Научная статья на тему 'KIMYONI TABAQALASHTIRILGAN O’QITISHNING XUSUSIYATLARI'

KIMYONI TABAQALASHTIRILGAN O’QITISHNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
85
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
CHEMISTRY STRATIFICATION / STRATIFICATION PRINCIPLE / STRATIFIED EDUCATION / KIMYONI TABAQALASHTIRISH / TABAQALASHTIRISH TAMOYILI / TABAQALASHTIRILGAN TA'LIM

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ergashev Azizbek Avazxon O'G'Li, Najmitdinova Guljaxon Komiljon Qizi

Bugungi kunga qadar tizimli va bosqichli ta’limning qo’llanilishi sababli dars samaradorligining oshishi, o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi isbotlangan. Kimyo o’quv kursini ham tabaqalashtirilgan ta’lim asosida tashkil etilishi juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada shu haqda bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF DIFFERENTIATED TEACHING OF CHEMISTRY

Till this day, the use of systematic and step-by-step education has been shown to increase lesson effectiveness and be understandable to students. It is also important that chemistry courses are organized on the basis of differentiated education. This article gives some information about it.

Текст научной работы на тему «KIMYONI TABAQALASHTIRILGAN O’QITISHNING XUSUSIYATLARI»

Ergashev A.A.

assistant of the department of food technology Fergana Polytechnic Institute Najmitdinova G.K. assistant of the department of food technology Fergana Polytechnic Institute

FEATURES OF DIFFERENTIATED TEACHING OF CHEMISTRY

Annotation: Till this day, the use of systematic and step-by-step education has been shown to increase lesson effectiveness and be understandable to students. It is also important that chemistry courses are organized on the basis of differentiated education. This article gives some information about it.

Keywords: chemistry stratification, stratification principle, stratified education.

Ergashev Azizbek Avazxon o'g'li oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi assistentlari Farg'ona politexnika instituti Najmitdinova Guljaxon Komiljon qizi oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi assistentlari Farg'ona politexnika instituti

KIMYONI TABAQALASHTIRILGAN O'QITISHNING XUSUSIYATLARI

Annotatsiya: Bugungi kunga qadar tizimli va bosqichli ta'limning qo'llanilishi sababli dars samaradorligining oshishi, o'quvchilar uchun tushunarli bo'lishi isbotlangan. Kimyo o 'quv kursini ham tabaqalashtirilgan ta 'lim asosida tashkil etilishi juda muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada shu haqda bayon etiladi.

Kalit so'zlar: kimyoni tabaqalashtirish, tabaqalashtirish tamoyili, tabaqalashtirilgan ta 'lim.

Kimyo fanining mazmunini, kimyoviy tushunchalarni asta-sekin rivojlanib borishi asosida, ma'lum tizimga solinishining o'zi, kimyo fanini o'qitishda o'quvchilarni rivojlantiruvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Bu borada o'quv jarayonining faollik xususiyati ham muhim ahamiyatga ega. Kimyoning barcha bo'limlari birin-ketin rivojlanib boruvchi tushunchalar bilan o'zaro bog'langan bo'lib, bu ularni bir butun tizimga birlashtiradi. Kimyo kursida atom-molekulyar ta'limot, davriy qonun, anorganik va organik moddalarning tuzilish nazariyasi, elektrolitik dissotsilanish nazariyasi kabi ta'limotlarning qo'shilib borishi fan mazmunining tuzilishi rivojlantiruvchi ta'limda asos bo'lib xizmat qilishidan

dalolat beradi. Bu borada faqat kuchaytirilgan savollar yetarli bo'lmay, aniq ma'lumoüarni davriy ravishda umuiylashtirish talab etiladi.

