Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA QO‘YILAYOTGAN TALABLAR'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA QO‘YILAYOTGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

284
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilim / intensiv / kredit / kadr / kompitensiya / talab / ta’lim / ta’lim sohasidagi islohotlar / sifat / знания / интенсивность / кредит / персонал / компетентность / спрос / образование / реформа образования / качество

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Faroxat Odiljonovna Mirzayeva, Dilobar Alisher Qizi Ubaydullaeva

Ushbu maqolada Oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishga qo‘yilayotgan talablar, oliy ta’lim tizimini isloh qilish jarayonidagi islohotlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish, talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o‘zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda kredit-modul tizimini joriy etishini o‘z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются требования, предъявляемые к повышению качества образования в системе высшего образования, реформы в процессе реформирования системы высшего образования, создание нового поколения учебно-нормативных документов, учет трудоемкости студента, развитие академической и профессиональной гибкости выпускников, внедрение кредитно-модульной системы при внедрении интенсивных методов усвоения знаний

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA QO‘YILAYOTGAN TALABLAR»

OLIY TA'LIM TIZIMIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHGA QO'YILAYOTGAN TALABLAR

Faroxat Odiljonovna Mirzayeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Pedagogika kafedrasi

dotsenti

Dilobar Alisher qizi Ubaydullaeva

Pedagogika va psixologiya mutaxassisiligi magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Oliy ta'lim tizimida ta'lim sifatini oshirishga qo'yilayotgan talablar, oliy ta'lim tizimini isloh qilish jarayonidagi islohotlar, o'quv-me'yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish, talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o'zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda kredit-modul tizimini joriy etishini o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: bilim, intensiv, kredit, kadr, kompitensiya, talab, ta'lim, ta'lim sohasidagi islohotlar, sifat.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются требования, предъявляемые к повышению качества образования в системе высшего образования, реформы в процессе реформирования системы высшего образования, создание нового поколения учебно-нормативных документов, учет трудоемкости студента, развитие академической и профессиональной гибкости выпускников, внедрение кредитно-модульной системы при внедрении интенсивных методов усвоения знаний.

Ключевые слова: знания, интенсивность, кредит, персонал, компетентность, спрос, образование, реформа образования, качество.

ABSTRACT

This article discusses the requirements for improving the quality of education in the higher education system, reforms in the process of reforming the higher education system, the creation of a new generation of educational and regulatory documents, taking into

June 3

121

account the student's labor intensity, the development of academic and professional flexibility of graduates, the introduction of a credit-modular system when introducing intensive methods of knowledge acquisition.

Keywords: knowledge, intensity, credit, personnel, competence, demand, education, education reform, quality.

O'zbekiston oliy ta'lim tizimini isloh qilish jarayonida milliy malaka ramkaning joriy etilishi oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlashda yangi davrni boshlab berdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847 sonli qaroriga muvofiq Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug'iga asosan 2020-2021 - o'quv yilidan respublika oliy ta'lim muassasalari kreditmodul tizimiga o'tdi. [2]

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 26-moddasida "Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlaridir. Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari o'z vakolatlari doirasida: ta'lim sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; ta'lim sohasidagi tarmoq davlat dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amalga oshiradi; ta'lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi; davlat ta'lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standarti) va davlat ta'lim talablarida kadrlarning ma'lumoti darajasiga va kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo'yilgan talablarning ta'lim tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; davlat ta'lim standartlari (shu jumladan maktabgacha ta'lim va tarbiya davlat standartini) va davlat ta'lim talablari ishlab chiqilishini ta'minlaydi va ularni tasdiqlaydi; ta'lim oluvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini baholash tartibini belgilaydi; professional ta'limning kasblar va mutaxassisliklar, oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, shuningdek bilim sohalari va ta'lim sohalari ro'yxatini belgilaydi; ta'lim-tarbiya jarayoniga o'qitishning ilg'or shakllari, yangi pedagogik texnologiyalar, o'qitishning texnik va axborot vositalari joriy etilishini ta'minlaydi; ta'lim tashkilotlarida kadrlarning kasbiy tayyorgarligi sifatini oshirishga qaratilgan choratadbirlarni ishlab

