivojlantirish masalasi bo'yicha ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ular orasida o'quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish masalalari ham dolzarb hisoblanadi.

Bugungi kunda olimlar tomonidan tadqiq ushbu masalaga oid bir qancha manbalar maktablarda kognitiv ta'lim, tarbiyada kognitiv yondashuv, musiqa ta'limida kognitivlik, kognitiv madaniyatni rivojlantirish masalalari kabi ilmiy-tadqiqot ishlari fikrimizning dalili bo'la oladi. Jumladan, «Inson ruhiyati juda keng olam bo'lib, -deydi Jabbor Eshonqul o'zining ilmiy publitsistik asarlaridan birida, -undagi hissiyot va tuyg'ular ikki hil shaklda o'zini namoyon etadi: birinchisi anglangan, ma'lum mantiqqa bo'ysingan, tashqi dunyoga nisbatan o'zining qat'iy xulosasi va yo'nalishga ega tuyg'ular. Ikkinchisi, ong osti hislari, onga qalqib chiqmagan, lekin inson ruhiyatida doimo mavjud, tashqi dunyo bilan tinimsiz aloqa qilib turuvchi hislar»[2]. Ushbu tuyg'ular insonning jamiyatdagi, odamlarga, atrof-muhitga bo'lgan munosabati va ular haqidagi ega bo'lgan dunyoqarashlarini ifodalaydi. Bularning barchasini ong sintez qilib beradi, ya'ni ong bevosita ishtirok etib boradi. Hislar esa inson harakati, ruhiyatining asosini tashkil etadi. Chunki biz aytayotgan so'zlarimiz, fikrlarimiz o'zimizni tutish xolatlarimiz o'zimizga anglangan,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

o'zimizga ma'lum mantiqqa itoat etganday tuyulsa da, ushbu hislarni yuzaga chiqaruvchi, tushunchalarga turtki beruvchi asosiy narsa bu ong osti kognitiv hislar bo'lib hisoblanishi talqin qilingan.

Adabiyotimizdagi badiiylikni tadqiq etib, iste'dod, xosiyat, an'ana va yangilik, mahorat, ta'sirchanglik kabi beshta mezonga ega degan xulosaga kelgan U.To'ychiev o'zining o'quv qo'llanmasida «Inson obrazini yaratish ishi konflikt, syujet, kompozitsiya, ijodiy metod, tipiklashtirish, individuallashtirish, tarixiylik, badiiy to'qima va uslub kabi omillar bilan bog'liq»[3] - deb ta'kidlab o'tadi.

Musiqa madaniyati va san'atida «...ijodiy qobiliyatlar badiiy faoliyat bilan shug'ullanishga moyillikni belgilaydigan shaxsiy xususiyatlarning mavjudligini nazarda tutadi. ...Ushbu fazilatlarning rivojlanishi qulay ijtimoiy sharoitlarda tabiiy moyillik asosida amalga oshiriladi, bu shaxs va jamiyatning shakllangan qiymat yo'nalishlarini va shaxsning muayyan faoliyat turini o'zlashtirishga barqaror motivatsiyasini nazarda tutadi»[4]. Iqtidorni shakllantirib uni rivojlantirishda bor imkoniyatlarni amalga oshirish uchun yuqorida ta'kidlab o'tilganidek bilim, ko'nikma va qobiliyatlarga ega bo'lish kerak.

Mazkur fikrlar ixtisoslashtirilgan talim maktablarida «Musiqa» fanidan o'quv predmeti mazmunini tuzish, pedagogik amaliyot va fanning asosiy kategoriyasi, tushunchalar orqali iqtidorning rivojlanish mantiqini hisobga oladi. Shu bilan birga, musiqa san'ati ta'limining mazmuni o'z ichiga g'oyaviy, to'la-to'kis badiiy shakl birligini hosil qiluvchi asarlarni o'z ichiga oladi. Badiiy jihatdan bo'sh, g'oyaviy jihatdan haqiqatta to'g'ri kelmaydigan asarlar bolalarning ruhiyatiga ta'sir qila olmaydi. Tasavvur va tafakkurni rivojlantirmaydi, go'zallik to'g'risidagi tasavvurni shakllantira olmaydi. O'quvchilar bilan ishlashda musiqiy san'at asarlarining chin badiiyligini hisobga olish, shakl va mazmunning birligi, ma'naviyat va haqchillik tamoyillarini amalga oshirishda muhimdir.

