Научная статья на тему 'OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH USULLARI'

OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Innovatsion texnologiyalar / innovatsion faoliyat / ta’lim / taraqqiyot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Farhodov Fozilbek Bahrom O’G’Li

So’ngi yillarda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalardagi o’zgarishlar ta’lim tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Ta’limdagi innovatsion texnologiyalar o’rganishni tartibga solish va uni to’g’ri yo’nalishga yo’naltirish imkonini beradi. Maqolada oliy ta’limda innovatsion talim texnologiyalaridan ya’ni interfaol metodlaridan foydalanish keng yoritib o’tilgan. Interfaol metodlar o’quvchitalablarning bilimlarini yanada mustahkam egallanishiga, nutq madaniyatini oshishiga, savollarni to`g`ri tuzishiga, o’z fikrini bayon etishga o’rgatishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH USULLARI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY JARAYONLARNI BOSHQARISH USULLARI Farhodov Fozilbek Bahrom o'g'li

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, talaba va o'quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi direktor o'rinbosari, Namangan davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.ors/10.5281/zenodo.11217632

Annotasiya. So'ngi yillarda yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalardagi o 'zgarishlar ta 'lim tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Ta 'limdagi innovatsion texnologiyalar o 'rganishni tartibga solish va uni to 'g'ri yo 'nalishga yo 'naltirish imkonini beradi. Maqolada oliy ta'limda innovatsion talim texnologiyalaridan ya'ni interfaol metodlaridan foydalanish keng yoritib o 'tilgan. Interfaol metodlar o 'quvchi- talablarning bilimlarini yanada mustahkam egallanishiga, nutq madaniyatini oshishiga, savollarni togri tuzishiga, o'z fikrini bayon etishga o 'rgatishi yoritib berilgan.

Kalitso'zlar: Innovatsion texnologiyalar, innovatsionfaoliyat, ta'lim, taraqqiyot

Abstract. In recent years, changes in the socio-economic, political and cultural spheres of our country require the reform of the education system. Innovative technologies in education allow to organize learning and direct it in the right direction. In the article, the use of innovative educational technologies, i.e. interactive methods, in higher education is widely covered. It is explained that interactive methods teach students to acquire knowledge more firmly, to increase speech culture, to formulate questions correctly, and to express their opinion.

Keywords: Innovative technologies, innovative activities, education, development.

Аннотаци. В последние годы изменения в социально-экономической, политической и культурной сферах нашей страны требуют реформирования системы образования. Инновационные технологии в образовании позволяют регулировать обучение и направлять его в нужное русло. В статье широко освещено использование инновационных образовательных технологий, то есть интерактивных методов, в высшей школе. Поясняется, что интерактивные методы учат учащихся более прочно усваивать знания, повышают культуру речи, правильно формулировать вопросы, выражать свое мнение.

Ключевые слова: Инновационные технологии, инновационная деятельность, образование, развитие

Bugungi kunda ta'lim jarayonini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi. Ta'lim tizimidagi islohotlar yoshlarni hayotga moslashtirish, ta'limga oid dasturlarni mustaqil tanlash hamda amalda qo'llash uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlarni yaratishni, oila, jamiyat, davlat oldidagi o'z mas'uliyatini anglovchi barkamol insonni tarbiyalashni nazarda tutadi. Ta'lim jarayonini boshqarish va uning sifatini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash juda muhum hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar ta'lim jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Innovatsion texnologiya ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik

jarayonlarni loyihalash va amalda qo'llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta'lim jarayonida o'qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizasiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi 08.10.2019 yil PF-5847-sonli farmonida keltirilib o'tilgan. [1] Ta'lim sohasidagi innovatsion texnologiyalar doimiy ravishda rivojlanib, ularning turlari kengayib bormoqda. Innovatsion faoliyat sohasiga, ta'lim berishda axborot texnologiyalariga aloqador dolzarb muammolarning yechimini izlashga o'z vaqtida F.I.Peregudov munosib hissa qo'shdi.[2] Bugungi kunda pedagogika sohasida yangi ilmiy yo'nalish pedagogik innovasiya va ta'lim jarayonini yangilash g'oyalarining paydo bo'lishi natijasida o'qituvchining pedagogik faoliyatida ham yangi yo'nalish «O'qituvchining innovatsion faoliyati» tushunchasi paydo bo'ldi. «Innovatsion faoliyat tushunchasini tahlil qilar ekanmiz: G.A.Mkritichyanning bu haqdagi fikri diqqatga sazovar: <<Pedagogik tajriba sinov faoliyatining 3 ta asosiy shaklini ajratish mumkin: xususiy tajriba, tajribasinov ishi, o'qituvchining innovatsion faoliyati. Pedagogik faoliyatda innovasiyalar qancha ko'p bo'lsa, o'qituvchi xususiy eksperimentni shuncha yaxshi tushunadi».[7] O'qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini taqlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A. Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash 3 bosqichda, ya'ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu maqolada oliy ta'limda innovasiyon texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy metodlardan, tahlil va so'rovnoma usulidan foydalanilgan. Ushbu hujjatlar tizimli va umumlashtirish uslublari vositasida o'rganilib ta'lim jarayoniga oid muammolar aniqlangan. Shuningdik, mualliflarning shaxsiy kuzatish va mantiqiy fikirlash usullari yordamida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.

Tahlil va natijalar

Mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifaning samarali hal etilishi mamlakatimizda amalga oshirib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va jamiyatimiz hayotini tubdan qayta qurish borasidagi maqsadlarga erishishni ta'minlashga katta ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Chunki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlarning samaradorligi bu borada belgilangan vazifalarni bajarishga safarbar qilinadigan mutaxassislarning kasbiy yetukligiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir.

Xulosa va takliflar

Ushbu maqolada ta'lim tizimi sifatini oshirishda innovatsion faoliyat hozirgi holati va rivojlanishini nazariy asoslari yoritilgan bo'lib, unda ta'lim tizimi sifatini oshirishning mohiyati,

innovatsion faoliyatni tashkil etishning nazariy asoslari hamda axborot va kommunikasiya texnologiyalari sohasida axborot-kommunikasiya texnologiya imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish hozirgi holati va rivojlanishi bayon etilgan. Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa shuki, natijalarining yo'nalganligi bo'yicha ta'lim tizimi sifatini oshirish ilmiy instrumentariy sifatidagi innovasiyalarga, innovatsion faoliyat va ta'lim tizimiga bo'linadi. Ta'lim sifatini oshirishda innovasiyalar to'plamining muhimligi darajasiga baho berish maqsadida shu tartibda ajratiladi. O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi sifatini oshirishda innovatsion faoliyat rivojlanishi va innovasiyalarni boshqarish muammolarining metodologik asoslarini zamonaviy talablarga asoslangan holda ishlab chiqish zarur. Ta'lim tizimi sifatini oshirishda innovatsion faoliyat samarasi oliy ta'lim tizimining innovatsion maqsadlari va imkoniyatlariga, xodimlarning innovatsion fikrlash qobiliyatlariga bog'liq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 08.10.2019 yildagi PF-5847-son

2. Перегудов Л.В., Саидов М.Х. Олий таълим менежменти ва ик;тисодиёти: Укув кулланма. Т.: Молия, 2002. - 184 6.

3. Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o'rganish: Oliy uchun darslik/A.P. Panfilov. M. Akademiya, 2009 y. O'quv yurtlari talabalari

4. 4. Xakimova M. Oliy ta'lim muassasalarida ta'limning sifat va samaradorligini oshirish zaruriyati //Архив научных исследований. 2022. Т. 2.- №. 1.

5. Mamajonov I.G. Ta'limda innovatsiya va innovatsion faoliyat // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnal. № 6. Noyabir - Dekabr, 2020 yil.

6. Мусаханова Гулнора Мавляновна. "Кейс-стади" Технологияси талаба^рнинг мустакил таълим жараёнида ташкилотчилик кобилиятини ривожлан Тирувчи инновацион метод сифатида. Архив исследований. 2, 1 (апр. 2022).

7. F.U.Tursunov, SH.R.Baxriddinov "Oliy ta'lim muassasasida innovatsion jarayonlarni boshqarishda muammolar". Eurasian Journal Of Academic Research elektron jurnal. 2022 14-aprel. www.in-academy.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.