Umumlashtirish - bu fikrlash faoliyatining yuqori darajasidir. Qolgan barcha fikrlash usullari o'quvchilarni umumlashtirishni o'rgatishga tayyorlaydi. O'rganilgan ob'ektlar orasidagi bog'liqliklar izlansa, shunda umumlashtirish amalga oshadi. Umumlashtiriluvchi manba kimyoviy masalalar, qiziqarli ma'lumotlar yoki turli o'qitish metodlari bo'lishi mumkin. Eng qimmatli jarayon o'quvchilarning mustaqil ishlarida amalga oshirgan.

Ta'lim tizimida kimyo fanini o'qitishda maxsus umulashtiruvchi mavzular bor. Masalan, anorganik moddalarning asosiy sinflariga doir bilimlarni umumlashtirish, anorganik kimyoga doir bilimlarni umulashtirish, organik kimyoga doir bilimlarni umumlashtirish kabi mavzular o'tiladi va savoljavoblar, genetik bog'lanishga doir mashq va masalalar yechish orqali mustahkamlanadi. Bilishning oxirgi bosqichi umumlashgan bilimlarni aniqlashtirish va amaliyotga bog'lashdan iboratdir. Shuni ham yodda saqlash kerakki, nazariyaga haddan ziyod berilish, rivojlanishga olib kelmay, sxolastik tasavvurlarni shakllanishiga olib keladi. Kimyo ta'limida faol rivojlantiruvchi vositalarga quyidagilar kiradi:

• muammoli o'qitish;

• ko'rgazmali va texnik vositalardan keng foydalanish;

• bilimlarni tizimli nazorat qilish;

• mustaqil ishlarning har xil turlari;

• kimyoviy masalalar tizimi;

• o'quvchilarga differensial yondoshish.

O'quv jarayoning eng muhim vazifalaridan biri uning rivojlantiruvchi xususiyatga ega bo'lishidir. O'quv jarayoni o'zining rivojlantiruvchi vazifasini muvoffaqiyatli bajarish uchun, kimyoviy mavzularning mazmuni maxsus uslubiy ishlov berishni, o'quv jarayonini o'ziga xos tashkil etilib, har bir o'quvchining psixologiyasiga chuqur kirib borishni talab etadi. Rivojlantiruvchi ta'limning murakkabligi shundan iboratki, o'quvchilarning rivojlanishi har kimda alohida o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ular bir xil natijaga turli yo'llardan boradi va bu yo'llar turlicha vaqt talab etadi.

Kimyo o'quv fanining mazmunini sistemali yozilishi ham kimyoni o'rganishda o'quvchilarni rivojlantirish vositasi bo'lishi mumkin, chunki uning asosida kimyoviy tushuncha va bilimlarning bosqichma - bosqich rivojlantirish yotadi, shuningdek o'quv jarayonining faolligi ham rivojlantirish vositasi bo'la oladi. Sistemalilik maktab kimyo kursi dasturida aniqlangan bo'ladi va u sinfdan sinfga tomon o'quvchilarning rivojlanish darajasi oshishini ko'zda tutadi, o'quvchilarning moddalar va ularning o'zgarishlari to'g'risidagi tassavurlarni boyitib borilishi quyidagicha yondashadi.

Kimyo kursining nazariy masalalarini bunday kuchaytirilishi bilimlarni sistemali shakllanishiga sharoit yaratadi. Kimyo o'qituvchisi o'quvchilarni umumlashtirish ko'nikmasini shakllantirishi zarurdir. Misollar keltiramiz, kimyoviy reaksiyalarning sinflari, jarayonlarning belgilari, anorganik moddalar

sinflari orasidagi genetik bog'lanishlar, organik moddalar orasidagi genetik bog'lanishlar va har bir mavzuga doir bilimlarini umumlashtirish talab etiladi. Bulardan tashqari rivojlantiruvchi o'qitishga sharoit yaratuvchi vositalarga o'quv jarayonini faol olib borish, muommoli o'qitish, ko'rgazmalilik asosida dars o'tish, o'quvchilarga differensial yondashish va boshqalar kiradi.