June 3

122

chiqadi, o'quv dasturlarini takomillashtiradi; o'quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etadi; Ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin" ekanligi belgilab qo'yilgan.[1]

Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko'tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta'lim, ilm-fan va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida 2022 yil 21 iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-289-son qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining ta'lim dasturlarini xorijiy mutaxassislar bilan hamkorlikda qayta ko'rib chiqish va ularni Milliy malaka ramkasi, Ta'limni xalqaro standart klassifikatori (MSKO-2011), o'quv rejalari va ta'lim dasturlarini bir-biriga muvofiqlash vazifalari qo'yildi. [2]

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ta'lim sifatini oshirish, universitet faoliyatiga ilg'or ta'lim dasturlarini joriy qilish hamda zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyunda "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini qarorini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 290-sonli qarori qabul qilindi. [3]

Mazkur qaror asosida pedagog kadrlarning umumta'lim fanlari bo'yicha bilim darajasi va kasbiy mahoratini baholash hamda baholash natijasidan kelib chiqib, talabgorlarga umumta'lim fanlari bo'yicha tegishli darajadagi milliy sertifikatni berish tartibi joriy etildi.

Bugungi kundagi islohotlar, o'quv-me'yoriy hujjatlarning yangi avlodini yaratish, talabaning mehnat intensivligini hisobga olish, bitiruvchilarning akademik va kasbiy moslashuvchanligini rivojlantirish, bilimlarni o'zlashtirishning intensiv usullarini joriy etishda kredit-modul tizimini joriy etishni o'z ichiga oladi.

Asosiy qism. Akademik kreditlar ilk marotaba XVIII asr oxiri - XIX asr boshlarida AQSh universitetlarida joriy etila boshlangan. Ta'lim mazmuni va dasturlarning kreditlarda

June 3

123

tashkil etilishi, ta'lim jarayonini mustaqil rejalashtirish, monitoring va baholash tizimlarida tub o'zgarishlar kiritish imkoniyatini berdi hamda ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish uchun keng sharoit yaratdi.

ESCT (European Credit Transfer System) 1989 yilda Erasmus dasturi doirasida joriy etilgan bo'lib, Socrat dasturining bir qismi hisoblanadi. Yevropa kredit tizimi muvaffaqiyatli sinovdan o'tib, ayni paytda butun Yevropa oliy ta'lim muassasalari ECTS tizimidan foydalanmoqda.

Bolonya deklaratsiyasida ECTS tavsiyaviy xarakterga ega tizim sifatida amaliyotga kiritilgan bo'lsa-da, keyinchalik butun Yevropa oliy ta'lim tizimida ommalashadi. ECTS tizimi bugungi kunda Yevropa hududida amal qilayotgan asosiy tizimlardan biri hisoblanib, oliy ta'limning me'yoriy hujjatlarini yaratishda asos bo'lib xizmat qilmoqda.

ECTS tizimidan foydalanish natijasida quyidagi afzalliklarga ega ekanligi namoyon bo'ldi:

- oliy ta'lim muassasalari o'rtasida soddalashgan malakani tan olinishi;

- talaba yuklamasining bajarilishi shaffofligi;

- oliy ta'lim tizimidagi islohotlarga moslashuvchanligi;

- Ta'lim traektoriyasida o'quv dasturlarini o'zlashtirishning moslashuvchan imkoniyatining kengligi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Kredit-modul tizimini xarakterlovchi xususiyatlari individual-maqsadli o'quv jarayonini tashkil etish va pedagogik boshqaruvning ilg'or tamoyillari asosida ta'lim jarayonini baholashning balli-reyting tizimi asosida tashkil etilishini ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847 sonli qaroriga muvofiq Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 357-sonli buyrug'i.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi "Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim

muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-289-son qarori.

June 3

124

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyunda "Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini qarorini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 290-PQ.

5. Болонский процесс: Результаты обучения и компетентностный подход (книгаприложение 1) / Под. науч. ред. д-ра пед. наук, профессора В.И. Байденко. М.: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов, 2009. - 536 с.

6. Mirzayeva F.O. "KREDIT MODUL TIZIMINING AMALIYOTGA JORIY ETILISHI." Eurasian Journal of Academic Research 2.11 (2022): 479-484.

7.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

8. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

9. Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

10. Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.

11. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

12. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

June 3

125

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.