O'quv materiallari o'quvchilarning yozma va nutq o'stirish, ijodiy fikrlash, musiqiy iqtidorini rivojlantirish xarakteriga ega bo'ladi. Musiqiy iqtidorni rivojlantirish borasidagi turli mashqlar, badiy obrazlarning tahlili, musiqiy asarni o'rganishda va u orqali erkin faoliyat yuritishga yordam beradi. Tahlil matnlarini o'rganish, ularni badiy obrazlar asosida hikoya qilish, syujetli matn tuzish, ilmiy manbalarni o'qib o'rganish va yig'ish, tartibga solish, sinfda o'zaro muhokama sharoitlarini yaratib berish v.h.k o'quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantiruvchi kognitiv yondashuv bo'lib hisoblanadi. O'quvchilar turli manbalardan foydalanib ishlash jarayonida turli hil tabiyiy manbalarni yig'ish, ularni saqlash va foydalanish qoidalarini o'rganadi. Manbaga ishlov berish, uni tahlil qilish rejaga muvofiq maqsadga erishish yo'llarini aqlan idrok etish imkoniyatiga ega bo'ladi.

O'quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirishda umumiy iqtidorni o'rganish va tahlil qilish etarli emas. Bu maxsus qobiliyatlarni rivojlantirish uchun psixologik asosdir, ammo ularning o'ziga xos xususiyatlarini aniqlamaydi. Ushbu o'ziga xoslik o'quvchilarning musiqiy iqtidorini rivojlantirish uchun pedagogik sharoitlarni yaxshilash imkoniyatini yaratadi. Shuning uchun badiiy qobiliyatning tuzilishini badiiy faoliyatga bo'lgan qobiliyat va uni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni aniqlash, musiqiy iqtidor va uning turlaridan biri sifatida ko'rib chiqish kerak.

Rus tadqiqodchisi O.V. Goncharova «Pedagogik hodisalarni o'rganish uchun adabiyot asarlariga murojaat qilish pedagogikani yangi faktlar va g'oyalar bilan boyitishi mumkin. U ushbu asarlarda kognitiv va pedagogik ahamiyatga ega bo'lgan juda ko'p faktlar mavjudligini, ko'plab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

manbalar, bizdan tashqarida, ko'plab bilimlar odamlarning boy pedagogik tajribasini saqlashini isbotlaydi»[5]-deb ta'kidlab o'tadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, maxsus tayyorgarliksiz musiqa asaridagi ma'lumotni idrok etish qiyin, uning ma'nosi aslida bitmas-tuganmasdir. Bundan tashqari, musiqa ba'zi tushunchalarning to'liq emasligi bilan tavsiflanadi, chunki musiqiy tovushni musiqiy matnga to'liq tarjima qilish mumkin emas, Sababi musiqiy hodisalarning asosiy ma'nosidan tashqari, konnotativ ma'nolar ham mavjud. Konnotativ-konatatsiya so'zidan olingan bo'lib «yorqin, hissiy ranga ega bo'lgan so'zlarning qo'shimcha ma'nolarini ma'nolarini anglatadi. Konnatatsiyalar ob'ektlar va hodisalarning o'zini emas, balki ularga nisbatan ma'lum bir munosabatni aks ettiruvchi progmatik ma'lumotlarning bir turidir» [9]

Psixologik nuqtai nazardan olib qaraganda ma'lumotni ko'z orqali qabul qilish natijadorligi yuqori sanaladi. Shuning uchun ham azaldan o'qitishda pedagogning nutqi orqali etkaziladigan ma'lumotlarni vizuallashtirishiga alohida e'tibor qaratilib kelingan. O'qitishda ko'rsatmali qurollardan foydalanish og'zaki uzatilayotgan ma'lumotlarning ta'sirini kuchaytirib, ma'lum bir tasviriy shakllar vositasida qabul qilish imkoniyatini yaratadi.