Differensial yondashish shundan iboratki, har bir o'quvchining o'ziga xos xarakteri, bilim darajasiga qarab turli topshiriqlar, beriladi. Ma'lum mavzu bo'yicha beriladigan savollarning qiyinchilik darajasi ortirib boriladi. O'quvchilar birinchi navbatda qiyinroq savollarga javob berishga harakat qiladi. Javob topish uchun adabiyotlardan foydalanadi. Dars jarayonida o'quvchilarning rivojlantirishning eng muhim zamonaviy vositalari va metodlariga muommali o'qitish, axborot va innovatsion texnologiyalar kiradi.

Differensial yondoshuvning ma'nosi shundan iboratki, o'quvchilar ma'lum metodlar va didaktik vositalar asosida ularning o'zlashtirishi hamda rivojlanishiga imkon beruvchi guruhlarga ajratiladi (tabaqalashtiriladi). Differensiatsialash har xil xususiyatlarga qarab amalga oshirilishi mumkin. Ko'pincha o'qituvchilar sinf ichida o'zlashtirish darajasiga qarab tabaqalashtirishdan foydalanadi. Differensiyalash mavzularni mustahkamlash, takomillashtirish, natijalarni nazorat qilish hamda mustaqil ishlarni tashkil etish jarayonlarida yaqqol namoyon bo'ladi. Yangi mavzularni tushuntirishda agar butun guruh o'zlashtirish darajasi birbiriga yaqin o'quvchilardan shakllantirilgan bo'lsagina saviyasiga ko'ra differensial yondoshuvni amalga oshirish mumkin. Masalan, fanni chuqurlashtirib o'qitiladigan guruhlar yoki oddiy guruhlar (yoki past o'zlashtiruvchilar).

O'qituvchi differensial yondoshuvni amalga oshirishda har xil guruhlar uchun murakkablik darajasi turlicha bo'lgan topshiriqlarni tanlab olishga harakat qiladi. Bu jarayonda ko'pchilik o'qituvchilar tomonidan bir xatolikka yo'l qo'yiladi. Past o'zlashtiruvchi o'quvchini yengil topshiriqlar berish yo'li bilan o'rgatish mumkin, lekin bu bilan uning aqliy rivojlanishini sekinlashishiga ham sabab bo'lish mumkin. Bundan tashqari yengillashtirilgan topshriqni yuqori baholash, o'quvchining o'z bahosini noto'gri talqin qilishiga olib kelishi mumkin. Bu hol qolgan o'quvchilarga nohaqlikdek ko'rinishi natijasida ularning darsga va fanga bo'lgan qiziqishlari susayishiga olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatdan chiqish uchun Latviyalik metodist I.Ya.Trepsh qiyinlik darajasi ortib boruvchi topshiriqlardan foydalanishni tavsiya etadi. Savollar qiyinlik darajasi ortib borish tartibida tuziladi. Birinchi savolga javob berish uchun faqat reproduktiv (esda saqlab qolgan) javob, ikkinchisi uchun taqqoslash, uchinchisi uchun o'zaro bog'liqliklarni analiz (tahlil) qilish, to'rtinchisi uchun bilimlarni umumlashtirish hamda keng ko'lamli bog'lanishlarni aniqlash kerak bo'ladi. Baholash jarayoni ham yengillashadi hamda haqqoniy ravishda amalga oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'tkir zehnlilar kitobi. B.Akbarov, M.Primqulov. Toshkent "O'zbekiston"-2015.

2. Fayzullaeva D.M., Ganieva M.A., Ne'matov I. Nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarda o'qitish texnologiyalari to'plami / Met.qo'll. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limida innovatsion ta'lim texnologiyalari seriyasidan - T.: TDIU, 2013.

3. Ro'zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi / Metod.qo'll. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013.

4. Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Modulli o'qitish texnologiyalari. - T.: —Fan va texnologiyalarl nashriyoti, 2007

5. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.