Iqtisoslashgan ta'lim jarayonida ma'lumotlarning ma'no-mohiyatini yorituvchi zamonaviy komp'yuter grafikalaridan foydalanish xorij davlatlarida keng ko'lamda rivojlangan. Bunda grafika, tasvir, jadval, turli ramzlar fanlarga oid belgilar o'zining har tomonlama mazmunini kengaytirib kelmoqda va o'qitishning asosiy elementiga aylangan. Mavzuga oid materialning mazmunini o'zida zich joylashtirgan tasvirlar, o'quvchilarning bilimni tizimli o'zlashtirishga, fanga oid nazariy ma'lumotlarni qabul qilishga va eslab qolish samaradorligini oshirish bilan birga estetik jihatdan ham tarbiyalaydi.

«Kognitiv grafika miya o'ng yarim sharini faollashtiradi, natijada o'quvchilarning tasviriy fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Ta'lim jarayonida ko'rgazmalmi qurollar, komp'yuter tasvirlari va boshqa tasviriy vositalardan foydalanish o'quvchilarda o'quv axboroti haqidagi tasavvur hosil bo'lishini 5-6 marta tezlashtiradi» [6]. Bu esa biz qo'llangan o'qitish shaklida o'zlashtirilgan ma'lumotni qayta yodga olishda foydali hisoblanadi.

Pedagogikada «tizim» tushunchasi juda keng ma'noda qo'llaniladi, masalan, ta'lim tizimi, tarbiya tizimi, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari va metodlari tizimi va hokazo. Ijtimoiy tizimning turlaridan biri hisoblangan pedagogik tizim - insonlarga va yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish, ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarish maqsadlariga xizmat qiluvchi turli strukturaviy va funktsional bog'liq bo'lgan komponentlar majmuidan iborat. Tizimlilik esa «pedagogik texnologiya tizimining hamma belgilariga, jarayonning mantiqiga, hamma qismlarining o'zaro bog'liqligiga, butunligiga ega bo'lishdir»[7]. Bunda dars jarayonidagi materiallar, dalillar, fikrlar ba'diy ifoda va tahlillar orqali mantiqan ilmiy tartibga solinadi va o'quvchilarga etkaziladi.

Sababi, «Yangi o'zlashtiriladigan bilimlarni oldingilari bilan taqkoslash usuli, o'z navbatida yangi tushunchalarni, mustaqil tadqiq qilishning bir ko'rinishi bo'ladi. Taqqoslash metodi asosida o'quvchilarda sinfdoshlarining isbot va dalillariga o'zlarining mantiqiy qarashlarini qarshi qo'yishga intilishlari yotadi»[8]. O'z navbatida iqtidorli o'quvchilarning ijodiy fikr yuritishiga asos bo'luvchi o'quv-biluv motivatsiyasini rivojlantirishga yordam beradi.

Xulosa o'rnida iqtisosashtirilgan ta'lim maskanlarida ta'lim olayotgan iqtidorli o'quvchilarning intellektual salohiyatini muntazam aniqlab borish orqali, kognitiv

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

yondashuv asosida musiqa madaniyatiga bo'lgan qiziqishlari va moyilligiga qarab maqsadli o'qitish jarayonini amalga oshirish kerak bo'lad i.

REFERENCES

1. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga moljallangan Yangi Ozbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi PF-60-sonli Farmoni 71-maqsad. 28-yanvar 2022-yil. 34-35-bet.

2. J.Eshonqul «Mif va badiiy tafakkur» Toshkent-2019. 139-bet

3. U.To'ychiev «O'zbek adabiyotida badiiylik mezonlar va ularning maromlari» Toshkent-2011. 282-bet.

4. Кожевникова М.Н. Новиков А.В. «Структурная модел музыкалного таланта и её рол в диагностике детской одарённости» «Мир науки, културы, образования» №4 (71) 2018. 134-стр

5. Гончарова О.В. «Педагогические условия развития музыкално одаренных детей» диссертатсия Волгоград-2002. стр 111.

6. N.Muslimov, M.Usmonboeva va boshqalar «Innovatsion talim texnologiyalari» Toshkent-2015. 38-bet

7. J.Hasanboev, X.To'raqulov, M.Haydarov va boshqalar «Pedagogika fanidan izohli lug'at» (Qayta ishlangan nashri) Toshkent 2009 /507-bet./

8. Husanboeva Q. Adabiyot - ma'naviyat va mustaqil fikr shakllantirish omili. - Toshkent-2009. 121-b.

9. https://ru.wikipedia.org/wiki

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.